I bob qattiq jismlarning mexanik xossalari
Download 251.44 Kb.
|
QATTIQ JISMLARNING STATIK HOLATLARI. KUCHLAR SISTEMASINING YAQINLASHUCHANLIGI
1.2 Cho`zilish diagrammasi
Kuchlanganlik va nisbiy uzayish orasidagi boglanishini ko`raylik. Guk qonuni bajariladigan OA qismga elastik deformatsiya mos keladi. Agar tashqi kuch jismdagi kuchlanish elastiklik chgarasidan katta miqdorda bo`lsa, uholda kuch ta`siri to`xtatilgandan so`ng ham jism deformatsiyalanganicha qoladi.Tashqi kuch ortaversa deformatsiya ham ortadi. Kuch lanishning C nuqtaga mos keladigan qiymatida kuch ortmasa ham jism uzayaveradi.Bu hodisa materialning oquvchanligi deb ataladi. Shunday qilib, kuchlanish mustahkamlik chegarasi deb ataladigan eng katta qiymatga etganda jism emiriladi. Temperatura ko`tarilganda atomlarning energiyasi ortadi, demak ularning orasidagi masofa ham ortadi. Jismlarning temperature ortishi natijasida chiziqli o`lchamlarining va hajmining ortishi issiqlikdan kengayish deb ataladi. Jismning boshlang`ich uzunligi L0, teperaturasi T0 ga teng, S yuzasi juda kichik bo`lsin. Jismni T teperaturagacha isitdik. . Natijada uni uzunligi ga uzgaradi. Demak qizigan jismning uzunligi temperatura o`zgarishlariga chiziqli bogliq. chiziqli kengayishning temoeratura koeffisienti V0 hajmli va T0 temperaturali jismni T temperatura gacha isitaylik. jismni hajmi ortadi. Demak - jism hajmining nisbiy kengayishining temperatura o`zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi, ya`ni temperatura 1K ga o`zgarganda uning hajmi oldingi hajmining qancha qismiga o`zgarishini ko`rsatadi. Agar V=L3 ekanligini hisobga olsak chiziqli va hajmiy kengayishlarning temperature koeffisientlari orasidagi bog`lanish quyidagicha bo`ladi; Har qanday qurilma va mashinalarni yasashda ishlatiladigan materiallarning issiqlikdan kengayishi hisobga olinadi.Ishlatish uchun issiqlikdan kengayish koeffisientlari bir xil bo`lgan materiallar tanlanadi.Aks holda qizish yoki sovish natijasida mexanik kuchlanish yuzaga kelib qurilmani ishdan chiqarishi mumkin. Quvur yo`llarini qurishda ma`lum masofada bikrli qismlar qilinadi.Bu qismlar ularni isishda yoki sovishda uzunligi o`zgarishi natijasida buzilishdan saqlaydi. Elektr uzatish simlarining osiltirib qo`yilishining sababi ham shundadir. Er shari sirtining 70%ni tashkil qiladi,shuning uchun ham uning issiqlikdan kengayishi iqlimga o`z ta`sirini ko`rsatadi.Suv uchala agregat holatda major bo`ladigan moddadir.Suv muzlaganda zichligi kamayib hajmi ortadi.Buesa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shu uchun avtomobillarga suv o`rniga past haroratda ham muzlamaydigan suyuqliklar solinadi. Shu o`rinda inson hayotida suvning ahamiyati haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.Suv hayotiy zaruratdir.Suv bor joyda hayot bor –deb bekorga aytilmagan.Shunday ekan , suvni bekorga isrof qilmaslik , suv zahiralarini asrab avaylash,uni ifloslantirishni katta gunoh ded bilishmamlakatimizning har bir fuqarosining muhim burchidir. Suv ona sayoramizning bebaho boyligidir, uni nondek e`zozlash shartdir. Ba`zi organik moddalarning shunday holati mavjudki, ular garchi oquvchanlik xossasiga ega bo`lsada, ba`zi fizik xossalari bo`yich anizatroplik xususiyatlariga egadir. Kimyoviy birikmalarning bunday holati suyuq kristall holati deb ataladi. Odatda suyuq kristallar qattiq kristallarni eritish orqali olinadi. Suyuq kristallarning elastiklik, elektr o`tkazuvchanlik, magnit singdiruvchanlik va optik xossalari tanlab olingan yo`nalishga bog`liq. Hozirgi vaqtda suyuq kristallarning qo`llanilish sohasijuda keng. Ayniqsa ma`lumotlarni qayta ishlash va tasvirlash, electron hisoblash mashinalari, electron soatlar, mikro kalkulyatorlar yaqqol misol bo`ladi.Yupqa ekranli televizorlar va monitorlarda ham shulardan foydalaniladi. Download 251.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling