I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari
Download 87.21 Kb.
|
qqqqqqq
Umumiy ma’lumotlar Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo‘lib, beton matritsadan va po‘Iat armatura karkasidan iborat kompozitsion buyumdir. U jamoat va sanoat binolari hamda transport qurilishida, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus obyektlar qurilishida keng miqyosda ishlatiladi. Monolit va yig‘ma temirbeton konstruksiyalami bino hamda inshootlar qurilishida ishlatish mehnat unumdorligini oshiradi, qurilish muddatini qisqartiradi va tannarxini pasaytiradi. Betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligiga nisbatan bir necha o‘n barobar kamdir. Shu sababli temirbeton konstruksiyalaming cho‘ziluvchi qismi po‘lat armaturalar bilan kuchaytiriladi.
Beton va po‘lat armaturaning yaxshi tishlashishi hamda harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlarining yaqinligi temir-betonni bir butun tizim bo‘lib ishlashini ta’minlaydi. Beton po‘lat armaturani ob-havo ta’sirida korroziyalanishdan saqlaydi. Temirbeton tayyorlanish usuligako‘ra monolit vayig‘ma konstruksiyalarga bo‘linadi. Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida tayyorlanadi. Ular maxsus loyihalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, gidrotexnik, yo‘l qurilish hamda aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda qolip-opalubka, havoza va beton quyish ishlariga ko‘p qo‘l mehnati sarf bo‘ladi. Ulami quruq issiq iqlim sharoitida va qish mavsumiga tayyorlash qiyinchiliklar tug‘diradi. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari o ‘lchamlari minimal o‘zgaruvchan temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish tejamli bo‘ladi. Konstruksiyalar oddiy va armaturasi awaldan taranglangan temirbeton (AATTb) turlarga bo‘linadi. Po‘lat armaturani awaldan taranglashdan maqsad, po‘lat sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton konstruksiyaga yuklama qo‘yilganda keskin kamaytirishdir. Bu holatda temirbeton konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishtfan yuqori bo‘lgan kuchlanish hosil bo‘lgandagina cho‘zilishga ishlaydi.Konstruksiyaning cho‘ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betondafyoriqlar hosil bo‘lishi keskin kamayadi. AATTb konstruksiyalarda beton va armaturaning yuk ko‘tarish imkoniyatlari to‘laroq ishlatiladi hamda shuning uchun konstruksiyaning massasi kamayadi. Buturdagi konstruksiyalar tayyorlashda yuqori markadagi beton va mustahkamlikdagi poiat armaturalar ishlatish maqsadga muvofiqdir. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling