I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari
Download 87.21 Kb.
|
qqqqqqq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Betonning kirishishi va kengayishi
Betonning qotishi. Beton normal sharoitda vaqt bo‘yicha sement va suv o‘rtasidagi kimyoviy jarayonlar natijasida qotadi. Beton markadagi mustahkamlikka erishmasdan aw al qurishi yoki muzlashi strukturasining va xossalarining o ‘zgarishiga olib keladi. Quruq issiq iqlim sharoitida beton buyum namligini saqlash maqsadida turli plyonkalar ishlatiladi. Kuz-qish mavsumida betonni muzlashdan saqlash uchun isitish vositalarini qo‘llash, betonni issiqlik izolyatsiyasi materiallari bilan muhofazalash yoki beton tarkibiga suvni muzlatmaydigan kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shish mumkin.
Betonning kirishishi va kengayishi Betonning kirishishi natijasida o‘lchamlari o‘zgaradi, ichki zo‘riqishlar hosil bo‘lib, mikroyoriqlar paydo bo`ladi. Betonda hosil bo`ladigan asosiy kirishish qorishma tayyorlanayotganda qo‘shilgan ortiqcha suvning miqdoriga bog`liq bo`ladi. Betonning kirishishi natijasida hosil bo`ladigan ichki zo‘riqish tayyorlangan buyumning qalinligiga bog`liq bo`ladi. Massiv konstruksiyalarda yuza qismlari qurib, ichki qismlari nam bo`lsa, beton notekis kirishadi, natijada sement toshi va to`ldirgichlar kontakt yuzasida mikroyoriqlar hosil bo`ladi. Betonda hosil bo`ladigan kirishishni kamaytirish uchun suv miqdorini kamaytirish, to`ldirgichlar fraksiyalari uzluksizligini ta’minlash kerak. Sement toshi tarkibiga mayda va yirik to`ldirgichlarning kiritilishi mutanosib ravishda kirishishini kamaytiradi. Bino va inshootlaming tashqi qismlari, gidrotexnik inshootlar, avtomobil yo`lIari, aerodrom qoplamalari qurilishida ishlatilgan beton doimo suv bilan ho`llanib qurib turadi. Betonda namlikning ko‘payishi va kamayishi kirishish hamda shishishdan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlarni va mikroyoriqlami keltirib chiqaradi. Betonning gidrofizik xossalari Suv shimuvchanligi. Beton qorishmasi tayyorlanayotganda aralashtirilgan suvning bir qismi bug'lanishi, havo pufakchalarining to‘la chiqib ketmasligi natijasida betonda g ‘ovaklar hosil bo‘ladi. Betonning suv shimuvchanligi g‘ovakligiga bog‘liq bo‘lib, og‘ir betonlarda massa bo‘yicha 2-3%. Beton suv shimganda dastlabki davrda yumshaydi va mustahkamligi kamayadi. Bunday holat g ‘ovak to‘ldirgichlar asosidagi yengil betonlar va yacheykali betonlarda ko‘proq kuzatiladi. Betonning suv o‘tkazmaslik, sovuqqa chidamlilik va agressiv muhitlarga bardoshliligini belgilaydi. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling