I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


I BOB.QURILISH MATERIALLARINING


Download 87.21 Kb.
bet2/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
qqqqqqq

I BOB.QURILISH MATERIALLARINING
ASOSIY XOSSALARI.

1.1.Qurilish materiallarining mexanik va issiqlik xossalari.
Mustahkamlik Materialga tashqi kuch ta’sir etganda, unda ichki kuchlanish (zo‘riqish) hosil bo‘ladi. Kuchlanish ma’lum qiymatga yetganda, material buziladi (sinadi, parchalanadi). Materialning buzilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati mustahkamlik deyiladi. Materiallaming mustahkamligi, odatda, ulaming mustahkamlik chegarasi - R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida hosil bo‘lgan ichki kuchlanish a ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi: =R/Z bunda:
R - mustahkamlik chegarasi, MPa;
Z - mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsiyenti, kamida 2-3. Ehtiyot koeffitsiyentini aniqlashda quyidagilar hisobga olihadi: a) tuzilishi bir jin sli bo‘lmagan m ateriallar m ustahkam lik chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi; b) ko‘p materiallar kuch ta’sirida tez deformatsiyalanadi va mustahkamlik chegarasi ko‘rsatkichining 50-70 foizida darzlar hosil bo‘ladi; c) materialga qayta-qayta o‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda, u mustahkamlik chegarasiga yetmasdan buzilishi - «charchashi» tufayli buzilish deyiladi. Hozirgi vaqtda materiallaming buzilish holatini hisoblashda ehtiyot koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk, materialning bir jinsliligi, inshootning ishlash sharoiti hisobga olinadi.
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi - tashqi omillar ta’sirida materialda hosil bo‘ladigan ichki siquvchi zo‘riqishlarga qarshilik 12 ko‘rsatish xususiyatidir. Siquvchi kuch yuk, kirishish, notekis qizdirish va shu kabilar natijasida hosil bo‘ladi. Ko‘pchilik materiallar anizatrop tuzilishda bo‘lgani uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi qator sinovlar natijalarining o‘rtacha miqdori bilan belgilanadi. Materialning mustahkamligi tayyqrlangan namunaning shakliga, o ‘lchamlariga, qo‘yilgan kuchning li^gish tezligiga va kuch tushayotgan yuzaning holatiga bog‘liq; ba’zi materiallaming (plastmassaiar, bitumli betonlar) mustahkamligiga sinash vaqtidagi harorat ham ta’sir etadi.
Balandligi ko‘ndalang kesimning tomonlaridan kichik bo‘lgan prizma kubga nisbatan siqilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi. Silindr yoki prizma shakli-dagi namunalaming mustahkamlik chegarasi kubnikidan 25 foiz kam bo‘ladi. Chunki, namunaning balandligi qancha katta bo`lsa, siqilishda hosil bo‘ladigan ko‘ndalang kengaytiruvchi kuch shuncha yuqori bo'ladi. Qurilish materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 MPa dan 1000 MPa gacha bo‘ladi.
Materiallaming siqilishdagi mustahkamlik chegarasi ( MPa) quyidagi formula yordamida topiladi: = /F ,
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi ko‘pgina materiallar uchun marka vazifasini bajaradi (1.1-jadval).

1.1-jadval



Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling