I bob. Quyosh/shamol energiya ta’minoti manbalarinining tahlili 8
Download 467.96 Kb.
|
1.BMI finish tayyor1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARM mikrokontrolleri
AVR mikrokontrolleri qulay interfeys va tuzilishga ega bo‘lganligi uchun elektronika sohasida o‘z o‘rnini mustahkam egallagan, uning asosiy tavsifi 1.2–jadvalda keltirilgan. AVR mikrokontrolleri quyidagi uchta turdan iborat:
TinyAVR: - kichikroq xotira, o‘zchamlari kichik va sodda dasturlar uchun mos keladi; MegaAVR: - katta xotiraga ega (256 Kbaytgacha), ichki qurilmalari soni ko‘proq bo‘lib, murakkab dasturlarga mo‘ljallangan; XmegaAVR: - katta dastur xotirasiga ega bo‘lib, yuqori tezlikni talab qiladigan murakab ilovalar hamda boshqaruv uchun ishlatiladi. ARM mikrokontrolleri (Advanced RISC Machines) markaziy protsessorlar oilasiga mansub bo‘lib, RISC (buyruqlar to‘plami qisqartirilgan kompyuter) arxitekturasi asosida yaratilgan. ARM 32 va 64 razryadli ko‘p yadroli RISC protsessorlardan tashkil topgan. RISC protsessorlari bir soniyada millionlab amallarni (MIPS - million instructions per second) bajarish uchun yuqori tezlikda ishlay oladi hamda bir vaqtning o‘zida buyruqlarning ko‘p sonli turlarini bajarish imkoniyatiga ega hisoblanadi. ARM protsessorlari smartfonlar, planshetlar, multimediyali pleyerlar, mobil va boshqa elektron qurilmalarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Protsessorda buyruqlarni kamaytirilishi sababli, ularda kichraytirilgan xajmni ta’minlash uchun tranzistorli integral sxemalar nisbatan kam qo‘llaniladi. ARM protsessorlar kichik o‘lchamga ega ekanligi va energiya is’temoli kamligi sababli mikroelektronika qurilmalariga mos keladi. ARM turidagi mikrokontroller tavsifi 1.1–jadvalda keltirilgan. Tizimning atrofdagi xonadonlar va kommunal xizmatlar bilan aloqa qilish. Mikrokontroller bajariladigan dasturni saqlash xotirasiga hamda boshqa qurilmalar bilan bog‘lanish uchun kirish-chiqish portlariga ega bo‘lib, ulardan biron bir datchik holatini bilish yoki biror vositani boshqarish uchun foydalanadi. 1.7-jadval. Mikrokontrollerlarni nisbiy baholash jadvali
Download 467.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling