I bob. Salavkiylar davlatining kelib chiqish tarixi


I BOB. SALAVKIYLAR DAVLATINING KELIB CHIQISH TARIXI


Download 43.5 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1586649
1   2   3   4   5
Bog'liq
SALAVKIYLAR DAVLATI.

I BOB. SALAVKIYLAR DAVLATINING KELIB CHIQISH TARIXI.

    1. Salavkiylar mamlakatidagi armiya.

Millodan avalgi 323-yilda Makedoniyalik Iskandarning vafoti dan so’ng, taxt vorisligiga davogar shaxs yo’q edi. Aleksandr vafotidan so’ng to’rt oy o’tgach uning xotini Roksana o’g’il farzand ko’radi.
Aleksandr davlatining parchalanishi va uning xarobalarida yangi davlat-lar tizimining paydo bo‘lishi tinchlik yo‘li bilan emas balki, Aleksandrning Makedonskiyning Yaqin sarkardalari – diadoxlar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‘lib o‘tdi. Diadoxlar o‘rtasida 40 yildan ziyodroq davom etgan jangu-jadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi.
Bu paytda Yunonlar va makedonlar O‘rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamlarini tashkil etar edilar. Aleksandr vafotiga qadar Barqtriya va So‘g‘diyona satrapi asli makedonlardan bo‘lgan Filipp edi. Undan keyin esa bu hududlar asli Kipr orolidan bo‘lgan Yunon Stasanor qo‘l ostiga o‘tadi. Bu paytda ikki diadox – Evmen va Antigon Aleksandr davlatining asosiy erlarini qo‘l-ga kiritish uchun o‘zaro kurashayotgan edilar. Filippning katta qo‘shinlari bilan yordam bergani tufayli Antigon Aleksandr davlatining katta qismiga hukmronlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo, uning bu hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi.
Aleksandr Makedonskiy mulklariga egalik qilish shu bilan yakunlandiki, mil.avv. 306 yilda nisbatan kuchli bo‘lgan diadoxlar – Antigon Birko‘zli (Odnoglazыy), Demetriy Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax, Salavka, Kassandrlar o‘zlarini podsho deb e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida o‘z davlatlarini barpo etishni ma’lum qildilar. SHu tariqa tarix sahnasida G‘arb va Sharq an’analarini uyg‘unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo‘ldi. Ana shunday yirik davlatlardan biri-Salavkiylar davlati edi.
O‘zining eng gullab – yashnagan davrida bu davlat ilgari Aleksandr saltanatiga kirgan katta hududlarni egallab, g‘arbda Egey dengizidan Sharqda Hind subkontinentigacha cho‘zilgan hamda Kichik Osiyoning janubiy qismini, Suriya, Shimoliy Mesopotamiya, Bobil, Eron, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va Afg‘onistonning katta qismini o‘z ichiga olgan edi. Bu ulkan davlatning asoschisi – dastavval Aleksandrning tansoqchisi, keyinroq yirik sarkardasi bo‘lgan Salavka edi.
Yunon tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, «Salavka ba’zi bir o‘lkalarni muzokaralar yo‘li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, Sug‘d erlarida u
qattiq qarshilikka uchradi va og‘ir janglar olib borishiga to‘g‘ri keldi». Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham tasdiqlaydi. Ya’ni u shunday xabar beradi: «Salavka I baqtriyaliklar, Sug‘diylar, parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ular erlariga hukmronlik qila boshladi». Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyo erlarining Salavka tomonidan bosib olinishi mil.avv. 306-301 yillarga to‘g‘ri keladi.
Ammo, Hindistondagi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli bu hududlardagi yurishlar Salavkiylar foydasiga hal bo‘lmadi. Mil.avv.IV asrning oxirlarida bu yerdagi Chandragupta asos solgan kuchli Maurya davlati Salavkaga qattiq qarshilik ko‘rsatiganligi sababli Salavka sulh tuzishga mavjudd bo‘ldi.
Uning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarni darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat bu erda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining ko‘p sonli qo‘zg‘olonlari bu kurashlardan dalolat berdi. Ular salavkiylarning tayanch nuqtalari bo‘lgan Marg‘iyonadagi Aleksandriya (Mari atroflari) va Aleksandr Esxata (Chekkadagi Aleksandriya, Xo‘jand atroflari)ni vayron etadilar. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kurashlar natijasida yirik etnik ko‘chishlar bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Xullas, salavkiylar hokimiyatni egallagan paytdayoq ularning O‘rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi.
Aynan shu sababli O‘rta Osiyo viloyatlari erlaridan mahrum bo‘lishidan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy noiblik (satraplik)larni ta’sis etgan edi.
Mil.avv.293 yilda Salavka I o‘g‘li Antiox I ni Sharqiy satrapliklarga, Ya’ni, O‘rta Osiyo viloyatlariga o‘zining noibi etib tayinlaydi. Antiox I vayron etilgan qal’alarni tikladi, yirik va qalin devor (Marg‘iyona devori) bunyod etdi, qo‘zg‘olonlarni bostirdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrof o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox I tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy-siyosiy va diplomatik tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salakiylarga qarshi harakatlar bostirildi.
O‘rta Osiyo viloyatlari salavkiylar davlati siyosiy tarixida etakchi o‘rinlardan birinchi egallaydi. O‘zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil.avv.293-261 yy.) Antiox I G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o‘z davlatining Sharqiga, jumladan O‘rta Osiyo erlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda O‘rta Osiyo viloyatlarida iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq, anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo‘lishiga qaramay, O‘rta Osiyo viloyatlari ular davlatining eng muhim qismi edi. O‘rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari bo‘yida Shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas edi.
Salavka I va Antiox I (mil.avv. 281-261 yillar mustaqil) hukmronligi davrida Salavkiylar davlati siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. Salavkiylar uchta mintaqada – Janubiy Suriya, Kichik Osiyo va Sharqda faol tashqi siyosat olib borishga majbur bo‘lgan edilar. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan O‘rta er dengizining Sharqidagi davlat sulolasi) bilan tinimsiz urushlar bo‘lib turgan.
Chunki bu hududlarda muhim savdo yo‘llari tugab, gullab-yashnagan port- Shaharlar mavjud edi. Kichik Osiyoning Yunon Shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi.
Sharqiy viloyatlarda xususan, O‘rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda edi. Birinchidan, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib, bu viloyatlar bilan aloqa qilishda qiyinchiliklar mavjud edi.
Ikkinchidan, Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko‘chmanchi-larning doimiy xavfi mavjud edi. Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning ko‘chishlari boshlanishi natijasida chegaralardagi bu xavf yanada kuchayadi.
Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida kabilalar, Yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilganlar.
Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satrap yoki strateg mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy boshqaruvda eng Yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib borgan.
Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari Yunoncha nomda (Stratonik, Aleksandr, Gieraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi. Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan Yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda Yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan Yunon zodagonlari bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O‘rta Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi.
Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Parfiya hududlarida ko‘p aholili Shaharlar ko‘p edi.
Maroqand, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi Shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi.
Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ahamoniylar davlatida bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo‘lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi. Salavkiylar davlatining tashkil topishi.
Unga Aleksandr deb ism qo’yadilar. Kichik Aleksandr sharqiy viloyatlar hukmdori etib tayinlanadi. Hukmdor hali yosh bo’lganligi sababli bu viloyatlarga rahbarlik qilish qo’mondonlardan Perdikka va Antipatr zimmasiga yuklanadi. Ammo toj-taxt uchun olib borilgan kurash yosh go’dakni ham omon qoldirmaydi. Taxt uchun kurashda Aleksandr lashkarboshlari o’rtasida kurash avj olib ketadi, Aleksandr lashkarboshilarining birontasi ham yorqin g’alabaga erisha olmaydi. Buning ustiga Aleksandr vafotidan habar topgan xalqlar ozodlik kurashiga otlanadilar. Natijada miloddan avvalgi 301-yilda Frigiyaning Ips deb atalgan joyida Aleksandr lashkarboshlari o’rtasida yuz bergan qonli janglar oqibatida Aleksandr saltanati uch mustaqil davlatlarga bo’linib ketdi: Misr, Makedoniya va Suriya ya’ni Salavkiylar davlatiga bo’linib ketdi. Makedoniya IV asrning oxiri, III asrning o’rtalarida Baqtriyada Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka asos solgan Salavkiylar davlati tarkibiga kirar edi.
Millodan avvalgi 312-yilda Salavka atrofidagi sarkardalar bilan qattiq kurash olib borib, Vaviloniyaga ega bo’ldi, va shu yili Bobilni bosib olib, Bobilda o’z hukmronligini mustahkamlab, Bobil davlati hukmdori bo’ldi. Shundan so’ng Salavka sharqiy satrapliklarni ham egallaydi. U tez orada o’z yerlarini Sirdaryo va Hind daryolari qadar kengaytirdi. Bu masalada Salavka bilan Nikanor o’rtasida kurash kuchayadi. Nikanor, birinchi jangdayoq mag’lubiyatga uchraydi. Salavka miloddan avvalgi 311-302-yillarda boshqa satraplar bilan jang olib boradi va sharqda o’z hukmronligini mustahkamlaydi. U bir necha yil davomida urushlar olib borib, davlat chegaralarini G’arbga va Sharqga tomon kengaytirib E’ron va Markaziy Osiyo xududlarini ham bosib olishga erishdi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona kirgan.
Miloddan avvalgi 302-yildagi Suriya, Kichik Osiyo va Mesopatamiya viloyatlari uchun Salavka bilan Antigon o’rtasidagi jang bir yilga cho’ziladi, bu jang Salavkaning yorqin g’alabasi bilan yakunlanadi. Ana shu tariqa Iskandar saltanatining katta qismi Salavka qo’li ostida birlashadi. U mustaqil siyosat olib bordi, satrapliklarni maydalab yubordi, ularni sonini 72 taga yetkazdi. Salavkaning maqsadi satrapliklarning qudratini pasaytirish va ular ustidan hukmronlikni kuchaytirishdan iborat edi. Ammo Salavka I ning o’g’li Aktiox I davrida satrapliklar yana yiriklashtirildi.
Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga — Antioxiyaga ko’chiradi.
Satraplar qo’lida katta hokimiyat bo’lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo’q edi. Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida bo’lgan. Bu markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlash uchun zarur edi. Ammo bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo’lsa-da, g’arbiy viloyatlarda saqlangan edi.
Salavkiylar hokimiyatni Sharqdagi harbiy manzilgohlarda joylashgan yunon-makedon qurol aslahalari bilan qurollangan, mahalliy xalqlarni vakillari harbiy kuchlariga tayangan edi. Yunon-makedon hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Sharqda ko’plab harbiy tayanch nuqtalarni barpo etish Iskandar davrida boshlangan edi.
Salavkiylar o’zlariga tobe o’lkalarda g’oyat qattiq qo’llik siyosatini olib borganlar. Agar Aleksandr qaram yerlariga axoliga nisbatan, murosasozlik yo’li bilan ham siyosat yurg’izgan bo’lsa, Salavkiylar aksincha mahalliy axolini, uning madaniyatini umuman inkor etish, noiblarni faqat yunonliklar orasidan tayinlash, mahalliy boshqaruvda ko’plab harbiy istexkomlar, inshootlar qurib, harbiy kuch orqali axolini bo’ysindirib turish tadbirlariga zo’r berganlar.
Aleksandr yunon va mahalliy madaniyatlarini o’zaro uyg’unlashtirishdagi say harakatlari bo’lganini bilgan holda, Salavkiylar aksincha tobe xalqlar orasida faqat yunon madaniyatini targ’ib etishni vazifa deb bilganliklarini qayd etish lozim.

Iskandar, O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi. Salavk I Nikotar asos slogan 75 ta shahar Salavkiylar davlatining asosiy tayanchi bo’lgan. Salavkiylar davlati satrapliklarga bo’lingan, tobe o’lkalarni satraplar (noiblar) orqali boshqargan. Starteglar sobiq lashkarboshilardan tayinlangan bo’lib, ular davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan shug’ullangan. Yunon tarixchisi Pomkey Trogning yozishicha, Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikga uchradi va og’ir janglar olib borishga to’g’ri keldi. Malum bir vaqt o’tgach taxminan mill, avv, III asr o’rtalarida Baqtriya Salavkiylar saltanati tarkibidan ajralib chiqishga muvaffaq bo’ladi. Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarni Salavkiylar tomonidan bosib olinishi millodan avvalgi 306-yilga to’g’ri keladi. Bu davrda qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq ancha rivojlangan. Bu hududlarda 75 ta shahar qurilgan. Antiox davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar-oltin, kumush, mis drham va tetradrhamlar (pul birligi) zarb qilingan. Ellinlashtirish jarayoni boshlanadi. Ellinlashtirish – Sharqga yunon madaniyatining yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayonidir.


Markaziy Osiyodagi viloyatlar Salavkiylar davlati siyosiy tarixida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Salavka Iskandar davrida Spitamenning qizi Apamaga uylanadi. Qarindoshchilikni hisobga olibmi, yoki boshqa maqsadni nazarda tutibmi, Salavka millodan avvalgi 293-yilda o’g’li Antiox I ni Parfiya, Marg’iyona, So’g’diyona, Baqtriya ya’ni Sharqga, Markaziy Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Bu viloyatlar Salavka davlati iqtisodiyotida katta o’rin tutar edi. Xorazm Salavkiylarga bo’ysunmagan. Iskandar davrida ham Xorazm o’z mustaqilligiga ega bo’lgan. Antiox Spitamenning qizi Apamadan tug’ilgan edi. Salavkaning to’ng’ich o’gli ham bo’lgan. Salavk va Antiox O’rta Osiyoda o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan. Yunon muarrixlari Salavka I va Antioxlar O’rta Osiyoga juda katta e’tibor berganliklarini yozadilar. Ko’plab qal’a va shaharlar barpo etilgan va ular asosan greklar bilan to’la bo’lgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Salavk 75 ta shahar qurdirgan. Eng olis shaharlardan biri Yaksart ortida joylashgan Antioxiya shahri bo’lgan. Taxminlarga ko’ra, mazkur shahar hozirgi Toshkent viloyati hududida, yoki Fag’ona vodiysida joylashgan. Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga qadar Baqtriyada Salavkiylarning zarbxonasi saqlanib qolgan. Bu zarbxonada oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Baqtriya, So’g’duyona va O’rta Osiyodagi boshqa viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining g’arbiy viloyatlaridan ancha farq qiladi. Salavka xalqaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish masalasiga ham katta e’tibor beradi. Ana maqsadda u Kaspiy bilan Qoara denizni bog’lab Amudaryo orqali ‹‹Tosh minora›› ga yo’l ochishga qaror qiladi. ( Beruniy fikricha ‹‹Tosh minora›› yoki ‹‹Tosh shahar›› bu Toshkentdir.)
Strabon bergan malumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan shahar − Antioxiyaning ko’chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg’op voxasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmanchilarning hujumlari bu bilan to’xtamagan. Ular u yoki bu shahar devorlari ostida yoki ekinzor, dalalr hamda voha bog’larida kutilmaganda paydo bo’lar va yana tezda ko’zdan g’oyib bo’lar edilar. Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavka I Hindistonga qarshi urush boshlaydi. Bu urush uning mag’lubiyati bilan yakunlanadi. Natijada Salavkiylarning O’rta Osiyodagi obro’siga putur yetadi, ularga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi. Salavkiylar og’ir axvolga tushib qoladilar. Antiox mahalliy aslzodalarga bir qadar yon bosib, og’ir vaziyatning oldini oladi. U Baqtriyada Sharqiy viloyatlar uchun davlatning o’z pullarini zarb etishga kirishadi. Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb etilishi uning mustahkam davlat siyosatini olib borayotganligini ko’rsatar edi. Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka I vafot etadi. Salavkiylar davlatiga Antiox I bosh bo’ladi. Ana shu davrdan boshlab sharqiy viloyatlar Antiox I faoliyatidan chetda qoladi. Chunki g’arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo’shini bilan birga bo’lishini taqozo etar edi.
Ayni paytda g’arbiy viloyatlarda ham vaziyat ko’ngildagidek emas edi. Xullas, Salavka I vafotidan so’ng davlatning zaminiga putur yetadi. Sharqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlar bilan doim jarima to’lab tursalar-da, ularning mustaqillikka intilayotganliklari sezilib turardi. Bu jarayon, xususan, miladdan avvalgi III asr o’rtalariga kelganda ko’zga yaqqol tashlana boshladi.
Bu davrda Baqtrita va Sug’diyonada aholi daxqonchilik bilan shug’ullanardi. Shaharlarning o’sishi, hunarmandchilik va suv xo’jaligining taraqqiyotiga ta’sir etgan. O’rta osiyoning Salavkiylar davlati tarkibida bo’lishi so’zsiz sur’atda Ellin madaniyati ta’sirining o’lka xalqlari orasida tarqalishiga sabab bo’lgan omildir.
Miloddan avvalgi III asrning o’rtalarida Salavkiylar saltanati inqiroz sari yuzlandi. Sharqiy satrapliklar markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intildilar.
Miloddan avval taxminan 250-yillarda saklarning ko’chmanchi parnlar (dahlar) qabilasi Arshak boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan Parfiyona yoki Parfiya satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani so’ngra qo’shni Go’rkaniya viloyatini ishg’ol etganlar. Parfiya milodiy 3-asrning 20-yillarigacha mavjud bo’lgan. Salavka II o’z hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz urunishlar miloddan avval 230-227-yillardan so’ng Parfiyada Arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur bo’lgan. Salavkiylar podshohi Antiox III Parfiyani 209-yilda bosib oladi. Biroq salavkiylar davlatining zaiflashgandan foydalanib, Parfiya tezda o’z mustaqilligini tiklab olgan.


Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling