I bob. Salavkiylar davlatining kelib chiqish tarixi


Salavkiylar davlatida ichki siyosiy boshqaruv


Download 43.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1586649
1   2   3   4   5
Bog'liq
SALAVKIYLAR DAVLATI.

2.2. Salavkiylar davlatida ichki siyosiy boshqaruv
Katta hududlarni qamrab olgan bu davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jamiyat siyosiy tashkiloti turlicha bo‘lgan ko‘plab viloyatlar mavjud bo‘lib, bu holat ushbu kuchlarni yagona davlatga birlashtirib turishni ancha qiyinlashtirar edi. Bu davlatning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri u faqat harbiy yurishlar natijasida, kuch ishlatish yo‘li bilan paydo bo‘lgan edi. Shuning uchun ham davlatning asosiy vazifalaridan biri qaram etilgan xalqlarni zo‘ravonlik bilan ushlab turish yoki birlashtirib turish edi. Sharq xalqlari mahalliy zodagonlaridan bir qismi yoki ayrimlari boshqaruv tizimiga jalb etilgan bo‘lsa-da, asosiy boshqaruvchilar makedonlar va yunonlardan iborat bo‘lgan.
Salavkiylar sulolasida davlat boshlig‘i podsho bo‘lib, uning hokimiyati mutlaq edi. Podsho bir vaqtning o‘zida fuqarolar ma’muriyati oliy boshlig‘i, qo‘shinlarning bosh qo‘mondoni, oliy sudya va hatto, bosh qonun chiqaruvchi vazifalarini bajargan. Manbalarning ma’lumot berishicha, sulola asoschisi Salavka I, «Podsho tomonidan buyurilgan barcha narsalar doimo adolatlidir», degan tamoyilga qat’iy amal qilgan. Salavkiylar sulolasi podsholari qo‘yidagi ikkita huquqiy asosga ega edilar: 1. Bosib olish huquqi. 2. Hokimiyatni otadan bolaga meros qoldirish huquqi. Ko‘p hollarda salavkiylar podsholari ilohiylashtirilgan. Masalan, tangashunoslik ma’lumotlari Soter-Qutqaruvchi, Dikayos-Adolatparvar, Everget-Ezgulik kabi podsholar bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida qabilalar, yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilganlar.
Manbalarning ma’lumot berishicha, Salavka I Ptolomeylar bilan hokimiyat talashib Sharqiy hududlar va Kichik Osiyo uchun kurash olib borish jarayonidayoq o‘z hokimiyatida boshqaruv tartibini joriy eta boshlagan edi. U Aleksandr an’analariga sodiq qolganligini ko‘rsatish maqsadida satrapiyalarni yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi. Tangashunoslik ma’lumotlariga qaraganda, Salavka I davlati Ahamoniylar va Aleksandr davlatiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, hokimiyat 27-28 ta satrapiyaga bo‘lingan.
Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satrap yoki strateg mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy boshqaruvda eng yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib borgan.
Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda (Stratonik, Aleksandr, Giyeraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi. Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan yunon zodagonlari bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O‘rta Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi.
Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Parfiya hududlarida ko‘p aholili shaharlar ko‘p edi. Maroqand, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi.
Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ahamoniylar davlatida bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo‘lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi.
Tadqiqotchilarning fikricha, salavkiylar davrida anchagina murakab soliq tartibi joriy qilingan bo‘lib, salavkiylar hukmdorlari o‘zlarigacha mavjud bo‘lgan soliq tartibini o‘zlashtirgan holda unga o‘zgartirishlar kiritib, mukammallashtirganlar. Dehqonlardan yer solig‘ini yig‘ib olish satrap-strateglarning vazifasi bo‘lgan. Bunday soliqlarning miqdori aniq belgilangan bo‘lib, viloyatlardan keladigan soliqlarning umumiy miqdori qishloq jamoalaridan to‘shadigan soliqlarga bog‘liq bo‘lgan.
Mil.avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida Salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlarida siyosiy vaziyat o‘zgarib markazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashadi. Mil.avv. 250 yilda kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon qiladilar.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qo‘zg‘oloni xususiyatiga ega bo‘lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo‘lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil.avv. 256, 250, 248 va 246-145 yy). Bu davlatning asosi Baqtriya bo‘lib, ba’zi hukmdorlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta yerlar qo‘shib olinadi.
Baqtriyaning salavkiylar davlatidan ajralib chiqishi xususida rimlik tarixchilar Pompey Trog va Yustinda o‘zuq-yuluq ma’lumotlar saqlangan bo‘lsa-da bu haqda batafsil ma’lumotlar uchramaydi. Shunga qaramasdan mavjud tangashunoslik, ayrim xo‘jalik hujjatlari, san’at yodgorliklari, sug‘orish inshootlari va imoratlar qoldiqlari bergan ma’lumotlar asosida bu davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lish mumkin. Ammo, Yunon-Baqtriya davlatining siyosiy tarixi ko‘p hollarda qiyosiy solishtirish va taxminlarga asoslanadi.
Yunon-Baqtriyada davlat podsho tomonidan boshqarilgan bo‘lib, tangashunoslik ma’lumotlari Diodot I,II,III, Yevtidem I,II, Demetriy, Geliokl, Platon kabi podsholari haqida xabar beradi. Salavkiylar kabi Yunon-Baqtriya podsholari ham davlatni satrapliklarga bo‘lib idora etganlar.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralar doimiy mustahkam bo‘lmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. Mil.avv. III asrning oxirlari O‘rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan Yevtidem ularning hukmdori Antiox III ga «chegarada ko‘chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini» bildiradi. Polibiy ma’lumot bergan ushbu ko‘chmanchilar mil.avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sug‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi bo‘lib qoladi. Shuningdek, g‘arbiy Hisor tog‘lari ham shimoliy chegaralar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri III asrning ikkinchi yarmi va mil.avv. II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.
Yunon-Baqtriya markazlashgan davlat bo‘lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir nechta viloyat (satrapiya) larga bo‘lingan bo‘lib, bu viloyatlar boshqaruvchilari yoki hokimlari podshoga bo‘ysunar edilar. Ammo, bu davrda davlat nechta satrapiyalar bo‘lganligi va ular qanday nomlanganligi ma’lum emas. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, satrapiyalarga noib satraplarni tayinlashda qarindoshchilik an’analariga amal qilingan bo‘lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya podsholigi davlat tuzilishining muhim tomoni – qo‘shin va uni tashkil etish edi. Avvalo, ta’kidlash lozimki, yunon-baqtriya qo‘shinlarining katta qismini baqtriyaliklar va boshqa mahalliy aholi tashkil etgan.
XULOSA
Xulosa shuki, Parfiya, Yunon-Baqtriya, Salavkiylar davlatlari tariximizning muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda o’lkammiz xalqlarinig davlatchilik, xalq xo’jaligining barcha sohalarida erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari moddiy va manaviy ildizlarimizning buyukligi va qudratidan dalolat beradi.
Salavkiylar hokimiyati, avvalo, Oʻrta Osiyodagi harbiy manzilgohlarda joylashgan harbiy kuchlarga tayanar edi. Mil av. 3-asrga ning oʻrtalariga kelib Salavkiylar davlatida hokimiyat uchun oʻzaro kurashlar avj olib ketadi. Bu esa Oʻrta Osiyoda Salavkiylar hokimiyatining barham topishiga olib keldi va mil. avv. 250-y. da Salavkiylar davlatidan dastlab Parfiya keyin esa YunonBaqtriya podsholigi ajralib chiqdi.Salavkiylar podshohi Antiox III Parfiyani 209-yilda bosib oladi.Biroq salavkiylar davlatining zaiflashgandan foydalanib, Parfiya tezda o’z mustaqilligini tiklab olgan.Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo’ldi, Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi.
Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.Antiox III ning o’g’illaridan biri Antiox IV (Er. avv. 175-yilda) shijoatli hukmdor bo’lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi.


Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling