I bob. Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti
-rasm. Saudiya Arabistoni YaIM asosiy sektorlarda ulushi va uning dinamikasi (% hisobida)
Download 377.01 Kb.
|
YUSUPOV SARDOR
6-rasm. Saudiya Arabistoni YaIM asosiy sektorlarda ulushi va uning dinamikasi (% hisobida)Yuqoridagi jadvalni tahlil qilib ko’radigan bo’lsak neftdan tashqari xususiy sektor yuqori ulushga ega bo’lib 2005-yilda 50,9% ni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2018-yilda qariyb 60% ga yetdi(6-rasm). Undan keyingi o’rinda neft sektori bo’lib 2005-yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 28,2% ni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2018-yilga kelib 19,7% ga yetdi. Neftdan tashqari davlat sektori ulushi deyarli o’zgarishsiz qolgan. Yildan-yilga neftdan tashqari xususiy sektorni ulushini ortib borishi mamlakatda diversifikatsiya jarayonlari samarali olib borilayotganidan dalolat beradi. Ko’rishimiz mumkinki Saudiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini neftga bog’liqlik darajasini yildan-yilga pasaytirib bormoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlanishi Fors ko’rfazi mamlakatlarini, shu jumladan mazkur mintaqaning eng yirik davlati - Saudiya Arabistonini chetlab o’tgani yo’q. “Al-Hayot” London nashriyotini xabar berishicha, 2013-yil yakunida Saudiya birjasida davlatning asosiy kompaniyalari aksiya kotirovkalari jiddiy darajada pasayishi (8,7%) kuzatildi, shuningdek, birja indekslari 2012-yildagi darajaga pasaydi. Mintaqadagi boshqa mamlakatlar birjalarida ham murakkab vaziyat yuzaga keldi, birinchi navbatda bu Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklariga tegishli, u yerda pasayish darajasi Saudiya Arabistonidagi vaziyatga o’xshash. Gaz sanoati Saudiya iqtisodida muhim rol o’ynaydigan neftdan keyingi ikkinchi asosiy omil hisoblanadi va YaIM ning 15% ini tashkil etadi. 2015-yil malumotiga ko’ra mavjud gaz zaxiralari hajmi 7,8 mlrd kubni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich bo’yicha Saudiya Arabistoni 4-o’rinda turadi. Gaz ishlab chiqish yildan-yilga ortib borishiga qaramasdan uning hammasi ichki istemolga ketmoqda. 2014-yilda neft sektorini o’rtacha o’sish surati -39,08% ni tashkil etdi. 2013-yilda moliyaviy inqiroz jahon neft bozorida neft narxini pasayishiga sabab bo’ldi va bu jarayon Saudiyaning tashqi savdosiga salbiy ta’sir qildi. 2015-yilda esa neft sektorini o’ratacha o’sish ko’rsatkichi 35,09% ni va 2016-yilda esa 44,75% li o’sishni ifodaladi15. 2014-2015 yillarda o’rtacha o’sish suratlarini yuqori ko’rsatkichlarni ifodalashiga sabab jahon neft bozorida neft narxlarini ko’tarilib ketishi 2017-yilda Eronga qo’yilgan neft embargosi va 2016-yil Liviyada boshlangan siyosiy inqiroz sabab bo’ldi. Saudiya hukumati mamlakat iqtisodiyotini neftga bog’liqligini kamaytirish maqsadida iqtisodiyotni sanoat tarkibini diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratmoqda. Saudiya Arabisoni iqtisodiyotini asosiy donor tarmog’i neft sektori bo’lgani uchun hukumat diversifikatsiya jarayonlarini keng ko’lamda amalga oshirmoqda. Saudiya Arabistoni iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish maqsadida xususiy sektorni ulushini oshirib bormoqda. Iqtisodiyotni diversifikatsiya jarayonlari elektroenergiya ishlab chiqarish sohalari, telekommunikatsiya va tabiiy gazni qayta ishlash sohalarida olib borilmoqda. Saudiya iqtisodiyotini rivojlanishida xorijiy ishchi kuchining ahamiyati yuqori bo’lib neft va xizmat ko’rsatish sohalarida 5,5 mln ga yaqin xorijliklar faoliyat yuritadi. Neftga bog’liqlikni pasaytirish uchun Saudiya hukumati iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish siyosatini amalga oshirmoqda. Uning asosiy yo’nalishlari: to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektorni mustahkamlash, turizm sanoatini rivojlantirish va energetika sohalarini qamrab oladi. 2015-yilda Saudiya iqtisodiyotiga jalb etilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar miqdori 170 mlrd dollardan oshdi. Sanoatda diversifikatsiya jarayonlari aviatsiya va avtomobil sohalarida amalga oshirildi. Saudiya hukumati “Saudia Arabian Airlines” avia kompaniyasini jahonda yetakchi bo’lishini rejalashtirmoqda. Saudiya shuningdek avtomobil biznesi markazlari uchun juda qulay mamlakat hisoblanadi. Mamlakatda transport infratuzilmasini rivojlantirish turistlar oqimini ko’payishiga olib keladi. Download 377.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling