Saudiya Arabistoni import tarkibining o’zgarishi, (% hisobida)
Manba: Jahon banki rasmiy sayti (worldbank.org) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Import tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak asosiy ulushni qayta ishlash sanoati mahsulotlari tashkil etadi(2-jadval). 2013-2014 yillarda uning ulushi ancha past bo’lgan 2015-yildan boshlab uning import tarkibidagi ulushi o’sishni boshladi. Qayta ishlash sanoati mahsulotlari ichida transport va elektron mahsulotlari ehtiyot qismlar va kimyoviy mahsulotlar asosiy o’rinni egallagan. Qayta ishlash sanoati mahsulotlaridan keyingi o’rinni oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi. 2013-2014 yillarda ketma-ket 11% ni tashkil etgan bo’lsa 2015-yildan boshlab uning ulushi o’sishni boshladi. 2014-yilda qayta ishlash sanoati mahsulotlari tarkibidagi transport ehtiyot qismlari ulushi 17,4% gacha pasaydi va jami qisqarish 19,8% ni tashkil etdi. 2014-yilda elektron texnika va transportlarga bo’lgan ichki talab keskin tushib ketdi va bu yilda umumiy eksport hajmi 40,1% ga pasaydi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini asosan mintaqadagi qolgan mamlakatlardan va Yevropa
Ittifoqidan import qiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari importi 2015-yildan boshlab importdagi ulushi 1% ni tashkil etishni boshladi.
Manba: Jahon banki rasmiy sayti (worldbank.org) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |