I bob. Sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi orni
II BOB. Sharof Rashidov ijodi va u haqida yozilgan asarlar. 2.1 Sharof Rashidov ijodiy olami
Download 39.54 Kb.
|
Kursavoy Ozb tariyx 13 may
II BOB. Sharof Rashidov ijodi va u haqida yozilgan asarlar. 2.1 Sharof Rashidov ijodiy olami
Sharof Rashidovning siyosiy faolitai haqida bir kitob yozsa bo’lgandek, ijodiy olami ham bir kitob bo’lishga arziydi. Erishilgan har qanday yutuqning zamirida qanchadan-qancha mehnat,mashaqqat yotadi. Bugungi rivojlanayotgan mustaqil O`zbekistonimizning jahon minbarida adl qad ko`tarib turishi minglab insonlarning sa`y-harakatlari, mehnatlari, yurt uchun jonini fido aylashlari evaziga erishilgan. Olis ko`hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o`rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan shaxslarning el boshiga mushkul kunlar tushgan qaltis tarixiy jarayonlarda ko`rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir. Bunday shaxslarning hayot yo`llarini o`rnak sifatida o`rganish, xotirasini abadiylashtirish bizning asosiy burchlarimizdan biridir. Ular yurt ozodligi, mustaqilligi yo`lida aziz jonlarini qurbon qildilar. Xalqimizning shunday asl farzanlaridan biri Sharof Rashidov atoqli davlat va jamoat arbobi, iste`dodli adib sifatida Vatanimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan. Ey yurak, vatan deb elga qasam ich, Navbating kelibdir, kurash beayov. O`zbekning er yigiti bo`lmish Sh.Rashidov quyoshli o`lkaning jannatmakon go`shasi bo`lmish Jizzaxning so`lim bir vodiysida 1917-yilning 6-noyabrida dehqon oilasida tug`ilgan. Sh.Rashidov maktabni bitirgandan so`ng shahardagi pedagogika texnikumiga qabul qilindi. Ushbu dargohni imtiyozli diplom bilan yakunlagach, dastlabki faolyatini Hamid Olimjon tahsil olgan maskan-Narimonov nomidagi to`liqsiz o`rta maktabda o`qituvchilikdan boshladi. Bir muddat shu yerda ishlab SamDUning filologiya fakultetiga o`qishga kirdi. U o`qish bilan birgalikda Samarqanddagi “Lenin yo`li” gazetasida muharrir o`rinbosari so`ngra mas`ul sekretar lavozimlarida ishladi. Mana shu dargohda olingan ko`plab amaliy ishlar Sharofning porloq kelajagining istiqbolidan darak beradi. U ushbu lavozimda 1937-1941-yillarda faoliyat ko`rsatdi. Fashizmga qarshi Ikkinchi jahon urushi boshlangach 1941-yil noyabr oyida frontga safarbar qilindi. Ulug` Vatan urushida qatnashib og`ir yarador bo`lib qaytdi. Bu davrda ko`plab asarlar yaratdi. 1944-1947-yillarda Samarqand viloyati komiteti kotibi, 1947-1949-yillarda “Qizil O`zbekiston” (hozirgi “O`zbekiston ovozi”)gazetasiga muharrirlik qildi. Keyingi 1949-1950-yillarda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi bo`lib ishladi. 50-yillardan boshlab Sh.Rashidov faoliyatida yanada mas`uliyatli davr boshlandi.U 1950-yilda O`zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining Raisi etib saylandi.Shu daqiqadan boshlab uning mas`uliyat yuki yanada og`irlashgandi va yuqorida unga berilgan ishonch ikki barobar oshgandi desak mubolag`a bo`lmaydi. Sh. Rashidov 1959-yildan e`tiboran to umrining oxirigacha Respublikaning Birinchi rahbari sifatida O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasini boshqardi.Mana shu yillar davomida uning fikr-u xayoli, odimlab yurgan har bir qadami faqat birgina ulug`vor maqsad yo`lidagina edi.U qariyib chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Bosib o`tilgan barcha yillar tub zaminida esa uning vataniga bo`lgan muhabbati,kelajak uchun qilgan ming minglab islohotlari va olib brogan adolatli siyosati uning haqiqatdan ham naqadar fidokor rahbar bo`lganligini yana bir bora isbotlab berdi. O`zining bilimi ,tajribasi,kuchi va iste`dodini xalq xizmatiga bag`ishlgan Sh.Rashidov bir asari qahramoni orqali xalq oldidagi mas`uliyatini yoritib berdi:”Xalq meni umid va ishonch bilan saylab qo`yibdi.Hammaning umidi va ishonchi shuki, poyonsiz yerlar xalq baxtiga xizmat qilsin. Agar shu katta ishga munosib hissa qo`shar ekanman,xalq ishonchini oqlagan bo`laman.Men xalq farzandiman.Xalqqa xizmat qilishdan ham katta baxt bo`lishi mumkinmi axir?”. Shuningdek,u Ittifoq Partiya Markaziy qo`mitasi Siyosiy Byurosi a`zoligiga nomzod ham edi.Qilingan mehnat samaradorligi o`laroq,uning mevalaridan nishona sifatida o`n bir marta Lenin ordeni,ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni va Lenin mukofoti bilan taqdirlandi. Sh.Rashidovning rahbarlik faoliyatiga nazar tashlasak,o`sha davrning o`ta murakkabligi,ziddiyatligi yaqqol ko`zga tashlanadi.Vatanga bo`lgan so`nmas muhabbat har qanday insonni qahramonga aylantiradi,deganlaridek,shaxsiyati yuksak bo`lgan Sharofningmetin irodasini bundayin muammolar also buka olmadi.Ayni shu tahlikali pallada ham o`zini yo`qotmadi.Eng og`ir vaziyatlarda ham Sh.Rashidov yurt mafaatini ko`zlagan holda ish yuritdi.Buni zamondoshi M.Gorbachyov yordamchisi V.Boldin2 so`zlaridan ham ko`rishimiz mumkin.Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan Gorbachyov shu zahoti o`ziga erk berib yubordi.O`zining muvaffaqiyatlarini ko`z-ko`z qilishni boshladi.Eslayman,Rashidov paxta topshirishni oshirish uchun, Gorbachyov qanday qilib O`zbekiston rahbarining qo`llarini qo`yiltirganini.Rashidov tushuntirishga,ko`ndirishga harakat qilardi: “Bizda yomg`ir bilan qor yog`di,hammasi muzlab qoldi.Agar shu ahvolda ham terib oladigan bo`lsak,uni quritishimiz uchun yarim yil ketadi”.Gorbachyov esa:”Baribir ko`proq topshiringlar”-dedi.Yuqoridan kelayotgan buyruqlarni yumshatishga, markaziy hokimiyatdan yurt obodonligi,farovonligi uchun bitun choralar bilan foydalanishga harakat qilardi. Bu esa buyuk xalqning ma`naviy madaniyati o`sishiga, butun olamni ongli tarzda chuqurroq anglashiga, yangidan yangi izlanishlaru kashfiyotlarning dunyo yuzini ko`rajagiga hissa qo`shish uchun mustaxkam poydevor vazifasini o`tadi. U xalqni yuksaltirish borasidagi maqsad va vazifalari aniq belgilagan holda, xalqni birdamlikka chaqirdi. O`zi ta`kidlaganidek:”Xalqimizning do`stligi jonajon vatanimizning kuch manbaidir. Bu do`stlik bor ekan, bu do`stlik yashar ekan, bizga hech qanday dushman, na ichki, na tashqi dushman qo`rqinchli emas.” U o`z asarlarida xalqlar o`rtasidagi quyoshdan porloq, bo`randan kuchli, po`latdan mustaxkam do`stlikni juda baland ruh va yuksak g`urur bilan tasvirlaydi. Jamiyat va davlatimiz taraqqiyoti yo`lida o`zining fidoyiliklarini ayamadi. Bu buyuk inson faoliyatiga muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday ta`rif beradi: “Bu murakkab shaxs ,bir tarafdan, milliy manfaatlarni o`ylashga, ikkinchi tarafdan, Markazdan kelgan, tub manfaatlarga zid buyruqlarni hayotga tadbiq etishga majbur bo`lganini unutmasligimiz lozim”. Mavjud olib borilgan keng ko`lamdagi ishlar hozirgi erishilgan yutuqlarimizning tamal toshi ekanligini unutmasligimiz lozim. Uning asoschisi esa yurtning vatanparvar o`g`loni Sharof Rashidovdir. Sharof Rashidov rahbarligi davrida ko`plab sanoat korxonalari, yirik inshootlar bunyod etildi.Mirzacho`l,Qarshi,Jizzax, Yozyovon, Surxon-Sherobod cho`llarining o`zlashtirilishida uning xizmatlari katta. Kechagi cho`l-u buyobonlar bog`larga aylantirildi, bu ishlardan esa yuzminglab yurtdoshlarimizning uylariga baraka, halol risq nasiba kirib keldi. O`zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston kabi odamlarning ehtiyojini qondiruvchi, barcha shart-sharoitlarga ega turar joy va maishiy binolarga ega o`nlab boshqa shahar va tumanlar barpo etildi. Sharof Rashidov sa`y-harakatlari natijasida Toshkentda tuzilgan xalqaro harakat 1966-yilda jahonda “Toshkent ruhi” degan mashhur tushunchani vujudga keltirdi.Bu tushuncha o`zining tom ma`nodagi asliyatidan ko`proq narsani anglatar edi.U boshqa davlarlar bilan ham siyosiy aloqani yaxshilaydi va ular o`rtasida nafaqat savdo-tijorat,balki madaniy-ijtimoiysohalardagi hamkorlikni ham yaxshilaydi.Endilikda nafaqat Osiyo, balki Yevroosiyo madaniyatining sharq xalqlari bilan uyg`unlashuvini ko`rish mumkin.Sh.Rashidov Dehli,Toshkent va Qohirada bo`lib o`tgan Osiyo va Afrika yozuvchilar hamkorligi harakatining,Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston o`rtasida tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskoridir. Shuncha qilgan mehnatlariga qaramay,shu davning barcha davlat arboblari singari vafotidan so`ng Sharof Rashidovning xotirasi ham oyoqosti qilindi.Hayoti va ijodini o`rganish taqiqlandi. Sovet davlatining so`nggi yillarda ruslar uchun Sh.Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining ma`muriy buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari O`zbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban o`zbek hukumati “qo`shib yozish”(Sovet Ittifoqida raqamlarning suniy o`sishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. O`sha “qo`shib yozishlar” 500 mingdan 1 mln tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat o`zbek boshqaruvchilariga Markazdan qo`shimcha manbalar olish va Brejnev hokimyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning o`limidan so`nggina markaz o`ziga xos “o`zbek ishi” degan uydurmani o`ylab topdi va O`zbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida O`zbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan O`zSSRning deyarli barcha rahbari nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshlig`I o`z o`rnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, o`sha vaqtda butun Ittifoq korrupsiya to`rida qolgan bir vaqtda Moskva O`zbekiston Respublikasini ajratib qo`yib nohaqlik qilan. Ushbu davrda Sovet hokimiyati hali to`laqonli hukmronlik kuchini yo`qotmagan,ne-ne begunoh insonlarning qaynoq qoniga to`ymagan, murg`ak go`daklar qalbini vayron etish, bobolar orzu-istaklarini toptash ishtiyoqi jo`sh urayotgan qonli pallarda o`zlarining zulm kuchining asosi talqinda olib borayotgan “paxta ishi” degan quruq tuhmat va bo`htonlarga asoslanib zaminimizning deyarli barcha rahbarlarini o`zlarining turmaxonalarida nomlarini qora bo`yoqlarda qayd qilgan holda aziz umrlariga zomin bo`ldilar. Sharof Rashidov vafotidan so`ng uning xotirasi badnom etilishida Usmonb Xo`jayev, Nishonov, Osetrov, Salimovlarning hissasi katta. Ulardan biri Usmon Xo`jayev Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish to`g`risidagi sobiq KPSS Markaziy Qo`mitasi va sobiq SSSR Vazirlar Kengashining (1983-yil 23-dekabr) qarorini bekor qildirdi, Jizzaxdagi Sharof Rashidov xotirasiga qo`yilgan yodgorlikni (byust) qo`portirdi, qabrini ko`chirtirdi. Lekin Sharof Rashidov Usmon Xo`jayevni o`z ustozi deb bilar va uning o`g`li Inomjonni yuqori lavozimlarda ishlashiga sababchi bo`lgandi. Sh.Rashidovning ukasi Asilbek Rashidov u to`g`risida shunday eslaydi: ”Rahmatli akam o`sha kezlarda noshud va novbakor shogird ulg`ayotganini, qo`ynida shayton urchiyayotganini xayoliga ham keltirmagan bo`lsa kerak”. “Sadoqatli” shogirdlardan yana biri Nishonov Sh.Rashidov nomiga tuhmatu bo`htonlar yog`dirishda Usmon Xo`jayevdan ham o`tib tushdi. U: ” Men ham Sh.Rashidovdan ko`p ozor chekkanman, o`z vaqtida chet elga badarg`a qilinganman” deb ayyuhannoz soldi. “Pravda” gazetasining bir sonida Surxondaryo viloyat firqa qo`mitasining sobiq kotibi Abduxoliq Karimov: “ Rashidov vaqti vaqti bilan viloyatlarga chiqib o`lpon olib turar edi” deya tuhmat qildi. Xalq ta`limi vaziri Oydinoy Abbosova Sh.Rashidovning rus tilini chuqur o`rganish to`g`risidagi fikrini aholini ommaviy ruslashtirish deya noto`g`ri talqin qildi. Agar o`tmishga nazar tashlasak, bobomiz Alisher Navoiydan tortib Avaz O`tar o`g`ligacha, Furqatdan tortib Sattorxongacha, Ishoqxondan tortib Hamzagacha rus tilini ta`rifu tafsif etib kelganlar. Demak Sh.Rashidov ham o`z salaflari izidan borib, ularning ma`rifatparvarlik ishlarini davom ettirgan. Sharof Rashidovich madaniyat va san’at ahliga juda katta e’tibor bilan qarar, ijodkor ziyolilarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga intilardi. Albatta, o‘sha davrda zamon mafkurasi ta’sirida yoki g‘oyaviy buyurtmalar asosida yozilgan asarlar ham bo‘lgan. Lekin, shular bilan bir qatorda, milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin olgan ko‘plab asarlar ham yaratilgani ayni haqiqat. U kishi yosh ijodkorlarni hamisha qo‘llab-quvvatlar edi. Masalan, keyinchalik o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalari bo‘lib yetishgan Erkin Vohidov va Abdulla Oripov singari iste’dodli shoirlarni ko‘p bor himoya qilgan. Sharof Rashidov ularning asarlarini rus tiliga tarjima qildirib, Moskvada nashr ettirishga bosh-qosh bo‘ldi. Ularning boshida qora bulutlar aylanib qolganda, Erkin Vohidovni Gyotening “Faust”, Abdulla Oripovni Dantening “Ilohiy komediya” asarlarini tarjima qilishga da’vat etganlarini yaxshi bilamiz. Sharof Rashidovichning bu oqilona tadbiri tufayli ham yosh shoirlar balo-qazolardan saqlanib qolgan, ham o‘zbek adabiyoti ikki shoh asar tarjimasi bilan boyigan edi. Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Sharof Rashidovning O‘zbekiston va xalqimiz uchun qilgan fidoyi xizmatlarini, halol va pokiza nomini el-yurtimiz hech qachon unutmaydi. Yaqin o‘tmishimizdagi juda murakkab, og‘ir va tahlikali yillarda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, taqdir sinovlaridan munosib o‘tib, o‘z vazifasini sharaf bilan ado etgan Sharof Rashidov qismati barchamizni mustaqillikning qadriga yetishga, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga undaydi. Download 39.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling