I bob. Sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi orni


Asil Rashidov “Akam haqida” xotiralar 3


Download 39.54 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi39.54 Kb.
#1567190
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kursavoy Ozb tariyx 13 may

2.2 Asil Rashidov “Akam haqida” xotiralar 3
Sharof Rashidov xususida respublikamiz matbuotida ham turli-tuman markaziy nashrlarda ham shu qadar ko‘p narsa yozildiki, bularning bari jamlansa, butun boshli bir adabiyot bo‘ladi. U hatto sobiq bir butun mamlakat hududidan chiqib, xalqaro miqyosdagi ayrim badiiy to‘qimalarning «qahramoniga» aylandi. Bosilib chiqqan va chiqayotgan son-sanoqsiz ishlar orasida, ayniqsa keyingi vaktlarda juda kuyunchaklik, xayrixoh-lik va insof bilan yozilganlari ham nihoyatda ko‘p. Ularning mualliflariga bizga nonday tansiq bo‘lgan dalda va taskin so‘zlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.Vafot etganidan keyin bir necha yil davomida bir to‘da yovuz niyatli kimsalarning qut-qusi bilan yuzlab, minglab halol, mehnatkash insonlar taqdiri u kishining nomi bilan bog‘lanib, turli uydir-ma, ta’qib va quvg‘inlarga giriftor bo‘ldi. «Oq paxta»ning «qora mehnat»ida toblangan juda ko‘p odamlar urildi, surildi, qamaldi, otildi. Afsus va nadomatlar bo‘lsinki, ular orasida, aksariyat, emagan somsaga pul to‘lab deganday begunoh qurbon bo‘lib ketganlar, obro‘-sizlangan, bola-chaqasi daydib, ro‘zg‘ori to‘kilgan va sog‘ligidan ajrab, bir umrga mayib-majruh bo‘lib qol-ganlar ham kam emas. Tuhmat balosiga yo‘liqib, nomusiga chidayolmay o‘z joniga qasd qilganlar, dunyodan bevaqt ko‘z yumganlar qancha. Xudo rahmat qilsin ular-ni. Barcha jabrdiyda oilalarga chin insoniy hamdard-lik bildiramiz. Turgan gap, barchamiz uchun musibatli bo‘lgan o‘sha og‘ir yillarda eng ko‘p jabr ko‘rgan oila-lar qatoridan biz ham uzoqda turmadik.Oradan o‘tgan o‘n yil ichida biz, «rashidovchilar», yuz yilga qaridik. Ammo, bir ulug‘ donishmand aytgandek, tun qanchalik cho‘zilmasin ortidan balqib tong otadi!Qanchalik og‘ir bo‘lsa-da, ilohim, u mash’um kunlar bir og‘ir tushday, sarobday o‘tib ketgani rostbo‘lsin.
Sharof Rashidovning fojiasi bir shaxsning qismati emas, balki davr fojiasidir. Meni juda ozurda qil-gan narsa shu bo‘ldiki, bir talay amal bandalari mar-humga tosh otar ekan, bu tig‘u parronlar boshqa birov-larga emas, oxir-oqibatda malomat qilinayotgan o‘z odamlarimizga, o‘z-o‘zimizga borib tegishini o‘ylab ham andisha qilshpmadi. Mana shu davr fojiasida akam-ning ishtiroki qancha? U biz «Ulug‘ Oktyabr Sotsialistik revolyusiyasi» deb lof urgan Aqrab to‘ntarishi oqibatida yuzaga kelgan mislsiz turg‘unlik davrining eng ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri edimi yoki ahvol sal boshqacharoqmidi? Balki uning o‘zi ham o‘sha mud-hish turg‘unliknint qurboni bo‘lgandir? Bilmadim. Men siyosiy arbob emasman. Bu dardli savollarga javob be-rishim mushkul. Eng buyuk hakam — vaqt. Xuddi shu vaqt hamma narsani o‘z joyiga qo‘yadi. Vaqt shafqatni bilmaydi.Hozir esa u kishining vafotidan keyin o‘tgan yillar orasida «o‘zbeklar ishi» atrofidagi gaplar butun bir millatga xusumat va suiqasd qilishdan boshqa narsa emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Qonunsiz jamiyatda qo-nuniy yashab bo‘ladimi? Dunyoda eng ilg‘or deb atalgan bizning qonunlarimiz esa deyarli hech narsani isbotlay olmadi. Zotan, yo‘q narsani qanday isbotlash mum-kin? Bugun men o‘sha «qozikalonlardan» so‘ramoqchiman:Janoblar, o‘n yillab tirishdingiz, qirib-qir-tishladingiz, kavlashtirdingiz, hammayoqni g‘alvir qil-dingiz. Burningizni tiqmagan joyingiz qolmadi hisob. Hatto akamning go‘rini ham kavladingiz kafanlarining qat-qatiga oltinu gavharlar yashirib qo‘yilmaganmikan deb! Yuzlab, minglab jild «delolar» to‘qidingiz. Sizga ham qiyin bo‘ldi. Lekin go‘yo tenglar ichra teng bo‘lgan butun bir jumhuriyatga tog‘day da’vo qildingizu, aytarli biron natijaga erisha olmadingiz chog‘i? Xo‘sh, nimani aniqladingiz? «Asr jinoyati» sodir bo‘lgan ekanmi? Akamning millionlab, milliardlab sarmoyalari, chindan ham, bor ekanmi? Agar bo‘lsa, qaysi milliy banklarda, qaysi xorijiy xazinaxonalarda saqlanib yotibdi? Ehtimol, Shveysariyadadir?
Ammo yanglishmasam, o‘zbek xalqini, uning bir halol farzandi bo‘lgan Sharof Rashidovni sobiq markazdan turib malomat qilgan kazo-kazolarning allaqanchasi bugun nopok «biznesmenlar» bo‘lib chiqdi. Afsonavormablag‘larni qayoqdan olishdiykin ul daholar-a? Ular hech qanday davlat yoki jamoat arboblari emas, balki xalqaro miqyosdagi pixini yorgan mayda chayqovchilar ekan.E, attang...
Chingiz Aytmatovning «Jamila» qissasidagi bir gap yodimga keladi. Asar qahramonlaridan biri, o‘spirin yigitcha Seit Doniyordan urushda ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qilib berishni so‘raganida, Doniyor hadeganda javob qaytarmay sukut saqlaydi. Ichi o‘pirilib ketgan-day larzaga keladi, iztirob chekadi. Uni shunchaki ertak aytganday, loqaydlik bilan hikoya qilib berish mumkin emasligini aytadi:Urush deysanmi?— dedi Doniyor va xuddi o‘ziga uzi javob berayotgandek siniq ovoz bilan qo‘shib qo‘ydi.— Urushning nomi o‘chsin, uni bilmaganlaring yaxshi!1983 yildan keyin salkam etti yil davomida jumhuriyatimizda sodir bo‘lgan ur-sur, vasvasa, xunrezliklarni, mudhish voqealarnieslasam, yuragim orqaga tortib ketadi. Men ham, Doniyor singari, keling, birodarlar, o‘sha alamli va ayanchli ko‘rgiliklarni eslamay qo‘ya qolaylik, degim keladi. Lekin, nachora, dilingdagini tilingga chiqarmasang, tars yorilib ketay deysan, kishi.
Bugun qadriyatlarimiz tiklanib, atak-chechak qilayotgan mustaqilligimiz nashidalaridan endigina bahramand bo‘layotgan kunlarda, qolaversa, akam xotirasiga nisbatan, uning tavalludi; a 75 yil to‘lishi oldidan adl-insofni tiklash sari qilinayotgan barcha sa’y harakatlar xalqimizga taskin va manzur bo‘layotgan bir paytda bu botiniy iliqlik, hayotbaxsh bahoriy nasim meni ham qo‘limga qalam olishga undadi.Jumlayi jahon, uning son-sanoqsiz do‘stlari, uzoq xorijdagi turli-tuman millatlarga mansub jamoatchilik Sharof Rashidovga nisbatan bo‘layotgan bo‘htonlardan hayratlanib, «Nahotki shundoq odam shunaqa bo‘lib chiqsa!» deya yoqa ushladi. Usha mudhish kunlarda sof niyatli xorijiy fuqarolar bunday uydirmalarga ishonmay, uni Ollohdan so‘rab, qalbdan quvvatlab tursa-yu; o‘zimiznikilar nima qilishdi? Qaynasa qoni qushilmaydigan murtad shaxslar-ku o‘z yo‘liga. Dastavval, uning qo‘l ostida ishlab ko‘zi tirikligida qo‘yniga suvpurkab kelgan Usmonxo‘jaev, Nishonov, Osetrov va boshqa bsburdlar nima qildilar? Ularning orqasidan quyushqondan chiqqan ikkiyuzlamachi, g‘arazgo‘y qalamkash-lar esa safsatabozlikni avjiga mindirdilar. Bunga taajjublanmasa ham bo‘ladi, albatta. Chunki bu biz uchun yangilik emas. Oqibatsizlik... Jahonda birinchi sotsialistik davlatning, zulm va zo‘ravonlikka asoslangan yovuz saltanatning yashash tarzi, ish usuli o‘zi shunday. Xuddi shu illat tufayli o‘z kindik qoni to‘kilgan ona yurtidan etaq siltab, bosh olib chiqib ketgan son-sanoqsiz vatandoshlarimizdan birining so‘zlariga quloq solaylik: «...Bir zolim, bir diktator o‘lgandan so‘ng, unnng erini ishg‘ol qilgan merosxo‘r -o‘z mavqeini mustahkamlash, mavjud iqtisodiy-siyosiy qiyinchilik-larga vaj ko‘rsatish uchun turli choralarga bosh uradi. Tarixda kam rostlangan mustabid hukmron Stalinning o‘rnini egallagan Xrushchev oradan ko‘p vaqt o‘tmay, «shaxsga sig‘inishning zararlari» deyaroq o‘z ustoziga qarshi chiqib, uni qoraladi va xalqlar qotili sifatida uni taqdim etdi. Xrushchev mavqeini egallashga erishgan Brejnev safdoshi Xrushchevni «chidamsizlik» va «o‘zboshimchalikda».aybladi. Gorbachev esa sobiq Sovet Ittifoqidagi iqtisodiy krizis va chalkash-chulkashliklargaBrejnev joriy qilgan siyosat va uning faoliyati sabab qilib ko‘rsatgan edi. O`zbekistonda bo‘lsa, «kichik gorbachevlardan» Usmonxo‘jaev, Salimovlar jumhuriyatda mavjud bo‘lgan illatlarning hammasiga Rashidovni sababchi qilib ko‘r-satishga tirishdilar» (U. Jamshid. Olmoniyada chiqadigan Turkiston milliy istiqlol partiyasi nashri «Istiqlol bayrog‘i» majallasining 1986 yil 1-sonidan).Men «akamning ukasi» bo‘lganim uchun emas, balki oqni oq, qorani qora deb tarbiyalanganimdan o‘zim bil-gan gaplarni aytmoqchiman. Chunki uzoq yillar mobaynida u kishining qutlug‘ dargohida yashab qay yo‘sinda ishlashini, odamlarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lganini bilar edim.
Shu topda meni zil-zambil bir andisha qattiq ezib turibdi. Sharof Rashidovdan keyin uning sobiq «a’yonu ahkomlaridan» ko‘pchiligi, o‘z boshini saqlab qolish uchun, akamning sha’niga o‘ta bo‘lmag‘ur gaplarni aytishdi. Endi bo‘lsa, ular O`zbekistonning bugungi birinchi qonuniy saylangan oqsoqoli bu inson haqida iliq so‘zlar aytganidan keyin, ko‘cha-ko‘ylarda yoki marhumning marosimlarida, hech narsa ko‘rmaganday yana betlarini shapatilab qizartirib yurishibdi. Mening ayniqsa «hazrat» Buzrukxo‘ja o‘g‘li Usmonxo‘jaevga alohida aytadigan «ikki og‘iz so‘zim» bor.Mushtariylar kaminani to‘g‘ri tushunishsin. Men hech kimga: Hormanglar endi! Hollaring qalay? Xudoga beadad shukur. Haqiqat ro‘yobga chiqadigan kun ham kelar ekan-ku— deya ta’na toshlarini otmoqchi emasman. Bilamanki, parvardigorga ham, bandasiga ham yoqmaydi bunday shakkoklik. Buning ustiga, ularning o‘zlari ham suvdan quruq chiqishmadi. Uz tuhmatu malomatlarining «mukofotini» ro‘zi mahsharni ham kutib o‘tirmay, shu yorug‘ dunyoning o‘zida olishdi. Qisqasi, bu erda tilga olingan nomlarning egalari mendan xafa bo‘lishmasin. Unutmasinlarki, biz ham Sarof Rashidovlar xonadoni — ulardan kam yaqinlarimizni yo‘qotmadik, ular-dan kam xo‘rliklar ko‘rmadik.Sharof akam xalqni, vatanni cheksiz sevib ardoqladi, mudom el-yurt tashvishida yurdi. Shu mushfiqxalq,el-yurt manfaatlarini, shu manfaatlar yo‘lida kurashishni har narsadan ustun qo‘ydi. Azaldan ma’lumki, vatanparvarlik, mehnatsevarlik inson qadr-qimmatini belgilovchi, uni ulug‘lovchi mezonlardan bo‘-lib kelgan. Sharof Rashidovni ulug‘lab e’zozlagan, hurmatini joyiga qo‘ygan, ko‘yingki, uni mo‘rmalahdek yopirilib kelgan balo-qazolardan xalos etgan ham se-vimli xalqi hamda vatani yo‘lidagi jasoratli mehnati deb o‘ylayman. Ana shu tinimsiz, mo‘jizakor mehnat u kishiga so‘nmas ilohiy bir kuch ato etgan. Darvoqe, shoirning o‘zi bir she’rida shunday yozgan edi:
Sen bilan ochdim ko‘zimni, sen bilan bo‘ldim aziz,
Sen bilan kuldi diyorim, sen bilan turmush laziz,
Sen bilan olam yorug‘, olamda sen bo‘lding aziz,
Ham g‘ururim, ham sururim, ham huzurim mehnatim.
Yangi erlarni o‘zlashtirish uchun olib borilgan mislsiz kurashlar, jumhuriyatimizda bunyod etilgan son-sanoqsiz bog‘i eramlar, dahshatli zilziladan tutday to‘kilgan Toshkentdek azim shaharning qayta qad ko‘ta-rishi, qanchadan-qancha er osti-yu er usti koshonalari, madaniyatimiz, adabiyot va san’atimiz ravnaqi yo‘lidagi jonbozliklar, qolaversa, o‘zbek xalqini, uning madaniyatini xorijiy mamlakatlar xalqlariga tanitish-u xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkam-lashdagi cheksiz faoliyati... Eh-he, yaxshidan bog‘ qoladi deganlaridek, u kishining xalqqa qilgan xizmati, qoldirgan merosi haqida har qancha gapirsa oz.Xo`sh, u kishining faoliyatida nuqsonlar ham bo‘lgan-mi? Beayb parvardigor, deyishadi. To`g`ri, har bir insonda, u kim bo‘lishi, qaysi lavozimda ishlashidan qat’i nazar, o`ziga xos xato-kamchiliklar bo‘lishi turgan gap. Qatrada quyosh aks etganidek, jumhuriyat hayotida, hatto sobiq Ittifoq hayotida yuz berayotgan murakkab o‘zgarishlar Sh.Rashidov nigohida qanchalik o‘z ifodasini topgan bo‘lmasin, barbir, ikki ko‘z hammasini ko‘ra olmadi. Ko‘ra olmas ham edi... Qolaversa, u odamlarga haddantashqari ishonar edi. Akamning faoliyatida ham muayyan nuqson va qusurlar sodir bo‘lganligi ma’lum. Ular haqida matbuot sahifalarida oshprib-toshirib gapirishdi, anjumanlarda og‘iz ko‘pirtirib so‘zlashdi ham. Garchi Sharof Rashidov faoliyatidagi xatolar har qancha tanqid-u dashnomlarga ozuq bergan bo‘lmasin, baribir, vaqt o‘tishi bilan uning «zaminni elkasida ko‘tarib turgan»lardan biri ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi.«Biz odamlardagi ko‘pdan-ko‘p qusurlarni ilg‘amaymiz, ammo yaxshi fazilatlarini ham kamdan-kam e’tirof etamiz» («Donolar bisotidan»). Shunisi yurak-bag‘rimni tirnaydiki, yorug‘ niyatli bir inson, qirq yildan ziyod davr mobaynida xalqim, vatanim deb, butun aql-idrokini, qalb qo‘rini sarflab, tinim bilmay, jonini jabborga berib, hatto farzandlarining ham diydoriga to‘ymay, vaqti kelganda uyqu hisobiga tinimsiz mehnat qilgan bo‘lsa-yu, vafot etganidan so‘ng,tavqi la’natga uchrasa! Paxta yakka hokimligi ham, Orol fojiasi ham, rus tilini o‘rganishga da’vat ham, qo‘yingki, qushlarimizning turi kamayganiyu, chu-valchanglarga qiron kelishi ham birgina inson nomi bilan bog‘liq bo‘lsa! Nahotki, akamning barcha qilgan ishlari besamar bo‘lib chiqqan bo‘lsa! Shumi insof, shumi diyonat?Dalilning toshi og‘ir, deydilar. Sh. Rashidov sha’niga aytilgan tanqidiy fikrlarni sarhisob qilishmavridi ham keldi. Bir kuni sobiq Markaziy Qo‘mitaning dala hovlisida Sharof akam bilan Usmonxo‘jaevBuzrukxo‘janing suhbatini choy quyib tinglab o‘tiribman. «Bolam Sharofjon, o‘g‘limni Sizga, Sizni esa xudoga topshirdim.Rahnamolik qilsangiz. Bir umr Sizni alqab, minnatdor bo‘lib yuraman, xudoyim martabangizni yanada ziyoda qilsin»,— dedi u. Sharof akam padari buzrukvorning so‘zini erda qoldirmadi. Chunki Sharof akam Usmoixo‘jaev Buzrukxo‘jani e’zozlardi. Unga haykal o‘rnatishga ham boshchilik qilgandi. Bergan va’dasiga sodik qolib, uning farzandi Inomjonning yuqori martabalarga ko‘tarilishiga rahnamolik qildi.Sharof akamning vafotidan so‘ng esa, unga qarshi telbavor xurujni boshlab bergan ham, xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi sobiq KPSS Markaziy Qo‘mitasi va sobiq SSSR Vazirlar Kengashining (1983 yil 23 dekabr) qarorini bekor qildirgan ham o‘sha I.B.Usmonxo‘jaev bo‘ldi. Jizzaxdagi yodgorlikni (byust) qo‘portirgan kim? Usmonxo‘jaev. Marhumning qabrini kim ko‘chirtirdi? Usmonxo‘jaev... Shunga qaramay, u surbetlarcha bularning hammasini Maskovning ishi qilib ko‘rsatishga urindi. Hamma qilg‘ilikni qilib qo‘yib, endilikda, hibsdan chiqqandan so‘ng: «Sh. Rashidov respublika uchun eng ko‘p jon kuydirgan odamlardan edi.Yuzidan nur yog‘ilib turgan bu odam bilan uchrashish har kimga ham nasib qilavermaydi»,— deya tilyog‘lamalik bilan firibgarlik yo‘liga o‘tib oldi («Yosh leninchi» ro‘znomasi, 1991 yil 12 noyabr). Rahmatli akam o‘sha kezlarda noshud va nobakor shogird ulg‘ayayotganini, qo‘ynida shayton urchiyotganini xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak.Dahshatli fojia yana shundaki, Usmonxo‘jaev markazdan va Rossiyaning boshqa joylaridan kelgan, o‘zi chorlab chaqirgan aksariyat qizil firibgarlarga sajda qilib ishladi. Sajda qilishgina emas, ularning ko‘nglini ovlab, barcha sharoitlarni yaratib berdi, jumhuriyat va xalqimiz taqdirini ularga butunlay topshirib qo‘ydi. O`zi esa o‘sha «qizil desantchilar» qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib yashadi. Bu xorijiy muttahamlar esa, qamchisidan qon tomib, qilichini qayrab, Bismark qatag‘oni yo‘lini tutdilar. Jumhuriyatni oyoq osti qilib, qanchadan-qancha begunoh kishilarning yostig‘ini quritdilar. Aslini olganda, bu nojins qizil kelgindilar, Usmonxo‘jaev to‘tiqush bo‘lib takrorlaganiday, odamlarimiz-ning yukini engil qilish uchun emas, aksincha, yana o‘sha kulfat chekayotgan mehnatkash xalqni talab, xonavayron qilish uchun kelgan chor mustamlakachilarining
davomchilari bo‘lib chiqdilar. Pirovardida esa, ular O`zbekiston diyori, o‘zbek xalqining sha’niga nadomatlar yog‘dirdilar. Nihoyat, intihom navbati o‘zlariga kelganda, Inomjon Buzrukovichni ham gum qilib, hamyonlarini to‘ldirgancha hayyohu deb qochib qoldilar.Mana, qaltis ish tutgan rahbarning fojiali taqdiri. Birniki mingga, mingniki tumanga.
Sadoqatli shogirdlaridan yana biri Nishonov Sharof Rashidov sha’niga tuhmat-u bo‘htonlar yog‘dirishda Usmonxo‘jaevni ham bir cho‘qishda qochirdi. «Rashidovchilik», «unvonparast», «rekordparast» va yana alla qandaysifatlarnito‘qishga. ustasi farang chiqib qoldi u. «Men ham Rashidovdan ozor chekkanman, o‘z vaqtida chet elga badarg‘a qilinganman», deb ayyuhannos soldi. Markaziy matbuotda bot-bot chiqishlar qilib, Sh.Rashidov bahona jumhuriyatimiz sha’niga ta’na toshlarini yog‘dirdi. Aslini olganda, Sharof akam o‘z vaqtida Nishonovning jirkanch, nojo‘ya xatti-harakatlarini oshkor qilishni, uning obro‘siga putur yetkazishni lozim ko‘rmagandi. Aks holda, ish boshqacha tus olgan bo‘lardi. Ochig‘ini aytganda, kimlarningdir oilaviy tinchligini buzib, izzat-nafsiga tekkanida va qonunga xilof ish qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilay deganida Rashidov millatimiz sha’ni, partiya va uning obro‘sini deb uni jazodan olib qoldi. Nopok xatti-harakatlari uchun halok etmoqchi bo‘lganlarida, uni o‘limdan olib qolganlari tafsilotlarini juda yaxshi bilaman.Gorbachyovning pinjiga kirib olgan Nishonov sobiqSSSR Millatlar Kengashining raisi bo‘la turib, o‘zi qanday hunar ko‘rsatdi? Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikka va totuvlikka rahna solindi. Misli ko‘rilmagan milliy nizolar avj oldi. Bunday buzg‘unchiliklar aynan Nishonov faoliyati davriga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, u o‘z xalqi, jumhuriyati sha’niga ham g‘arazgo‘ylik ishlarini davom ettirdi, Farg‘ona va boshqa joylardagi fojialarga chek qo‘yish o‘rniga, Maskvadagi yangi ma’naviy otalari, akalari pinjida sukut saqlab, haybarakallachi bo‘lib o‘tirdi. Jumhuriyatimiz mustaqillikka erishib, shahdam odimlayotgan hozirgi kundacha? Undaylarga bizda sichqonning ini ming tanga. Bular hali xolva. Nishonovning eng katta qilmish-qidirmishlari hali oldinda. Ular endilikda o‘z yechimini kutmoqda.
Sharof Rashidovning yana bir shogirdi, mehr qo‘ygan safdoshi Salimov («Oqiljon» deb esi ketardi akamning) uning vafotidan so‘ng, oradan ko‘p o‘tmay, o‘z mavqeini saqlab qolish ilinjida XX I syezd minbaridan kurakda turmaydigan so‘zlarni aytdi:«Hozir, sinchiklab yashirib kelingan ko‘pgina faktlar oshkor bo‘lgan bir paytda uning fe’l-atvor yo‘li aslo siyosiy go‘llikning natijasi bo‘lmaganligi ko‘ri-nib turibdi. Bu yo‘l mutlaqo ongli ravishda o‘tkazib kelingan va mutloq hokimiyatga ega bo‘lishga qaratilgan edi. U o‘zining volyuntaristik qarorlarini odatda yuqoridan berilgan direktiva deb ko‘rsatar edi. Shu sababli bu qarorga qo‘shilmaslik ish manfaatlariga zid baxrlanar edi. Rahbarlarning kollegialligi prinsipi asosiy to‘siq bo‘lishi mumkinligi sababli bu prinsip ongli ravishda bir chekkaga surib qo‘yilardi»,— degan edi u o‘z nutqida. Ana xolos! Bu yog‘i qandoq bo‘ldi? Endi uning ham yuzi shuvut.Yuqorida nomlari zikr etilgan «daholar» yolchitib ishlay olmadi.Yolchitib ishlaganlarni esa ko‘rolmay, ularga nisbatan g‘arazgo‘ylik yo‘lini tutishdi. Qarang-a, marhum bilan kimlar olishib yotibdi! Etti yot begonalar emas, balki o‘zi tarbiyalab voyaga etkazgan shogirdlari, hamkor-u hamdastlari. Demak, yaxshi tar-biyalanmagan ekan-da? Yo‘q, menimcha, tarbiya to‘g‘ri bo‘lgan. Biroq yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, bu chirkin tuzumning meros bo‘lib qolgan o‘ziga xos sifatlari: subutsizlik, g‘araz, suiqasd, ma’naviy padarkushlik va birodarkushlik ularni shu kuyga solgan. Mana sizga qizil imperiyaning tutgan yo‘li, siyosati.«Pravda» gazetasining bir sonida Surxondaryo viloyati firqa qo‘mitasining sobiq kotibi Abduxoliq Karimovning so‘zlarini o‘qiganim bor: «Temir panjara ortida bolalarimni ko‘rolmay itdek o‘lib ketmasam bo‘lgani. Sh. Rashidov ham vaqti-vaqti bilan viloyatlarga chiqib o‘lpon olib turar edi»,— deb yozilgandi ro‘znomada. Bu hammamiz uchun.ataladan suyak chiqqanday bir gap bo‘lgan edi. Men Abduxoliq aka qamoqdan chiqib qolsa, «Bu so‘zlaringiz uchun hisob bera olasiz-mi?»— deb so‘rashni ko‘nglimga tugib qo‘ygandim. Tog‘-tog‘ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi, deyishadi. Zamonaning zayln bilan Jizzaxda akamning movliyatiga bag‘ishlangan bir yig‘inda uchrashib qoldik. Shunda xoli qolib, bafurja gaplashib oldik.Mana, qamoqdan ham omon-eson chiqib keldingiz deya gap boshladim. O`tgan ishlarga salova, deydilar. Biroq, kechirasiz, akam haqidagi o‘sha gaplarni haqiqatan ham aytganmidingiz yoki...? Bu g‘irt yolg‘on, uka. Sharof akani ustozim, pay-g‘ambarim deb, e’zozlab kelganman, bundan keyin ham yanada ko‘proq e’zozlayman. Bu gap esa matbuotninguydirmasi, qolaversa, jallodlarning ishi— dedi U. Bizningcha, Abduxoliq Karimov hibsdan chiqqandan so‘ng musichai begunoh bo‘lib sukut saqlab yurmasdan matbuotda allaqachon raddiya berishi, bor gaplarni dangal aytishi kerak edi. Shunda u balki o‘zini ham unchalik shubhaga solmagan bo‘lardi? Bu yog‘i Abduxoliq Karimovning vijdoniga havola. U yoki bu masalada Sh.Rashidovni tanqid qilish.

Xulosa
Mustaqillikka erishgach, yurtboshimiz jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy jarayonlar, shu jumladan, milliy o`zlikni anglash, ajdodlar xotirasini tiklash, xalqning boy tarixiga, ma`naviy merosi va moddiy boyliklariga e`tibor qaratibularni har jihatdan asrashga, kelajak avlodga bus-butun topshirishga alohida ahamiyat qaratdi. Mustaqilligimiz sharofati bilan Sharof Rashidovning nomi oqlandi va avlodlar tomonidan hurmat va g`urur bilan tilga olinadigan tarixiy xotira bo`lib qoldi. Endilikda uning faoliyati, hayot yo`llari ibrat maktabi bo`libgina qolmay, unib o`sib kelayotgan yosh avlod uchun buyuk maqsadlar yo`lini yoritib boruvchi yo`lchi yulduz hamdir. Albatta, o`sha davrning mash`um kunlarida yuz bergan qanchadan qancha fojialar, ayovsiz tarzda olib borilgan keng ko`lamdagi, zo`ravonlik asosida tayanib qilingan ishlarda o`zini tuta bilish, har qanday og`ir damlarda ham ko`zlangan maqsadlarni yoddan chiqarmaslik va ular tomon ildam odimlab borishdek jasorat va qat`iyatga ega bo`lmoqlik faqatgina Sharof Rashidovdek inson shaxsiyatidagina xos ekanligini tarixda qilingan ishlarning natijasidan bilishgina mumkin.Hech qanday uydirmalarga asoslanmagan bu haqqoniy tarixda esa bu muhtaram va mo`tabar insonning butun mo`jizalarga boy borlig`I oltin harflar bilan kelajak avlodlar uchun tarix kitobiga muhrlangandir.
Sh.Rashidov nomini oqlanishida birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning xizmatlari kattadir. Insonning qadri kimligi bilan emas,uning qilgan ishlari bilan o`lchanadi.Bu ishlarning tog` qadar yuksaklikka bo`y cho`zganligi esa insonga yaratgandan in`om etilgan oily tuhfa bo`lmish umrning ma`no va mazmunida aks etadi.Hech ikkilanmay Sharof Rashidovni haqiqiy vatanparvar deya olamiz.O`zini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida ko`rsata olgan o`zbekxalqining qahramoni kamchiliklarga to`la Sovet boshqaruv tizimini o`zbek xalqining o`lchab bo`lmas rivoji uchun yo`naltirgan.Uni xalqni ezgulikka,tinchlik va bunyodkorlikka yetaklagan,chin insoniy xislatlarga ega bo`lgan,davlat arbobi,xalqning suyukli farzandi deya atasak xato bo`lmaydi.
Birinchi prezidentimiz aytganidek “Har kuni,har soatda fidoyi bo’lish,o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezonigaaylantirish–haqiqiy qahramonlik aslida manashu”. Ya’ni buyuk insonlar xotirasi hech qachon o’chmaydi”.Bunday buyuk qalb egalari haqida qancha yozsa ham. Ushbu kurs ishimizdagi ma’lumotlar Sh.Rashidov faoliyati haqida yozilgan ma’lumotlarni umumiylashtirishga qaratilgan. Ushbu mavzuda yana kengroq ish olib borib, bu mavzuda yanada kengroq ilmiy ish olib boorish mumkin.


Download 39.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling