I bob shaxs ijtimoiylashubvi va unga tasir etuvchi omillar
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni
Download 118.5 Kb.
|
DUGON11
2.2 Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni
Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.Shaxsni shakllantirishda faoliyat samaradorligiga erishish uchun mazkur jarayonini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish talab etiladi. Faoliyat faol va sust (passiv) bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.Ta’lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta’lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.Shaxsning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, ta’lim oluvchi shaxsida kuzatiladigan kamchilik va xatti-harakatlarida ko’zga tashlanadigan barcha kamchiliklarning asosiy sababi faoliyatning to’g’ri yo’lga qo’ymaganligi bilan belgilanadi. SHuning uchun ham shaxs faoliyati uning rivojlanishi natijasi sanaladi. SHaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish (shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi) orqali faoliyatni rivojlantirish muhim sanaladi. O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlari o’yin, o’qish va mehnatdan iborat bo’lib, faoliyatga kirishishning asosiy shakli muloqot sanaladi. Faoliyat yo’nalishlari shaxs o’quvchilar tomonidan o’zlarining qiziqish va ehtiyojlariga ko’ra tanlanadi. Ayni vaqtda ta’lim muassasalarida o’quvchilar bilish (o’quv fanlari asoslarini o’zlashtirish), ijtimoiy, sport, badiiy, texnik hamda hunarmandchilikka bo’lgan shaxsiy qiziqish va ehtiyojlariga ko’ra turli to’garak, klublarga jalb etilgandirlar. Shaxs rivojlanishining yosh va individual xususiyatlari. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola organizmining o’sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy va Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz ishlashi, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Go’daklik davrida bola bir qadar faol bo’ladi. Bu faollik qo’l-oyoqlarning shartli refleks asosida harakatlanib turishi bilan ifodalanadi. Harakatchanlik va faollik bolaning dastlabki chinqiriqlarida ham kuzatiladi. Bola tomonidan shartli reflekslar asosida tashkil etilayotgan harakatlar u besh-olti haftalik bo’lganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu davrga kelib u o’z onasini taniydi, uning ovozini eshitganda tinchlanadi, boshqalarning ovozlarini eshitganda xushyor tortadi. Go’daklik davrida idrok va tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. U ko’zga tashlanadigan barcha narsani ushlay ko’rishga, ozg’iga solishga, mazasini totishga intiladi. Besh-olti oylik bola o’tiradigan bo’ladi, so’ngra emaklab, tik yurishga ham harakat qiladi. Ba’zan bir yoshga, gohida ikki yoshga to’lganda mustaqil yura boshlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo’lgan davrda bolaning harakatchanligi, idroki va nutqi zo’r berib taraqqiy qiladi. Unda tafakkur yuzaga keladi. Uning tafakkuri dastlab “predmetli (obrazli) tafakkur” sanaladi, unga ko’ra bola o’zi idrok qilgan narsalar, shuningdek, atrofdagi narsalar haqida fikrlay oladi. Mazkur yosh davridagi tafakkur bolaning predmetlarga bo’lgan munosabatida ifodalanadi. Uning nuqti tafakkuri bilan uzluksiz holda o’sadi. Uch yoshda kundalik turmushda ishlatiladigan so’zlarni, nutqning oddiy grammatik shakllarini o’zlashtirib oladi.Mazkur davrda sezgilar, atrofdagilarga munosabatni ifodalovchi tuyg’ular ko’zga tashlana boshlaydi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning hissiyotga berilauvchanligiuning faolligida, katchanligida ko’rinadi. Bu yoshda bola o’ynay boshlaydi, uning o’yinlari asosan katta yoshdagi kishilar hamda o’zidan katta bolalarning harakatlariga taqlid qilishdan iborat bo’ladi. Uni o’yinning mazmunidan ko’ra o’ynalayotgan narsalar (qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar) ko’proq zavqlantiradi.Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo’ladi. Ta’limning dastlabki vaqtida qat’iy talablarning qo’yilishi tufayli endilikda u darsda o’qituvchini tinglay olishi, ko’rsatilayotgan narsalarni diqqat bilan qarashi, tengdoshlari so’zlayotganda e’tibor berishi, yozuv taxtasi yoki kitobdan ko’chirib olinayotgan matnga diqqatni qaratishi lozim. SHu asosida o’quvchida ixtiyoriy va barqaror diqqat o’sadi, kuzatuvchanlik qobiliyati rivojlanadi.Boshlang’ich sinfda o’quvchi xotirasida ham o’zgarishlar ro’y beradi. O’quvchi birinchi sinfdan boshlab, ta’lim jarayonida o’quv materialining ko’p qismini ixtiyoriy ravishda eslab qoladi. SHu bilan birga o’z-o’zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning natijasida o’quvchi xotirasi takomillashadi.Bu yoshda o’quvchilarning ko’pchiligi o’quv materialini yodlab olishga intiladilar. Buning sababli birinchi va ikkinchi sinflarda o’quvchilarning “o’z so’zlari” kam bo’ladi, grammatik nutq hali takomillashmagan bo’ladi, shu sababli materialni yodlab olishga intiladilar. Bilimlarni muntazam o’zlashtirish, yozma nutqni bir qadar bilib olish va ta’lim jarayonining o’zi o’quvchilar tafakkurini yanada o’stiradi. 7-8 yoshli bolalarda ham tafakkur hali konkret xarakterda bo’ladi. Ular o’zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar. Ta’lim jarayonida birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarda mantiqiy tafakkurning dastlabki ko’rinishlari shakllana boshlaydi. Ona tili va matematika fanlarini o’rganish ushbu tafakkur shaklini rivojlanishiga yordam beradi. Uchinchi va to’rtinchi sinflarda o’quvchilar ilmiy bilimlarga oid ayrim tushunchalarni ham o’zlashtirib oladilar. Masalan, orol, yarim orol, dengiz, ko’l, daryo, yomg’ir, chaqmoq, tog’, tekislik kabi geografik, qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish kabi matematik, ot, sifat, fe’l kabi grammatik, davlat, davlat ramzlari, bayroq, gimn, gerb kabi ijtimoiy-huquqiy, sotish, sotib olish, miqdor, mahsulot kabi iqtisodiy tushunchalarni egallaydilar. SHunday bo’lsa-da, mazkur davrda o’quvchilar aniq misollarni, ya’ni idrok qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalarni ko’rmasdan turib qandaydir ta’rif va ifodalarni o’zlashtira olmaydilar, ularning ma’nosini tushunmaydilar. SHu sababli, boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavhum xarakterdagi biror qoidani tushuntirganda aniq hayotiy misollar yordamida bayon qilish maqsadga muvofiqdir.Shu bilan birga mazkur davrda o’quvchilarning ruhiyatida hissiy kechinmalar yuz beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida biror fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar. Dars vaqtida o’quvchi faoliyatiga qo’yilgan yuqori baho o’quvchilarda ruhiy tetiklik, shodlikni, iftixor kabi ijobiy hissiy kechinmalarni tug’diradi. Ularda darslarni yaxshi o’zlashtirishga intilish yuzaga keladi. Yomon baho olganda esa o’zidan norozi bo’lish, pushaymon qilish kabi salbiy kechinmalar sodir bo’ladi. Ayrim o’quvchilar yomon bahoni tuzatishni. Yaxshi o’qishni istaydilar, ammo ayrimlar yomon baho tufayli o’ziga ishonmay qoladi, umidsizlik va tushkunlikka tushadi. Bu esa o’qituvchidan xushyorlikni talab qiladi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlarning shakllanishida ko’rinadi. Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas. Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q. Eng muhim qiziqish – teleko’rsatuvlarga qaratilgan. Televizorni har kuni 88 foiz o’smir tomosha qiladi.O’smirlar kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni ko’rsatdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.O’smirlarda Download 118.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling