I bob. Shaxs kamolotini rivojlantirishda musiqa tarbiyasining roli


Download 332.22 Kb.
bet9/25
Sana19.06.2023
Hajmi332.22 Kb.
#1609548
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
“boshlang‘ich ta’limda qo‘shiq o‘rgatishning yangi innovatsion metodlari”

Musiqa savodi
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’limda musiqa mashg‘ulotlari tarkibidagi musiqa savodi (musiqaga oid ma’lumot) o‘zining musiqa haqidagi kompleks bilimlar doirasidan iboratligi bilan farq qiladi. Ashula aytish jarayonida o‘rganiladigan musiqa savodi elementlari bilan birga musiqa savodi turkumiga musiqa janrlari, ularning shakl va tuzilishlari, ifoda vositalari, xalq va kompozitorlik musiqasining mohiyati haqidagi tushunchalar, ijrochilik turlari, cholg‘u asboblari va ularning tovush tembrlari va boshqalar kiradi. 5 yillik musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayonida mazkur bilimlar majmuasi asosida bolalarning musiqa savodxonligi tarkib topishi lozim. Bu musiqa mashg‘ulotining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Musiqa tinglash
Bolalarning musiqiy ta’asurotini boyitish, tasavvurini kengaytirish, tinglash qobiliyatini o‘stirish va musiqiy didini tarbiyalashda mashg‘ulotning musiqa tinglash faoliyati katta rol o`ynaydi. Mashg’ulotning bu faoliyat turida bolalar musiqa rahbari ijrosida, kompyuter magnitofon yordamida eng nodir musiqa asarlarining namunali ijrosini tinglaydilar. Xor, orkestr, ansambl va yakkanavozlar ijrosida turli janrdagi asarlar bilan tanishadilar, san’atning katta dargoxiga ilk bor qadam tashlaydilar. Musiqaning san’at sifatida tasvirlash qudratini, tabiat va hayot go`zalligini voqelik va hatti - harakatlardagi qaytarilmas, ko`z ilgamas qirralarini musiqiy ohangdagi rang - barang bo`yoqlarda idrok etadilar, chuqurroq xis etadilar. Kuylar bolalarning xotirasida chuqur o`rnashib qolishi uchun bu kuylarning ohanglarini bolalar bilan kuylab ko`rish tavsiya etiladi. Ayniqsa, asar musiqa asbobi ijrosida tinglanib, so`ng kuylab ko`rish orqali qayta mustahkamlanadi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, asarlarni yaxshi esda qoldirish uchun kamida 2 - 3 marta eshittirish, har gal kuyning yangi - yangi dinamik qirralari bilan bolalarni tanishtirib borish lozim. Kuylarni tinglash bilan bolalar musiqaning turli janrlari - marsh, qo`shiq va raqs haqida batafsil tushunchaga ega bo‘ladilar. Mashg‘ulotning har asosiy qismi alohida-alohida ajralib qolmasligi, aksincha ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq xolda mashg‘ulotning mazmuni bir butun bo‘lishini ta’minlashi lozim. Mashg‘ulotning mohiyati, mazmuni va mavzusidan kelib chiqqan holda mashg’ulotdagi biror bir faoliyat birinchi o‘ringa chiqib qolishi mumkin. Musiqa mashg‘ulotining tuzilishi asosan, musiqiy ijrochilikni tashkil etadi. Jamoa bo‘lib kuylash jarayonida bolalarda jamoatchilik, do‘stlik, birdamlik kabi fazilatlar shakllanadi. Bu jarayonda butun guruh jamoa bo‘lib, «bir yoqadan bosh chiqarib» faol ishtirok etadilar. Shu tufayli musiqiy qobiliyati sust bo`lgan bolalar faol va yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo`lgan bolalarga ergashadilar.

Download 332.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling