I bob. Shaxs kamolotini rivojlantirishda musiqa tarbiyasining roli


Download 332.22 Kb.
bet10/25
Sana19.06.2023
Hajmi332.22 Kb.
#1609548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
“boshlang‘ich ta’limda qo‘shiq o‘rgatishning yangi innovatsion metodlari”

Jamoa bo‘lib kuylash
Musiqaviy tarbiyaning jamoa faoliyati sifatida musiqa rahbarning bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Xorda kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi nerv xujayralari ham faol ishga tushadi. U qo`shiq kuylash davomida o‘quvchilarda ijobiy xis tuyg`ularning faolligini ta’minlaydi hamda o‘quvchilarning samarali ishlashiga sharoit yaratadi.
Musiqa rahbari guruh imkoniyatlarini hisobga olgan xolda yil davomida o`rgatish uchun 10 - 12 ta qo`shiq tanlaydi va ularning vokal-ijrochilik darajasi
va badiiy mazmuni bog‘cha hayotiga mosligini inobatga olib, ularning ma’lum tartibga soladi.
Bolalarning quyi yillarda olgan vokal - xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to‘g‘ri va ta’sirli aytilishini taminlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi. Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o`quvi yoshiga qarab o‘sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diktsiya, soz, ansambl dasturda har qaysi o‘quv yili uchun alohida - alohida beriladi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog`lanib boradi.
Musiqaga mos ritmik harakatlar bajarish
Bolalarning har tomonlama musiqiy rivojida musiqiy-ritmik harakatlar boshqa faoliyat turlari kabi muhim ahamiyatga ega. Ularda musiqiylik, ijodiylik qobiliyatlari rivojlanadi, jamoa bo‘lib harakat qilish malakalari shakllandi. Musiqaga mos harakat bajarishning tarbiyaviy ahamiyati - ritm hissi faollashadi, Musiqiy materialning o‘zlashtirishi chuqurlashadi. Harakatlar bajarish musiqiy obraz rivojini kuzatishga yordam beradi.
Musiqani diqqat bilan tinglab o‘z hissiyotlarini harakatlarda ifodalash imkoniyati bolaning o‘z harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ta’sir etadi.
Musiqiy-ritmik harakatlar jamoaviy faoliyatlardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim katta, tayyorlov guruh bolalarida yurish, yugurish
va sakrashda harakat koordinatsiyalari juda yaxshi. Musiqa sadolari ostida o‘zlari maroq bilan: qarsak chaladilar, oyoqlari bilan tupillatadilar, turli buyumlar bilan, xususan, koptok, tayoqchalar, lentalar, sun’iy gullar, oddiy musiqa asboblari bilan ifodali harakatlar bajaradilar. Musiqa va harakat birligini his qilish ularga xosdir. Bu sifat esa - bolalar musiqiy-ritmik harakat faoliyatida musiqiy ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy hisoblanadi. Musiqiy-ritmik harakatlar ham boshqa faoliyat turlari kabi bolalarda har tomonlama musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi:
- Musiqiy rivojlanadi;
- ijodiy qobiliyatlarni;
- jamoa bo‘lib harakat bajarish malakalari shakllandi.
Musiqa ostida harakatlar bajarish bolalarda ritm hissini faollashtiradi. Bu esa mashg’ulotning musiqiy materialini yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yordam berishi tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Harakatlar yordamida bolalar asarning harakter xususiyatlarini ko‘rsata oladilar.

Download 332.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling