Lapar - bir yoki ikki ijrochi tomonidan navbat bilan aytiladigan bandli
ashula shakli
Legato – (italyancha «legare» so’zidan olinib, «bog’lamoq» ma’nosini beradi) tovushlarni bir-biriga bog’lab, qo’shib ijro qilish. Turlicha balandlikdagi tovushlar ustidan yoki pastidan qo’yilgan ligalar eng ko’p tarqalgan bo’lib, ijroda tovushlarni bir-biriga bog’lab chalishni talab etadi. Shuningdek, motiv, fraza va h.k.lar kabi musiqaviy tuzilmalar chegaralarini ham ligalar bilan ko’rsatish mumkin.
Maqsad – bo’lg’usi natijalar haqida har doim aqlan uylab ko’rilgan, rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar.
Marsh-yurish, oldinga harakat qilish, o’quvchilarni ruxlantirish, ularni xissiyotlariga ta’sir etish maqsadida yozilgan musiqiy asar
Major ladi – turg’un tovushlari katta (major) uchtovushligini hosil qilgan lad.
Malaka – оdat, ko`nikma.
Markato- (italyancha «markare» so’zidan olinib, «ta’kidlash», «ajratish» ma’nolarini beradi) har bir tovushni alohida ta’kidlab ijro qilish.
Maqom - musiqa cholg’u asboblarida parda va tovushlar o’rnini.
Metodika- pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi va «bilish, o’rganish usuli» ma’nosini anglatadi.
Minor ladi – turg’un tovushlaridan kichiq (minor) uchtovushligi hosil bo’ladigan
Musiqa alifbosi – musiqaviy tovushlarning harfiy ishoralar bilan belgilanish tizimidir. («alifbo» yoki «alfavit» so’zi yunon alifbosining ikkita boshlang’ich harfidan, ya’ni «alfa» va «beta» (yunoncha «vita») harflaridan olingan).
Musiqa- turli tuman tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g’oyaviy emotsional mazmuniga ega bo’lgan san’atning bir turi hisoblanadi.
Musiqa estetikasi - musiqa san’atining mohiyati, badiiy shakllari va uslublarini o’rganadigan fan.
Musiqa savodi - musiqa nazariyasi haqida boshlangich ta’limot.
Musiqa tinglash - maktabdagi musiqa mashg’ulotining faоliyatlaridan biridir; hayotdagi va ayniqsa san’atdagi go’zallikni idrok etish asosida estetik xislarni tarbiyalashda zo’r ahamiyatga ega bo’lib estetik muxohama, tushuncha va did-zavq tarkib toptirishda xal qiluvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |