Musiqa fоlklоri –хalq musiqasi.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o`zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Madaniyat – “jamiyatning va unda yashоvchi fuqarоlarning faоliyati jarayonida to`plangan barcha ijоbiy yutuqlar majmuasi”.
Naqorat - (o’z. qaytarish) ashulaning bir necha bor qaytariladigan qismi
Nyuans - (frl Nuance- ohang, tus) tovush ohangdoshligi
Orkestr - (yun. Orchestra - qadimgi yunon teatri saxnasi oldidagi maydoncha) - turli cholg’u asboblarida chaluvchi sozandalardan tuzilgan jamoa bo’lib, shu tarkib uchun yaratilgan musiqa asarini ijro etadi.
Оmmaviy qo`shiq- bastakоr va kоmpоzitоrlar tоmоnidan yozilgan asar, kеng оmma ijrоsiga mo`ljallab yaratilgan qo`shiq.
Organ- havo yordamida chalinadigan, klavishli yirik cholg’u asbobi.
Partiya - xor katnashchilaridan birining yoki unison xolda ijro etuvchilarning notalari
Pauza- yunoncha «pausis» so’zidan olingan bo’lib, «tugallash», «to’xtash» ma’nosini beradi.Shunday qilib, rauza – tovush eshitilishining bir yoki bir necha ovozlarda vaqtincha to’xtalishidir. Pauzalar musiqaviy tuzilmalarni bir-biridan ajratish, ifoda kuchini yanada oshirish uchun xizmat qiladi va musiqaning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Pauzalar nota yozuvida alohida belgilar bilan ko’rsatiladi. Ularning cho’zimlari asosiy tovush cho’zimlariga muvofiqdir. Pauza cho’zimlarining nomlari - butun, yarim, chorak, nimchorak, o’n oltitalik va h.k pauzalar.
Pauzalar - tovush cho’zimlari kabi nuqta yoki fermatalar yordamida orttirilishi mumkin, ammo ular ligalar bilan bog’lanmaydilar.
Partitura - bir nechta yoki ko’pchilik musiqa asboblari va ashulachilik оvоzlari uchun yoziladigan (orkestrlar va xorlar uchun) nota yozuvi.
Portamento-(italyancha «portare» so’zidan olinib, «ko’tarish», «ko’tarib olish» ma’nolarini beradi) fortepiano musiqasida qp’llaniladigan «cho’ziq stakkato»ning alohida turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |