Simfonik orkestr - turli cholg’u asboblardan tuzilgan va nisbatan boy va murakkab turdagi orkestr. Оrkеstr 3 turga bo`linadi: Tоrli, puflab chalinadigan mis yoki yog`оch, urib chalinadigan.
Solist - yakkaxon sozanda yoki yakkaxon honanda bo’lishi mumkin
Sоz - har bir bоlaning bеrilgan musiqa tоvushini aniq idrоk etib, o`z оvоzini unga mоslab kuylashi, saqlanishi
Sоf unisоn - sоf bir оvоzda kuylashga erishish
Sоzanda - chоlg`u asbоbida ijrо qiluvchi chоlg`uchi
Stakkato - (italyancha «staccare» so’zidan olinib, «uzish», «bo’lish» ma’nolarini beradi.) tovushlarni uzib-uzib, qisqa ijro qilish.
Ta’lim metodlari (uslublari) - bolalarning bilimlarini, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirishini, umumiy ma’lumot hamda umumiy ta’limning vositalarini egallash uchun aqliy kuchli, qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlaydigan, pedagog bilan o’quvchining o’quv o’rganish jarayonidagi o’zaro ta’sirlarining maxsus usullaridir.
Ta’lim (o’qitish) usullari – ta’limning uslubiy tarkibiy qismlarini tashkil etgan bulaqlaridan iborat. Masalan, og’zaki bayon etish davomida doskaga yozib borish, ko’rgazmali qurollar yoki ular bilan tanishtirish jarayonida qiyoslashlardan foydalanish kabi va boshqalar. Har bir uslub doirasida o’quv materiali mazmuniga, o’quvchilarning tayyorgarligiga, mashg’ulotning jixozlanishiga, o’qitishning individual o’ziga xosliklariga bog’liq ravishda usullar almashinadi. Quntlik, tirishqoqlik-mehnat va o’rganishda sergayratlilik, quntlilik bo’lib, bolalarni yoshlik yillaridan boshlangan ishini oxiriga yetkazishga, uni vijdonan hamda puxta, tartibli qilib bajarishga o’rgatish, ongiga singdirishdir.
Ta’lim jarayoni – o`qituvchi bilan o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo`lib, ikki tomonlama xarakterga egadir.
Ta’lim printsiplari – ta’lim metodikasi va tashkil etilishi mazmuniga qo`yiladigan talablarni aniqlaydigan eng muhim qoidalar.
Ta’lim metodlari - o`qituvchi bilan o`quvchining o`quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o`zaro bog’langan faoliyati yo`llari va usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |