I bob. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni 3


Barkamol insonni tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari


Download 210.84 Kb.
bet8/11
Sana07.05.2023
Hajmi210.84 Kb.
#1436882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Barkamol insonni tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari.
O'zbekiston mustaqil davlatga aylangan bir sharoitda ma'naviy va axloqiy tarbiya qator omillar ta'siri ostida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko'rinadi. Axloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit xolga keltiradi. O'zbek xalqining moddiy va maonaviy darajasining ko'tarilishi yangi axloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishiningsosial bazasini kengaytiradi, shaxs ehtiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni shakllantiradi. Shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish; vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi va bayrog'i hamda madhiyasiga muhabbat, insonpavarlik, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridir. Axloqiy tarbiyaning ba'zi asosiy sifatlari mazmunini tavsiflaymiz. Vatanparvarlik. Vatanparvarlik Vatanga muhabbat uninghimoyasiga tayyor turishlik, vatanning gullab yashnashi uchun mehnat qilishdir.
Fuqarolik burchi inson hayotiy faoliyatining barcha sohalaridagi ijtimoiy faoligini kuchaytiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilishda, mehnatda, ijtimoiy faoliyatda o'zining fuqarolik majburiyatlarini sidqidildan bajarishga rag'batlantiradi. Talabalarda baynalmilal tuyg'u va baynalmilalchi sifatlarini tarbiyalash jarayonida ularning O'zbekiston xalqlarining milliy birligi, umumdavlat manfaatlarining ayrim viloyat yoki millat manfaatlaridan ustunligini aloxida ahamiyatga ega. Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma’naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg‘ular (burch, vijdon, mas’uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi. Shaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy
faoliyatning turli xillarida: o‘quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo‘ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida rivojlanadi. Shaxsning ma’naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o‘z ichki ishining yakuni bo‘lib, bu jarayonda tashqi ta’sirlar qayta ishlanadi va o‘zlashtiriladi. Odamning rivojlanishi – bu miqdor va sifat o‘zgarishi, eskining yo‘q bo‘lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo‘lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir. Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o‘zgaradi. Bu rivojlanish va o‘zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanish manbai shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o‘zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o‘yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o‘yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.

Download 210.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling