I bob shayboniylar davrida movaraunnahrda ijtimoiy,iqtisodiy va siyosiy hayot


I BOB SHAYBONIYLAR DAVRIDA MOVARAUNNAHRDA IJTIMOIY,IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOT


Download 1.12 Mb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1536458
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ABDULLAXON

I BOB SHAYBONIYLAR DAVRIDA MOVARAUNNAHRDA IJTIMOIY,IQTISODIY VA SIYOSIY HAYOT
1.1 XV asrning ikkinch yarmida Dashti qipchoq va Movaraunnahrdagi siyosiy ahvol
Shayboniylar davri shoiri va tarixchisi. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tugilgan. Bobosi Shohmalik Ulugbek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulugbek, Jogi Mirzo, Abu Said saroylarida etiborli arboblardan bolgan. M.S. Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm organgan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va boshqa temuriylar saroyida malum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining olimiga sababchi bolgan temuriyzodalar bilan ishlashni xohlamay, 1499 yil Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjoy, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. "Amir ul-ulamo", "Malik ush-shuaro" unvonlariga sazovor bolgan. 1507 - 10 yillarda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafotidan song Buxoroga qaytgan. M.S. turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sherlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. Ozbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston - "Shayboniynoma"ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-asr oxiri - 16-asr boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiyligiga kora ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510 yilda kochirilgan qolyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904 yilda Sankt-Peterburgda 1904, Toshkentda 1961, 1989 nashr etilgan. Vamberi M.S.ning "Laylo va Majnun" nomli turkcha gozal dostoni borligini xabar bergan, lekin u topilgan emas. "Qomus ul-alom"sA "Noz va Niyoz" manzumasi M.S.ga nisbat berilgan, biroq Nisoriy "Muzakkiri ahbob"da uning muallifini Baqoiy deb korsatadi. XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida „Dashti Qipchoq“ deb ataluvchi geografik hudud tilga obnadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan.
Вu hududlar rus manbalarida ,Boloveslar yeri “ nomi bilan yuritilgan. Chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular kumanlar, sharq manbalarida esa qipchoqlar nomlari bilan qayd etilgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan.
1428-yilda Jo‘jining beshinchi o‘g‘li shaybon naslidan bo‘lgan Abulxayrxon sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat ,,0 ‘zbek ulusi“ (o‘zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. Abulxayrxon dastlab temuriylarga rasman qaram bo‘lgan Xorazmga hujum qilgan. 1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar — Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, 0 ‘zgan va Suzoqni bosib oladi. 0 ‘z davlatining poytaxtini Turadan Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligining tasdig‘i edi. Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish bosliladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi. Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu tariqa u Movarounnalirda borgan sari o‘z nufuzining ortishiga erisha olgan. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. Muhammad Muhammad Shayboniy Abulxayrxon Shayboniyxon ning nabirasi bo‘lib, uning Shohbudog‘ Sulton ismli о‘gaining farzandi edi. Shohbudog‘ Sultondan ikki o‘g‘il qolgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug‘ilgan.Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko‘ra tug‘ilgan go‘dakka ikki ism qo‘yish urf bo‘lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), 1ikkinchisi esa turkiy bo‘lgan. Tug‘ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o‘zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo‘lgan. ,,Boburnoma“ asarida Shayboniyning ismi Shoyboqxon deb berilgan. Bu nom ,,kuchqudrat“ degan ma’noni anglatadi. Ota-onasidan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniy otasiga otaliq qilgan amir Boyshayx qo‘lida tarbiyalangan. Boyshayx bu shahzodaga otalarcha mehribonlik ko‘rsatgan. Keyinchalik Shayboniyga nufuzli temuriy amirlardan boMmish Turkiston va 0 ‘tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qildi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular Buxoroda yashab, ilm o‘rgandilar, she’riyat va ilm-fanga oshno boMdilar. Balog‘atga yetgani sari Shayboniy ko‘nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo‘sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib, lashkar to‘plashga muvaffaq boladi. Ayni paytda, u bobosining davlatini tiklash yolidagi xatti-harakatini dastlab o‘z qo‘shini bilan temuriylarga yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. Shayboniyning xizmatidan ham Mo‘giliston, ham Movarounnahr, ham Xuroson hukmdorlari o‘zlarining qo‘shnilariga hamda ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar. Bu kurashlarda Shayboniy o‘zining mohir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon qildi. Turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxslii bilib olishga imkon berdi.
Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘lib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida XVasming 80-yiUarida davlatni qayta tiklashga muvaffaq bo ‘Idi hamda xonlik taxtiga о ‘tirdi. Muhammad Shayboniyxon (XVI asrda ishlangan miniatura). 9Vaqtlar o‘tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlami ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘taydi.



    1. Download 1.12 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling