M. A. Muqimiy 1850 yilda Qo’qonda novvoy oilasida tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargach, madrasada o’qiydi. 1877 yilda Qo’qonda yer qurilish mahkamasida ishlaydi. Ayrim yer o’lchovchilarning yaramasliklarini ko


Download 23.5 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1134811
Bog'liq
Muqimiy hayoti va ijodi.


Muqimiy hayoti va ijodi.
19 asrga kelib adabiyotimizda yangicha yo’nalish, katta bir avlod yetishib chiqa boshladi. Ularning ilk vakillari Munis, Ogahiy, Almaiy bo’lsalar, keyingi vakillari Ibrat, MUqimiy, Furqat, Zavqiy, A.O’tarlardir. Bular milliy uyg’onish davri o’z.ad.ning zabardast vakillaridir.
M.A.Muqimiy 1850 yilda Qo’qonda novvoy oilasida tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargach, madrasada o’qiydi. 1877 yilda Qo’qonda yer qurilish mahkamasida ishlaydi. Ayrim yer o’lchovchilarning yaramasliklarini ko’rib, “Tanobchilar”ni yozadi.
19 asr 70 yillarida Muqimiy tax.bilan yozgan she’rlari mashhur bo’lib ketadi. Shoirning bizgacha 10ming misra atrofidagi asarlari yetib kelgan. Ular asosan lirika va hajviyalardan ib. M. asarlari 1907 yil Tosh. bosildi. Ostroumov nashrga tayyorladi va so’ngso’zni yozdi. Ko’p qismi lirika vahajviyot bo’lsa, oz qismi sayohatnoma va maktublardir. U zamondoshlari singari zullisonayn edi. Uning ko’pgina g’azallari tirikligidayoq qo’shiq qilib kuylangan. Murabba’lari 20 dan ortiqni tashkil etadi. Ular asosan ishqiy mavzuda.
Emdi sendek jono, jonon qaydadur,
Ko’rib gul yuzingni bog’da bandadir,
Saqlay ishqing toki jonim tandadir,
O’zim har joydaman ko’nglim sandadir.
Ђzallarining ruhi baland. Hozirgacha xonandalar tomonidan sevib kuylanmoqda. Shoir ko’pgina hajviy she’rlar yaratdi. Ular “Tanobchilar”, “Hajvi Viktorboy”, “Maskovchi boy ta’rifinda”, “Saylov” kabilar. Mutoyibalari: “Loy”, “Ko’sa”, “Pashshalar”.
Shoir ijodida kirib kelgan Yevropaning yetkazgan ta’siri, yevropalashuv tomon qo’yilgan qadamlar o’z aksini topdi. U o’z. ada.ning mazmun va g’oyasiningina emas, shakliga ham ma’lum yangiliklar kiritdi. Sayohatnomani mustaqil janr darajasiga ko’tardi. Ishqiy lirikaga ijtimoiy mazmun baxsh etdi. 
Bosh sahifa
Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling