I-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot


Qiyosiy darajadagi sifatlarhaqida ma’lumot


Download 28.78 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1548968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek tilida daraja kategoriyasi. (O‘.Hoshimov asarlari misolida)

1.2. Qiyosiy darajadagi sifatlarhaqida ma’lumot
Oldingi qismda qiyosiy daraja shaklining ta’rifi va uning qanday qo’shimcha olib yasalishi haqida to’xtalib o’tganmiz.
Qiyosiy darajadagi sifatlar bir predmetning belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgining me’yordan sal kam ekanligini, qiyoslab, taqqoslab va solishtirib ifodalab va oddiy daraja sifatlarga –roq qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi.
Qiyosiy daraja shakllarini sifatlarning ma’no jihatdan topilgan misollarning tarkibiga qarab quyidagi turlarga ajratib chiqdim.
1. Xususiyatni bildiruvchi sifatlar: Alisher indamadi, u maydonda chopib yurgan otlarning qaysi biri suluvroq, qaysi biri chopqirroq degan hayol bilanband edi.
Bu misolda suluvroq va chopqirroq so’zlari qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatlarga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Bola-da, bola-dedi qaltirab bobom,-ammo yoshligi bor, sho’xroq, kechiring taqsir-u ikki bukilib qayta-qayta iltimos qildi.
Bu misolda sho’xroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas. Bu misolda yaxshiroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan. Mana shu asboblarni boshingga qo’yib hushyorroq yotasan mabodo xo’kiz yomonlik qilgu-day bo’lsa, borib darrov bo’g’zidan pichoq tortib yuborasanda meni chaqirasan.
Bu misolda hushyorroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Dovdirroq doktor qanday shoshib kelgan bo’lsa, shunday shoshib chiqib ketdi.
Bu misolda dovdirroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
2. Maza-tam sifatlari: Lag’mon unga kechagi ovqatdan ham shirinroq tuyuldi.
Bu misolda shirinroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
4. Hajm-o’lchov sifatlari: Keyin Qo’chqor akam meni ko’rib yurgandan ikki-marta kattaroq bir shprisga haligi doridan to’ldirib oldi-da, saman toy jasadining besh-olti joyiga ukol qildi. Bu misolda kattaroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan. Sayozroq jayga yetganida oyog’ini yerga tiramoqchi bo’lgandi suv zo’rlik qilib suzib ketdi. Bu misolda sayozroq so’zi qiyosiy daraja shaklida kelgan bo’lib, oddiy daraja shaklidagi sifatiga –roq qo’shimchasini olishi bilan ifodalangan.
Demak, yuqorida boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida keltirilgan misollarga nazar tashlaydigan bo’lsak, qiyosiy daraja shakli –roq qo’shimchasini olgan holda yasalar ekan. Bundan tashqari, qiyosiy daraja shaklining –roq qo’shimchasi gap tarkibida kuchaytirma, qiyoslash ma’nosida keladi. Shuning uchun ayrim ilmiy adabiyotlarda sifat darajasining qiyosiy daraja shaklini ozaytirma daraja shakli deb berilgan.


Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling