I-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot


Orttirmadarajadagi sifatlarhaqida ma’lumot


Download 28.78 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi28.78 Kb.
#1548968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek tilida daraja kategoriyasi. (O‘.Hoshimov asarlari misolida)

1.3. Orttirmadarajadagi sifatlarhaqida ma’lumot
Orttirma daraja deb sifatlar belgisining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan sifatlarga aytiladi. Orttirma daraja shakli quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:
1) maxsus so’zlar yordamida. Bunda oddiy daraja shaklidagi sifatlardan oldin eng, g’oyatda, bag’oyatda, zap, hammadan kabi so’zlarni keltirish bilan ifodalanadi.
2) birinchi bo’g’inni takrorlash yordamida. Bunda oddiy daraja sifatlarning birinchi bo’g’ini to’g’ridan-to’g’ri yoki turli tovushlarning o’zgarishlari bilan takrorlanishi orqali ifodalanadi.
Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida to’plangan misollarni tahlil qilganimizda oddiy va qiyosiy darajalar orttirma darajaga nisbatan ancha kam. 3-4- sinflarda ko’proq, 1-2- sinflarda kamroq berilganining sababi, o’qish kitoblarida berilgan matnlarning murakkablashib borganligida va o’quvchilarning bilim darajasining kengayib borishiga bog’liq. Matnlardan olingan misollarda orttirma daraja shakli quyidagicha ifodalangan.
1. Xususiyatni bildiruvchi sifatlar:
Navro’z bayrami elimizning eng yaxshi udumlaridan biri bo’lib qolgan.
Bu misolda eng yaxshi so’zi orttirma darajada bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin maxsus so’z hisoblangan eng so’zi yordamida ifodalangan.
Keyin ichkarida: Nihoyatda odobli ekan, ota-onasiga ming rahmat deb havas qilishadi.
Bu yuqorida berilgan misolda nihoyatda odobli so’zi orttirma daraja bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin keltirilgan nihoyatda so’zi yordamida ifodalangan.
Bolalar orasida g’oyat chiroyli, lekin o’taketgan dimog’dor bir qizcha ham bor ekan. Bu misolda g’oyat chiroyli so’zi orttirma daraja shakli hisoblanadi, chunki oddiy darajadagi sifat oldidan maxsus g’oyatda so’zi yordamida orttirma daraja shakli yasalgan.
Laylakvoy juda saxiy ekan debdi. Bu misolda juda saxiy so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin juda so’zini keltirish bilan yasalgan.
2. Rang-tus sifatlari: Kunlar isigan sayin qor tog’ tomonga chekinib, vodiyga yam-yashil gilam to’shala boshladi.
Bu misolda yam-yashil so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan. Oldingi u kichkina edi, uch kundan keyin esa piyoladek keladigan qip-qizil atirgulga aylandi.
Bu misolda qip-qizil so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib yasalgan.
-Abdulla sap-sariq uzum yaprog’ini u yoq-bu yoqqa surib mo’raladi.
Bu misolda sap-sariq so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan. Tashqarida yomg’ir shig’illab quyar, osmonni esa qop-qora bulut qoplab olgan edi.
Bu misolda qop-qora so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan.
Ko’m-ko’k palaklar ichida sarg’ayib qovunlar ko’rinadi.
Bu misolda ko’m-ko’k so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishlari bilan takrorlanib ifodalangan.
3. Ma’za-tam sifatlari: Tatib ko’rsa, qozondagi qiyom juda mazali emish, hidi juda yoqimli, o’zi to’yimli emish.
Bu misolda juda mazali sifati orttirma daraja shakli bo’lib, maxsus so’z juda so’zining oddiy darajadagi sifatdan oldin kelishi bilan ifodalangan.
Eng lazzatli Navro’z taomlaridan biri sumalak pishiriladi.
Bu misolda eng lazzatli so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi shaklidagi sifatdan oldin eng so’zini keltirish bilan ifodalangan.
- Oyijon, ovqatingiz juda shirin bo’libdi, - dedi.
Bu misolda juda shirin so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin maxsus so’z juda so’zi kelishi bilan ifodalangan.
4. Hajm-o’lchov sifatlari: Jahongir shoh bu xunuk xabarni eshitdi-yu, saroyning eng baland minorasiga chiqib, yov tomonga qarabdi.
Bu misolda eng baland so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin eng so’zini keltirish bilan ifodalangan. Bobokolonlari aytgan suv uchun, oziq-ovqat uchun bo’ladigan janglarning eng o’g’ir pallasi boshlanganga o’xshaydi.
Bu misolda eng o’g’ir so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin eng so’zini keltirish bilan ifodalangan.
Dum-dumaloq barkash non ko’l yuzida suzadi.
Bu misolda dum-dumaloq so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini to’g’ridan-to’g’ri takrorlanib kelishi bilan ifodalangan.
Kap-katta bo’lib, mendan bug’doy so’ragani uyalmaysanmi? O’zing topib yesang bo’lmaydimi?
Bu misolda kap-katta so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatning birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanib kelishi bilan yasalgan.
Dunyodagi eng katta bu bog’ga turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi.
Bu misolda eng katta so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi sifatdan oldin maxsus so’z: eng so’zi kelishi bilan yasalgan.
5.Hid bildiruvchi sifatlar: - Dunyodagi eng xushboy narsani keltiring, - deb qolibdi.
Bu misolda eng xushboy so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi shaklidagi sifatdan oldin maxsus so’z: eng so’zi kelishi bilan yasalgan.
Gulning hidi juda yoqimli ekan.
Bu misolda juda yoqimli so’zi orttirma daraja shakli bo’lib, oddiy darajadagi shaklidagi sifatdan oldin maxsus so’z: juda so’zi kelishi bilan yasalgan. Demak, misollarni sifatlarning ma’no jihatdan ajratib orttirma daraja shakli qanday yadalganini tahlil qilganimizda boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida hid bildiruvchi sifatlarga kamroq misollar berilgan ekan.
Shuni aytib o’tish lozimki, boshlang’ich sinf o’qish kitoblaridagi matnlardan to’plangan misollarni sinflar bo’yicha taqqoslaydigan bo’lsak, 1-3 sinf o’qish kitoblarida orttirma daraja shakli matnlarda kamroq berilgan ekan.
2-4 sinf o’qish kitobida yuqorida keltirilgan sinflarga qaraganda orttirma daraja shakliga ko’proq misollar berilgan.
Bundan tashqari 4-sinf o’qish kitobida berilgan matnlar o’quvchilarning yoshiga mos bo’lib, matnlarning soni ortib borganligi sababli, orttirma daraja shakli ko’proq berilgan. Orttirma daraja shakli haqida yuqorida keltirilgan boblardagi ilmiy adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarda orttirma daraja shaklining yasalishi turlicha talqin qilinganligini ko’rib chiqgan edik.


Download 28.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling