I-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot
Download 28.78 Kb.
|
O‘zbek tilida daraja kategoriyasi. (O‘.Hoshimov asarlari misolida)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa……………………………………………………………………………. 25 Foydalanilgan adasbiyotlar ro’yxati…………………………………………… 26 Kirish
MUNDARIJA: Kirish ....................................................................................................................... 4 I-Bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriysi haqida ma’lumot…………………….. 7 1.1. Oddiy darajadagi sifatlar haqida ma’lumot ....................................................... 7 1.2. Qiyosiy darajadagi sifatlar haqida ma’lumot ................................................... 10 1.3. Orttirma darajadagi sifatlar haqida ma’lumot ................................................. 12 II-Bob. Belgi bildiruvchi boshqa so’z turkumlaridagi daraja kategoriyasi haqida . 16 2.1. Ravish turkumidagi daraja kategoriyasi haqida ............................................... 16 2.2. Sifatdoshlardagi daraja kategoriyasi ................................................................ 23 Xulosa……………………………………………………………………………. 25 Foydalanilgan adasbiyotlar ro’yxati…………………………………………… 26 Kirish O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, xalqimizning madaniy-ma’naviy hayotida juda katta ijobiy o’zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov “Xalqning milliy madaniyatini va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro`yobga chiqarish”1 davlat ahamiyatiga molik ekanligini ta’kidlagan edi. Binobarin, o’zbek tilining qurilishini mukammal tadqiq etish, uning o’zbekona tabiatini o’zga tillar tabiatidan ayricha ekanligini ochish va ko’rsatish ham umummilliy ahamiyatga molik ishdir. O’zbek tilining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan mutafakkirlarimizdan biri Alisher Navoiy bobomiz o’zining asarlari orqali ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va bo`yoqdorligini anglash tuyg’usini o’zbek xalqining qalbiga singdirdi. “Ma’lumki, o’zlikni anglash milliy ong tafakkurining ifodasini, avlodlar o’rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko’p ish qilishimiz lozimligini ham umutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba’zan rasmiy muloqatlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo’shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali hanuz dolzarb bo’lib qolayotganini ko’rsatadi”. Prezidentimizning yuqorida keltirilgan so’zlariga tayangan holda shuni aytib o’tishimiz lozimki, hozirgi kunda kollejlarda, litsey, maktab, universitet, institutlarda rasmiy dars jarayonida ba’zan sheva elementlaridan foydalaniladi. O’qituvchilar adabiy til me`yorlariga rioya qilmayotganligi sababli, bu masala dolzarb bo’lib qolayotganini ko’rsatadi. Zero, bu o’rinda prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirishni joiz deb bildik: “O’z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. Shuni aytib o’tishimiz lozimki, O’zbekistonning mustaqil respublika deb e’lon qilinishi va keyingi 20 yillik istiqlol davri o’zbek tilining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Qonun asosida o’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. (1989-yil, 21-oktabr va bu qonunning yangi tahriri o’zbek tilining pasayib ketgan mavqeini tiklashga yo’l ochib berdi, uning ijtimoiy ahamiyatini oshirdi. 1989-yil 21-oktabrda O’zbekistonning davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Qonun 30 moddadan iborat bo’lib, o’zbek tilining har bir sohadagi haquqiy ro’lini tiklash vazifasi maqsad qilib qo’yilgan. 1995-yil 21-oktabrda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Qonun 24 moddadan iborat bo’lib, unda “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir’’, deb 1-moddasida yozib qo’yilgan. Shu bilan birga konstitutsiyamizning 4-moddasida ham bu haqida qayd qilindi. Qonunda barcha rasmiy hujjatlar davlat tilida qabul qilinishi (8- moddada), barcha davlat va boshqaruv organlarida ishi davlat tilida yuritilishini (9-modda) qayd etilgan. Qonun o’zbek tilini barcha sohalarida rivojlantirishni ko’zda tutgan holda boshqa tillarning konstitutsiyaviy huquqlariga monelk qilmasligini ham kafolatlaydi. Chor Rossiyasining Turkiston o’lkasidagi general–gubernatori M. Skobelev ta’kidlashicha: ‘’Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, sa’natini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi’’ deb aytgan gapini yurtboshimiz eslatib o’tdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda Davlat tili haqidagi qonunning juda ko’p moddalari bo’yicha katta ishlar qilindi. Maktablarning yuqori sinflarida o`zbek tili fani tiklandi, darslik va qo`llanmalar qayta ko`rib chiqildi, barcha oliy o’quv yurtlarida o`zbek tili kafedralari ochildi. Respublika Oliy Kengashining sessiyasida O`zbekistonning davlat tili to`g`risidagi qonunining qabul qilinishi respublika hayotida muhim tarixiy voqeadir. Sira mubolag`asiz shuni aytish mumkinki, tilshunos olimlar, adabiyotshunos va huquqshunoslar, iqtisodchilarning faol va amaliy ishtirokisiz mazkur qonunning asosiy qoidalarini amalga oshirish juda mushkul bo’lur edi. Shu munosabat bilan sizlardan qanday yordam kutmoqdamiz? Avvalo, o`zbek tilshunosligi sofligi va so`z boyligi masalasi bor. Bu o`rinda gap o`zbek tilining bundan buyongi taraqqiyotiga oid ilmiy yechimlar haqida bormoqda. Bundan tashqari, ayniqsa, texnika bilan bog`liq ixtisoslar bo`yicha atama lug’atlari va zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarining yo`qligi xalq xo`jaligi uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga muayyan darajada xalal bermoqda. Biz o`zbek tilini o`qishning eng yangi, samarali metodikasini tayyorlash, davlat tilini jadal o`rganishning kurslarini ishlab chiqishda tilshunos olimlarning madadiga ehtiyoj sezib turibmiz. Xalqning ko`p asrlk madaniyatini o`rganish uchun dastur bo`ladigan eski o`zbek yozuvini o`rganish muammosi ham kun tartibida turibdi. Respublikamizning davlat tilini yanada takomillashtirish uchun quyidagi muammolarni bartaraf etish lozim: o`zbek tilini o`qitish va o`rgatish ishlarini takomillashtirish, atamalarni tartibga solish, rasmiy-idoraviy uslubni takomillashtirish, o`zbek tilining yangi imlo qoidalarini yanada mukammallashtirish, lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosini ommaviy tarzda o`rgatish ishlarini mukammallashtirish, toponimik nomlarining, peshlavhalarda imlo qoidalari asosida yozilishini nazorat qilish lozimdir. Shunday ekan, bizning bugungi kundagi eng muhim, eng asosiy vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, o`sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, barkamol inson qilib yetishtirish, o`zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadryatlarini o`rgatish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling