Kurs ishining obekti :Kurs ishi obekti sifatida biz Sifatdosh o'ramli hollar semantikasi o`rganish jarayonini olishimiz mumkin.
Kurs ishining vazifasi: kurs ishida boz Sifatdosh haqida ma`lumot va Sifatdosh o'ramli hollar semantikasi haqida ma'lumotlarga eha bo'ldik.
Kurs ishining maqsadi : : ushbu kurs ishida biz o’zbek tili va sifatdoshlarning strukturaviy-funksional xususiyatlarini, Sifatdosh o'ramli hollar nina ekanligini va ularning tuzilishini, semantika bo`limoi qanday bo`lim va unda nim alr o`rganilishi haqida alohida yoritib berilgan. Sifatdosh bu fe’lning sifatga xoslangan shaklidir shuni alohida e`tiborga olish zarur.
I BOB Sifatdosh haqida ma`lumot.
1. Fe'lning sifatdosh shakli
Sifatdosh — feʼlning funksional shakllaridan biri. Sifatlar kabi predmetning belgisini koʻrsatishga xoslangan va xuddi shu xususiyatiga koʻra Sifatdosh deb yuritiladi. Sifatdosh shakli hozirgi oʻzbek tilida, asosan, gan, vchi affikslari yordamida yasaladi: oʻqigan kitoblarim, kurashga tushuvchi yigitlar. gan affiksi feʼlning zamon kursatkichiga ega boʻlmagan shakliga qoʻshilganda, oʻtgan zamon maʼnosini; feʼlning xoz. zamon koʻrsatkichi boʻlgan shakliga qoʻshilganda, hozirgi zamon maʼnosini; feʼlning hozirgikelasi zamon koʻrsatkichi boʻlgan shakliga qoʻshilganda, hozirgi kelasi zamon maʼnosini bildiradi: kelgan odam, kelayotgan odam, keladigan odam. Sifatdoshning zamoni bevosita nutq vaqtiga nisbatan emas, balki feʼlning aniqlik maylidagi shaxsson bilan tuslangan shakli bildirgan vaqtta, gapning kesimidan anglashilgan vaqtga yoki matndagi biror soʻz bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi. Shu sababli Sifatdosh bildirgan zamon nisbiy zamon hisoblanadi. Koʻchada kelayotgan yigit atrofga bir qarab qoʻydi. Mening sizga aytadigan anchagina gaplarim bor. Bunday koʻrsatkichli Sifatdosh shakllari feʼlning oʻtgan zamon shakllarini hosil qilishda ham qatnashadi: kelgan edi, ketayotgan edi kabi.1
Sifatdoshning vchi affiksi bilan yasaluvchi turi predmetga doimiy xos boʻlgan odatdagi harakat belgisini, baʼzan esa kelgusiga oid harakat belgisini bildiradi: Kishini sehrlovchi ohanglar. Bu yerga keluvchi mehmonlarni kutib olamiz. Sifatdosh gapda anikdovchi vazifasida keladi. Slar otlashganda (qarang Otlashuv), otlarga xos sintaktik vazifalarni bajaradi.
Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi.Sifatdosh predmetning belgisini bildiradigan fe'l shakli hisoblanadi. Ular gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi bo’lib keladi.Sifatdosh fe'lning sifatga yaqin shakli bo’lib, xuddi sifatlar kabi otga bog’lanadi va uning belgisini aniqlab keladi.Sifatdoshlar quyidagi qo’shimchalar yordamida hosil - qilinadi:gan (-kan, -qan) . O’qigan bola, cho’kkan kema, oqqan daryo. -digan, -yotgan. keladigan mehmon, yugurayotgan kishi.-r, -ar (bo’lishsizi -mas). qaytar dunyo, uchar уigit, so’nmas hayot.-ajak. Bo’lajak kuyov, qurilajak bino. -asi. kelasi киn, kelasi zamon.-vchi, -uvchi. azon aytuvchi, kechira oluvchi.
Tarixiy asarlarda sifatdoshning -mish (kelmish mehmon), -g’lik (yasatig’lik uy, chirog’i yoqig’lik xonadon), -rlik (qorin to’ydirarlik bir kasb) kabi affikslar bilan yasalgan shakllari ham uchraydi.
Sifatdoshlar ham barcha fe'llar singari o’timli-o’timsiz, bo’lishli- bo’lishsiz va zamon ma'nosini ifodalash xususiyatiga ega: rasm chizgan qiz -o’timli, rasm chizilgan daftar - o’timsiz, o’qigan - bo’lishli, o’qimagan – bo’lishsiz, kelgan – o’tgan zarnon, kelayotgan - hozirgi zamon, bo’lajak - kelasi zamon.
Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo’ladi. Harakatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bevosita ko’rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali anglashilgan vaqtga yoki gapning umumiy inazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi: Topshiriqni birinchi bajargan (bajaradigan) o’quvchini taqdirlayman. Buning ustiga, mamlakatning har yeridan sen tanimagan (tanimaydigan) odamlardan har xil xatlar, g’alati-g’alati sovg’a kelib turadi (A.Qahhor).2
. Sifatdosh shakli fe'l anglatadigan harakat-holatni predmetning belgisi sifatida (sifatdan farqli holda aktiv belgisi tarzida) taqdim qiladi. Sifatdosh shakli hozirgi o‘zbek tilida quyidagicha yasaladi: 1) -gan affiksi bilan yasaladi. Bu sifatdosh yasovchisi hozirgi o‘zbek tilida eng ko‘p ishlatiladi, harakatni o‘tgan zamonda voqe bo‘lgan belgi sifatida ifodalaydi: kelgan (kunim−), o‘qigan (kitobing-), bergan (va'dang-) kabi. Bu sifatdosh shakli yot-, tur-, o‘tir-, yur- holat fe'llaridan yasalganida ushbu leksemalarning leksik ma'nosi ta'sirida hozirgi zamon ma'nosi ifodalanadi: yonimda o‘tirgan do‘stim-, stol ustida yotgan kitob- kabi. -gan affiksi o‘zi qo‘shiladigan asosning qanday tovush bilan tugashiga qarab uch allomorfema shaklida namoyon bo‘ladi: a) k, g tovushiga tugasa, -kan shaklida: tik + kan, tug + gan > tukkan (tuggan yoziladi) kabi; k, q tovushidan boshqa shovqin tovushga tugasa ham, -kan shaklida qo‘shiladi: yet + kan (etgan yoziladi), ich + kan (ichgan yoziladi) kabi; b) q, g‘ tovushiga tugasa, -qan shaklida: chiq + qan, yig‘ + gan > yiqqan (yig‘gan yoziladi) kabi; d) ovoz, ovozdor, ovozli tovushga tugasa, -gan shaklida: ishla + gan, yur + gan, oz + gan kabi. 2) -yotgan affiksi bilan yasaladi, harakatni hozirgi zamonda voqe bo‘layotgan belgi sifatida ifodalaydi: kel + a + yotgan (kishi-), o‘qi + y + yotgan (kitobim-) kabi. Ushbu qo‘shma affiks asli yot- fe'lining -gan affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakliga teng bo‘lib, keyinchalik mazmunan va shaklan yaxlitlanib, affiksga aylangan.
Qiyos qiling:
1) olma tishlab yotgan bola-,
2) olma tishlay yotgan bola-. Bu birikmalarda ikki mustaqil fe'l o‘zaro -b ravishdosh shaklida va -a-y ravishdosh shaklida bog‘langan. Keyinchalik -b ravishdoshi qatnashgan birikma o‘zicha saqlangan, -a-y ravishdoshi qatnashgan birikmada jiddiy o‘zgarish voqe bo‘lgan: yot- fe'li mustaqil leksik ma'no anglatishdan hozirgi kabi grammatik ma'noni ifodalovchi affiksoid holatiga o‘tgan, natijada -gan affiksi bilan yaxlitlanib, qo‘shma affiks yuzaga kelgan. Bunday yaxlitlanishga -a-y ravishdoshi shaklidagi fe'lda mustaqil ishlatilish xususiyatining yo‘qola boshlagani ham sabab bo‘lgan. -yotgan yaxlitligicha qo‘shma affiksga aylangan bo‘lsa ham, yot- qismining asli fe'l leksemalik xususiyati qisman saqlangan: bu qo‘shma affiks fe'l asosiga -a-y ravishdosh affiksi orqali qo‘shiladi: kel + a + yotgan kabi. Fe'l asosi ovoz tovush bilan tugaganda bu ravishdosh affiksining -y allomorfemasi qo‘shiladi, qator kelib qolgan yy tovushlari talaffuzda singishib, bir y tovushi aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi + y + yotgan > o‘qiyotgan kabi. Bu yerda -yotgan affiksi fe'l asosiga go‘yo to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shilayotgandek ko‘rinadi. -yotgan affiksida hozirgi zamon ma'nosini yot- qismi ifodalaydi; to‘rt holat fe'llaridan biri sifatida ham yot- fe'li hozirgi zamon ma'nosini ifodalashga xizmat qiladi: yotibman kabi; yot- fe'lining hozirgi zamon ma'nosini ifodalashi -yotgan qo‘shma affiksi tarkibida ham saqlangan. 3
3) -digan affiksi bilan yasaladi, harakat kelasi zamonda voqe bo‘ladigan belgi sifatida ifodalanadi: kel + a + digan (kishi−), (yaxshi) ishla + y + digan xodim-) kabi. Ushbu qo‘shma affiks asli tur- fe'lining -gan affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakli bo‘lib, keyinchalik tur- qismi tovush o‘zgarishlari natijasida di talaffuz qilinadigan bo‘lgan, mazmunan va shaklan yaxlitlanib, affiksga aylangan: o‘qi + y + turgan > o‘qiydigan kabi.
Qiyos qiling:
1) o‘qib turgan,
2) o‘qiy turgan. Bu birikmalarda ikki mustaqil fe'l -b ravishdoshi shaklida va -a-y ravishdoshi shaklida bog‘langan. Keyinchalik -b ravishdoshi qatnashgan birikma o‘zicha saqlangan, -a-y ravishdoshi qatnashgan birikmada yaxlitlanish voqe bo‘lgan, chunki tur- fe'li mustaqil leksik ma'no anglatishdan doimiy, kelgusi kabi grammatik ma'noni ifodalovchi affiksoid holatiga o‘tgan, -gan affiksi bilan yaxlitlanib, qo‘shma affiks yuzaga kelgan. Bunday yaxlitlanishga -a-y ravishdoshi shaklidagi fe'lning mustaqil ishlatilish xususiyati yo‘qola boshlagani ham sabab bo‘lgan. -digan qo‘shma affiksi tarkibidagi di- (< tur) qismi allaqachon shaklan va mazmunan o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham, fe'l asosiga qo‘shilishida leksemalik xususiyatini saqlagan: asosga -a-y ravishdoshi shakli orqali qo‘shiladi: bor + a + digan, o‘qi + y + digan kabi. Ko‘rinadiki, mustaqil fe'l asosiga -gan affiksini qo‘shib o‘tgan zamon ma'nosi ifodalangan. Hozirgi va kelasi zamon ma'nosi mustaqil fe'l sifatida yot-, tur- holat fe'llariga -gan affiksini qo‘shib ifodalangan; keyinchalik yot-, tur- fe'llari qo‘shimchaning tarkibiy qismiga aylangan. 4Yuqorida tasvirlangan uch sifatdosh yasovchisi uch zamon ma'nosini ifodalashi jihatidan o‘zaro mikrotizim hosil qiladi. Har uch zamon ma'nosini ifodalashiga ko‘ra nutqda asosan shu uch sifatdosh shakli yasovchilari eng ko‘p ishlatiladi.
Fe'lning sifatdosh shakli -r-s, -ajak, -mish, -gusi, -asi affiksilari bilan ham yasaladi: 4) -r (bo‘lishsiz shakldan keyin -s) affiksi bilan yasaladi. Bunday sifatdosh shaklidan umumzamon ma'nosi ifodalanadi: ko‘rar ko‘zim-, aytar so‘zim-; tez yurar poyezd-, o‘q o‘tmas jilet- kabi. Bu sifatdosh shakli bo‘lar-bo‘lmas (gaplar-) kabi ayni bir fe'l leksemani bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklda takrorlab ham ishlatiladi; bunday shakldagi sifatdosh, otga bog‘lanishdan tashqari, fe'lga ham bog‘lanib, harakatning belgisini anglatadi: Tong otar-otmas jo‘nadik kabi. Bu sifatdosh yasovchisining -r shakli asosiy allomorfema bo‘lib, -s shakli shu allomorfemaning tovush o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan deyiladi: o‘qima + r > o‘qimaz > o‘qimas kabi. Kelib chiqishi bir ekanini nazarda tutib bu affiksning -r va -s shakllarini allomorfemalar deb baholash to‘g‘ri.
5) Sifatdosh shakli hozirgi o‘zbek tilida cheklangan holda -gusi, -ajak affikslari bilan ham yasaladi: kel + gusi yil-, bo‘l + ajak shogirdim-, yozil + ajak asar- kabi. -gusi affiksining -g‘usi allomorfemasi sobiq singarmonizmning qoldig‘i sifatida saqlanib keladi: bo‘l + g‘usi avlod- kabi. Kelasi (yil-) kabi fe'l shakli asli -asi affiksi bilan yasalgan sifatdosh bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bu affiks bilan sifatdosh deyarli yasalmaydi. Shuningdek o‘tmish (kunlar-) kabi fe'l shakli ham asli -mish affiksi bilan yasalgan sifatdosh bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bu affiks bilan ham sifatdosh deyarli yasalmaydi, mavjud yasalmalar otga aylangan: o‘tmish-, qilmish-qidirmishkabi; yangi yasalishlarda bu affiks ot leksema yasash vazifasini bajaradi: sifatlanmish-, qaralmish- kabi.
Sifatdosh leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. Shunga ko`ra sifatdosh fe`l sanaladi va fe`lga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga egadir, ya`ni:
o`timli-o`timsizlik ma`nosini ifodalaydi: o`qigan, yozdirgan - o`timli;
qolgan, qiziqtirgano`timsiz sifatdosh;
bo`lishli-bo`lishsizlik ma`nosini ifodalaydi: o`qigan – bo`lishli, o`qimagan – bo`lishsiz;
aytar – bo`lishli, aytmas – bo`lishsiz sifatdosh;
nisbat ma`nosini anglatadi: yuvgan - aniq nisbat, yuvingan - o`zlik nisbat, yuvilgan - majhullik nisbat, yuvishgan – birgalik nisbat, yuvdirgan – orttirma nisbat;
sifatdoshlar tuslanganda aniqlik maylining biror zamoniga xos bo`lgan fe`lni hosil qiladi (sof fe`lga aylanadi) va kesim vazifasini bajaradi: Bu hofiz butun olamga tanilgan (O.).
Sifatdoshning deyarli barcha shakllari tuslanish xususiyatiga (-yotgan shaklidan tashqari) ega. –r (-ar) bilan yasalgan sifatdosh shakli esa hozirgi tilda ko`proq tuslangan shaklda ishlatiladi: o`qirman, o`qirsan, o`qir; o`qirmiz, o`qirsiz, o`qir(lar) kabi;
sifatdosh zamon ma`nosini ifodalaydi. Atributiv (sifatlovchi) holatida kelgan sifatdoshning zamon ma`nosi nisbiy sanaladi, chunki sifatdoshning zamoni nutq momentiga nisbatan emas, balki fe`l-kesimning zamoniga nisbatan belgilanadi: Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi ulug`likka etadi (YUsuf Xos Xojib) gapida tuslangan fe`l etadi hozirgi-kelasi zamonni ifodalasa, ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan sifatdoshlari o`tgan zamonni ifodalaydi.
Sifatdoshlar zamon ma`nosiga ko`ra uch guruhga bo`linadi: o`tgan zamon sifatdoshi, hozirgi zamon sifatdoshi, kelasi zamon sifatdoshi. Sifatdoshlarni hosil qiluvchi maxsus grammatik ko`rsatkichlar sifatdoshning nisbiy zamon ko`rsatkichi ham sanaladi.
O`tgan zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan ilgari bo`lgan harakat belgisini anglatadi. –gan (-kan, -qan) grammatik ko`rsatkichlari bilan yasalgan sifatdosh o`tgan zamon sifatdoshini hosil qiladi: Murabbiysi bo`lmagan odamni hayot o`zi tarbiyalab qo`yadi («Otalar so`zi»).
Hozirgi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlashib turgan vaqtida davom etayotgan harakat belgisini anglatadi.
Hozirgi zamon sifatdoshi –yotgan, -vchi (-uvchi) affikslarini qo`shish bilan hosil bo`ladi: Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo`lmog`i darkor (I.A.Karimov). Elmurod bu erga keluvchi mehmonlarning hammasini tanib oldi (P.Tursun).Kelasi zamon sifatdoshi predmetning nutq so`zlanib turgan vaqtdan keyin bajariladigan harakat tarzidagi belgisini anglatadi. Kelasi zamon sifatdoshi –r (-ar), -digan, -ajak affikslari bilan yasaladi: Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt (Maqol). Dehqon kelasi kuzda oladigan hosilining g`amini shu kuzdan ko`radi (M.Ismoiliy).Sifatdosh fe`l shaklining «sifatdosh» deb atalishi, uning sifat singari predmetning belgisini bildirishiga ko`radir. Sifatlar predmetning rangi, hajmi, mazasi, xususiyati kabilarni bildirsa, sifatdosh predmetning harakat va holat belgisini anglatadi.Demak, sifatdosh sifatga xos bo`lgan grammatik xususiyatlarga ham egadir, ya`ni:sifatdosh morfologik jihatdan o`zgarmaydi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini olmaydi);sifatdosh otga bog`lanib kelib, predmetning harakat belgisini bildiradi va gapda sifatlovchi vazifasini bajaradi: Ko`klam quyoshidan ko`kargan qirlar, ko`m-ko`k (H.Olimjon). Xadichabegim yurt uchun qayg`uradigan bir malika ekanini ko`rsatishni sevardi (Oybek).sifatdosh otlashish xususiyatiga ega, bunday holda sifatdosh bog`lanib kelgan ot qo`llanmaydi va sifatdosh ot kabi so`z o`zgartiruvchi (egalik, kelishik, ko`plik affikslarini) affikslarni oladi, ot singari sintaktik vazifalarni (ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi) bajaradi: Yo`lni bilgan qoqilmaydi (Maqol). Qishloq xo`jaligida bevosita ishlab chiqaruvchining o`zi xo`jayin bo`lishi shart (I.Karimov). Ko`p yurgandan so`rama, ko`p ko`rgandan so`ra (Maqol). Dushmanga nafrati bo`lmaganning Vatanga muhabbati bo`lmas (Maqol).
2.2 Sifatdosh o'ramli hollar semantikas
Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. U quyidagicha ifodalanadi:
1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov).
2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. (J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov).
3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov).
4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov).
6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov).
7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. (F.Musajonov).
2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov). Yoshligingda odat qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol). Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov).
Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi. (J.Abdullaxonov).
Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: Yangi yilgacha yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i tushgunga qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi. (J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov).
3. O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib, qayerda? qayerdan? qayerga? qayergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar hamda ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. (S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik). Osmoni falakka burgut qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad).
O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil:
1) ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U o‘rin ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi turibdi. (P.Qodirov). Yuqorida ... bola shitirlashni eshitgan zahoti bu tomonga qarab chopgan edi. (P.Qodirov). Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov).
2) ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng so‘nggi chegarani bildirib, qayerga? qayergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: U Tolibjonga ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad). Ishkomlar tunnel singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov). Qo‘rg‘oshindek qora bulutlar Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib turing, xola,- eshikkacha kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov).
3) ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir hoshiya tortib kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... . (J.Abdullaxonov). Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. (J.Abdullaxonov).
4. Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi.
Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi ko‘makchilari yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi.
Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq ko‘rinayotganini ham seza boshladi. (J.Abdullaxonov). Muvaffaqiyatsizliklardan ranjishlar yo‘llariga g‘ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov). Negadir birdan zildek bo‘lib ketgan qo‘lini arang ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini bordi. (F.Musajonov). Hozirgina savdosi yaxshi bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli vayron bo‘ldi. (S.Ahmad).
5. Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima uchun? nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi.
Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi so‘zlari, shuningdek jo‘nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi.
Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil bosaman. (P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi. (S.Ahmad). ... Votti kennoyi andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi. (J.Abdullaxonov).
6. Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. (F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Yelkasiga charm xalta osgan yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov).
Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta», «karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Yetti o‘lchab, bir kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. (J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov).
So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. Shart holi nima qilsa(-m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o‘rasan. Qaytarish sharti bilan oldi.
8. To‘siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k , -ngiz) ham//-da? so‘roqlariga javob bo‘lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fе’li+ham//-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko‘makchisi, qaramay, qaramasdan so‘zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi.
Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining tartibi, asosan, erkin. Ularning o‘rnini almashtirish odatda grammatik holatni o‘zgartirmaydi. Masalan: Oppoq bulutlar qishloq ustidan shoshilmay, tog`ga qarab o‘tib ketadi. (S.Ahmad). - Qishloq ustidan oppoq bulutlar shoshilmay o‘tib ketadi tog`ga qarab. - O‘tib ketadi shoshilmay tog`ga qarab oppoq bulutlar qishloq ustidan. – Shoshilmay o‘tib ketadi qishoq ustidan tog`ga qarab oppoq bulutlar. Mazkur gaplarda gap bo‘laklarining o‘rinlarini almashtirish grammatik holatni o‘zgartirmagan, ammo gap mazmuniga ma’lum darajada ta’sir etgan, negaki har gal boshqa-boshqa gap bo‘laklariga odatdagidan ko‘proq ahamiyat berilgan. Lekin, shunga qaramay, gap bo‘laklari ma’lum bir normativ tartibda joylashish xususiyatiga ega.
O‘zbek tilida ega, odatda, gap boshida, kesim gapning oxirida keladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar esa ega va kesim orasida joylashadi. Bunday tartib, asosan, darak gaplarda bo‘lib, u to‘g‘ri yoki normativ tartib deyiladi.
Har bir gap bo‘lagiga nisbatan tartib quyidagicha bo‘ladi:
I. Ega, odatda, gap boshida keladi: Kishilar mirishkor raisni qarsaklar bilan olqishladilar. (Y.Shukurov).
Yoyiq gaplarda ega ba’zan kesim oldida ham kelishi mumkin: Uning yigirmataga yaqin qo‘y-echkisi borligini ko‘p odam bilar edi. (P.Qodirov).
Ba’zan ega gapning oxirida ham keladi: G‘o‘za umriga zavol-ku u. (J.Abdullaxonov).
II. Kesim odatda gapning oxirida keladi: Bog‘da yetti-sakkiz tup mevali daraxt, ikki chinor, ikki tup mirzaterak o‘sgan edi. (J.Abdullaxonov).
She’riyatda, shiorlarda kesim gapning boshida ham keladi:
Intilar borliqni inson
Barkamol etmoq uchun.
Ne ajab, insonni borliq
Barkamol etgan emas.
e)Shart holi nima qilsa (-m, -ng, -k, -ngiz) so’rog’iga javob bo’ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo’lgan ish-harakatni bildiradi: Eksang o’rasan. Qaytarish sharti bilan oldi.
f)To’siqsizlik holi nima qilsa (-m, -ng, -k, -ngiz) ham, -da? So’roqlariga javob bo’lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to’siq bo’la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fe’li+ ham (-da), ravishdosh, sifatdosh+bilan ko’makchisi, qaramay, qaramasdan so’zlari qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham qatnashdi. Kichik bo’lgani bilan ancha og’ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Sifatdosh o'ramli hollar semantikasi keng qamrovli va hozirgi o'zbek adabiy tilda muhim hisoblangan mavzulardan bittasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Shunday ekan biz ham o'z kurs ishimizda ushu mavzuning dolzarbligi va maqasd vazifalari bilan tanishib chiqdi.Shuningdek biz Sifatdosh o'ramli hollar semantikasini o'rganish orqali gap ustida ishlash o`quvchilaming nutqini o`stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o`quvchilarni sintaktik jihatdan to`g`ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o`rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan o`zaro bog`langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo`lgan) nutq birligi bo`lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Maktab o`quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo`yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir;
ikkinchidan, gap — grammatik tomondan to`g`ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so`zlaming bog`lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap nutq va til birligi bo`lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog`liqligi ustida ishlash ham zarur; to`rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning inazmun bilan bog`liqligini tushuntirish kerak. Gap tugallangan fikr ifodasidir, uning mazmun tomonidir, lеkin bu fikriy tugallik nisbiydir, chunki ayrim gapdagi fikrning to`liq ochilishi nutq ichida bo`ladi. Dеmak, gap formal-grammatik va intonatsion jihatlardan ham, mundarija jihatdan ham tugallikka ega. Biroq uning fikriy tugalligi – nisbiy. Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo`lish orqali yana ham oydinlashadi. Gap bir so`z yoki so`zlar bog`lanmasidan tashkil topadi. 12 Bir so`zning gap bo`lib kеlishi maxsus intonatsiya tufaylidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. N.Rasulova “Ona tilidan ma’ruzalar”, Toshkent, “Nurafshon ziyo yog’dusi”, 2017
2. M. G’apporov, R.Qosimova “Ingliz tili grammatikasi”, Toshkent, “TuronIqbol”. 2010
2. M. G’apporov, R.Qosimova “Ingliz tili grammatikasi”, Toshkent, “TuronIqbol”. 2010
3.Asqarova M., Yunusov R., Muhamedova D. O‘zbek tili praktikumi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. –Т.: 2006.
4. Jamolxonov H. O‘zbek tilining nazariy fonetikasi – T., “Fan” n., 2009 y.
5. Lutfullayeva D. O‘zbek tilida sonlarning deyktik xususiyatlari // O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy to‘plam, –Т.: 2009. 10-12-betlar.
6. Nurmonov A. Tilning asosiy birliklari haqida mulohazalar // O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari. Ilmiy to‘plam.. –Т.: 2009. 10-12-betlar.
7. Rаhmаtullаyev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. –Т.: “Univеrsitеt”. 2006.
8. Rahmatullayev Sh. Sistem tilshunoslik asoslari. –Т.: “Universitet”. 2007.
9. Rahmatullayev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. –Т.: “Universitet”. 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |