I bob. Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga tarif va ularning tuzilishi


Download 74.83 Kb.
bet1/17
Sana27.01.2023
Hajmi74.83 Kb.
#1129950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
YUKLAMAGA UMUMIY TAVSIF


SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA YUKLAMAGA UMUMIY TAVSIF.
REJA:
KIRISH
I.BOB.SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA YUKLAMAGA TARIF VA ULARNING TUZILISHI.
1.1. Yuklamalar va ularning tasnifi.
1.2. Yuklamalarning davrlarga bo’linishi.
1.3 Tayyorlov davrining ikkinchi (maxsus tayyorgarlik) bosqichi.
1.4 Vosita va uslublar tarkibidagi o‘zgarishlar.
II.BOB. MASHG’ULOT DAVRLARINING TUZILISHI.
2.1. Mashg’ulot mezosikllarini tuzilishi.
2.2. Ko’p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Sport amaliyotida qo’llanilayotgan yuklamalar o’z xususiyati xarakteriga ko’ra mashq va musobaqa, odatiy (ma’lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga bo’linadi, o’stiruvchi ta’sir yo’nalishi bo’yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruhiy tanglik bo’yicha ko’p yoki kam ruhiy taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta’sir darajasi bo’yicha kichik, o’rta, sezilarli, katta yuklarga taqsimlanadi.
Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019- yil 13-fevralda tasdiqlangan 2019-2023-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5368-son Farmoni.1 Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish aholini barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘loqonli va samarali foydalanishni taminlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida ustuvor yo‘nalish va vazifa etib belgilandi.Sport bayramlari, musobaqalar va jismoniy mashg‘ulotlarning darsdan tashqari formalari uchun salomatlikni mustahkamlash, ish qobiliyatini saqlab qolish va yuksaltirish, badanni chiniqtirish va davolash, jismoniy hamda iroda sifatlarini tarbiyalash, shuningdek ma’lum harakatlarga o‘rgatish maqsadidagi faoliyatni mustaqil ravishda tashkil etish xarakterlidir.
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli tumanligi bilan xarakterlanadigan mashg‘ulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yo‘nalishida maolum natijalarga erishishni maqsad qilib qo‘yish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin o‘qitilgan (o‘rgatilgan)ni va keyin o‘qitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki bo‘laklari bilan albatta bog‘lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi, hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi.
Hozirgi kun sportchilarini tayyorlash sportchining jismoniy sifatlarini rivojlantirish – jismoniy tayyorgarligi, tanlangan sport turi bo’yicha texnik va taktik tayyorgarliklarini hamda ularga oid nazariy bilimlarining darajasini to’xtovsiz kengaytirish, ma’naviyati, ruhiy sifatlarini tarbiyalashni doimiy nazoratda tutish talabini qo’yadi. Sportchini faqat yuqori natijaga har qanaday yo’l bilan erishishga undash, tayyorlashning oqibati salbiy xotima bilan tugashi o’zining isbotiga ega.
Shug’ullanuvchining umumiy va maxsus tayyorgarligi keng ko’lamli pedagogik jarayonni o’zida mujassamlashtiradi. Sport trenirovkasining mazmuniga shunday yo’nalish berish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari talablariga mos keladi. Sport qayd etil­ganidek, yagona maqsad bo’lmasada shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi samarali vositalardan biridir.

Download 74.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling