I-bob. Tabiiy resurslardan foydalanish
Tabiiy resurslarning ayrim turlari
Download 180.5 Kb.
|
Tabiiy resurslar
2.3 Tabiiy resurslarning ayrim turlari
Yerda notekis taqsimlangan va nihoyat xilma - xil hududiy birikmalarini hosil qiladi. TRSning hududiy tabaqalashuv qonuniyatlarini tadqiq qilish tabiatdan foydalanish geografiyasining bosh vazifalaridan biridir. TRSni o‘rganish va baholash ham tabiiy geografik nuqtai - nazardan, ham iqtisodiy geografik nuqtai - nazardan amalga oshirilishi mumkin. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va qayta tiklashning asosiy tamoyillari. Ma’lumki, tabiatdan foydalanish nafaqat tabiiy resurslardan foydalanishni, balki ularni muhofaza qilish hamda qayta tiklashni ham o‘z ichiga oladigan tadbirlar tizimidir.Tabiiy resurslarning turli xillari bir - biridan nafaqat xo‘jalikning muayyan tarmog‘ida foydalanish sajiyasiga, balki ularni muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan tadbirlarga ko‘ra ham farq qiladi. Barcha tabiiy resurslarni ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanishning asosiy tamoyillaridagi tafovvutlarga ko‘ra ham 3 ta guruhga: tiklanadigan, tiklanmaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga ajratish mumkin. Tabiiy resurslarning tiklanadigan guruhini ulardan foydalanish jarayonida o‘rni to‘lib boradigan, qayta tiklana oladigan resurslar hosil qiladi. Bu guruhga mansub bo‘lgan resurslar, shuningdek, maxsus tadbirlar o‘tkazilganda qayta tiklanishi mumkin. Tiklanadigan resurslar qulay ekologik sharoitlarda o‘zlari qayta tiklandi va ko‘payadi hamda ularga yetkazilgan zararni qoplash imkoniyatiga ega. Shu sababli bu guruhga mansub bo‘lgan resurslarni muhofaza qilishdagi asosiy vazifa ularning o‘z-o‘zini tiklash imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat. Tiklanadigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish ulardan foydalanishni me’yorlashtirish asosida ta’minlanadi. Foydalanishning mumkin bo‘lgan ko‘lamlarining me’yori tabiiy resurslarning har bir turi uchun biologik xususiyatlariga (muayyan geografik hudud doirasida) belgilanishi lozim. Belgilangan me’yor resursning qayta tiklanishi uchun zarur bo‘lgan kichik qismini saqlab qolishni ta’minlay olishi kerak. Masalan, ovlanadigan hayvonlarning zaxiralarini to‘ldirib borish va qayta tiklash uchun ularning populyasiyasidagi ma’lum miqdorini saqlab qolish zarur. Tabiiy resurslarni qayta tiklash sharoitlarini e’tiborga oladigan ilmiy jihatdan belgilangan me’yorga mos holda ulardan foydalanish miqdori va sur’ati rejalashtirilishi lozim. Bunday holda rejalashtirish tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishda muhim iqtisodiy-ekologik tadbir bo‘ladi. Ilmiy asoslangan me’yorlarga amal qilish tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanishni rejalashtirish - ularni muhofaza qilishning eng muhim shartidir. Tabiatni maqsadli ravishda o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan maxsus tadbirlarni tashkil etishda ham tiklanadigan resurslarning kengaytirilgan qayta tiklanishi ta’minlanishi mumkin. Tiklanmaydigan tabiiy reusrlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tamoyillari o‘ziga xos. Masalan, foydali qazilmalar konlaridan oqilona foydalanishning eng muhim vazifalardan biri ulardan imkoni boricha to‘liq tugallanganiga qadar foydalanishni tashkil etishdir. Hozirgi texnologik sharoitlarda foydali qazilmalar konlardan to‘liq qazib olinmaydi. Masalan, neftning 60 - 70% iga qadar Yer bag‘irlarida qolib ketadi. Tabiiy gazni qazib olish koeffisiyenti esa 80 - 85% dan oshmaydi. Yer bag‘irlarida qora metall ma’danlari zaxiralarining 25% i, rangli metal ma’danlari zaxiralarining esa 20% i qolib ketadi. Foydali qazilmalarni qazib olishda qo‘llaniladigan texnologiyadagi kamchiliklar katta miqdordagi xom ashyoning yo‘qotilishiga, foydali qazilmani qazib olish nihoyasiga yetkazilmagan konlarni tashlab ketish va muddatidan avval yangi konlarni o‘zlashtirishga kirishishga sabab bo‘ladi. Shu tufayli o‘rni to‘lmaydigan, tiklanmaydigan xom ashyo zaxiralaridan oqilona foydalanish ularni Yer bag‘irlaridan imkoni boricha to‘liqroq qazib olishga qaratilgan usullarni takomillashtirishni taqoza etadi. Tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tizimida mineral xom ashyodan majmuali foydalanishni tashkil etish vazifalari ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, foydali qazilmalarning katta qismi minerallar va murakkab kimyoviy birikmalarning majmuasidan iborat. Masalan, temir ma’danlari konlarida vanadiy, kobalt, mis, rux, oltingugurt, fosfor va boshqa unsurlar mavjud. Download 180.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling