I-bob. Tabiiy resurslardan foydalanish


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 180.5 Kb.
bet2/11
Sana03.04.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1322979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy resurslar

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Biologik resurslaridan foydalanishni optimallashtirish, ulardan ilmiy asosda foydalanishni takomillashtirish muhim masalalardan biridir. Bu esa biologik resurslardan foydalanishni yaxshilash, ularni muhofaza qilishni ilmiy jihatdan tadqiq qilish zaruriyatini keltirib chiqardi. Masalaning bu jihatlari yechimi esa o’z navbatida yer resurslaridan oqilona foydalanish muammolarni o’rganish, ularning yechimlarini aniqlash va aniq tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi quyidagilarda o’z ifodasini topgan.

  • Biologik resurslarining foydalanishning ilmiy – nazariy asoslari taxlil qilindi.

  • Viloyatlarda yer resurslaridan foydalanish holatini o’rganildi.

  • Viloyatda yerga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini o’zgarishi sharoitida yerdan foydalanish holati tahlil qilindi.

  • Viloyatda yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish yo’nalishlarini aniqlash va bu bo’yicha aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Mazkur kurs ishining tadqiqot ob’ekti Samarqand viloyati qishloq xo’jaligida biologik resurslaridan samarali foydalanish masalalaridir. Tadqiqot ishining predmeti sifatida yer resurslaridan foydalanish qonuniyatlari, xususiyatlari hamda ulardan foydalanish samaradorligini o’rganish kabilar o’rin olgan.
Ishning metodologik asoslari va tadqiqot usullari. Mazkur kurs ishining metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va tartibga solishga oid qonun xujjatlari, hamda mamlakatimiz va xorijiy olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy qonuniyat va tamoyillar tashkil qiladi. Kurs ishi yozish jarayonida iqtisodiygeografik taqqoslash, mantiqiy fikrlash, kartalashtirish, statistik tahlili, bashoratlash va boshqa usullardan foydalanildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yer resurslaridan foydalanish ahamiyati katta va istiqbolda bu rol yanada oshib boradi. SHu nuqtai nazardan ham, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tizimida yer resurslaridan foydalanish masalalarini tadbiq qilish orqali, mahalliy xo’jaliklar iqtisodiyotini barqarorlashtirish hamda mustahkamlash yo’nalishlarini ishlab chiqish imkoni mavjud. Mazkur kurs ishidan tadqiqot ob’ekti hisoblangan Viloyatlarda qishloq xo’jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish bo’yicha mahalliy dasturlar ishlab chiqishda hamda ularni rivojlantirish yo’nalishlarini belgilashda foydalanish mumkin.
Ishning tarkibi. Mazkur kurs ishi kirish, 2 ta bob, _ ta paragraf, _ betdan iborat, shundan, _ ta jadval _ ta rasm, _ ta grafa, xulosa va nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling