MUNDARIJA :
KIRISH………………………………………………………………..…2
I.BOB. TALIM SOXASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING TAMOYILLARI VA STRUKTURASI ……………….4
1.1. PSIXOLOGIK XIZMATNING YUZAGA KELISH TARIXI …………..……4
1.2.TA'LIM SOXASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING TAMOYILLARI VA STRUKTURASI………………………………………...7
II.BOB. PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING TAMOYILLARI VA STRUKTURASI ………………………………18
2.1 . PSIXOLOGIK XIZMATNING TUZILISHI, UNI BOSHQARISH VA STRUKTURASI ………..………………………………………………….……....18
2.2. PSIXOLOGIYANING MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDAGI O‘RNI VA VAZIFASI ……………………..………....21
III.XULOSA………………………………………………...………….25
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..........................................26
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik sharofati bilan o‘z taraqqiyotining yangi davriga kirdi. Mamlakatda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarining jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlar qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan 2020-yil 25-dekabrda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston yoshlar forumi-2020” da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig so‘zlagan nutqidagi yoshlar e’tiborini alohida ta’kidlashimiz joizdir.
“Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz” – deb O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev yoshlarga katta ishonch bildirdi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Talim muassasalarida psixologik xizmat o'qituvchisi fanning barcha bo'limlari bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishi boshqa fanlar bilan aloqalari, gumanitar yo'nalishlari haqida aniq tasavvur hamda ularni amalda qo'llash malakasiga ega bo'lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |