I bob. Ta’limda kasbiy-pedagogik madaniyat va tarixiy pedagogik qadriyatlar


Rivojlanayotgan axborot asrida zamonaviy pedagogga qo


Download 162.84 Kb.
bet18/20
Sana10.11.2023
Hajmi162.84 Kb.
#1763210
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
I bob. Ta’limda kasbiy-pedagogik madaniyat va tarixiy pedagogik -fayllar.org

2.2 Rivojlanayotgan axborot asrida zamonaviy pedagogga qoyiladigan talablar (Innovatsion ta’limda o’qituvchi mahorati va madaniyatining dolzarb masalalari) Mamlakatimiz mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko’lamli islohotlar natijasida milliy davlatchili-gimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta‘minlandi, jamiyati-mizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun us-tuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Iqtisodiyotda ma‘muriy buyruqbozlikka asoslangan, eski boshqaruv tizimidan mutloq voz kechilib, ijti-moiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tilganligi xalqimiz hayot sifati darajasini oshirishda hal qiluvchi rol o’ynadi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojlanishini yangi bosqich-ga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo’yicha eng muhim ustuvor yo’nalishlarni yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 Farmoni bilan 2017― 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuv-larni belgilab bergan ushbu hujjatda ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish bo’yicha quyidagi vazifalar belgilandi:
 uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta‘lim xizmat-lariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
 ta‘lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish;
 bolalar maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha ta‘lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
 umumiy o’rta ta‘lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
 bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga jalb qilish, ularni musiqa va san‘at olami bilan bog’lash maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san‘at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
 kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
 ta‘lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta‘lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta‘lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‗paytirish;
 ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish. 25 Bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmun yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Zamonaviy o‘qituvchi talimni qanday tashkil etishi kerak:
•avvalo u o'z mutaxassisligi bo'yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi;
•pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o'quvchilar o'quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlami qo'llashi, o'quv mashg'ulotlaridapedagogik va axborot texnologiyalarining so'nggi yutuqlarini uyg'unlashtirish malakasiga ega bo'lishi;
• ta’lim muassasalarida fanlami o'qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi;
• ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlami muntazam amalga oshira olishi;
• ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg'or tajribalarni amalda modemizatsiya qilgan holda qo'llashi;
• O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ma’naviy meroslaridan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda foydalanishi;
• darsning barcha turlarida, mashg'ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari ascsida o'qitish metodlaridan foydalanishi;
• o'qitadigan fan turkumi bo'yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.
Zamonaviy o'qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo'lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo'lishi kerak (so'z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifa, burch va mas’uliyatlami ifodalaydi):
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, jahon ta’lim tizimi andozalariga mos ravishda rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ta’lim sifati jamiyatning turmush sifatini ham belgilab, nafaqat ta’lim tizimi uchun, balki, davlatning qanchalik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ham eng asosiy muammo hisoblanadi. Shu bois, bugungi kunda davlatlarning bosh strategik maqsadi ta’limning sifat va samaradorligini oshirishdir. O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida - ta’limning sifat va samaradorligini tubdan oshirish;
- ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribalarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uni doimiy ravishda yangilab borish;
-ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida pedagog kadrlarni tanlov asosida qabul qilish;
- o‘quv reja va dasturlarini tanqidiy qayta ishlab chiqish;
- o‘quv jarayonini kerakli, zaruriy adabiyotlar bilan ta’minlash;- ta’limning moddiy texnika bazasini yanada takomillashtirish muhim va ustivor vazifa qilib belgilangani buning yorqin dalilidir. Ushbu qaror ta’limning sifat va samaradorligini tubdan oshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida pedagoglar zimmasiga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Bugungi kunda jamiyat globallashuvi sharoitida yangi texnika va texnologiyalarning ma’naviy eskirishi o‘tgan asrdagidek 30-40 yil emas 2-5 yilni tashkil etmoqda.
Ta’lim sifati bu-shaxs, jamiyat va davlatning talab va ehtiyojlarini inobatga oladigan kutiladigan jarayon va natijadir degan xulosaga kelishi mumkin. Pedagogik yondashuv nuqtai nazaridan ta’lim sifati shaxsning ta’lim olganlik, tarbiyalanganlik darajasini bildirsa, metodologik yondashuv nuqtai nazaridan ta’lim jarayonida erishilgan natijalarning belgilangan maqsadga muvofiqligi nazarda tutiladi. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish ta’lim natijalari hamda uning sifat va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Innovatsion texnologiyalar har bir o‘qituvchining erkin va mustaqil fikr yuritishiga
asoslanadi va o‘quvchilarda o‘qituvchi yordamida mustaqil bilim olish, ishlash ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. O‘quvchilar yangi bilimlarini ilmiy izlash, tadqiq qilish asosida o‘zlashtiriladilar. Bu jarayonning amalga oshishi ba’zan yakka, ba’zan kichik va katta guruhlarda ishlash orqali amalga oshadi. Guruhlarda ishlash jarayonida o‘qituvchi tomonidan har bir o‘quvchining faoliyati kuzatib, tahlil qilib borilishi, berilayotgan bilim va malakalarning mustahkamlanishi uchun zamindir. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsadlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
birinchidan, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ko‘rsatilgandek ta’lim tizimini jadallashtirish;
ikkinchidan, jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi jamiyatda har qanday axborotlarni o‘quvchilarga yetkazishda vaqtdan unumli foydalanish;
uchinchidan, bilim berishni yanga sifat bosqichiga ko‘tarish va o‘quvchilarni ta’lim jarayoniningfaol ishtirokchisiga aylantirish; to‘rtinchidan, mustaqillik, erkin fikr, o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish;26
Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tkazilgan har bir mashg‘ulot o‘quvchilarni erkin fikrlashga, o‘z nuqtai nazarini bayon qilishga imkon yaratadi. XXI asr – axborot texnologiyalari asri. Jamiyatimiz rivoji, barqarorligini ta’minlashda, eng avvalo, olingan axborotlarni mustaqil tahlil eta oladigan, erkin fikrlaydigan yoshlar zarur. Shuning uchun ham o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion usullar, texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Pedagogik texnologiyalarni ta’limda qo‘llash o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakali bo‘lishlarini ta’minlaydi. “Innovatsiya” inglizcha so‘z bo‘lib, “yangilik kiritish”, “yangilik” degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar orqali ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik va o‘zgartirish kiritiladi va bu jarayon interfaol usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Innovatsion pedagogik muammolar yechimini izlash ta’lim sohasida innovatsion
jarayonning xususiyati, mazmuni, tarkibini tasniflash va tekshirish natijalarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonini boshqarish o‘qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi o‘z faoliyati va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish yo‘llarini, o‘quvchilar bilimini nazorat etish yo‘llarini aniq ishlab chiqadi. Bu jarayonda interfaol usullardan foydalanish ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun zamin bo‘ladi. Interfaol usullar zamirida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi yotadi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quvchining dars jarayoniga loqaydligi, nofaolligining oldi olinadi va mustaqil fikrlash, ijod qilish, izlanishga jalb qilinadi, o‘quv jarayoniga, fanga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyligi ta’minlanadi. Bugungi kun o‘qituvchisi har bir mashgulotga kirar ekan, har doim uning oldida «Darsni qanday tashkil etish kerak?», «Qaysi didaktik materialdan qay tarzda foydalanish kerak?», «Ushbu mavzuni o‘tishda qaysi metodlardan foydalanish samarali bo‘ladi?» degan savol turadi. Darsda ko‘zda tutilgan ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarga erishishda o‘qituvchining o‘z mutaxassisligi doirasidagi chuqur bilimi, intellektual salohiyatining o‘zi yetarli emas. O‘qituvchi o‘zidagi
bilimlarni o‘quvchilarga to‘liq singdira olishi hamda ularda egallangan bilimlarini amalda qo‘llay olishga qaratilgan ko‘nikma va malakalarni shakllantira olishi kerak. Shu bois har bir fan o‘qituvchisi, xoh u maktab o‘qituvchisi, xoh u oliy ta’lim o‘qituvchisi bo‘lsin, nafaqat o‘z tajribasi, balki o‘zgalar tajribasiga ham suyangan holda dars o‘tish metodlari ustida jiddiy bosh qotirishi zarur. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, pedagogik texnologiyaning maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta’minlashdir. O‘qitish jarayonida maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishi mumkin. O‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsa, ko‘zlangan maqsad amalga oshadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi, o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir
dars, mavzu, o‘quv fanining o‘ziga xos texnologiyasi bor.
Bugungi kunda bizga ma’lum va keng qo‘llanadigan usullardan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “VENN diagrammasi”, “BBB”, “FSMU” kabilar dars jarayonida o‘zlanining samarali natijalarini ko‘rsatib kelmoqda. “Qiyoslash metodi”, “Davra metodi”, 6x6x6 kabi metodlarning darssamaradorligini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rni bor. Bu metod orqali o‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma va og‘zaki savodxonli o‘stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi. Mantiqiy mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi.
Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirib, ta’lim jarayoning markaziga o‘quvchi-talabalarning o‘quv-biluv faoliyatini qo‘yadi, ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi. O‘quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko‘rsatkichi, o‘quv-biluv faoliyatini o‘zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o‘quvchi ongining predmetiga aylanishidir1. Bu maqsadni
amalga oshirish uchun, avvalo, ta’lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, o‘quvtarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta’minlashi lozim.
Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan hisoblanadi. Shu jihatdan, innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim jarayonlari sifat va samaradorligini oshirish muammosi ta’lim sohasining balki, davlatning va jamiyatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lm maktablari amaliyotida innovatsion jarayon rahbar va pedagoglarning innovatsion faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim muassalarida innovatsion ta’lim texnologiyalarni tadbiq etish va foydalanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad:
-ta’lim sifatini yanada yuqori bosqishga ko‘tarish;
-ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish;
-o‘quvchilarning funksional savodxonligi, ijodiy, tanqidiy fikrlashini rivojlantirish;
-o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash;
- fan va amliyotning yangi yutuqlaridan foydalanib, o‘quvchilarda faoliyatni motivatsiya
qilish ko‘nikmasini rivojlantirish;
-o‘quvchilarda ma’lumotni mustaqil qabul qilish va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
-o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi1.
Bugungi kunda ko‘pgina mamlakatlar ta’lim sifati bo‘yicha qiyosiy tadqiqotlar metodologiyasi, texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish masalasida ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Buning natijasida butun dunyoda ta’lim sifatini monitoring qilish tizimi yaratildi.
Uzluksiz ta’limni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish va uning samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur yo‘nalishda ko‘pgina ilmiy izlanishlar amalga oshirildi. Ulardagi asosiy g‘oya va natijalar uzluksiz ta’lim tizimi faoliyatining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni olib borishda asos bo‘lib xizmat qiladi
Zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan barkamol, kadrlarga ega bo‘lish uchun, birichi navbatda, ta’lim-tarbiya tizimini davr talabi darajasiga ko‘tarish muhimligini hayot taqozo etmoqda.
Shu ma’noda ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, fan-texnika yutuqlaridan, zamonaviy axborotlardan voqif bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni ko‘zda tutadi. Ilg‘or texnologiyalarning keng qo‘llanilishi va o‘zlashtirilishi, iqtisodiyotdagi ijobiy o‘zgarishlar, uzluksiz ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi ta’lim sifatini oshirishga asos bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning ertangi kuni, ravnaqi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishi albatta o‘sib kelayotgan barkamol yosh avlodga bog‘liq. Buning uchun yosh avlodga dunyo standartlari darajasida zamonaviy bilim berish, ularni har tomonlama yetuk shaxs etib shakllantirish
lozim. Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Bugungi kunda ana shunday teran fikrlovchi va zamonaviy bilimlarga chanqoq o‘quvchi yoshlarni tarbiyalash uchun ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilaridan kasb malakalari, pedagogik
mahoratlarini oshirgan holda zamon talabi darajasida pedagogik va axborot texnologiyalari va o‘qitishning interaktiv metodlari asosida dars samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Malaka oshirish sifatini o‘quv mazmuni darajasi, institut professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahorati,
bilim, ko‘nikma, malakasi, kursga kelgan tinglovchilarning bilim darajasi, tashabbuskorligi va institutning moddiy texnik bazasi kabi masalalar ham belgilaydi. Bunda ijtimoiy va psixologik qulayliklar nazarda tutiladi. Ijtimoiy qulayliklarga malakaoshirish jarayonidagi o‘rnatilgan barcha tartib qoidalar, shu jarayon ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, mashg‘ulotlarining mazmuni, ularni tashkil etish shakl va usullari, tinglovchilarning yuqori sifat va samaradorlik bilan o‘qishlari uchun amalga oshiriladigan boshqa tadbirlar kiradi. Psixologik qulayliklargan o‘zaro munosabatlardagi xayrixohlik, samimiylik, hurmat, e’tibor, hamrohlik, axloq-odob me'yorlariga to‘liq rioya qilish va boshqalar kiradi.
Malaka oshirish jarayoni sifatini yaxshilashning zarur shartlaridan biri tinglovchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida faqat tinglovchi emas, balki ijodiy faol ishtirokchi bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’lim sohasida amalga oshirilgan rivojlanish va o‘zgarishlarga asos bo‘lish bilan birgalikda, mazkur sohaning rahbar va pedagog xodimlariga o‘ziga xos talablarni belgilab berdi. Ta’lim muassasalarining zamonaviy talablarga javob berishi, muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun pedagog xodimlar o‘rtasidagi ish taqsimotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, o‘z vaqtida ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish, faoliyatlarini to‘g‘ri baholash va rag‘batlantirib borish, ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga imkoniyatlar yaratish, innovatsion yondashuvlar texnologiyalarini loyihalashtirish va joriy etish rahbarlarning bilimi, pedagogik va kasbiy mahoratlari, shuningdek, ularning boshqaruv qobiliyatlariga bog‘liqdir.
Pedagogik jarayonlarni amalga oshirishda axborotkommunikatsion texnologiyalarining o‘rni. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyat taraqqiyotining turli sohalarida jadal kirib bormoqda va ularni rivojlantirish uchun xizmat qilmoqda. Bunday texnologiyalarning ta’siri odamlarning turmush tarzi, ta’limi va ishida o‘z ijtimoiy muammolarining hal etilishi uchun muhim omilga aylandi. Hozirga davrda mamlakatimiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak bilimli, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, bu borada axborot kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni katta.
Yosh avlodni kuchli, bilimli, intelektual salohiyati, qolaversa vatanparvar etib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaga yangicha yondashish, uni singddirishdava amalga oshirishda va amalga oshirishda yangicha uslub va mazmun, shakl hamda vositalaridan, ya’ni manbalaridan foydalanish taqozo etiladi. Buning uchun eskicha ishlash bilan yangi aynan ana shu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga e’tibor qaratilib davlatimiz tomonidan bir qator hujjatlar qabul qilindi.
Hozirda biz yangi yaratilgan va endi yaratilayorgan texnologiyalaridan innovatsion
salohiyatlaridan ta’limda keng foydalanishni joriy etishimiz zarur. Biz yangi texnologiyalardan tayyor yechimlar kutib o‘tirmasdan balki o‘qituvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bu texnologiyalarning rivojlanishiga o‘z ijobiy ta’sirimizni o‘tkazishimi kerak. Hozirgi kunda umunta’lim maktablarimiz tizimlashtirilgan va sifatli axborot manbalari kutmoqda va albatta bu
tabiiy jarayon. Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli va tizimli foydalanilsa umumta’lim maktablari uchun yaratilayotgan yangi avlod o‘quv darsliklari, qo‘llanma va vositalar imkoniyatlaridan foydalanishni muntazam joriy etish amalga oshirilsa, tabiiyki ta’lim sifat vasamaradorligi ortishiga erishiladi.
Mamlakatimizda nafaqat ta’lim jarayoni, balki barcha jabhalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rolini oshirishda alohida e’tibor qaratilmoqda. 2002-yildan Respublikamizda Kompyuterlashtirish va axboort- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi amalga oshirilmoqda.
Ta’lim jarayoni–bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va o‘z navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o‘quvchilarning diqqat bilan o‘tirishlarida, o‘qituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida o‘z aksini topadi. Agar teskari aloqa bo‘lmaganda edi, o‘qituvchi bergan axborotning o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo‘lar edi. Teskari aloqa o‘qituvchiga o‘z nutqini davom ettirish yoki to‘xtalish, ish turini o‘zgartirish, umuman , faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi.
O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijaga erisha olmaydi. Ammo bunda ta’limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakillarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quuvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak hollarda tuzatishalr kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Ta’lim tizimi oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini oshirish va shakillantirishdek vazifalr turibdi. Pedagog bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir etib boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora maslahatchiga, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayoning boshqaruvchisiga aylanib boradi. O‘qituvchi axborot egasi, tarqaqatuvchi funksiyalarini axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va o‘zlashtira olishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘qituvchi axborot ummonida yangicha qoidalrni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo‘ladi.Ta’limda o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishning nutq, so‘z, tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakillar, rang, tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar samaradorligiga tadbiq etilayotgan yangiliklar asosida ta’lim
oluvchilarning olgan bilimlar, zamonaviy texnika va axborot– kommunikatsion texnologiyalarini o‘rganish, intellektual qobiliyatlarining shakillanish darajasini hamda o‘qituvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarini, shuningdek, pedagogik mahorati va kasbiy qobiliyatlaining rivojlanish darajalarinig o‘sishini belgilaydiTa’lim tizimini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va rahbar kadrlarni ko‘p jihatdan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish darajasiga bog‘liq. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari, jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Ular tayyorlangan ma’lumotlarni tizimlarga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma’lumotlarni uzatish algoritmlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish ta’lim jarayonini boshqarish samaradorligini oshiradi.
Demak, bugungi kun axborotlashtirilgan jamiyat sari dadil qadam qo‘yib borilishi bilan xarakterlanar ekan, ta’lim tizimining barcha bug‘inlarida axborot texnologiyalaridan muntazam foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga olib keladi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda pedagogik omillarni ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi:
O'qituvchi mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ro'yberayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishihamda bu borada o'quvchilarga to'g'ri, asosli ma’lumotlami berishi lozim. Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklariva yutuqlaridan xabardor bo'lishi talab etiladi.
O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur, puxta bilimga ega bo'lishi, o'z ustida tinimsiz izlanishi shart.
O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslaridan ko'nikmava malakaga ega bo'lishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o'z faoliyati tashkil etishi zarur.
O'qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim.
.O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lishi davr talabidir. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatni, pedagogik texnika sirlarini (nutq, chehra, qo'loyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o'zlashtirib
olishga erishishi lozim.
Bundan tashqari umumta’lim maktablarida deviant xulqli, “tarbiyasi o’g’ir” o’quvchilar bilan ishlash pedagoglardan katta mahorat talab qiladi. Shundan kelib kelib o’smirlarni darsga qiziqtirish yo’l va usullarini ishlab chiqish, bo’sh vaqtini samarali yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi. Ularni nazorat qilishda:
  1. Oila, mahalla, nodavlat tashkilotlar bilan ta’lim muassasalari hamkorligini yanada mustahkamlash;


  2. Ta’lim muassasalaridagi “Yoshlar ittifoqi” faoliyatida doirasida “tarbiyasi o’g’ir” o’quvchilarni turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarga ishtirok etishga jalb etish orqali ularni tarbiyaga chaqirish;


  3. Ta’lim muassasalarida deviant xulq atvorli bolalar bilan ishlashda psixologlar faolligini oshirish, ularni turli psixologik oyinlar, treninglar, orqali qiziqtirgan sohalarga yo’naltira olish o’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib yetishishiga xizmat qiladi.


Jamiyatimizda imkoniyati cheklangan bolalar qatlami alohida ko’mak va e’tiborga muhtoj. Shu maqsadda bunday bolalarni o’z tengdoshlaridan iloji boricha ortda qolmasligiga erishish uchun davlatimiz tomonida yetarlicha sharoitlar yaratib berilmoqda. Respublikamizda imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus maktablar internatlarda yuzdan ortiq pedagoglar faoliyat olib bormoqda. Biroq ularning sifatli talim olishini taminlashda innavatsion texnologiyalar yetarlicha ishlab chiqilmagan. O’rganganlarim va kuzatishlarimdan kelib chiqib, quyidagi taklif va tavsiyalarni keltirish mumkin.


  1. Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni jamiyatda o’z o’rnini topishida ularning imkoniyatidan kelib chiqqan holda, psixolog, pedagog, ota-ona bilan birgalikda faoliyat olib borish;


  2. Ularning yashirin iste’dodlarini yuzaga chiqara olish. Buning uchun ularni qiziqishini o’rganish. (turli qiziqarli o’yin, metodlar yordamida)


Kuzatishlarim bo’yicha shuni aytish mumkinki, imkoniyati cheklangano’quvchilarning aksariyat qismi san’atga bo’lan qizishi juda kuchli. Ayniqsa ularning rasm chizish, amaliy san’at, qo’shiq aytish, she’r yozish, badiiy adabiyotlar oqish, musiqa tinglashga bo’lgan ishtiyoqi baland. Shunday ekan ularning jamiyatdan ajralmaganligini his qilishlari, o’z o’rnini topishlarigai san’atga qiziqtirish va yo’naltirish orqali erishish mumkin. Bu borada maxsus maktab pedgoglarining san’at sohasidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo’lga qo’yish, soha mutaxassislari bunday maktablarga borib mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar va Master-klass darslarini tashkil etish, tasviriy san’atga qiziquvchilar uchun maxsus maktablarga borib kichik galereyalar tashkil etish samara beradi.


  1. Imkoniyati cheklangan o’quvchilarning iste’dodini yuzaga chiqaruvchi turli tanlovlar, mmadaniy-marifiy tadbirlar, konsert-tomoshalarni ko’proq tashkillashtirish biz soha mutaxassislarining oldida turgan muhim vazifalardan biridir.



GLOSSARIY



Download 162.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling