I-bob. Tarbiyasi og’ir o’smirlar ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida 7
Download 161.38 Kb.
|
Tarbiyasi og’ir bolalar bilan ishlash (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Mavzuning dolzarbligi
MUNDARIJA I-BOB. TARBIYASI OG’IR O’SMIRLAR IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 7 1.1 “Tarbiyasi og’ir” bolalar shaxsi shakllanishining omillari 7 1.2 “Tarbiyasi og’ir” bolalarning psixologik rivojlanishini me’yorlashtirishga yo’naltirilgan maxsus tadbirlar 11 II-BOB. “TARBIYASI OG’IR” BOLALAR - PEDAGOGIK JIHATDAN QAROVSIZ QOLDIRILGAN BOLALAR. 16 2.1. “Tarbiyasi og’ir” bolalar xulq-atvorini to’g’irlashning psixologik masalalari 16 2.2. “Tarbiyasi og’ir o’smirlar” bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogik o’rni 27 Xulosa 35 FOYDALANILGAN ABIYOTLAR 40 Kirish Mavzuning dolzarbligi: Hammamiz ham deyarli har kuni ijtimoiy istalmagan axloqning turli-tuman ko’rinishlari - tajovuskorlik, zararli odatlar, qonunga zid harakatlar bilan to’qnashamiz. Shu kabi muammolar bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ko’p yillardan beri qator savollarga javob izlamoqdalar. Bunday axloqning sababi nimada bo’lishi mumkin? Nima insonni qayta – qayta o’ziga va atrofdagilarga zarar keltirishga majburlamoqda? Bundan qanday qutilish mumkin? Va nihoyat “og’ishgan xulq”, “tarbiyasi og’ir”,”deviant” atamasidan foydalanish qonuniymikan? Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Deviantlik, og’ishgan xulq, tarbiyasi og’ir bolalar psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni himoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqishuyg’otib kelgan. “Tarbiyasi og’ir o’smirlar” xulqi mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega. Atamaning “og’ishgan xulq”, ya’ni “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan payvasta ekanligi muammoni ko’p marotaba murakkablashtiradi, chunki me’yorning chegaralari o’ta shartli , insonda esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me’yorning o’zi mavjud emas. Yondashuvlarning turli – tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashxis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy – psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni ochishda ham ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy pedagogika va “Tarbiyasi og’ir bolalar” psixologiyasi fanining asosiy maqsadi o’quvchilarda shaxs og’ishgan xulqi muammolarini zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko’rinadi. Og’ishgan xulqni tushuntirish uchun turlicha psixologik kontseptsiyalar qimmatini tan olgan holda kognitiv – axloqiy yondashuvlarni ustuvor sifatida ajratamiz.1 “Tarbiyasi og’ir bolalar” tushunchasining ko’p ma’noliligi va bu bilan bog’liq bo’lgan terminologik chalkashliklar, har birimizning ichki dunyomizga xos bo’lgan shaxsiy ozodlik ehtiyoji va jamiyatning cheklashlari orasidagi qarama – qarshilikdir. Og’ishgan xulq fenomeni mavjudligining o’zi “ozodlik yoki zaruriyat” dilemmasi faktini tasdiqlaydi, xatto jamiyatning umidlariga qarshi har bir odamning shaxsiy tanlovchi predmeti hisoblanadi. Yana bir ma’lum murakkablik shundaki, og’ishgan xulq muammosi bo’yicha turli fanlar masalan, sotsiologiya, tibbiyot, huquq, psixologiya, pedagogikadan izlash lozim bo’ladi. Mavjud bo’lgan adabiyotlar, qoidalardek, yohud o’ta ixtisoslashtirilgan, yoki o’ta ommaviy masaladir. 2Shu xususda taakidlab o’tishimiz joizki, nosog’lom oila muhiti, oilada farzandga yetarli darjada e’tibor berilmasligi, bolada bo’sh vaqtning ko’pligi, noto’liq oilalar, o’smirlik ya’nikim balog’at yoshidagi krizisdan o’ta olmaslik va aynan o’sha davrda ota-ona tomonidan bola tarbiyasida bo’shliqga yo’l qo’yishlari bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanib borayotgan “xulqi og’ishgan”, “tarbiyasi og’ir” bolalarning vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda, va asosiy omil deya aytishimiz mumkin. Bu muammoning tub ildizlaridan kelib chiqqan holda, muammoni xal qilish xususida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Tarbiyasi og’ir” bolalarni ijobiy tomonga yo’naltirish va muammoning ildizlariga bolta urish maqsadida bugungi kunda davlatimiz tomonidan oila, mahalla, maktab, tengqurlar jamoasi kuchlarini birlashtirish muhim. Umuman bolani to’g’ri ijtimoilashishi, jamiyatda o’z o’rnini topishida har bir ijtimoiylashish institutlarining o’rni beqiyosdir. Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maktab va pedagoglarning asosiy vazifalari O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi” qonunining, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Respublika rahbariyatining dasturiy fikrlari mazmunidan kelib chiqqan bo’lishi kerak, ya’ni:3 Maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish; O’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning bo’sh vaqtlarini ma’noli tashkil qilish; Bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta’minlash; O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; Yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlar amalga oshirish; O’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida muvofiqlashtirish; Tarbiyasi og’ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishash, oilalarga pedagogik yordam berish; Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish; O’qishni va ishlashni hohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-onalar yig’inlarida muhokama qilish Tarbiya subektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy” barcha jamg’arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha milliy markazlar, kasaba uyishmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan ma’suliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish.4 Download 161.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling