I-bob temuriylar davri mutafakkirlari jamiyatga doir qarashlari


Download 156.5 Kb.
bet6/10
Sana09.06.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1466154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
temuriylar davri mutafakkirlari jamiyatga doir qarashlari

A. Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruqiyati bilan bog’liq ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chiqish sabablarini tahlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshoqning odilligi, balki fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning adolatli, maonan soqlom bo’lishi lozimligiga ehtiborni haratadi: «Olamda bo’lmish har navo odam bilan ko’rishdim; katta - kichikning feolu atvorini o’rgandim; yaxshi-yomonning xislatlarini tajribadan o’tkazdim; yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zaqrini totib ko’rdim. Baxl va pastkashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini ko’nglim darhol sezadigan bo’lib qoldi» deydi. Ayni paytda, u inson ruqiyati bilan bog’liq illatlar mohiyatiga shunday nisbat beradi: «Yaxshilikka mukofot - qo’pollik; odob bilan qilingan xushmuomala evasiga kekkayish, takabburliqdan o’zgacha munosabat ko’rmaysiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan o’n zarb yeyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavozeo ko’rsatsang, ming qo’pollik va dilsiyoqlikka hozir bo’lib turmoqing lozim». SHu tariqa, u «Maqbub ul-qulub» asarida har xil odamlarning feol-atvori va aqvoli, yaxshi feol xosiyati va yomon xislat kasofati haqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarining yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi.
Umuman, bunday adolatli jamiyatni boshqarish haqidagi g’oyalar Navoiy taolimotlarida ham keng uchraydi. Bu jarayon “Saddi Iskandariy” dostonida chuqur ochib berilgan va qokazo.
O’zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar aloqida diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so’zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa arabchada arabdan tashqari degan mahnoni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, yahni arab davlatidan tashqari, degan nom bilan ataganlar4.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling