3.2 Asosiy konstruksiya chizmasini chizish uchun dastlabki ma’lumotlar
Yoqalarning fasoni har - xil bo’ladi Yoqalar shartli ravishda yelkaga yopishib turadigan yoqa, qaytarma yoqa, tik yoqa, “shalka” yoqa, pidjak yoqa va boshqa turlarga bo’linadi.
Yoqa o’mizining o’yigi dekolte deyiladi. Dekolte to’g’ri burchak, uzaytirilgan, dumoloq, oval va hakozo shaklida xilma-xil bo’lishi mumkin. Yoqa o’miz o’yig’ining har qanday shaklini chizish uchun oldin old va ort bo’lak konstruksiyasining yelka qirqimlarini bir-biriga to’g’ri keltiriladi. Ko’krak vitachka yon qirqimiga ko’chirilgan bo’lishi kerak. Old bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab dekolte chuqurligi, yelka qirqimi bo’ylab esa dekolte kengligi belgilab olinadi. Yelka qirqimi bo’ylab old bo’lakdan ort bo’lakka o’tgan dekolte chizig’i tekis bo’lishi kerak. Agar old bo’lakda yelka vitochka bo’lsa, u yeng o’mizi tomonga suriladi yoki yangi yoqa o’miz o’yig’ida hosil qilinadi.
Dekoltening hamma chuqurlik va kenglik o’lchamlari fasonga binoan olinadi. Dekolte chiziqlari lekalo yordamida chiziladi. Dekoltening uzil-kesil shakli va katta-kichikligi kiydirib ko’rganda aniqlanadi.
Yoqalarning fasoni juda turli bo’ladi, bo’lardan eng harakterlari tik yoqa, qaytarma yoqa, yassi yoqa va fantazi yoqa.
Quyida eng ko’p tarqalgan yoqa turlarining konstruksiyasini soddalashtirib tuzish metodlari va fantazi yoqani texnik modellash presslari keltirilgan.
Tik yoqa. Gorizontal to’g’ri chiziq o’tkazib unda AV kesmasi o’lchab qo’yiladi. AV=BkA+1.
Ava V nuqtalardan perpendikulyar o’tkaziladi. Bu chiziqlarda yoqaning istalgan kengligi o’lchanadi.
AD=VS=3,5÷8 sm
D va S nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V nuqtadan VS chiziq bo’ylab 1,5 sm o’lchab, S1 nuqta qo’yiladi. A nuqtadan gorizontal bo’ylab AA1=13BnA÷0,5 o’lchab qo’yiladi.
A1 va S1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. AA1S1chizig’i tik yoqa ko’tarma qirqimining chizig’i.
S1 nuqtadan A1S1 chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladida, unda yoqaning istalgan kengligini o’lchab, V nuqta qo’yiladi. D va V1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. Yoqaning old tomon kengligi V1S1 va yoqa uchlarining A1v chizig’iga ogish burchagi fasonga binoan har xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |