K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- K. HOSHIMOV KUNI UZAYTIRILGAN GURUHLARDA TA’LIM-TARBIYA NAZARIYASI YA METODIKASI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qoilanma
- Safo Ochil Pedagogika fanlari doktori — F.R. Yuzlikayev H 71 Hoshimov, Komiljon.
- Kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu o ‘quv q o ‘llanmada m illiy
- Q o ila n m a kasb-hunar kollejlari o ‘qituvchi, o ‘quvchilari hamda oliy o ‘quv yurtla
- © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007, 2008, 2009, 2011.
- В I R I N CH I Q I S M KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH, MAKTAB, MAKTAB-INTERNATLARNING TARAQQIYOTI VA 0 ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 0 ‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI K. HOSHIMOV KUNI UZAYTIRILGAN GURUHLARDA TA’LIM-TARBIYA NAZARIYASI YA METODIKASI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qoilanma Uchinchi nashr «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT - 2011 УДК: 371(075) ББК 74.200.6уа722 Н 71 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan T a q riz c h ila r : Pedagogika fanlari doktori — Safo Ochil Pedagogika fanlari doktori — F.R. Yuzlikayev H 71 Hoshimov, Komiljon. Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘l. / K. Ho shimov; 0 ‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta’Um vazirligi, 0 ‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi.— Toshkent: «Sharq», 2011. - 272 b. Kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu o ‘quv q o ‘llanmada m illiy istiqlol mafkurasi g ‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya ishlarini yuritishning o ‘ziga xos xusu- siyatlari, shakllari va metodlari bayon qilingan. Q o ila n m a kasb-hunar kollejlari o ‘qituvchi, o ‘quvchilari hamda oliy o ‘quv yurtla- rining boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlari talabalari uchun m o ‘ljallangan. УДК: 371(075) ББК 74.200.6ya722 ISBN 978-9943-00-763-5 © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007, 2008, 2009, 2011. KIR1SH 0 ‘zbekiston mustaqilligi tufayli mamlakatimiz hayotida katta o ‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillik sharofati bilan qisqa davr mobaynida asrlarga tatigulik salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy va m a’rifiy sohalarda namoyon bo‘lmoqda. Prezidentimiz I. Karimov milliy merosimizni va jahonning eng rivojlangan davlatlari tajribalarini ilmiy tahlil qilar ekan, jahon sivilizatsiyasining hozirgi bosqichida mamlakat rivojlanishining bosh omili inson ekanligini o‘z asarlarida, nutqlarida metodologik, ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berdi. U o‘zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida: «Hozir 0 ‘zbekiston deb atalmish hudud, y a’ni bizning V atanim iz nafaqat Sharq, balki um um jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri b o ‘lganini butun jahon tan olmoqda»1, deb yozadi. Xuddi shu masalaga G ‘arb olimlari ham alohida e’tibor bermoqdalar, masalan, G ‘arb olimlaridan Raypli Vin: «Afsuski, Vatanimizda ko‘pchilik odamlar o‘z qadriyatla- ri — ma’naviyatini unutib bormoqda. Mubolag‘asiz aytamanki, 0 ‘zbekiston m a’naviyat masalalarida Buyuk Britaniyaga o‘mak bo‘lishi, unga dars berishi mumkin»2, — deydi. 0 ‘zbek xalqi ta ’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o ‘zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrlarda ham nekbin pedagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da o‘z ifodasini topgan. Istiqlolga erishgunimizga qadar biz tarbiyaviy ishlarimizda Yevropa pedagogikasini asos qilib olgan va o‘rgangan edik. En- digi vazifa Sharq pedagogikasini o ‘rganishga e ’tibomi ko‘proq qaratmoqdir. Chunki ilm-u fan aw al Sharqda taraqqiy etgan, 1 Karimov I. Adolatli jamiyat sari.— Т.: « 0 ‘zbekiston»,- 1998.— 31-bet. 2 «Xalq so‘zi» gazetasi. (Raypli Vin maqolasi). 1997-yil 3-iyul. 3 hurfikrlik bizdan boshlangan. «Sharq Yevropaning muallimidir» degan olmon olimi Xyorler nechog‘li haqdir. Haqiqatan ham shunday, o‘zbek xalqining madaniy merosi go‘yo ulkan b it dengiz. M illiy qadriyatlarni um um insoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish shu kunning talablaridandir. Chunki biror millat o‘z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat m a’naviyatida o‘ziga xos tomonlar bo‘lsa ham, u umuminsoniy qadriyatlarning bir qismidir. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, biz qurayotgan yangi jamiyat «binosi» uchun birinchi galda milliy qadriyatlar ustun b o ‘lm og‘i lozim. Biz, eng aw alo, milliy o ‘zligimizni anglam og‘imiz, o ‘z tafakkurim izni kashf etm og‘imiz lozim. Unutilayozgan sarchashmalarimizni puxta, atroflicha o ‘rganmo- g‘imiz birinchi galdagi vazifadir. Bashariyatning fozil va oqil kishilari asrlar davomida maktab chinakam ilm dargohi, ma’rifat markazi bo‘hb kelganligini, unda inson shaxsi haqqoniyat, adolat, samimiyat va ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari asosida tarbiyalanganligini faxr bilan taig‘ib qilib kelganlar. «Fuqaro uchun iqtisodiy ta ’m inotdan so‘ng eng m uhim zaruriyat — bu m a’naviy ta’minot — xalq ta’limidir» deyilishi ham ayni haqiqatdir. Maktab va jamiyat bir-biridan ajralmasdir. Bizning asrimizda hech bir xalq m a’lumotsiz, ilm-fansiz yashay olmaydi. Mamlakatdagi yangilanish jarayonlari va ijtimoiy tuzumdagi tub o‘zgarishlar ta ’lim tizimiga, uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan umumiy ta’lim sifatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamiyatimiz ulug‘ maqsadlarimiz sari dadil, olg‘a siljimog‘i uchun har bir yangi avlod m a’lumot va umumiy madaniyatni, kasb- korlik malakasi va fuqarolar faoUigini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishi kerak. Respublikamizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishla ri, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudratining oshib borishi natijasida jamiyatning markaziy asosi hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro‘y bermoqda, u pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib, yangilanmoqda, moddiy jihatdan mustahkamlanmoqda. Respublika Prezidentining ta ’limni rivojlantirish, yoshlarga jahon andozalariga mos bilim, malaka va ko‘nikmalar berish, yoshlami milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat m hida tarbiyalash 4 borasida ko'rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o ‘zgardi. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning milliy modeli yaratildi. Shuni alohida e’tirof etish lozimki, mamlakat iqtisodiyotida, shu jumladan, ta ’lim tizimida islohotlar katta kuch, mablag‘, mehnat evaziga amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda o‘quv- tarbiya ishlarini tashkil etish, uning moddiy bazasini mustah- kamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarni bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya qilish uchun bir yilda davlat budjetining 27 foizi sarflanmoqda. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o ‘zining 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: «...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dastumi amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imko- niyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko‘zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham m a’naviyat nuqtayi nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar»1 deb ta’kidlagan edi. Modomiki, davlat va jamiyat kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh avlod ta ’lim-tarbiyasiga hech narsani ayamayotgan ekan, o ‘z umrini bunday ulug‘ va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan har bir pedagog davlat va jam iyat tom onidan bildirilgan ishonchga munosib bo‘lishi, pedagogik faoliyatida yuksak samaradorlikka erishish bilan javob berishi, XXI asr maktabini bunyod qilishda faol qatnashishi lozim. Jamiyatimiz kabi milliy ta’lim tizimimiz ham mustaqillikka erishdi. U shakllandi va takomillashib bormoqda. Jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarining «Oila bog‘chasi», «Bog‘cha—maktab» majmualari tashkil etildi, umumta’lim maktablari tarkibida ham katta o‘zgarishlar bo‘lib, gimnaziya, akademik litsey, kollej kabi yangi tipdagi o‘quv mu- assasalari, komplekslari barpo etildi. Ta’limdagi islohotlar o‘rta maxsus va oliy ta’lim bo‘g‘inlari- da ham olib borildi: ko‘pgina pedagogika institutlari universitet- larga, pedagogika bilim yurtlari kollejlarga aylantirildi. Bu islohot- 1 I. Karimov. «Barkamol avlod 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori».— Т.: «Sharq», 1997. — 19-bet. 5 laming asosiy maqsadi yoshlarga ta’lim va tarbiya berish saviyasini yanada yuqori ko‘tarishga, ularni mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlashni yaxshilashga qaratilgandir. Shuningdek, maktab o ‘quvchilari qalbiga Vatanga muhabbat, jamoatchilikka, kat- talarga, ota-onalar va o'qituvchilarga hurmat tuyg‘usini singdi- rishga, o‘z xulq-atvori uchun yuksak mas’uliyatni his qilishiga, o ‘z-o‘zini boshqarishga da’vat etish hamdir. Mas’uliyatli va sharafli bu ish oila, maktab, mahalla va keng jamoatchilikning yaqin hamkorligida amalga oshiriladi. Tegishli vazirUklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarining ta ’lim- tarbiya ishlariga rahbarligi va ularni amalga oshirishlari bu jarayonlami jadallashtirish maqsadlariga muvofiq ravishda amalga oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda shaxsning har tomonla ma va uyg‘un ravishda rivojlanishi tobora taraqqiy etayotgan fan- texnikaning zarur talabi bo‘lib qolmay, ijtimoiy taraqqiyot talabi hamdir. Endilikda gap kishilaming, yosh avlodning umumiy ma’lumo- tini oshirish ustida emas, ularning kompyuter savodxonligini oshirish va ekologik bilimlar bilan qurollantirish haqida ham bormoqda. Zotan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni istiqlol g‘oyalari ruhi- da, zamonamizning har tomonlama kamolga yetgan fuqarolari qilib tarbiyalash maktab oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Ilmiy, milliy tarbiya vazifalari komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish masalasi aniq maqsadga yo‘naltirilgan izchil va chuqur pedagogik faoliyat yuritishni talab qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, uning usul va metodlarini takomillashtirish uchun yetarU sharoit yaratish, ulami odob-axloq ruhida tarbiyalash ishini yanada kuchaytirish, ayniqsa, siyosiy- iqtisodiy mustaqillikka erishilgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tilgan bir sharoitda yoshlami yangicha yashashga, ishlashga o ‘rgatish xalq maorifi xodimlari va ko‘p sonli o ‘qituvchilar oldida turgan eng muhim masalalardandir. Bulami ommaviy tipdagi umumiy ta’lim maktablaridagi o‘quv-tarbiya ishlarini takomillashtirish qatori maktablaming konstruksiyasini o‘zgartirish, yangi tipdagi o‘quv- tarbiya muassasalarini barpo etish, ulaming ishini shu kunning talablari darajasida tashkil etish orqali amalga oshirish mumkin. Chunki, maktablar faoliyatida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya 6 jarayonining o‘zi hayot taqozo etgan dialektik qonun asosida rivojlanib, takomillashib boradi va shu asnoda yangi-yangi ta’lim- tarbiya muassasalarini vujudga keltiradi. Shu hayotiy pedagogik talablami hisobga olib, sobiq Ittifoq- ning vazirlar Kengashi 1960-yil 15-fevralda «Kuni uzaytirilgan maktablar tashkil qihsh to ‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1962-yMa bu tipdagi maktablar uchun maxsus Nizom tasdiqlandi. Qaror qabul qilingandan keyin respublikamizda kuni uzaytiril gan maktablar, sinflar va guruhlarga bolalami qabul qilish ishlari keng yo‘lga qo‘yila boshlandi. Masalan, 1959— 1960-o‘quv yilida 0 ‘zbekistonda 180 ta maktabda kuni uzaytirilgan 277 ta guruh tashkil qilinib, bu guruhlarga 7201 nafar bola jalb qilindi. Bunday maktab, sinf va gum hlarda o ‘quvchilarning muayyan qismi tarbiyalandi. Kuni uzaytirilgan maktablar, sinf va guruhlarning tashkil qilinishi va ular sonining o‘sib borishi maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish, bir sinfda ikki yil o ‘qishni bartaraf etish, bola qarovsizhgini oldini olish, o‘quvchilar xulq- atvorini nazorat qilish, ulami sog‘lom qilib tarbiyalash imkoniya- tini yaratdi. Shuningdek, bola tarbiyasida oilaga yordam berish, ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan ota-onalaming xotiijam, unumli mehnat qilishlarini ta’minlash, oilada bola tarbiyasi bilan band bo‘lib qolayotgan onalami xalq xo'jaligining turli sohalariga jalb qilish, yosh avlodni tarbiyalashda jamoatchilikning rolini oshirish kabi hayotiy masalalarni amalga oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab va maorif oldida turgan muhim masalalarni hal etish- da, vazifalami amalga oshirishda yangi tipdagi muassasalaming, guruhlarning imkoniyatlari ancha keng va qulaydir. Jumladan, o ‘quvchilarning kun b o ‘yi pedagog tarbiyachilar, yoshlar va o‘quvchilar tashkilotlari nazoratida bo‘lishlari, sinfda va sinfdan, m aktabdan tashqari olib boriladigan ta ’lim -tarbiya ishlarini uzluksiz amalga oshirishlari, umumiy ovqatlanishlari, jamoa bo‘hb o ‘ynashlari va dam olishlari, ya’ni o ‘quvchilar faoliyatining tuzilgan kundalik rejim asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya ishla rini yuqori saviyaga ko‘tarishda, ayniqsa, bir sinfda ikki yil o ‘tirishini tugatishda, ijtimoiy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 7 Umumiy ta ’lim maktablari zaminida vujudga kelgan kuni uzaytirilgan sinf, guruh hamda maktab-intematlar jamiyatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida vujudga kelgan ta’lim-tarbiya shoxobchalaridir. U lar kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash, jamiyatning har xil ixtisosga bo'lgan talab va ehtiyojlarini to ‘la qondirish, xalqning madaniy saviyasini oshi rish vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Respublikamizda bolalarni oilada tarbiyalashni yaxshilash borasida xilma-xil tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda ijtimoiy tarbiyaning turli shakllarini rivojlantirish va ularning rolini kuchaytirishga tobora katta e ’tibor berilayotgani qonuniy va muhim vazifadir. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-intematlarda o‘quv- chilarga tizimli, ijobiy ta’sir etishni kengaytirish bola tarbiyasida oilaga kerakli yordamni ko‘rsatish bilan birga oila va maktab hamkorligini mustahkamlashga sharoit yaratadi. Eng asosiysi, bu omillar: dars tayyorlash, darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari, jamoat topshiriqlari, mehnat va sport, badiiy havaskorlik, 0 ‘quv- chilaming bir m e’yordagi (kun davomida) dam olishini yagona reja asosida tashkil qilish imkonini beradi. Kuni uzaytirilgan guruh va intemat tipidagi maktablar jamoatchilik tarbiyasining asosiy shakli bo‘lib, davlatning maorif sohasidagi siyosatiga, xalqning maorifga talabi va qiziqishlariga to‘liq javob beruvchi eng samarali muassasalardir. Bolalami bu tip muassasalarda tarbiyalash ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, ota-onalaming, ayniqsa, ayollaming ishlab chiqarishda xotiijam mehnat qilishlarini, dam olish, ijtimoiy- siyosiy hayotda faol ishtirok etishlarini ta’minlaydi. Kuni uzaytirilgan guruh va internat tipidagi maktablarda o‘quvchilaming barcha o‘quv va sinfdan tashqari ishlari tarbiya chi rahbarligida hamda bolalar jamoasi ta ’siri ostida ratsional rejim asosida olib boriladi. Shuningdek, ularga madaniy xulq va odob-axloq me’yorlari amaliy ish jarayonida singdirib boriladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, kuni uzaytirilgan gumh, inter- nat-maktablar mustaqilligimizni mustahkamlash davridagi xalq maorifi tizimining muhim tarkibiy qismidir. В I R I N CH I Q I S M KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH, MAKTAB, MAKTAB-INTERNATLARNING TARAQQIYOTI VA 0 ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUHLARNING IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURATI VA QISQACHA TARIXI Angliyalik faylasuf va pedagog Jon Lokk (1632—1704) oila tarbiyasining ahamiyatini oshirib ko‘rsatib, xalq maorifining rolini inkor etdi. XVIII asrda yashab ijod qilgan fransuz materialisti va m a’rifatchisi K. A. Gelvetsiy (1715—1771) jam oatchilik tarbiyasini yoqlab, m aktab-internatlar ochishni taklif qildi. D. Didro (1713—1784) bepul umumiy majburiy boshlang‘ich ta’limning amalga oshirilishi va kambag‘allaming bolalari o‘qishi uchun davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishi zarur desa, shveysariyalik m ashhur dem okrat pedagog I. G. Pestalotssi (1746—1827) oila tarbiyasini ideallashtirib, jamoatchilik tarbiya sini ikkinchi o‘ringa qo‘ydi. AngUyalik utopik-sotsialist R. Ouen (1771—1858) maktabgacha tarbiya g‘oyasini kashf etdi. U bolalar 3 yoshidan jam oat muassasalarida tarbiya olib, jam oa bo‘lib yashashi, ishlashi hamda hayot uchun zarur bo‘lgan bilimlami olishlari kerak, deb hisobladi. V. G. Belinskiy, A. I. G ersen, N. G. C hernishevskiy va A. A. Dobrolyubovlar jam iyatni tubdan o ‘zgartiradigan faol kurashchilami tarbiyalash g‘oyasini ilgari surdilar. Ular kurash- chan odamlar oila va maktabda tarbiya olishlari lozim, oila tarbiyasi esa ijtimoiy xalq tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir, deb uqtirdilar. Rus pedagogi K. D. Ushinskiy (1824—1870) esa ijtimoiy tarbiya tarafdori bo‘lib, xalq maorifi ishini xalqning o‘ziga top- shirish kerak, deydi. Tarbiya ishini umumxalq ishi deb bilgan, dehqon bolalari uchun maktablar ochgan L. N. Tolstoy ham ijtimoiy tarbiya tarafdori bo‘lgan. L. N. Tolstoyning XIX asming 60-yillarida Yasnaya Polya- nada tashkil qilgan tajriba maktabi mohiyatan kuni uzaytirilgan maktab edi. Unda ta’lim oladigan bolalar bilan maktab ertalabki 9 dars mashg‘ulotlaridan so‘ng kunning ikkinchi yarmida o‘ziga xos ish boshlagan: bolalar jamoa bo‘lib uy vazifalarini bajarishgan, o‘quv tomorqasida ishlashgan, L. N. Tolstoy ajratib bergan yer uchastkasida mehnat qilishgan, tajribalar o ‘tkazishgan, ekskur- siyalarga borishgan, adabiyot va tarixdan qiziqarli hikoyalami o‘qishgan. Lekin o‘tmishdagi pedagoglar ham, sotsialist-utopist- lar ham, hattoki rus-demokratlari ham o‘sib kelayotgan avlodga tarbiya berishda oila va ijtimoiy tarbiyaning bir-biriga bog‘liqligini ilmiy asosda ko‘rsatib bera olmadilar. Materialist faylasuflar oila va ijtimoiy tarbiya muammosini jam iyatning iqtisodiy va ijtimoiy o ‘zgarishlariga, taraqqiyot qonunlariga bog'liq ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdilar. Shuningdek, m aorif sohasidagi dolzarb m uam m olardan biri sifatida kuni uzaytirilgan guruhlar ochish masalasini ilgari surdilar. Chunki, yuqorida aytganimizdek, ishlab chiqarishda band ota- onalaming bolalari nazoratsiz qolmasligida, ulami bilim asoslari bilan mukammalroq qurollantirishda kuni uzaytirilgan guruhlar ijtimoiy hayot uchun birdan bir zaruriyat edi. Ilg‘or pedagog ohmlar ishlab chiqarishning rivojlanishini mak tablar taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq ekanligini ko‘rsatib, yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetishtirishda kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil etish zarurligini nazariy jihatdan asosladilar. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari maktablarida ham kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilgan. Bunday maktablar birinchi bo‘lib 1908—1912-yillarda AQSHning Gari va Detroyd shahar- larida paydo bo‘ldi. 1930-yillarga kelib bu tipdagi maktablar AQSHning hamma shaharlarida joriy etildi. Sobiq sovet hukumati davrida (1919-yillarda) maktablar tizimi, tamoyili va istiqboli haqida turli g‘oyalar, qarashlar o‘rtaga tash- landi. 0 ‘sha yillarda sobiq sovet davlatining birinchi xalq maorifi komissari A. V. Lunacharskiy: «...maktabni qayta qurish va tako- millashtirish kuni uzaytirilgan maktablar va maktab-intematlar tashkil qilish yo‘lidan boradi», — deb ta ’kidlagan edi. Ittifoq tarkibidagi ko‘pchilik respublikalaming markaziy shaharlarida, jumladan, Leningrad va Toshkentda ham o ‘sha kezlarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etila boshlandi. Lekin shu paytlarda davlatning iqtisodiy jihatdan ahvoli og‘ir b o ‘lishi, malakali mutaxassis kadrlaming ozligi kuni uzaytirilgan maktablarning rivojlanishiga salbiy ta ’sir ko‘rsatdi. 10 Arxiv m ateriallari va m atbuot xabarlaridan sobiq sho‘ro hukum ati Toshkentda bolalar nazoratsizligining oldini olish maqsadida turli tadbirlar ko‘rgani ma’lum. U vaqtdagi kuni uzay tirilgan maktablar hozirgi maktablar kabi mukammal bo‘lmasa ham, ularda ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlarini uzluksiz o‘tkazishga qaratilgan ba’zi urinishlar bo‘lgan. Jumladan, 1918—1919-yillarda Toshkent shahridagi N. G. Chemishevskiy nomli mehnat tajriba maktabida o ‘quvchilar bir smenada o ‘qib, kunning ikkinchi yarm ida, asosan, sinfdan, m aktabdan tashqari ishlar bilan shug‘ullanganlar. Ularga issiq ovqat berilgan. Bu asosan, 0 ‘quv- chilar qo‘mitasi rahbarligida o‘z-o‘zini idora qilish yo‘li bilan olib borilgan edi. Bu yerda o ‘quvchilar dars ham tayyorlaganlar. Ammo dars tayyorlash uchun alohida xonalar va rahbarlik qilish uchun tarbiyachilaming yo‘qligi ta ’lim ishlarida katta qiyin chiliklar tug‘dirgan. Toshkent shahrida, tor doirada bo‘lsa ham, birinchi marta maktablar qoshida kuni uzaytirilgan guruhlaming (o‘sha vaqtda yarim internat deb atalar edi) tashkil etilishi maktablarimiz tarixida katta ahamiyatga ega. V. Nevskiyning 1920-yilda yozgan bir maqolasida bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan klublar, klublar huzurida esa turh to ‘garaklar tashkil qilingani, bunga 8 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan o ‘g‘il va qiz bolalar jalb qilinib, tarbiya ishlari olib borilgani haqida ma’lumot berilgan. Bolalar klublarida bolalarning o‘z-o‘zini idora qilish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa ham, ularning mustaqil o‘qishlari, xilma-xil faoliyatlarini tashkil etish, uy vazifalarini tayyorlatish kabi asosiy ta ’lim ishlari yetarli darajada amalga oshirilmagan. 1933-yili «Boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ongU intizom- ni mustahkamlash haqida» 0 ‘zbekiston Xalq maorifi komissarligi maktablar sektorining xati e’lon qilinib, unda ham bolalar nazo- ratsizligining oldini olish, nazoratsizlik oqibatida paydo bo‘lgan yomon xulq-atvor, chekish, karta o'ynash kabi zararU odatlarga qarshi kurashish masalalari ilgari surildi va maktablarda bolalar ning bo‘sh vaqtlarini to ‘g‘ri uyushtirish orqali ularni yomon ta’sirlardan saqlab, ongli tarbiya prinsiplari asosida tarbiyalash, ertalab badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazish, tanaffus va darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarda yaxshi dam oUshini ta’minlash maqsadida turli ommaviy o ‘yinlar uyushtirish, to ‘garaklar ishlarini tashkil etish lozimligi ko‘rsatildi. 11 1937-yilda nashr qilingan «Клуб» (21-son), «Общественни ца» (16-son), «Культурная работа профсоюзов» (9-son) kabi jumallarda e’lon qilingan materiallar ham 0 ‘zbekistonda tashkil qilingan klublar bolalar tarbiyasida katta rol o‘ynaganini ko‘rsa- tadi. Bunday klublar, asosan, zavod-fabrikalar qoshida tashkil etilgan. Bolalar darsdan keyin alohida ajratilgan xonalarda o‘zlari sevgan yumushlar bilan shug‘ullanganlar, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazganlar. Yuqorida ko‘rilgan barcha tadbirlar ta ’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda, bolalaming darsdan keyin nazoratsiz qolish hollariga barham berish, ota-onalarga bola tarbiyasini yengillashtirish, ulaming ishlab chiqarishda bamayli- xotir m ehnat qilishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida qo‘yilgan birinchi qadamlar edi. Lekin o‘sha muassasalar hozirgi kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar kabi ta’lim-tarbiya ishlarini yuqori darajaga ko‘targan, bolalar nazoratsizligining oldini olib, ulami moddiy tomondan ta’minlagan, shuningdek, ota-onalarning ishlab chiqarishda xotiijam mehnat qilishlari uchun to ‘la qulay- liklar tug‘dira olgan deya olmaymiz. Mutaxassis kadrlar, moddiy baza yetishmas, tizim mukammal emas edi. Vazirlar Kengashining 1960-yil 15-fevral qarori asosida tashkil qilingan kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar shart-sharoiti, ulaming mutaxassis pedagog tarbiyachilar bilan ta’minlanganligi, qat’iy belgilangan kundalik rejim asosida, rejali ravishda ish olib borishi jihatdan ilgarigi klublardan tubdan farq qiladi. Bu o‘rinda shuni ham aytish kerakki, kuni uzaytirilgan maktablarda bolalarni o‘qitish uchun sarflanadigan mablag‘lar mavjud umumy ta’lim maktablaridagiga qaraganda ancha ko‘p edi. Xarakterli jihati, mamlakatimizda kuni uzaytirilgan maktab va guruhlaming yildan yilga ortib borishi hayotimizda katta kuch bo‘lgan xotin-qizlaming ishlab chiqarishdagi faoliyatlarini oshirish va mustahkamlash, jamoat ishlarida faol ishtirok etishi va ishdan bo‘sh vaqtlarida o‘z bilimlarini oshirishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda olib boriladigan ta ’lim -tarbiya ishlarining m ukam m allashib, har tom onlam a hayotga singib borishi oilada xotin-qizlaming uy ishlarini yengil- lashtirishga yaqindan yordam beradi. Respublika maktablaridagi bolalaming 70 foizidan ortiqrog‘i qishloq maktablarida ta’lim olmoqda. M a’lumki, qishloqdagi ota- 12 onalaming ko‘pchiligi dala ishlari bilan mashg‘ul. Qishloq xo‘jahgi mehnati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, (masalan, ekish va yig‘im-terim davrida mehnat kuni ancha uzayadi) ota-onalar dalada uzoq vaqt qolib ketishadi. Shunday paytlarda boshlang‘ich sinflarda ta’lim olayotgan bolalar dars tugagandan keyin qarovsiz qoladilar. Ba’zan ular dars tugagach, dalaga, ota-onalarining oldilariga boradilar va vaqtlarini behuda o ‘tkazadilar, ota-ona- larining unumli mehnat qilishlariga xalaqit beradilar. Demak, qishloq joylarida kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil qilish va ulaming sonini muttasil ko‘paytirib borish maqsadga muvofiqdir. Xullas, kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-intemat- lar ta ’lim -tarbiya ishlarini pedagogik-psixologik va ijtimoiy nuqtayi nazardan kompleks hal qilishda, maktabning oila va maktabdan tashqari muassasalar bilan hamkorligini kuchaytirishda katta imkoniyatlarga ega. 0 ‘zbekiston sharoitida kuni uzaytirilgan guruh, sinf va maktablaming tez sur’atlar bilan rivojlanishi zamo- namiz talabi, ijtimoiy va pedagogik ehtiyojlar bilan bevosita bog‘liq. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling