K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
‘ZBEKIST0N HUKUMATINING YANGI TIPDAGI
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuni uzaytirilgan maktablar1 ( 0 ‘quv yili boshida)
- 0 ‘zbekiston Respublikasi viioyatlari bo‘yicha maktab-internatlar va ulardagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sisbi (ming kishi hisobida)1
- KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNATLARNING ASOSIY SHAKLLARI HAMDA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
0 ‘ZBEKIST0N HUKUMATINING YANGI TIPDAGI 0 ‘QUV MUASSASALARINI RIVOJLANTIRISH HAQIDAGI G‘AMXO‘RLIGI Kuni uzaytirilgan guruhlar taraqqiyoti. Kuni uzaytirilgan maktab, guruh, maktab-intematlaming tashkil qilinishi maktablar tarixida yangi davmi boshlab berdi. Bu muassasalar vositasida maktablarda o‘quvchilarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berishni yanada yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Bu yangi muassasalaming paydo bo‘lishi maktablar tarixida o ‘tkinchi bir davr emas edi. Bunday maktablar o‘ziga xos tarixga ega bo‘lishi bilan birga, bu sohada ma’lum tajribaga ega edi. 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirishning 1976— 1980-yillarga m o‘ljallangan rejasida (1975-yilga nisbatan foiz hisobida) kuni uzaytirilgan m aktablar va guruhlardagi о‘quvchilar sonini 1976-yilda 106,7 %, 1977-yilda 124,9 %, 1978- yilda 156,2 %, 1979-yilda 189,6 %, 1980-yilda 123,1 % ga ko‘pay- tirish belgilandi. 13 Respublika hukumatining g‘amxo‘rligi tufayli respublika - mizda kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarning tarmog‘i yildan yilga kengaydi. 1966—1967-o‘quv yilida xalq xo‘jalik rejasiga ko‘ra respublikamizdagi kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarga 170 000 bola tortilishi zarur edi, amalda esa 176710 o ‘quvchi jalb etildi. 1967—1968-o‘quv yilida rejadagi 204 500 bola o‘miga 236 100 bola qabul qilindi. Kuni uzaytirilgan maktab va guruh larda ularga qabul qilingan o ‘quvchilar soni shu tarzda keskin ko‘paya bordi. Shunday qilib, 17 yil mobaynida respublika bo‘yicha kuni uzaytirilgan maktablar soni 5, o‘quvchilar soni 4 baravarga oshdi. 0 ‘quvchilar kunduzgi um u m ta’lim maktablaridagi um um iy o ‘quvchilar sonining salkam 30 foizini tashkil qildi. Bu o‘zgarish- larning qishloqlarda kuni uzaytirilgan m aktablar tarm og‘ini rivojlantirish hisobiga bo‘lganligi diqqatga sazovordir. Bunday qishloq maktablari soni 1965-yil 1-sentabrgacha shahar maktab- laridan atigi 1,76 baravar ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 1982-yilga kelib qishloq kuni uzaytirilgan maktablari shahar maktablariga nisbatan 4,1 baravar ortdi. 1-jadval Kuni uzaytirilgan maktablar1 ( 0 ‘quv yili boshida) Yillar K u n i u z a y ti ri lg a n m ak ta b va kun i u z a y ti ri lg a n g u ru h li m ak ta b la r Shu jumladan K u n i u z a y ti ri lg a n g u ru h la rd a o ‘q u v c h il a r so n i (m in g ) Shu jumladan sh a h a r jo y la ri d a q is h lo q jo y la ri d a sh a h a r jo y la ri d a q is h lo q jo y la ri d a 1970/71 3228 912 2316 321,1 149,9 171,2 1975/76 4237 1102 3135 450,6 197,4 253,2 1980/81 6532 1231 5301 1011,8 339,7 672,1 1981/82 6693 1310 5383 1130,0 378,3 751,7 1982/83 6782 1308 5474 1286,1 431,2 854,9 1983/84 6938 1368 5570 1411,7 465,6 946,1 1984/85 7027 1387 5640 1498,8 477,1 1021,7 1985/86 7009 1400 5609 1523,1 492,5 1030,6 1 Архив Министерства просвещения Узбекистана, on. 22, Д. 93. 14 0 ‘zbekiston Respublikasining sobiq Maorif ministrligi kolle- giyasida (1979-yil 20-avgust) qabul qilingan «Respublikada kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar ishini takomillashtirish to ‘g‘risida»gi qarorda maktablar ishidagi mavjud xato va kamchi- liklar alohida qayd qilinib, kuni uzaytirilgan muassasalar faoliya tini, ulardagi ta ’lim-tarbiyaga oid tadbirlami kengaytirishning muhim omillari ko‘rsatildi. Shuningdek, 1980—1985-yillarda respublika miqyosida kuni uzaytirilgan maktablar sonini 422 taga, kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlardagi o‘quvchilar sonini 1985—1986-o‘quv yiliga kelib 1 million 700 mingga yetkazish rejalashtirildi. Umuman olganda, 0 ‘zbekiston kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlaming son jihatdan ham, sifat jihatdan ham taraqqiy etishi xalq maorifi rivojlanishi bilan birga respublikamiz barcha tarmoqlarida ish va mehnat unumining oshishiga bevosita ijobiy ta’sir ko'rsatdi. 0 ‘zbekistonda intem at muassasalari ta ’lim-tarbiyaning eng yaxshi shart-sharoitlarini yaratish va bolalarni har tomonlama o‘stirish hamda ulami tarbiyalashda oilaga yordam berish maqsa- dida umumta’lim maktab-intematlari tashkil qilingan edi. Mak tab-internatlarga ko‘p bolali oilalarning, yolg‘iz onalarning, mehnat nogironlarining bolalari, vasiylikda bo‘lgan bolalar, yetim bolalar, shuningdek, barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlashga qurbi yetmaydigan oilalarning bolalari qabul qilinadi. Intem at o ‘quvchilari davlat ta ’m inotida b o ‘ladi, qisman korxonalar, homiylar, ota-onalar moddiy yordam berishadi1. Intemat va yarim intemat (kuni uzaytirilgan maktab dastlab ana shunday atalardi) usulida bolalarni tarbiyalash g‘oyasi XIX asming 20-yillarida oldinga surilgan bo‘lib, sobiq Ittifoqning Xalq Maorif Komissarligi tomonidan m a’qullangan edi. Maktab-intematlami tuzishning negizini tashkil etuvchi mu him pedagogik vazifa tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish jarayonini qamrab olgan yagona tizimni vujudga keltirishdan iboratdir. Bunday tizim shaxs ongining garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, o‘quvchilami amaliy faoliyatga tayyorlaydi. 1 Архив Министерства просвещения Узбекистана, on. 22, Д. 93. 15 1921-yilda Turkiston Respublikasida 157 ta internat, 54 ta kommuna maktablarida ta’lim-tarbiya ishlari olib borildi. Toshkentda birinchi maktab-intemat eski shahaming Besh- yog‘och dahasida ochildi. Unga o‘zbek shoiri va sharq she’riyati tadqiqotchisi Almaiy nomi berildi. Respublika M aorif Xalq Komissarligi bu maktabni K. Libknext va N. G. Chemishevskiy nomidagi maktablaming amaliy o‘quv-tarbiyaviy ish tajribasiga tayanib tashkil qilgan edi. Bu maktabda keng va yaxshi jihozlan- gan o ‘quv sinflari, fizika, kimyo, matematika, tarix xonalari bor edi. Maktabning pedagoglar jamoasi respublika milliy maktab larida ta ’lim mazmunini ishlab chiqish va takomillashtirishda fizika, kimyo, matematika darsliklari va qo‘llanmalarini rus tihdan o‘zbek tiliga taijima qilishda, o‘zbek tilidagi o‘quv terminologi- yasini yaratishda faol qatnashdi.1 Bu maktab nam una-o‘rnak maktabiga aylandi: unda o‘qituvchilar seminarian, boshlang‘ich maktablari o ‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari ishlay boshladi. Respublikada internatlar tarm og‘i asosan, Ikkinchi jahon umshidan keyingi yillarda keng rivojlandi. 1949-yil mart oyidan barcha viloyatlarda, jumladan, ayrim tog‘li tuman chorva yaylov- larida I—IV sinflarda o‘qitish lozim bo‘lgan maktab yoshidagi bolalar maktab-intematlarga tortila boshlandi. Yosh avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berish ishini yaxshi- lash bo‘yicha 1956-yil 15-sentabrda «Maktab-intematlami tashkil etish to ‘g‘risida» qaror qabul qilindi. Unda maktab-internatlami «Har tomonlama rivojlangan, ilmh tarbiyalangan bunyodkorlami tayyorlash vazifalarini yanada yuqori saviyada hal etish»ga da’vat etilgan. Mahalliy tashkilotlar, xalq maorifi organlari hukumat qarorlarini amalga oshira borib, m aktab-internatlar ham da maktablar qoshidagi internatlar tarmog‘ini rivojlantirish sohasida katta ishlar olib bordilar. 1956—1957-o‘quv yihda 0 ‘zbekistonda 1237 tarbiyalanuvchi- ga m o‘ljallangan 6 ta maktab-intemat, 1959—1960-o‘quv yilida 9,5 ming o ‘quvchiga mo‘ljallangan 50 ta maktab-intemat ochil di. Keyingi yillarda maktab-intematlar tarmog‘i yanada kengay- tirilib, ulaming soni 1965—1966-o‘quv yili oxiriga kelib 122 taga, 1 0 ‘zbekistonda xalq maorifining 40 yil ichida erishgan yutuqlari. 0 ‘quv- peddavnashr, 1957, 24-bet. 16 o'quvchilar soni 44490 taqa yetdi. (Keyingi yillarda 68 ta maktab- intematda 24440 nafar bola tarbiyalanmoqda). M aktab-internatlar va maktablar qoshidagi intematlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o‘quvchilar kecha-kunduz o‘sha yerda bo‘ladilar, bolalar jamoa bo‘lib yashaydilar, o‘ynaydilar, birgalashib dars tayyorlaydilar va boshqa turli tarbiyaviy tadbirlarda qatnashadilar. Bu ta’hm va tarbiya jarayonining mustahkam bo‘li- shiga katta imkoniyatlar yaratadi. Bunday sharoitda tarbiyala- nuvchilarning yurish-turishi, xulqi, uy vazifalarini o‘z vaqtida ba jarishi, shaxsiy va jamoat gigiyenasiga, madaniy axloq qoidalariga rioya qilishlari ustidan kundalik nazorat qilib borish imkoni tug‘iladi. 2-jadval 0 ‘zbekiston Respublikasi viioyatlari bo‘yicha maktab-internatlar va ulardagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sisbi (ming kishi hisobida)1 1958—59-o‘quv уШ 1965—66-o‘quv yili Viloyatlar Maktab- internatlar soni Tarbiyalanuv chilar soni Maktab- internatlar soni Tarbiyalanuv chilar soni Andijon 3 624 20 7270 Buxoro 2 310 11 4070 Samarqand 3 472 19 6370 Qashqadaryo 1 113 8 2210 Surxondaryo — — — 1600 Sirdaryo — — 11 3260 Toshkent 1 370 9 4290 Toshkent shahri 1 293 10 5710 Farg‘ona 2 485 16 5620 Xorazm 1 374 6 2090 QQR — — 7 2000 0 ‘zR bo‘yicha hammasi 14 3049 122 44490 1 Данные планово-финансового yfipaBJ|e$i^ ДОЩВД^Оа 1965/66 учебные годы. Maktab-intematlar o‘quvchilaming g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy, estetik tarbiyasi bilan jismoniy rivojlanishini chambarchas bog‘lagan holda olib borishda m uhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu yerda jamoaviy munosabatlar tezroq shakllanadi, bolalaming maktabdan va sinfdan tashqari ishlarini birgalikda bajarish uchun vaqtning ko‘pligi katta rol o‘ynaydi. Maktab- intematlar faoliyatida o‘quvchilaming o‘zini o‘zi boshqarishiga alohida aham iyat beriladi. 0 ‘zini o ‘zi boshqarish tizim ida «Kamolot» YIH va «Kamalak» bolalar tashkilotlari yetakchi rol o ‘ynaydi. 0 ‘zini o‘zi boshqarishning ta’sirchanligi va samarador bo‘lishi ko‘p jihatdan maktab o ‘qituvchilari, tarbiyachilari va rahbarlariga bevosita bog‘liq. Xalq maorifi organlari um um ta’lim m aktab-internatlarini rahbar va pedagog kadrlar bilan ta ’minlaydi, ta ’lim -tarbiya ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi. Maktab-intematda bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ustaxonalar, o‘quv-tajriba uchast- kalarida mehnat, ijtimoiy foydali mehnat' bilan izchil ravishda qo‘shib olib boriladi. Zero, maktablar ishini qayta qurishda o‘quvchilarga ta ’lim-tarbiya berishni ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borish eng muhim vazifadir. Turli-tuman ijodiy faoliyatni ro‘yobga chiqarishda bolalardagi mavjud iste’dod va qobiliyatni aniqlash imkoniyatlari ko‘p. Shu bois maktab-intemat sharoitida kasbiy ta’limga keng o‘rin ajratilgan. 0 ‘qituvchilaming sobiq sho‘ro davridagi I Butunittifoq syez- dida (1968-yil) «Maktab-intematlami rivojlantirish, ularda tar biyaviy ishlarni takomillashtirish umumiy o‘rta ta’lim masalasini hal etishga yordam bergan bo‘lur edi. Shuning uchun yaqin yillar ichida maktab-intematlar tarmog‘ini, ayniqsa, qishloqda kengay- tirish, ulaming moddiy bazasini vujudga keltirish, u yerda bola laming normal ovqatlanishi va turmushini tashkil etish zarur»ligi ta ’kidlandi. M aktab-internatlar faoliyatini yaxshilash va ular tarmog‘ini kengaytirishda Vazirlar Kengashining 1973-yilda qabul qilgan «Qishloq umumiy ta ’lim maktablarining ish sharoitini yanada yaxshilash tadbirlari to ‘g‘risida»gi qarori muhim rol o‘yna- di. Mazkur qarorda maktab qoshidagi intematlami rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Qarorga muvofiq 0 ‘zbekistonda maktablar qoshidagi inter- natlar tarm og‘ini kengaytirish va ularning m oddiy bazasini mustahkamlash yuzasidan ishlar avj oldirildi. 1981-yilda respub- 18 likada ishlab turgan ana shunday 645 ta intematda 22770 nafar bola tarbiyalandi. Maktab-intematlar ishining samaradorligi ko‘p jihatdan tar- biyalanuvchilarning kundalik rejimini oqilona uyushtirishga bog‘Uq. Makarenko ta’biri bilan aytganda, «Rejim — tarbiyalashga yordam beradigan vosita va metodlar tizimidir». Tarbiyalanuv- chilar tomonidan kundalik ratsional rejimning aniq bajarilishi butun organizmning (kishi tanasining) ishlashi uchun qulay shart- sharoitlami vujudga keltiradi, bu esa o‘quvchilaming ishlash qobi- liyatini oshirishga yordam beradi. Kundalik rejim turli xarakter- dagi faoliyatni navbatma-navbat almashtirib turishdan tashqari, qisqa muddatli faol ravishda dam olish, chunonchi, sayr qilish, sport o‘yinlari va hokazolar bilan shug‘ullanishni ham nazarda tutishi zarur. Organizmning uyg‘oq davrida ish faoliyati va faol dam olishni almashtirib turish ish qobiliyatini to ‘la ravishda qayta tiklash uchun kifoya qilmaydi. Organizmning ish qobiliyatini to ‘la ravishda qayta tiklay oladigan dam olish vositasi, bu — uyqudir. Uyqu jarayonida, ya’ni dam oUsh va to la harakatsizlik paytida bosh miya po‘stlog‘i hujayralari o‘zining normal ishlash qobiliya tini qayta tiklaydi. Sog‘lom uyqudan so‘ng bola o‘zini tetik, yengil his etadi, ishga ishtiyoqmand boladi. Demak, maktab-intematlar rejimida uyquga ham zaruriy o‘rin ajratiladi va bunga qat’iyan amal qilinadi. Maktab-intematlarda kundalik rejimni amalga oshirish muvaf- faqiyati tashqi muhitning gigiyena shart-sharoitiga bog‘liq. Ish joyini to ‘g‘ri tashkil qilish (asbob-uskunalar, jihozlar, obodon- lik, mikroiqlim) va tashqi muhitning boshqa shart-sharoitlari o‘quvchilar ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Kundalik rejim shunday tashkil etilishi zarurki, bunda ko‘proq aqliy mehnatni talab qiladigan darslar mehnat, badantarbiya, xoreografiya mashg‘ulotlari, ustaxona va maktab qoshidagi yer uchastkasida ishlash bilan almashinib turishi kerak. Ochiq havoda yurish, muskullarni harakatlantirish o ‘quvchilarning ishlash qobiliyatini oshirishda g‘oyat katta omil hisoblanadi. I—III sinf o'quvchilari uchun maktabda dars mashg‘ulotlari kuniga to ‘rt soatdan oshmasligi lozim. IV sinfda haftasiga faqat ikki kun besh soatdan dars o‘qitishga yo‘l qo'yiladi. I—VI sinflarda esa har kungi darslar soni 5 soatdan oshmasligi zarur. VII—VIII sinf- 19 larda haftasiga ikki marta olti soatdan dars o‘qitish mumkin. Dars jadvaliga kuniga besh yoki olti soat mashg‘ulot qo‘yilganda, badantarbiya yoki mehnat darslarini o‘qitish maqsadga muvo- fiqdir. Shanba kunlari esa darslar sonini to ‘rt soatga qisqartirish lozim. Quyi sinflar o‘quvchilarining o‘quv kunini to‘rt soat dars bilan chegaralash talabi shunga asoslanganki, ular beshinchi darsdayoq charchab qolishadi. Oltinchi darsga kelib V—VI sinf o ‘quvchilarining asab tizimi charchab, ish qobiliyati ancha pasayadi. 0 ‘quvchilaming ish qobiliyatini saqlash uchun o‘quv mash- g‘ulotlarining davom etish vaqtigina emas, balki kun va hafta ichida darslarning o ‘rin almashinishi ham ahamiyatga ega. Shuning uchun darslar jadvalini tuzishda asosiy gigiyena talablari, o‘quvchilaming aqliy va jismoniy faoliyatini qat’iy almashinib turishi ham hisobga olinishi kerak. M aktab-intematlarni tashkil etishda eng muhim pedagogik g‘oya — tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning hamma jihatini o ‘z ichiga qamrab olgan tizimni amalga oshirishdan iboratdir. Shunday tizim shaxsning har tomonlama rivojlanishini, barqaror xarakter shakl- lanishini ta’minlaydi, ularni amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Shu bois maktab-intematlar tarbiya shoxobchalarining har jihatdan barkamol, yetuk, hozirgi jamiyat kishisini tarbiyalab, voyaga yet- kazishning muhim shakllaridan biridir. KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNATLARNING ASOSIY SHAKLLARI HAMDA PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruh deganda, har kuni darsdan tashqari vaqtda o ‘qituvchi-tarbiyachilar tom onidan o‘quvchilar bilan tizimli ravishda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning shakl va mazmuni tushuniladi. Kuni uzaytirilgan guruh, sinf va maktablaming o‘qish vaqti odatdagi umumiy ta’lim maktablarinikidan bir necha soat ortiq: hafitada besh kun ishlaydigan maktab va guruhlarda 6 soat, olti kun ishlaydiganlarida esa 5 soat. Har bir maktab, guruh, sinfning kuni individual asosda uzaytiriladi. Maktabning xususiyati va imkoniyatlarini belgilovchi asosiy mezon o‘quvchilaming maktab larda bo‘lish vaqtidir. Masalan, o ‘quvchilar odatdagi umumiy 20 ta’lim maktablarida o‘rtacha 5—6 soat bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktab va guruhlarda 10—12 soat, intemat tipidagi maktablarda esa 24 soat bo‘ladilar. Shuningdek, kuni uzaytirilgan maktab, guruhlardagi o'quvchilar faoliyatining barcha turlari maktab jamoasi pedagoglari rahbarligida amalga oshiriladi. Oilaning bola tarbiyasi sohasidagi ishlarining m a’lum qismi maktab jamoasi zimmasiga tushadi. Chunonchi, bola kuniga 2 marta ovqatlanadi, dam oladi va o‘quv ishlarini maktabda bajaradi. Jamoat va oila tarbiyasi bir-biriga maksimal yaqinlashadi. Kuni uzaytirilgan sinflar va guruhlar kun tartibi umumiy ta’lim maktablaridan ancha farq qiladi va maktabda dars jarayoni hamda darsdan tashqari faoliyatini birgalikda amalga oshirish imkonini beradi. 0 ‘quvchilar jam oa m ehnat jarayonida o ‘z ishlarini rejalashtirishga, shaxsiy imkoniyatlarini to ‘la safarbar qilishga, topshirilgan ish uchun javobgarlikni his qilishga o‘rganadilar. Bu kun tartibi ulardagi yakka boshchilikka va bir-biridan ajralib qolishga barham beradi, o ‘z ishi va jamoa ishi uchun shaxsiy javobgarlikni oshiradi. Jamoa ish jarayonida o ‘quvchilar bir- birlarini o‘rganadilar, biri ikkinchisiga yordam beradi, o‘rtoqla- rining suhbatlarini tinglaydi, bir-birlarini o‘tilgan materiallarni takrorlashga undaydi. Agar o‘quvchi uy vazifasini sifatsiz bajargan bo‘lsa, uni qayta ishlashga majbur etadi. Natijada o‘quvchilar o‘z ishini va bir-birlarining ishini taqqoslashga, baholay olishga o ‘rganadilar. Hozirgi vaqtda yangi ta’lim shaklining uchta: kuni uzaytirilgan guruh, kuni uzaytirilgan sinf va kuni uzaytirilgan maktab kabi asosiy tashkiliy shakli vujudga kelgan. Kuni uzaytirilgan guruh maktabda ham, o‘quvchilaming turar joyida ham tashkil qilinishi, bir xil yoki har xil yoshdagi o ‘quvchilardan tashkil topishi mumkin. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlaming bir-biridan qanday farqi borligi va qanday atalishi haqida ba’zi angla- shilmovchiliklar mavjud. Bizningcha, o ‘quvchilarning kamida 80—85 foizi kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlarga jalb qilingan maktab kuni uzaytirilgan maktab deb ataladi. Agar guruhga m a’lum bir yoki bir necha parallel sinf o‘quvchilari jalb qilingan bo‘Isa kuni uzaytirilgan sinf (yoki kuni uzaytirilgan sinfli maktab), agar bir necha sinf o‘quvchilaridan (masalan, 1—2, 3—4, 5—6, 7—8 va boshqa sinflar o‘quvchilaridan) kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil qilingan bo‘lsa, u holda kuni uzaytirilgan guruh (yoki kuni uzaytirilgan guruhli maktab) deb ataladi. Ammo kuni uzaytirilgan maktabni har xil ta ’riflaydilar: ba’zi mualliflar maktabdagi bir necha sinflardan kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlar tashkil etilsa, qolgan о‘quvchilar ommaviy maktab rejim ida b o ‘lishidan q a t’i nazar, bunday m aktablarni kuni uzaytirilgan m aktab deb yuritadilar; ayrim lar (jum ladan, L. Maskvin) kuni uzaytirilgan guruhlarga 50 bola jalb qilingan b o ‘lsa, uni kuni uzaytirilgan maktab deb yuritish mumkin, deydilar. Boshqalari esa 7 va undan ortiq kuni uzaytirilgan guruh yoki sinfga ega maktabnigina kuni uzaytirilgan maktab deb nomlashni tavsiya etadilar. Bu ta ’riflar hamon mavjud bo‘lsa- da, biroq kuni uzaytirilgan maktablaming faoliyati va 1967-yilda qabul qilingan Nizom ulami rad etadi. Ha, maktabda I—VTII sinf o‘quvchilarining 80 foizidan kam bo‘lmagan qismi guruhlarga tortilgan b o ‘lsagina, m aktabni kuni uzaytirilgan deb atash mumkin. Ko‘p yillik izlanishlar, amaliy ishlar natijasida hozirgi vaqtda respublikamizda mahalhy sharoitlami hisobga olgan holda, kuni uzaytirilgan rejimning uch qismli tuzilmasi tarkib topgan. Bu kuni uzaytirilgan guruh — sinf — maktabdir. Ularda o‘quvchilarning individual qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishlari oUb borilmoqda. Biroq ko‘p yillik tajriba kuni uzaytirilgan rejimdagi ta ’lim va tarbiya ishining eng samarali shakli — sinf va maktab ekanligini ko‘rsatmoqda. Kuni uzaytiril gan guruhlarda tarbiyaviy ishlami uyushtirishda qiyinchiliklarga ham duch kelinmoqda. Jumladan, turli yoshdagi o‘quvchilaming qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularning ko‘ngildagidek dam olishlarini, xususan, dars tayyorlash va mustaqil ishlarini tashkil etishda ko‘pgina murakkabliklar sodir bo‘lmoqda. Kuni uzaytirilgan sinflar shunday guruhlarga qaraganda peda gogik jihatdan ancha afzallikka ega. Ularda ta’lim-tarbiya ishlarini samaraliroq uyushtirish, ko‘p- gina tarbiyaviy ishlami muvaffaqiyatli hal etish imkoniyati mavjud. Bunday rejimdagi o ‘quvchilar guruhi bir necha yil davomida o‘zgarmaydi. Natijada, tarbiya uchun katta qulayliklar tug‘iladi. Respublikada kuni uzaytirilgan sinf va maktablar tarm og‘ini yanada kengaytirishning zarur chora-tadbirlari ham ko‘rilmoqda. 22 Umumiy ta ’lim beradigan maktablar kun bo‘yi ishlaydigan ilm maskanlariga aylantirilmoqda. «Kuni uzaytirilgan» tushunchasi darsdan so‘ng maktabda qolib, tarbiyachi nazorati ostida sayr qiladigan, uy vazifalarini tayyorlaydigan, qolgan vaqtlarda esa o ‘ynaydigan yoki badiiy kitoblar o‘qiydigan o ‘quvchilar guruhi rejimiga tegishlidir. «Kuni uzaytirilgan maktab» tushunchasining mazmuni esa butunlay boshqachadir. U alohida olingan o‘quvchilar guruhigagina daxldor b o ‘lib qolm asdan, balki b u tun m aktabga, b u tu n tashkiliy pedagogik jarayonga ham tegishlidir. Kuni uzaytirilgan maktab g‘oyaviy-siyosiy, mehnat, axloqiy tarbiyaning mustahkam birligini ta’minlaydi, umumiy ta’limiy, estetik va sport faoliyatini o‘quv rejalari hamda o ‘quvchilaming shaxsiy (individual) qiziqishlariga moslab tashkil etadi. Kuni uzaytirilgan maktab moddiy hayot va jamiyat qurilishi umumta’lim maktablarining oldiga qo‘ygan va ilg‘or pedagogik jamoalar tomonidan izlanishlar natijasida vujudga kelgan. Obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra maktab o‘quvchi- larining barchasini kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga jalb qilish qiyin bo‘lganligi sababli, keyingi yillarda ayrim turar joylarda ham, ya’ni mahalla va shaharchalarda kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil qilinmoqda. Bu guruhlardagi o ‘quvchilarning faoliyati uzluksiz pedagogik ta ’sir ostida bo‘lishi bilan birga, ularning bo‘sh vaqtlari, mustaqil dars tayyorlashlari tarbiyachilar rahbar ligida foydali va samarali o‘tadi, ular klub ishlariga qatnashadi- lar, turli hunar-kasblami o‘rganadilar. Maktablarda bolalar bilan ishlashning har xil shakllari mavjud bo‘lib, to ‘garaklar, turar joylardagi bolalar uyushmalari shular jumlasidandir. Bolalar uyushmasi — bir uyda, mahallada, shahar- chada yashovchi turli yoshdagi bolalaming uyushmasi. Bunday uyushmalarda kattalar kichiklarga g‘amxo‘rlik qiladilar. Bolalar yoshiga, kuchiga mos mehnatga jalb etiladi. Ular bo‘sh vaqtining ko‘p qismini hovlida, ochiq havoda o‘tkazadilar. Hovli bolalar hayotida va rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. Hovlida m a’lum qoidalar joriy qilinadi, odatlar shakllanadi, bu yerda ular tashabbus ko‘rsatadilar, o‘zaro do‘stlashadilar va hokazo. Shaharchadagi har bir uyda 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o'quvchilami o‘z ichiga oladigan (qaysi maktabda o‘qishidan qat’i nazar) har xil yoshdagi bolalar uyushmasi tuziladi. Uyushma- komandaga chaqqon, hurmatga sazovor o ‘quvchi boshchilik 23 qiladi. H ar bir uyushma, podyezd, zveno prinsipi b o ‘yicha zvenolarga bo'linadi. Maktab mikrorayoni zonalarga taqsimla- nadi. Ular 5—7 ta bo‘lishi mumkin. Zonadagi uyushma koman- dirlaridan zona shtabi tuziladi. Uni zona shtabi boshlig‘i bosh- qaradi. Zona shtabi boshliqlari markaziy shtabga bo‘ysunadi, unga «Kamolot» YIH a’zosi rahbarlik qihb, u hamma ishni boshqaradi. Zona shtabi boshliqlari yoshlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida hamma ishlar bo‘yicha hisobot berib boradilar. Shanba kunlari komandirlar kengashi o‘tkaziladi. Kengashda albatta maktab direktori, «Kamolot» YIH kotibi, harakat a ’zolari va o‘qituvchilar qatnashadi. Har bir yig‘ilishda 2—3 komandir hisoboti tinglanadi. Ishga shtath pedagog, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi yetakchi bo‘ladi. Ishni o‘z-o‘zini boshqarish asosida tashkil etish katta tarbiyaviy samara beradi. Yoshlar turli-tuman m a’lumotlar oladilar, mehnat qilish malakasini hosil qiladilar. Mustaqil dars tayyorlashdan so‘ng ular o‘zlari qiziqqan to ‘ga- raklarga qatnashadilar, vaqti-vaqti bilan bog‘chalar, podyezd va ko‘chalami tozalash ishlariga, urush nogironlari va qariyalarga yordam berish, sport maydonchasini tozalash, gullami sug‘orish hamda turli o ‘yinlar o ‘ynash bilan shug‘ullanadilar. * * * Umumiy ta’lim maktab-intematlari haqidagi Nizomga ko‘ra tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish, oilaga yordam berish maqsadida Respublika xalq maorifi haqidagi qonun asoslariga muvofiq maktab bolalaming yashash joylaridan 3 km va undan uzoqda bo‘lganda umumta’lim maktab-intematlari tashkil etish mumkin. 24 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling