K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115,68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyoshni istasang, kasbni kamol et, Kamol gar kasb etarkan bemalol et.
- Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar. Ish qilganga qop-qop, Qilmaganga — bo‘sh qop. 58
- Ishlaganning og‘zi oshga tegar, Ishlamaganning boshi toshga tegar. Ishning o ‘zini bilguncha, K o‘zini bit.
- Estetik tarbiya.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat — jamiyat taraqqiyoti, jahondagi barcha moddiy va ma’naviy boyliklaming manbayidir. Mehnat kishining va kishilik jamiyatining eng zarur yashash shartidir. Mehnat inson hayotining mazmunidir. Mehnatning ulug‘vorligi inson va uning aqli, tafakkuri, ijodiy intilishlari, yaratuvchanlik qobiliyati, his-tuyg‘ularini kamol toptirishidadir. Mehnat inson- 53 ning o‘zini shakllantiradigan, uning aqliy va jismoniy kamolotiga yo‘l ochib beradigan kuchdan iboratdir. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlaming asosiy vazifalaridan biri bolalarni birinchi sinfdan boshlab ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Haqiqatan ham, mehnat kishining kamolotga yetishiga va unda eng yaxshi insoniy fazilatlarning paydo bo‘lishi hamda rivojlanishiga kuchli ta ’sir ko‘rsatuvchi omildir. Mehnat bilan shug‘ullangan bola mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan odat va malakalami egallaydi, o ‘zining iste’dod va qobiliyatini takomil- lashtirib boradi hamda odob, intizomga o ‘rganadi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach respublika rahbariyati mak tab ta’limi va tarbiya jarayoni, ayniqsa, mehnat tarbiyasini shu kun talabi asosida tashkil qilish masalasiga e’tibomi qaratib, elektron hisoblash mashinalari va kompyuterlar bilan ishlash, ishlab chi- qarishni avtomatlashtirish va robotlashtirish, mehnatni ilmiy asos- da tashkil etish, m ehnat jam oalarini xususiylashtirish singari vazifalami ham ilgari surdi. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi, xususan, mehnat tarbiyasi haqida doimo g‘am- xo‘rlik qilib keladi. Mehnat tarbiyasining maktabdagi asosiy negizi, uning bosh vazifasi o‘quvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirishdir. Jamiyat manfaati uchun qilingan mehnat kishini axloqiy chiniqtiradi, uning burch hissiyotini tarbiyalaydi. Bolalar mehnatini tashkil etganda, mehnatni ng mazmunini tushuntirish, uning ijtimoiy ahamiyatini o‘quvchilarga anglatish kerak. Shunda ular mehnatsiz yashash mumkin emasligini, mehnatning shodlik va baxt keltirishini anglab yetishlari mumkin. Kuni uzaytirilgan guruhda o‘ziga-o‘zi xizmat qilish, bolalarni mehnatga tayyorlash muhim o‘rin egallaydi. Guruh xonasida, maktab hududida, sport maydonchasida, oshxonada tozalik va saranjomlikni saqlash o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishning dastlabki bosqichi bo‘lishi mumkin. 0 ‘ziga-o‘zi xizmat mehnat, malaka va odatlami shakllan- tiradi, kattalar mehnatini qadrlashga o‘igatadi, irodani mustahkam- lashga yordam beradi. Mehnatga psixologik va amaliy tayyorgarlik mehnat ta’limining ajralmas qismi hamda yakuniy bosqichi — o‘quvchilami kasbga yo‘naltirish ishida davom ettiriladi. 0 ‘quvchilar tarbiyachilarning jinsidan q at’i nazar, yaxshi fuqaro bo‘lishlari bilan birga yaxshi ro‘zg‘or boshqaruvchi kishi bo‘lib o‘sishlari lozim. 54 Ayrim tarbiyachilar o‘g‘il bolalar tarbiyasini qiz bolalar tarbiya- sidan farq qilish kerak, deb o‘g‘il bolalami bichish-tikish, ovqat pishirish, pol yuvish, supurib-sidirish kabi ishlardan ko‘pincha chetlashtirib, ta ’lim-tarbiyada xatoftklarg4 yo‘l qtyyadilar. Bizningcha, o‘g‘il bolalarga ham tanniishda g‘oyat zamr bo‘lgan hamma ishni qilishni o‘rgatish kerak. iMehnatrfi taqsim qilishda o‘g‘il va qiz bolalar deb ajratmay, navbati'bjlan barcha ishlarga jalb etish lozim. Guruhda ijtimoiy-foydali mehnatga j^guruhda va oshxonada navbatchilik qilish, yig‘ishtirish, dim tartibga solish, kutubxonadagi kitoblarni ta^rrrirlash kabilar) alohida e’tibor beriladi. ! 1-sinf dasturida qog‘oz, gazlama bilan ishlash, qishloq xo‘jalik mehnati nazarda tutiladi. Tarbiyachi guruhda bolalar bilan birgalikda turli xil buyumlami, o‘quv qurollari, o‘yinchoqlar, turmushda kerak bo‘ladigan narsalar, arc ha o ‘yinchoqlarini yasashi mumkin. Mehnat mashg‘ulotlarida turli narsalar: toshlar, har xil narsalarga o‘xshagan novda va ildiz, g‘altak, gugurt qutisi, plastilin, loy, ganch va shu kabilardan foydalanib, buyumlar yasaydilar. Bu ham bolani mehnatga tayyorlaydi. Qishloq xo‘jalik mehnati xona gullariga qarash va maktab uchastkasida ishlashdan iborat, bolalar bahorda ko‘chat o‘tqazishlari, yemi yumshatish- lari, sug‘orishlari mumkin. Bu ish 2-sinfdan boshlanishi mumkin. 3-sinfda mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq ishlar ancha murak- kablasha boradi: muqovali kitoblar, mehnat, ona tili va boshqa darslar uchun tarqatma materiallar saqlanadigan qutichalar yasashadi, gazlamadan pilotka, qo‘g‘irchoq teatri uchun kiyim- kechaklar tikiladi. Turli figuralami yasashda plastilin, loy, ganch- dan foydalaniladi. 3-sinfda qishloq xo‘jalik mehnati ko‘p yillik o‘simliklarni parvarish qihsh, xona o‘simliklarini o‘tqazish, sabzavot ekinlarini yog‘och qutilarda o‘stirishdan iborat. 4-sinfda yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, yog‘ochni arralash va kuydirib, naqsh solish, o ‘yinchoq, uy jihozlarini tayyorlash ishlari bajariladi. M a’lumki, boshlang‘ich sinflarda hamma ishni shu sinf o‘quvchilarining kuchi bilan bajarish qiyin, shuning uchun kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish ishlarida yuqori sinf o‘quvchilarining quyi sinf o‘quvchilariga otalig‘ini 55 uyushtirish lozim. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari 1-sinf, 6-sinf o ‘quvchilari 2-sinf, 7 -sin f o ‘quvchilari 3-sinfga, 8 -sin f o‘quvchilari 4-sinf o‘quvchilariga otaliq qilishlari mumkin. Maktabda o‘ziga-o‘zi xizmat qilish ishi belgilangan ma’lum soatlarda o‘tkazilsa, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, 1- va 2-sinf o‘quvchilari uchun o‘rta hisob bilan bir kunda 30 daqiqa, 3—4-sinf o‘quvchilari uchun 45 daqiqa ajra- tish lozim. 0 ‘ziga-o‘zi xizmat qilish ishlariga ofqituvchilar, tarbiyachi- lardan tashqari ota-onalarning, otaliq qiluvchi tashkilotning, «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIHning faol qatnashishi, kerak narsalar bilan ta’min etilishi mehnat tarbiya- sini ommaviy tusga aylantirishda katta rol o‘ynaydi. 0 ‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tizimli, to‘g‘ri olib borish uchun tuzilgan maktab direktori ish rejasini tarbiyachilar o‘zlarining tarbiyaviy ish rejasiga alohida bo‘lim qilib kiritsa, shu ningdek, ota-onalar qo‘mitasi, «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti va «Kamolot» YIH faoliyati ham aks ettirilsa maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Tarbiyachi mehnat tarbiyasi bo‘yicha olib boradigan ishida bolalar mehnatini jamoatchilik mehnatiga aylantirishi lozim. Bolalarning birgalikdagi ishlarini ayniqsa qadrlamoq lozim — bu jamoa mehnatning kurtagidir. Mehnat ta’limi estetik tarbiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi lozim. Ana shundagina bola ning mehnatga bo‘lgan qiziqishi, mehr-muhabbati orta boradi. Bolalarning mehnat tarbiyasi bilan estetik tarbiyasini qo‘shib olib borishni turli vositalar orqali amalga oshirish mumkin. Chunonchi, kuni uzaytirilgan guruhda bolalar guruh xonalarini saranjom, go‘zal tutishini, tushlik uchun stolni chiroyli qilib tuzashni, qizlar mashina va qo‘lda narsalami did bilan tikishni, o‘g‘il bolalar arralashni va kuydirib naqsh solishni o‘rganadilar. Bolalar, odatda, plastilindan turh narsalami yasashni, raqs tushish, qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘radilar. Mashhur sanalarga bag‘ishlab devoriy gazetalar chiqariladi va fotomontajlar jihozlanadi. Stend, ko‘rgazma, albom, kecha, konsert va shu kabilarga tayyorgarlik ko‘riladi. Demak, tarbiyachi mehnat va estetik faollikni tarkib toptirishni maqsad qilishi lozim. Shuningdek, bolada estetik faollik uyg‘otish uchun uni har bir narsaga ijodiy yondashishga: o‘z fikrini qo‘shish va uni ro‘yobga chiqarishning yangi yo‘llarini izlashga o‘rgatish maqsadga muvofiq. 56 Har narsaga sa’y-harakat orqali erishiladi. Zahmat chekib mehnat qilish insonlami orzulariga yetkazadi, ularga sevinch va shodlik libosini kiydiradi. Qat’iyat bilan ishga bel bog‘laganlar erta-yu kech o‘z maqsadlariga yetadilar. / 0 ‘z maqsadlariga erishish uchun esa har bir sohada chidam- lilik, ishbilarmonlik, g‘ayrat va shijoat talab qilinadi. Ana shunday xislatlarga ega bo‘lgan tarbiyachi bolalarda ham shu xislatlami shakllantira oladi. Ayniqsa, mehnat tarbiyasi tarbiyaning barcha turlari uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Chunki insondagi barcha fazilatlar mehnat orqali shakllanadi. «Tarbiyachining o‘zi, agar insonning haqiqatan baxtiyor bo‘l- mog‘ini xohlasa, insonni rohat to‘shagida yotishi uchun tarbiya- lamasligi, balki uni turmush mehnatiga tayyorlashi lozim...» — deb yozgan edi bundan yuz yillar muqaddam K. D. Ushinskiy. Rus pedagogining bu fikri bizning davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Mehnat va mehnatsevarlik shaxs kamolotida alohida o‘rin tutadi. Bolalarni yoshlikdan mehnatsevarlikka o‘rgatish, mehnatga mehr-muhabbatini uyg‘otish muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnatning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, u bolalarni ijtimoiy foydali ishlarga tayyorlash bilan ulami axloq ruhida tarbiyalashda ham muhim vositadir. Chunki axloq dastlab turmush tajribasida, mehnat jarayonida hosil bo‘ladi. Insonda hamma yaxshi fazilatlar erkin mehnat tufayli paydo bo‘lgani kabi, yoshlardagi kamtarlik, mehnatsevarlik, intizomlilik, vatanparvarlik, halollik kabi xislat ham mehnat jarayonida o‘sib yetishadi va mustahkamlanadi. Bo- lalami maktabda va maktabdan tashqarida mehnat bilan bevosi- ta shug‘ullantirmay turib, ulami aqUy va jismoniy mehnatga ongli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish mumkin emas. Mehnat tarbiyasi deganda, faqat zavod, fabrika yoki qurilish- da, dalada ishlashga tayyorlashgina emas, yoshlami o‘quv meh natiga, san’at, adabiyot, madaniyat borasidagi aqliy-ijodiy meh natga ham hozirlash tushuniladi. Mehnat tarbiyasi mukammal, jozibali mashg‘ulotga aylansa, o‘quvchi har bir ishga muhabbat, zo‘r uyushqoqlik va ishchanlik bilan kirishadigan bo‘ladi. Bolalar qiladigan ishi, bajaradigan topshiriqlaming mohiyatini tushunsa, unga qiziqadi, qiziqish g‘ayrat bilan ishlashga undaydi. Shunga e’tibor berish kerakki, o‘quvchiga tavsiya etiladigan ishlar ulaming kuch va qobiliyatlariga mos bo‘lishi lozim. Kuni uzayti- 57 rilgan guruh o‘quvchilarining madaniy hordiq chiqarish paytlarida buyuk ajdodlarimiz, allomalarimiz, o‘qimishli kishilar, ularning jamiyatda tutgan o‘rinlari haqida suhbatlar o‘tkazish, o‘qish, bilimli bo‘Ush haqidagi maqollar, hikmath so‘zlar va she’rlardan o‘qib berish, o'zlariga ham o'qitib yod oldirib, mazmunini tu- shuntirish lozim. Buyuk bobokalonlarimiz Amir Temur, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ko‘plab allomalaming hayotlari, mehnat faoliyatlari va buyuk meroslari dunyoga mashhurdir. Ularning aziz va mo‘tabar kishilar sifatida ko‘p yillardan buyon xalqimiz dilida saqlanib, hurmat bilan tildan tilga doston bo‘lib kelishlarining sababi, ularning bilimli, ishbilarmon, xalq manfaati uchun xizmat qilgan kishilar bo‘lganliklarini alohida mashg‘ulotlarda o‘qib, o‘rganib, tushuntirib borish kerak. Shuningdek, hozirgi kunda yashayotgan, xalq uchun xizmat qilayotgan va olqishga sazovor bo‘layotgan bilimli kishilar, yetuk kashfiyotchilar haqida ham ma’lumotlar berib borish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar o‘quvchilarda bilimli bo‘lishga, ana shunday kishilar izidan borishga qiziqish uyg‘otadi. 0 ‘qish, o'rganish, turli bilimlami egallashda, mehnat, kasb- hunar haqida xalq maqollari, hikmath so‘zlar, badiiy asarlaming ahamiyati beqiyosdir. 0 ‘quvchilarga maqol, matal va hikmatli so‘zlami aytib, yod oldirish va ma’nosini tushuntirib singdirish, ulami o‘quv mehnatiga nisbatan qiziqishlarini oshiradi. Masalan, buyuk bobomiz Alisher Navoiyning kasb-hunar haqidagi satrlariga e’tibor beraylik: Quyoshni istasang, kasbni kamol et, Kamol gar kasb etarkan bemalol et. Alisher Navoiy, hatto quyosh qadar ko‘tarilmoqchi bo‘lsang ham kasb o‘rgan. Kasbni chala-chulpa emas, puxta va qiyinchi- liklarsiz bajara oladigan bo‘l, deyaptilar. Endi mana bu xalq maqollariga e’tiborimizni qarataylik: Daryo suvini bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar. Ish qilganga qop-qop, Qilmaganga — bo‘sh qop. 58 Ishlaganning og‘zi oshga tegar, Ishlamaganning boshi toshga tegar. Ishning o ‘zini bilguncha, K o‘zini bit. Bu maqollaming ma’nosi o‘quvchilarga savol-javoblar asosi da tushuntirilsa, uning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘ladi. Maktabda birinchi sinfdan boshlaboq mehnat ta’limi darslari o‘tila boshlaydi. 0 ‘qish, yozuv, matematika, badantarbiya va boshqa darslarda mehnat turlari, kishilar mehnati haqidagi tushunchalari ortib boradi. Individual mehnat bilan jamoa mehnat natijalarini farqlay boshlaydilar. Kuni uzaytirilgan guruh mashg‘ulotlari davomida o‘quvchi- laming mehnat ta’limi darslarida olgan bilimlarini mustahkam- lashga va mehnat jarayoniga faol qatnashganlariga alohida e’tibor berish lozim. 0 ‘quvchilami mehnatga qiziqtirish uchun ulami mehnatdagi muvaffaqiyatlarini o‘z vaqtida qo‘llab-quwatlash, rag‘batlantirib borish kerak. 0 ‘quvchilar bilan mehnat mavzusida o‘tkaziladigan suhbat- laming qiziqarli bo‘lishi uchun ularning ayrimlariga oldindan topshiriqlar berib, ota-onalarining kasbi, ulaming faoliyatlari haqi da gapirib berishlarini tashkil qilish kerak. Bolalaming ko‘plari ota-onalarining qayerda va kirn bo‘lib ishlayotganliklarini juda yaxshi gapirib beradilar. Tarbiyachi ulaming fikrlarini umumlashtirib, barcha turdagi kasblar ham foydali va zarurligini, insonni mehnat uluglashini, mehnat baxt kaliti ekanligini tushuntiradi. 0 ‘quvchilaming mehnat malakalarini shakllantirishda to‘ga- raklaming alohida o‘mi bor. Guruhdagi o‘quvchilar qiziqishi va qobiliyatlariga qarab to‘garaklarga biriktirib qo‘yiladi, haftaning belgilangan kunlarida o‘quvchilar o‘zlari a’zo bo'lgan to‘garak mashg‘ulotlariga qatnashadilar. Bolalaming to‘garak mashg‘ulot- lariga faol ishtirok etishlariga erishish uchun ulaming to‘garak- larda bajargan ishlaridan ko‘rgazmalar tashkil etish, g‘olib 0‘quv- chilami rag‘batlantirib borish zarur. Maktabda qaysidir bir kunni to‘garaklar kuni deb belgilash, to‘garaklami tarbiyachilarning o‘zlari ham boshqarishlari mumkin. 59 Наг bir to‘garak rahbari to‘garak rejasi va mazmunini o‘zi mus taqil belgilashi mumkin. Lekin barcha to‘garaklar: — o‘quvchilaming tasawur tushunchalarini kengaytirishi; — fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi; — bilim malakalarini takomillashtirishi; — o‘qishga, bilim ohshga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishi; — mehnatning barcha turlariga qiziqishi va mehr uyg‘otishi kabi umumpedagogik vazifalami bajarishi lozim. To‘garak mashg‘ulotlari qiziqarli bo‘lishi uchun tushuntirish ishlarini olib borish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, sayohatlar, musobaqalar uyushtirish singari tadbirlar almashinib turilsa, o‘quvchilar to‘garakka ishtiyoq bilan qatnashadilar. Quyida «Yosh tabiatshunoslar» to‘garagi haqida fikr yuritamiz. Bu to‘garak ishlarini ikki yo‘nalishda rejalashtirish mumkin: a) o‘simliklar hayotini o‘rganish; b) hayvonot dunyosi bilan tanishish. 0 ‘simliklar hayotini o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish nazarda tutiladi: 1. To‘garak a’zolarini o‘simliklar hayotining umumiy qonu- niyatlari bilan tanishtirish. Amaliy mashg'ulotlar davomida o‘simliklar ham tirik mavjudotlar singari ovqatlanish, nafas olish, noqulay sharoitga tushib qolsa halok bo‘lishini ko‘rsatish. 2. 0 ‘simliklar hayotini yaxshi bilgan kishi ulami o‘stirib, yuqo ri hosil olishi mumkinligini hayotiy dalillar bilan tushuntirish. 3. 0 ‘quvchilarga o‘simlik va daraxtlaming turlari ko‘pligini aytish va ularning insoniyat uchun ahamiyati nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatish. Maktab yaqinida chorvachilik fermasi bo‘lsa, mashg‘ulotlar rejasida ana shu fermaga borish belgilanadi. U yerda ferma hayoti bilan tanishish, sigir-buzoqlarning ovqatlanishi, ko‘payishi va yangi zotlaming yaratilishi haqida qisman bo‘lsa-da, tushunchaga ega bo'lishi nazarda tutiladi. To‘garak a’zolari o‘simliklar hayotini o‘rganishda, hayvonot dunyosi bilan tanishishda aniq topshiriq va vazifalar olishlari, faol qatnashishlari, har bir topshiriqning natijasini vaqti-vaqti bilan hisobga olib borishlari lozim. Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda javobgarlik, intizomlilik, tashabbuskorlikni o‘stirish- da va ijtimoiy foydali mehnatga munosabatni kuchaytirishda 60 tarbiyalanuvchilar o‘rtasida uyushtiriladigan musobaqa katta rol o‘ynaydi. Musobaqada o‘ziga-o‘zi xizmat qilishning olib borilishi tarbiyachi va maktab ma’muriyati rahbarligida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan nazorat qilinib boriladi. Har kuni sinflarning tozaligini komissiya tekshirib, har bir sinfga baho qo‘yadi. Qo‘yilgan baholar har haftada maktab bo‘yicha uyushtirilgan lineykada o‘qituvchi-tarbiyachilar jamoasi, maktab direktori ishti- rokida muhokama qilinadi hamda yakunlanadi. Olz sinflarining ozodaligi uchun kurashgan, topshiriqlami bajarishda, o‘qishda va xulqida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan eng yaxshi guruhga maktabning «Sharaf» vimpeh tantanali ravishda topshiriladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar ishlagan eng yaxshi rasmlar, naqshlar, ular tikkan kiyimlar, turh qog‘ozlardan hamda yog‘och- dan ishlangan ijod namunalari bo‘yicha ham tanlovlar o‘tkazilib turiladi. Bunday tanlov bolalarda hunarga va mehnatga bolgan ishtiyoqning oshishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, tarbiyachining mehnat ta’limi, awalo, o‘quvchilaming iste’dodini aniqlash va imkoni boricha is’tedod- ning takomillashishiga yordam berishi kerak. Shuningdek, ulami haqiqatan ham «Odamning husni meh- natda» ekanhgiga, «Mehnat — rohat» ekanhgiga ishontirish lozim. Estetik tarbiya. Hozirgi zamon pedagogikasining muhim muammolaridan biri e’tiborni bolalar va yoshlarning estetik, badiiy, nafosat tarbiyasiga qaratishdir. Pedagogika ta’lim-tarbiyani yagona jarayon deb qarab, bu borada san’atga muhim o‘rin ajratadi va unga ma’lum vazifalarni yuklaydi. Estetik tarbiyaning maqsadi bolalami san’at asarlari bilan tanishtmshgina bo‘lmay, balki bola shaxsini rivojlantirish, uning estetik his-tuyg‘ularini va ehtiyojini tarbiyalash hamdir. San’at mashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlarda go‘zallik tarbiyasining muhim omillaridan hisoblanadi. Xushmuomala, yaxshi munosabat, kishilar bilan o‘zaro aloqa qilish madaniyati go‘zallik tarbiyasi bilan bevosita bog‘hqdir. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarini biror mavzuga tegishh turkum- lar bilan uzviy ravishda bog‘lash, uning mazmunida Vatan, xalq, mehnat, tinchlik uchun kurash, tabiatga muhabbat, Orolni saqlab qolish kabi g‘oyalar bo‘lishi lozim. Shuningdek, marka kollek- siyalari, jumallar reproduksiyasi, haykaltaroshlik, haykallar, ba- relyeflar, kashta tikish, to‘qish, matolar, applikatsiyalar, o‘yma- 61 korlik, bolalar o‘yinchoqlari ham bolalaming didini o‘stirishda yordam beradi. Tarbiyachi mashg‘ulotda oq, rang-barang qog‘ozlar, bo‘yoq, cho‘tkalar, loy yoki plastilin, yelim, qaychilardan foydalanishni tavsiya etadi. Mashg‘ulot 1—1,5 soat davom etadi. Kirish qismiga 10—15 daqiqa, mustaqil ishga 40—45 daqiqa, yakunlashga 10—15 daqiqa ajratiladi. Agar o‘quvchi bu mashg‘ulotda o‘zining kuzatishlarini jamoa- ning ijodiy ishlariga bog‘lay olsa, o‘quvchilaming bu mustaqil ishlari tarbiyachi tomonidan rag‘batlantiriladi. Mustaqil ish dav- rida tarbiyachi har bir o‘quvchiga yakkama-yakka yordam ko‘r- satib, ishning eng qiziq joyini va o‘quvchining tashabbuskorligini ma’qullaydi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida tarbiyachi bajarilgan ishlar ni jamoaning muhokamasiga qo‘yadi, o‘quvchilar esa o‘z fikrla rini aytishadi. Eng yaxshi ishlar guruh yoki maktab ko‘rgazma- siga qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalaming ish natijalarini baholaganda quyida- gilarga e’tibor beradi: 1. Kuzatish; xayoliy ishlar mazmunini ko‘rsatish. 2. Fikming mustaqilligi. 3. Ishda tirishqoqlik. 4. Ishning umumiy badiiy ifodasi va uning yakuni. 5. Tasviriy san’at texnikasini puxta egallash va har xil mate riallar hamda ish uskunalari bilan ishlash kabilarga. Estetik tarbiyaning vazifasi bolalarda estetik didni tarbiyalash- dir. Hissiyot madaniyatini tarbiyalash, go‘zallik qonunlarini to‘liq va chuqur tushuna bilish qobiliyatini o‘stirish vazifasi tarbiya chilar oldiga bir qator talablar qo‘yadi, ya’ni: 1. Bolaning ma’naviy dunyosini boyitish kerak, bolalarni tabiatni kuzatishga, mehnatda bilim va tajriba to‘plashga, odamlar bilan muomala qila bilishga, musiqa tinglashga, m e’morlik yodgorliklarini tushunishga o‘rgatish. 2. 0 ‘quvchilami o‘rab turgan tabiat go‘zalliklarini ongh idrok qilishga: eshitish, tinglash, ko‘rishga va olgan taassurotlaridan xulosalar chiqara bilishga o'rgatish. 3. Bolalarda go‘zallik, hayolilik, komillik haqida tasawur hosil qihsh. Download 115,68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling