K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25

62

4. 
Bolalarda  estetik  mustaqillikni  va  shu  orqali  estetik  mayl- 
lami  tarbiyalash.
K. D.  Ushinskiy so‘zlari bilan aytganda,  tabiat bolalaming eng 
yaxshi  tarbiyachisidir.  Mashhur  pedagog  V. A.  Suxomlinskiy 
yozganidek:  «Biz  bolalar  bilan  dala  va  maysazorga,  daryo  va 
anhorlar  qirg‘og‘iga,  sersoya  daraxtzor  va  o‘rmonzorga,  mevali 
bog‘larga  boramiz  —  go‘zallik  hamma  joyda  ham  mavjud,  uni 
faqat  bolaning  ko‘zi  oldida  ochib  bera  olish  kerak»1.  Dastuming 
estetik  tarbiya  bolimiga  rassomlar  va  ulaming  asarlari,  kompo- 
zitorlar va ular yaratgan kuylar,  inson qalbining go‘zaUigi haqidagi 
suhbat  mavzulari  kiritilgan.  Tinglash  uchun  tavsiya  etiladigan 
musiqa  asarlarining  nomi  ham,  bolalar badiiy  havaskorlik  ishlari 
ham  shu  bo‘limda  berilgan.

va  IV  sinf  o‘quvchilarining  yoshi  ular  qalbiga  san’atga 
bo‘lgan muhabbatni chuqurroq singdirish uchun eng qulay hisob- 
lanadi.  Bolalar ko‘proq o‘zbek xalq qo‘shiqlari,  Chaykovskiyning 
«Bolalar  albomi»,  «Yil  fasllari»,  I.  Akbarovning  «Onamlar 
bayrami»,  «Archa qo‘shig'i»,  F. Nazarovning  «Paxtaoy»,  «Makta- 
bim»,  «Vatan  —  bizning  onamiz»;  D.  Zokirovning  «Yangi yilim  — 
yaxshi  yilim»,  «Bulbul»,  «Binafsha  qo‘shig‘i»;  Rustam  Abdul- 
layevning  «Charxpalak»,  «Shodlik qo‘shig‘i»,  «Navro‘z qo‘shig‘i»; 
Sh.  Yormatovning  «Sog‘lom avlod»,  « 0 ‘ynadik,  hech to‘ymadik», 
«Salom,  maktab»,  «Qor»,  «Ona  tilim»,  «Onajonim»,  «Muallim», 
«Keldi  Navro‘z»,  N.  Norxo‘jayevning  «Oltin  paxtam»,  «Oppo- 
g‘im»,  «Salom bergan bolalar»,  «Yaxshi bola»,  «Kitob  qo‘limda», 
«Varragim»,  N.  Qodirov qayta  ishlagan bir ovozlik va  ko‘p  ovoz 
uchun mo‘ljallangan «Oq terakmi,  ko‘k terak»,  «Choriy chanbar», 
«Zuv-zuv boragay»  kabi ta’sirchan kuy va  ashulalami tinglashlari 
kerak.  0 ‘quvchilar mashhur chet el va 0 ‘zbekiston kompozitorlari 
ijodi  va  hayotini  yaxshi  bilishlari,  musiqa  terminlari,  musiqa 
janrlari  va  musiqa  asboblari  bilan  tanishtirilishi  lozim.  I  sinf 
o‘quvchisiga  san’at  haqidagi  hikoyalami  tinglash  qiyinlik  qiladi. 
Shuning  uchun  bu  mashg‘ulot  savol  va  javob  tarzida  o‘tkazilsa 
yaxshi  samara  beradi.
Bolalarga  ona  tabiat  manzaralariga  doir  rasmlami  ko‘rsatar 
ekansiz,  ularga  ona  tabiat  go‘zalligi  orqali  Vatanga  muhabbatni
1  Сухомлинский  В.  А.  Павлышская  средняя  школа.  —  М.:  «Просве­
щение»,  1970,  374-бет.
63

tarbiyalaysiz.  I  sinf  guruhlariga  mo‘ljallangan  mavzular  o‘tib 
bo‘lingach,  quyidagilar  tavsiya  etiladi:
a)  «Kuz»,  «Qish»,  «Bahor»  va  «Yoz»  manzaralari  tasvirlan- 
gan  rasmlar  chizish;
b)  shu  mavzulardagi  rasmlarni  namoyish  qilish;
d)  mavzuga  yakun  yasash  maqsadida  Chaykovskiyning  «Yil 
fasllari»  kuyini  tinglash;
e)  shoirlaming yil fasllari  haqidagi she’rlarini yodlash (H. Olim- 
jon,  Q.  Muhammadiy,  Q.  Hikmat,  P.  M o‘min,  A.  Obidjon, 
T. Adashboyev  va  boshqalar).
Musiqa  mashg‘uloti  bolalar  hissiyotiga  chuqur ta’sir  qiladi  va 
emotsional  kayfiyat  uyg‘otadi.
San’at,  musiqa  estetik  tarbiyaning,  xususan,  badiiy  tarbiya­
ning  ajoyib  vositasidir.  Inson  yuragi  va  aqlini  zo‘r  kuch  bilan 
zabt  etuvchi  badiiy  dunyodir.
Naql  qilishlaricha,  Abu  Nasr  Forobiy  Shorn  yurtiga  yetgach, 
o‘zining turkona kiyimida amir Sayfuddavla yig‘iniga kirib boradi. 
Bu  paytda amir olim-u fozillar bilan  suhbat qurib  o‘tirardi.  Ham­
ma  yupun  kiyingan  bu  odamni  ко‘rib,  hayron  bo‘ladi,  uni 
darvesh,  faqir  bir  odam  deb  o‘ylashadi.  Lekin  Sayfuddavla  bu 
«darvesh»ga bir-ikki  savol berib,  uning javobidan  qoniqish  hissini 
tuyadi,  keyin  mashshoqlami  chaqirib,  Forobiyni  xursand  qilish 
maqsadida  kuy  eshitm oqchi  bo ‘ladi.  Forobiy  har  bir  kuy 
tugagach,  mashshoqqa  tanbeh  beradi:
— 
Sen  kuyni  chalayotganda  falon  pardasida,  falon  avjida 
yanglishding.
Forobiy  mashshoqlarning  xato  va  nuqsonlarini  shu  zayl 
ko‘rsatib  beravergach,  amir  bu  donishmandlikdan  taajjubga 
tushadi.  Shunda  Forobiy  to‘rvasidan  o‘zi  yasagan  musiqa  asbo- 
bini  olib  kuy  ijro  eta  boshlaydi.  Birinchi  kuyni  chalganda yig‘in- 
dagilarning  hammasi  xoxolab  kuladi,  ikkinchisini  chalganda 
hamma  yig‘laydi,  uchinchi  bir  kuyni  ijro  etganida  yig‘inda- 
gilaming  hammasi  dong  qotib  uxlab  qoladi.
Aytishlaricha,  shu  fursatdan  foydalanib  Forobiy  saroydan 
chiqib  ketadi.
San’at badiiy didni,  badiiy did san’atni inson  ma’naviyati uchun 
xizmat  qildiradi:  bular  birgalikda  vujudga  kelib,  birgalikda  rivoj 
topadi.  Yuksak badiiy didni  tarbiyalashda  har bir san’at turi  (kino, 
teatr,  me’morlik,  adabiyot,  rassomlik)ning  o‘ziga  xos  o‘mi  bor.
64

Kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  musiqa  mashg‘ulotlari  bolalar- 
ning  charchog‘ini  yo‘qotadi,  ruhini  tetiklashtiradi,  qolaversa, 
didini,  ohanglar va tovushlami farqlay bilish,  qobihyatini oshiradi. 
Shunday  ekan,  kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  musiqa  mashg‘u- 
lotlariga  e’tibomi  yanada  oshirish  lozim.
I  sinfda  tasviriy san’at  mavzusiga  doir suhbatda  asar tarbiyachi 
rahbarligida  tahlil  qilinadi.  Tarbiyachi  bolalarga  savollar  bilan 
murojaat qilib,  bolalar diqqatini rasmda aks ettirilgan asosiy g‘oya- 
larga  jalb  etadi.  I  sinfda  tasviriy  san’at  asarlari  bilan  mashg‘ulot 
boshida  yoki  oxirida  tanishiladi,  bunga  10—20  daqiqa  sarflanadi. 
Bu  muhlatda  2—3  tadan  ortiq  rasm  ko‘rsatilmasligi  kerak.
Ill sinfda  rassomlaming asarlaridan  ko‘rgazma sifatida foyda- 
laniladi.  Yillik  reja  tuzishda  tarbiyachi  predmetlar  dasturini,  yil 
fasllarini,  mashhur sanalami  nazarda  tutishi  kerak.  Tasviriy san’at 
mashg'ulotlari  imkoni  boricha  boshqa  mashg‘ulotlar:  tabiatga, 
muzeyga  ekskursiya  hamda  mehnat  bilan  muvofiqlashtirilishi 
lozim.
II  sinfda  tasviriy  san’at haqidagi  suhbatlar bolalami  rasmning 
mazmunini  mustaqil  tushunishda  va  rasmlar  haqida  o‘z  fikrini 
ayta  bilishga  o‘rgatishi  kerak.  Dars  vaqtida  ko‘rilgan  rasmlami 
o‘rganish  guruhda  davom  ettiriladi.  Suhbatni  savol-javob  tarzida 
o‘tkazish  maqsadga  muvofiq.  Bu  o‘quvchilarni  faollashtiradi. 
Sinfda beriladigan savollar sodda bo‘lishi kerak.  Bolalaming ko‘r- 
ganlari  haqidagi  hikoyalariga  alohida  e’tibor  berib,  ularning 
tevarak-atrofga,  tabiatga munosabatini bilib olish mumkin.  «Kos- 
mosga parvoz»,  «Oyga parvoz»  mavzularida  rasm  chizish  esa bo- 
lalaming fantaziyasini o‘stiradi.  Shuningdek,  ularga musiqa asbob- 
larining  ovozlarini  (g‘ijjak,  rubob,  nay,  dutor,  chang,  doira), 
musiqa  turlarini  (marsh,  raqs,  tantanaviy  hazil)  farqlashni  o‘rga- 
tish  lozim.
III  sinfda  o‘quvchilar  tasviriy  san’at  asarlari  bilan  shu  soha 
haqidagi  maxsus  suhbatlarda  tanishtiriladi.  San’at  asarlarining 
namoyish qilinishi,  ular haqidagi  suhbatlar o‘quvchilarda  san’atga 
qiziqish  va  muhabbat  uyg‘otadi.
I—II  sinflarda  san’at  asarlari  bilan  tanishishga  mashg‘ulot- 
ning boshi yoki  oxirida  10—20  daqiqa ajratilgan bo‘lsa,  III  sinfga 
kelib  bu  vaqt  30  daqiqaga  yetkaziladi.
Ill  sinfda  tasviriy  san’at  haqida  quyidagi  mavzular  bo‘yicha 
suhbatlar  o‘tkaziladi:  «Tasviriy  san’at  turlari  va janrlari  (umumiy
3
-
 
1931
65

tanishish)»,  «Fuqarolar urushi tasviriy san’atda»,  «Musawirlaming 
asarlarida tabiat manzarasi» va boshqalar.  Agar 3-sinfda  (guruhda) 
suhbat surat (rasm)lami ko‘rsatish bilan qo'shib olib borilgan bo‘lsa,
4-sinfda  rasmlarni  ko‘rsatish  bilan  bir  qatorda,  rasmlarning 
g‘oyaviy-tematik mazmuni,  axloqiy-estetik jihatlari  ochib  beriladi.
Tabiat,  atrofimizdagi  ajoyib  xushmanzara  joylar  estetik 
tarbiyaning boy manbayidir.  Tabiat bolada kuzatuvchilik qobiliya- 
tini  o‘stiradi.
Manzaralar  go‘zalligini  his  etishni  tarbiyalashda  tabiatning 
buyuk  tarbiyalovchilik  roli  haqida  K.  D.  Ushinskiy:  «Go‘zal 
manzara  yosh  yurakning  yuksalishida  shu  qadar  katta  tarbiyaviy 
ta’sir  kuchiga  egaki,  u  bilan  pedagogning  ta’sir  kuchi  raqobat 
qilishi  qiyin»,  degan  edi.
Bolalami  tabiat  bilan  tanishtirib  borishda  ularda  estetik  did 
va zavqni o‘stirishda gerbariylar tayyorlash ham katta rol o‘ynaydi, 
tabiatni  o‘rganish  to‘garaklarda,  maktabda  estetik  tarbiya  ishlari- 
ning yaxshilanishiga,  shubhasiz juda  katta yordam beradi.  0 ‘quv- 
chilarga  estetik  tarbiya  berishda  maktabda  yozuvchilar  bilan 
uchrashuv  o‘tkazish  yoki  yozuvchining  asariga  bag‘ishlangan 
kitobxonlar  konferensiyasini  uyushtirish,  tarixiy  sanalar,  sanoat 
va  qishloq  xo‘jaligi  nishondorlari,  ohmlar  bilan  uchrashuvlar  va 
ularga  bag‘ishlab  ertalik  yoki  kechalar  o‘tkazib  turish  foydalidir.
Kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlarda  ta’lim-tarbiya  ishlari 
bilan  shug‘ullanayotgan  tarbiyachilar  shuni  unutmasliklari 
kerakki,  ularning  yurish-turishlari,  kiyinishlari,  muomalalari 
bolalarda  ma’naviy-axloqiy  sifatlaming  shakllanishiga juda  katta 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  tarbiyachilar  o‘zlarining  tashqi 
qiyofalariga  ham  e’tibor  berishlari  zarur.  Chunki  kishining  qay 
darajada  madaniyatli  ekani  uning  tashqi  qiyofasida  ham  zohir 
bo‘ladi.  Odamning  tashqi  go‘zalligi  ichki  go‘zalligiga  mos  bo'lsa, 
demak,  husniga  husn  qo‘shiladi.
Qomusiy  olim  Ibn  Sino  o ‘zining  «Risolayi  ishq»  asarida 
kishining  tashqi  go‘zalligini  ко‘rib,  uni  sevishga  intiluvchilarni 
tanqid  qiladi.  U  go‘zallikni  faqat  tashqi  ko‘rinishdagi  chiroyli- 
likdan  boshqacharoq,  kengroq  mazmunda  tushuntiradi.  Uning 
fikricha,  kishi  tashqi  ko‘rinishda  unchalik  chiroyli  bo‘lmasa-da, 
yaxshi  xulqli,  yaxshi  xarakterli,  aqlli  bo‘lsa,  u  har  qanday 
go‘zallardan  go‘zaldir.  ...Agar  kishi  chiroyini  aql  va  farosat  bilan 
birga  ko‘rsata  olsa va  uni  sevsa,  bu  insoniylikning  yuqori  daraja-
66

sidir.  Bu  —  insonning  buyuk  ideali  hisoblanadi.  Ana  shunday 
odamni  mard  va  dono,  estetik  didi  yuksak  deb  haqli  ravishda 
aytish  mumkin,  deydi.  A.  S. Makarenko  esa  «Men  birinchi  galda 
tashqi  qiyofaga  e’tibor berardim.  Kishining  tashqi  qiyofasi  uning 
hayotida juda  katta  ahamiyatga  egadir»,  deb  ta’kidlagan  edi.
Haqiqatan  ham  ust-boshi  fflos,  timog‘i,  sochi  o‘sgan,  taralma- 
gan  kishi  xunuk  ko‘rinadi.  Shuning  uchun  bunday  hollarga  ota- 
onalar, pedagog-tarbiyachilar, o‘rtoqlari boladan toza bo‘lib yurishini 
talab  qilishlari  kerak.  Bu  masalaga  o‘z  vaqtida  e’tibor  berilsa,  u 
vaqtda bolalar sog‘lom va  nafis  didli bo‘lib  tarbiyalanadilar, jamiyat 
oldidagi,  maktab,  jamoa  oldidagi  o‘z  mas’uliyatlarini,  burchlarini 
to‘liq his  qiladigan,  qadrlariga  yetadigan,  boshqalami  hurmatlaydi- 
gan,  odobli,  xushmuomalali  bo‘lib  yetishadilar.
Umuman  olganda,  bolalarda  estetik  tarbiya  ashula  aytish, 
raqsga tushish,  rasm solish,  plastilindan,  loydan har xil buyumlar 
yasash,  tabiat  bilan  tanishish,  badiiy  asarlar  o‘qish,  ekskursiyalar 
uyushtirish  kabi  vositalar  orqali  hal  qilinadi.
Sport-sog‘lomlashtirish  tadbirlari. 
Kuni  uzaytirilgan  guruh- 
larning  tarbiyachilari  sport-sog‘lomlashtirish  ishlariga  alohida 
e’tibor berishlari kerak.  Badantarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilami 
ijtimoiy-foydali  mehnatga  tayyorlashda  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘lib,  ular  bolalarni  tarbiyalashning  ajralmas  tarkibiy  qismi 
sifatida aqliy,  axloqiy,  estetik tarbiya,  politexnik ta’lim bilan uzviy 
bog‘liq  holda  olib  boriladi.  Badantarbiyaning  boshlang‘ich 
sinflardagi  asosiy vazifasi  —  bolalar sog‘lig‘ini  mustahkamlash  va 
organizmining  chiniqishiga  yordam  berishdir.  Kuni  uzaytirilgan 
guruhlarda  badantarbiya  faol  dam  olish  tarzida  o‘tkaziladi  (uy 
vazifalarini  bajarish  vaqtida  uyushtiriladigan  badantarbiya  daqi- 
qalari,  harakatli  o‘yinlar,  o‘yin  ko‘rinishidagi  mashqlar va  bosh- 
qalar).  Badantarbiya  (fizkulminut  3—5  daqiqa)  (har  kuni), 
harakatli  o‘yinlar (musobaqalar)  20—45  daqiqa  (haftada bir marta 
sport kunida)  o'tkaziladi.  Tarbiyachi badantarbiya ishini shu soha 
o'qituvchilari  bilan  bamaslahat  o‘tkazishi  lozim.
Badantarbiyaning  eng  ko‘p  tarqalgan  ko‘rinishlaridan  biri 
o‘yindir.  Pedagogika  o'yinlarga  katta  ahamiyat  beradi.  0 ‘yin 
o‘quvchilaming ko‘nglini ochadi, yaxshi kayfiyat hosil qiladi, bolalar 
o‘rtasida  do‘stlik va  o'zaro  yordam berish  kabi  fazilatlaming  tarkib 
topishiga yordam beradi.  0 ‘yinda bola jismonan rivojlanadi,  epchil, 
kuchli,  ko‘zi  o‘tkir  bo‘ladi,  zehni,  tashabbuskorligi  o‘sadi.
67

To‘g‘ri  uyushtirilgan  o‘yinlar  qunt,  chaqqonlik,  tezkorlik, 
chidamliiikni,  jamoa  bo‘lib  o‘ynaladigan  o‘yinlar  esa  do‘stlik  va 
birodarlikni  tarbiyalaydi.  Qo‘shiq  va  musiqa  jo ‘rligida  o‘tka- 
ziladigan  quvnoq  o‘yinlar  estetik  tarbiyaga  ham  ijobiy  ta ’sir 
ko‘rsatadi.
0 ‘yinlami  tashkil  qilishda  rollami  to‘g‘ri  taqsimlash,  faol  va 
passiv,  bosh  va  ikkinchi  darajali  rollami  ijro  etishga  aynan  mos 
o‘quvchilami  tanlash  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  o‘yinlami 
qiziqarli  o‘tkazish  maqsadga  erishishning  zarur  shartidir.
Kuni  uzaytirilgan  gumhlardagi  ta’limiy  va  tarbiyaviy  ishlarni 
rejalashtirishda  didaktik,  harakatli,  mazmunli-rolli  o‘yinlardan 
foydalanish,  shuningdek,  o‘zbek  milhy  xalq  o‘yinlariga  alohida 
e’tibor berish  lozim.  Chunki  bu  o‘yinlar  orqali bolalami  axloqiy, 
irodaviy  sifatlari  rivojlantiriladi,  ijodkor  va  bunyodkorlarga  xos 
bilim,  ko‘nikma  hamda  malakalari,  fuqarolarga  xos  ijobiy  fazi- 
latlari  shakllanadi.
Kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlarda  o‘yinlaming  xilma-xil 
shakllaridan  foydalanish,  bolalarni  o‘yinga  bo‘lgan  qiziqishini 
orttiradi.  0 ‘quvchilaming  istagini  hisobga  olgan  holda  o‘yinlar 
turini  o‘zgartirib  borish,  o‘quvchilar  bilan  yangi-yangi  o‘yinlar 
ijod qihsh maqsadga muvofiqdir.  Merganlik,  o‘lja izlash,  mo‘ljalga 
otish,  ko‘z boylagich,  «Kim oldin?»,  «Kim sezgir?»,  «Ildam qadam 
tashla»,  «Oq  terakm i  ko ‘k  terak»,  to ‘rga  to ‘p  tashlash, 
bayroqchalar  uchun  kurash,  «Yulduzcha»,  «Kecha  va  kunduz» 
va  boshqa  o‘yinlami  tashkil  qihshga  ulaming  ayrim  qismlarini 
o‘zgartirib,  o‘quvchilar  yoshiga  moslashtirish  mumkin.
Kuni  uzaytirilgan  sinf va  guruhlarda  badantarbiya  mashg‘u- 
lotlari belgilangan  ma’lum vaqtlarda  o‘tkazilgani  ma’qul.  Chunki 
qat’iy  bir  kun  tartibiga  rioya  qihsh  bolalar  organizmini  mustah- 
kamlashga,  chiniqtirishga,  kamroq  kuch  sarf  qilib,  ko‘proq  ish 
bajarishga  yordam  beradi.  Ayni  vaqtda  sog‘hqni  yaxshilashga  va 
ummi  uzaytirishga  olib  keladi.
I  sinf  dasturida,  asosan,  guruh  va  jamoalarga  bo‘linmay 
o‘ynaladigan  harakatli  o‘yinlar  («G‘ozlar  —  oqqushlar»,  «Boy- 
qush»,  «Ikki  sovuq»)  o'tkazish  tavsiya  etiladi.

sinfning  dastlabki  oylarida  bolalar  bog‘chasida  o‘ynaladi- 
gan  o‘yinlami  o‘tkazish  lozim.  Bu  o‘yinlar  mazmunan  maktab 
dasturida  nazarda  tutilgan  o‘yinlarga  yaqin  turadi  («Qurbaqa  va 
qarqara»,  «Qo‘ng‘iroqli  tuzoq»,  «Ayiqchalar  va  bolari»).
68

Ill  sinfda  ancha  murakkab  o‘yinlar  o‘tkaziladi:  1)  o‘yinbo- 
shi  yordamida  («Tovonbaliqlar  va  cho‘rtanbaliq»);  2)  komanda- 
larga  bo‘linib  («Kun  va  tun»,  «Ovchilar  va  o'rdaklar»).
Quyi  sinflarda  o‘ynalgan  ko‘pgina  o‘yinlar  keyingi  sinflarda 
ham takrorlanishi  mumkin.  I  sinf dasturidagi  «Quvlashmachoq», 
«Har kim  o‘z  suvdoniga»,  «Kim uzoqqa otadi?»  kabi  o‘yinlar  III 
sinfda  ham  muvaffaqiyatli  o ‘ynalishi  mumkin.  0 ‘yinlar  yil 
fasllariga  moslab  o‘tkaziladi.
0 ‘yinlar  vaqtida  о‘quvchilar  bilan  olib  boriladigan  tarbiyaviy 
ishga  katta  e’tibor  beriladi.
Ko‘pgina o‘yinlar (I—II  sinflarda)  bilim beradi.  Ular jonivor- 
lar,  qushlar  va  bolalarning  real  hayotidagi  harakatlariga  taqlid 
qilish  bilan  bog‘liq  sujetli  o‘yinlardir.  «Boyqushcha»  o‘yini  bilan 
tanishtirayotganda  bolalarga  boyqush  to‘g‘risida  qisqa  va  aniq 
ma’lumot berihb,  uning xatti-harakatlari tahlil orqah tushuntirilsa 
o‘yinning  ta’siri  oshadi,  bolalami  yanada  faollashtiradi.
Tarbiyachi  guruhda  jismoniy  mashqlar  kompleksini  o‘rgati- 
shi  shart  emas,  biroq tarbiyachi  uni takrorlashi  mumkin.  Badan­
tarbiya  mashqlari  o‘yin  boshlanishidan  oldin  yoki  uy  vazifalari 
bajarib  bo‘hngandan  keyin  o‘tkaziladi.
Gigiyenaga  rioya  qihsh  badantarbiyada  muhim  rol  o‘ynaydi. 
To‘g‘ri  kun  tartibi  kishi  sog‘lig‘ini  mustahkamlaydi,  quvnoq 
kayfiyat  baxsh  etadi,  bolalarning  ishlash  qobiliyatini  o‘stiradi, 
intizomlilik,  tartiblilik  va  uyushqoqlik  sifatlarini  tarbiyalaydi.
Dasturda  gigiyena  va  kun  tartibi  bo‘yicha  suhbatlar  mavzusi 
belgilangan.  Suhbatlar  uchun  10—15  daqiqa  ajratiladi.  Qolgan 
vaqtda jismoniy mashg‘ulotlar va o‘yinlar o‘tkaziladi.  Boshlang‘ich 
sinflarning badantarbiya bo‘yicha  yangi  dasturiga yangi bo‘lim — 
«Raqs»  mashqlari  kiritilgan.
Raqslami  o‘rganishga  kirishishdan  oldin  musiqa  jo ‘rligida 
yurish,  yugurish,  sakrash,  raqs  odimlari  va  shu  kabilar  bilan 
tanishish  lozim.  Raqslar  gimnastika  mashg‘ulotlari  kabi  muskul- 
larni  mustahkamlaydi,  qomatni  to ‘g‘ri  tutish,  plastik  harakat 
qilishga  yordam  beradi.  Xuddi  shu  mashg‘ulotlar  soddaroq 
shaklda  ham  o‘tkazilsa,  ijobiy  natija  beradi.
Xullas,  guruhlarda o‘tkaziladigan sport  mashg‘ulotlari bolalar­
ning aqUy charchog‘ini tarqatishda,  ularning kayfiyatini ko‘tarish, 
jismonan chiniqtirish,  sog‘lom o‘sishlarida alohida ahamiyat kasb 
etadi.
69

Sayohatlar  va  madaniy  sayrlar.
  Sinfdan  va  maktabdan  tash- 
qari  amalga  oshiriladigan  asosiy  tadbirlardan  biri  —  sayohatdir. 
Kuni  uzaytirilgan  guruh  turli  mavzudagi  ekskursiyalami  o‘tka- 
zishda  katta  imkoniyatlarga  ega.  Ekskursiya  va  madaniy  sayrlar 
kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  o‘tkaziladigan  barcha  tadbirlarni 
amaliy  mustahkamlashga  yordam  beradigan  vosita  hisoblanadi.
Sayrga chiqishdan oldin tadbir qiziqarli va  maqsadga muvofiq, 
mazmunli o‘tishini ta’minlash uchun tarbiyachi  sayr rejasini puxta 
tuzib  chiqishi  va  bunga  tayyorgarlik  ko‘rishi  kerak.  0 ‘quv- 
chilaming  ko‘proq  narsani  kuzatib,  eslab  qolishlariga  erishish 
uchun  sayrdan  so‘ng  «Sayr  vaqtida  nimani  ko‘rdim»  o ‘yin- 
musobaqa  (bir  o‘quvchi  hikoya  qiladi,  boshqalari  uni  to‘ldiradi, 
kimning  hikoyasi  to‘liq  va  mazmunli  bo‘Isa  va  unga  hech  kim 
qo‘shimcha  qila  olmasa,  o‘sha  o‘quvchi  g‘olib  hisoblanadi) 
o‘tkazilishini  oldindan  ma’lum  qilib  qo‘yishi  kerak.
Sayohat jarayonida  har  bir  tarbiyachi  quyidagi  maslahatlarga 
amal  qilib  samaraga  erishishi  mumkin:
—  sayohat  sayr  emas,  balki  o‘quv  mashg‘ulotining  majburiy 
qismi  ekaniga  ahamiyat  bering;
—  sayohat  o‘tkazadigan  joyni  oldindan  o‘rganing,  uning 
mazmunini  belgilang  va  rejasini  tuzing;
—  sayohat  mavzusiga  muvofiq  ish  tuting,  tasodifiy  masala- 
larga  berilmang;
—  sayohat  vaqtida  faqat  ko‘rsatish  mumkin  bo‘lgan  narsalar 
haqidagina  hikoya  qiling;
—  uzundan  uzoq  tushuntirishlardan  qoching;
—  sayohatga  qatnashayotgan  o‘quvchilar  faqat  tinglovchi 
bo‘lib  qolmasin,  ulami  faol  ishlashga  o‘rgating;
—  sayohatlarda  nomlami  aytavermang,  bunday  nomlaming 
ko‘plari  tezda  esdan  chiqib  ketadi;
—  obyektlami  to‘g‘ri  ko‘rsata  biling  va  bolalarga  ham  ulami 
to‘g‘ri  ko‘rishni  o‘rgating;
—  sayohatlarda  o‘quvchilami  zeriktirib  qo‘ymang,  aks  holda 
ular  hech  narsaini  tinglamaydilar;
—  materialni  qayta  ishlash  orqali  sayohat  taassurotini  o‘quv- 
chilar  xotirasida  mustahkamlang.
Har  bir  sayohat  oldidan  tarbiyachi  sayohat  vaqtini  aniq  bel- 
gilab  olishi,  sayohat  obyekti  bilan  oldindan  shaxsan tanishmog‘i, 
o‘quvchilarga  beriladigan  topshiriqlarni  rejalashtirishi,  savol-
70

javoblami tayyorlab  qo‘yishi,  guruh  o‘quvchilarini guruhchalarga 
bo‘Ushi  kerak,  kuzatish  uchun  kundalik  daftarlar  tutihshi,  ularga 
nimalar  qayd  qihsh  lozimligi  tushuntiriladi.
Kirish suhbati bilan boshlanadigan sayohatlar korxona,  zavod, 
fabrika,  kombinatlarga,  parrandachilik,  chorvachilik  fermalariga, 
muzey,  ko‘rgazma  zallari  va  madaniyat  saroylariga  uyushtiriladi. 
Madaniy sayrlarda kino,  teatr,  hayvonot bog‘i,  sirk tomoshalariga, 
qo‘g‘irchoq  teatri,  bolalar  konsertlariga  boriladi.
Bolalarni  qishloq xo‘jalik ishlari  (ekinlami  o‘stirish,  mollarga 
ozuqa tayyorlash kabilar) bilan tanishtirish,  ulami qishloq hayoti- 
dan,  qishloq xo‘jaligidan yotsiramaydigan  qilib  tarbiyalash  zarur. 
Ularga dasturxonda turgan non,  sut va go‘sht mahsulotlari qishloq 
ahli  mehnatining  natijalari  ekanini  anglatish  lozim.  Zavod  va 
fabrikalarga  ekskursiyalarda  esa  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan 
tanishiladi.
Bahor  yoki  kuz  fasllarida  tog‘lar,  bog‘lar  va  dalalarga  qilina- 
digan  sayrlarda  bolalar  tabiat  bilan  tanishtiriladi.  Bunday 
sayrlardan  oldin  ularni  chiroyli  manzaralar  tasvirlangan  san’at 
asarlari bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir.  Bu  kabi tadbirlar 
bolalaming  estetik  qarashlariga  ijobiy  ta’sir  etadi  va  tabiatga 
muhabbat  tuyg‘ulari  tarbiyalanadi.
0 ‘quvchilarda  harbiy  vatanparvarlik  hissiyotini  tarbiyalash 
maqsadida  Vatan  uchun  jon  fido  qilganlar  xotirasiga  qo‘yilgan 
haykallar,  «Motamsaro  ona»  monumenti  kabilami  borib  ko‘rish 
lozim.  Shu  kabi  tadbirlami  amalga  oshirish  davomida  o‘quvchi- 
lar maxsus daftarlariga manzarah joylaming rasmlarini chizishlari, 
taassurot va savollarini yozib borishlari mumkin.  Qaydlar guruhda 
atroflicha  muhokama  etiladi  va  suhbatlar,  munozaralar  paytida 
o‘sha  savoharga javoblar  beriladi.
KUNI  UZAYTIRILGAN  SINF,  GURUHLARDA  KUNDALIK 
ISHNI  REJALASHTIRISH  NAM U NASI
Ikkinchi  smenada  shug‘ullanuvchi  kuni  uzaytirilgan  sinf, 
guruhlar  (I—IV  sinflar)da  sayrlar,  sayohatlar  shanba  kuni, 
mafkuraviy  tarbiya  ishlari  dushanba  kuni  o'tkaziladi.
Dushanba  (boshlang‘ich  sinflar). 
Mafkuraviy  tarbiya.
Mashg‘ulotning  maqsadi:
  bolalarni  istiqlol  g‘oyalari,  xalqlar 
birdamligi,  o‘z  Vataniga  muhabbat  va  sadoqat  ruhida  tarbiya-
71

lash.  1230  dan  1315  gacha  —  tushlikka  tayyorgarlik  va  tushlik 
(navbatchilar  stollarni  tuzaydilar,  boshqa  bolalar  yuvinadilar). 
Oshxonada,  «Oila  davrasida»  mavzusida  xulq-atvor  madaniyati 
malakalarini  shakllantirish  bo‘yicha  amaliy  mashg‘ulot  (o‘yin 
ko‘rinishida).  Tushlik  1315  dan  1415  gacha.
1415  dan  1545  gacha  bolalaming  o‘z  ixtiyoricha  erkin  shug‘ul- 
lanishlari,  bolalaming  xohishiga  ko‘ra  ochiq  havoda  o‘yinlar.
Bolalarda  reaksiya  (sezish)  tezligini  o‘stiruvchi  o‘yin:  «Bola- 
larda  tartib  qat’iy».
O'yin  mazmuni:
  0 ‘ynovchilar  safda  turadilar.  Ular  tarbiyachi 
ishorasi  bilan  maydonga tarqalib,  o‘rgatilgan  qo‘shiqlami  kuylay- 
dilar.
Tarbiyachining  ishorasi  bilan  bolalar  ko‘rsatilgan  joyda  saf- 
lanadilar.  Saflanish  joyi  o‘yin  davomida  o‘zgarib  turadi.  0 ‘yinni 
musiqa  jo ‘rligida  o‘tkazish  mumkin.
1545 ‘dan  1630  gacha  tarbiyaviy-tashkiliy  ishlar.  Siyosiy tarbiya.
Mavzu: 
« 0 ‘zbekiston
  — 
mening  Vatanim».
Ko‘rgazmali  qurollar  va  adabiyotlar:
1.  0 ‘zbekistonning  siyosiy  kartasi.
2.  I.  Dunayevskiyning  «Bepoyondir ona yurtim»  ashulasining 
grammafon  yozuvi,  shuningdek,  o‘zbek  bastakorlarining  Vatan 
haqidagi  ashulalari.
3.  Vatan  haqidagi  she’rlar:  Ilyos  Muslimning  «Baxtli  bolalar 
qo‘shig‘i»,  Qudrat  Hikmatning  «Ona-Vatan»,  Po‘lat  Mo‘minning 
«Yangi  yilim  —  yaxshi  yilim»  qo‘shiqlari.  Tarbiyachi  musiqa 
jo‘rligida  quyidagilami  aytadi:
Vatan!  Qanchalik yangroq  so‘z!  Vatan  —  bu  musaffo  osmon. 
Vatan  —  bu  bepoyon  paxtazorlar,  go‘zal  bog‘lar.  Vatan  —  bu 
yurt,  xalq.  Vatan  —  bu  baxt,  istiqbol.  Vatan  —  bu  sening  uying, 
maktabing,  sinfing,  guruhing  va  «Vatan»  degan  jonajon  so‘zni 
o‘z  ichiga  olgan  ko‘pgina boshqa  narsalardir  (musiqa yangraydi).
Tarbiyachi:  «Bu  qo‘shiqdagi  satrlardan  nimalarni  anglash 
mumkin?»
Taxminiy  javob:  «Unda  Vatanimizning  xushmanzara  joylari, 
xalqlaming  do‘stligi,  baxtli  hayoti,  ulaming  Vatanga  muhabbati 
ifodalangan.  0 ‘zbeklar,  ruslar,  gruzinlar,  turkmanlar va boshqalar 
ham  do‘st  xalqlardir.  Bizning  Vatanimiz  —  0 ‘zbekiston,  Vatan  — 
bu  do‘st  xalqlar  ittifoqi,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  deb  atalgan 
diyor jahon  sahnasida  o‘z  o‘rni  va  mavqeyiga  egadir.
72

Badantarbiya  daqiqasi.
  630  dan  1730  gacha  darslarga  mustaqil 
tayyorlanish.  Har bir  daqiqani  tejash  va  tejalgan vaqtdan  ona  tili 
hamda matematikadan qiziqarli o‘yinlar o‘tkazish,  uy vazifalarini 
tez  va  to‘g‘ri  bajarish.  Uy  vazifasini  bajarishda  kerak  bo‘ladigan 
hamma  narsalami:  mchka,  qalam,  chizg‘ich,  daftar,  kitoblami 
hozirlab  qo‘yish.  Bo‘sh  o‘zlashtiruvchi  о‘quvchilar  bilan  indivi­
dual  shug‘ullanish,  o‘quvchilarning  yozuvlari  chiroyli  va  toza 
bo‘lishiga  erishish,  topshiriqlarni  bajarish.  0 ‘zaro  tekshirishni 
tashkil  etish.  Matematika  bo‘yicha  didaktik  o‘yin  « 0 ‘ylab  javob 
ber:  bir  odam  qo‘lida  o‘nta  barmoq  bor,  o‘nta  qo‘lda  nechta 
barmoq  bor?»  (Ba’zilar  darhol  100  ta  deydilar,  ba’zilari  biroz 
o‘ylagach,  50  ta  deb  to‘g‘ri  javob  beradilar).
Shundan  so‘ng  o‘quvchilar  guruh  xonasini  yig‘ishtirib,  uyga 
ketishlari  mumkin.
Seshanba. 
Sinfdan  tashqari  o ‘qish.  Mashg‘ulotning  maqsadi: 
bolalami  kitobdan  mustaqil  foydalanishga  o‘rgatish,  ulami  yangi 
kitoblar  va  ularning  mualliflari  bilan  tizimli  tarzda  tanishtirish.
1230  dan  1315  gacha  — 
tushlikka  tayyorgarlik.  Tushlik.
1315 dan  1415  gacha. 
Tushlikdan  keyingi  uyqu.
1415  dan  1545  gacha. 
Bolalarning  erkin  shug‘ullanishlari.
  Bo­
lalar  o‘zlari  qiziqqan  yumushlari  bilan  (turli  narsalar  yasash, 
qirqish,  rasm  solish  va  h.k.)  mashg‘ul  bo‘ladilar.  Xohishga  ko‘ra 
ochiq havoda o‘ynash.  Chaqqonlik,  tezkorhkni mustahkamlovchi 
«Chaqqon  bolalar»  o‘yini.
0 ‘yin  mazmuni:
  o‘ynovchilar  bir-birlarining  qo‘llaridan  ush- 
lab  doira  yasaydilar.  0 ‘rtada  boshlovchi  turadi.  Tarbiyachining 
ishorasi  bilan  bolalar:
«Bizlar  —  quvnoq  bolalar,
Yuguramiz,  oynaymiz.
Qani,  bizga  yetib  k o ‘r 
Bir-ikki-uch  —  ushla»,  —
deb  turli  tomonga  qochadilar,  o‘rtada  turgan  o‘quvchi  ulami 
quvlaydi.  Ushlangan  bola  o‘rtada  turadi.
1545  dan  1645  gacha  tarbiyaviy-tashkiliy  ishlar.
Sinfdan  tashqari  o‘qish.
Mavzu: 
G‘afur  G ‘ulom.  «Sen  yetim  emassan».
Ko‘rgazmali  qurollar  va  adabiyotlar.  «Har  doim  bo‘lsin 
quyosh»  qo‘shig‘ining  magnit  tasmasi.
73

«Qimmatli bolalar!  Siz urushni  kinolarda ko‘rgansiz.  U  haqda 
kitoblarda  o‘qigansiz.  Urush  siz  tug‘ilmasingizdan  ancha  oldin 
bo‘lgan.  XX  asming  qirq  birinchi  yili  22-iyun  tongida  nemis- 
fashistlari  sobiq  sho‘rolar  mamlakatiga  hujum  qildi.  Mustaqil 
0 ‘zbekistonimiz  1991-yilning  31-avgustigacha shu  mamlakat tar- 
kibida bo‘lgan.  Ko‘pgina bolalar bombalar ostida halok bo‘lishdi, 
minglab  bolalar  ota-onasiz  qoldilar.  Jangchilar  dushman  bilan 
jang  olib  borayotgan  vaqtda  front  ortiga,  mamlakat  ichkarisiga 
yetim  qolgan  bolalar  tushgan  poyezdlar  yo‘l  oldi.  Ular  bir,  ikki 
oylab  yo‘l  bosishdi.  Bolalar  Toshkent  vokzalida  poyezddan 
tushdilar.  Bu  yerda  ulami  o‘zbek  xalqi  iliq  mehr,  ochiq  chehra 
bilan  kutib  oldi.  Ular  shunchalik  ko‘p  ediki,  bolalar  uylari  ham 
yetishmay  qoldi.  Shunda  0 ‘zbekistonning  Toshkent  va  boshqa 
shaharlaridagi  oilalar belorus,  rus,  ukrain bolalarini o‘z farzandlari 
sifatida  qabul  qildilar.  14  yetimni  boqib  tarbiyalagan  toshkenthk 
temirchi  Shoahmad  Shomahmudovni  butun  mamlakat  taniydi. 
0 ‘sha  yillarda  bunday  oilalar  0 ‘zbekistonda  ko‘plab  topilardi. 
Ajoyib o‘zbek shoiri G ‘afur G ‘ulom (shoiming portreti ko‘rsatiladi) 
o‘sha kunlar haqida sermazmun she’rlar yozgan.  Ulardan biri «Sen 
yetim  emassan»  (She’r  ifodah,  alia  musiqasi jo‘rligida  o‘qiladi).
She’r  o‘qib  bo‘lingach,  tarbiyachi  savollar  yordamida  she’r- 
ning  eng  asosiy  jihatlarini  aniqlashtiradi:
1.  Bu  she’r  kimlarga  atalgan?
2.  Shoir  bolani  qanday  so'zlar  bilan  ataydi?
3.  Shoir  nima  uchun  she’ming  boshida  urush  oqibatida  uy- 
siz  qolgan  yetim  bo‘lmasligini  ishonch  bilan  ta’kidlaydi?
4.  Shoir  yaqinda  «tugaydigan  tun»  va  uning  ortidan  keladi- 
gan  «tong»  so‘zlari  orqali  nimalami  nazarda  tutadi?  (Urushning 
tugashi,  tinchlik  tongi  otishini).
15—1730.  Mustaqil  tayyorlanish.
  Bolalar  uy  vazifalarini  mus­
taqil  bajaradilar.  Dars  tugagach,  har  bir  predmet  bo'yicha 
mustaqil  dars  orahg‘ida  2—3  daqiqalik  tanaffus  beriladi.
Bo‘sh  o‘zlashtimvchi  o‘quvchilar  bilan  individual  shug‘ul- 
laniladi.  Topshiriqlar  bajarilishi  o‘zaro  tekshiriladi.
Nutq  o ‘stirish  b o ‘yicha  didaktik  о ‘yin.
  Har  bir  o ‘quvchiga
a,  b,  d,  e,  f,  g  va  boshqa  harflar  bilan  bog‘lanuvchi  so‘zlami 
yozish  bo‘yicha  individual  vazifa  beriladi.  0 ‘quvchilarning 
o‘qituvchi  belgilagan  vaqt  davomida  yozgan  so‘zlari  tekshiriladi. 
Qaysi  o‘quvchi  ko‘proq  so‘zni  yoza  olsa  o‘sha  g‘olib  chiqadi. 
Xonani  yig‘ishtirish.  Uyga  ketish.
74

Chorshanba. 
Mehnat  tarbiyasi.  Mashg‘ulotning  maqsadi: 
mehnatga ongli munosabatni  (mehnatga muhabbatni,  tartiblilikni, 
tejamkorlikni,  umum  foydasiga  mehnat  qilishga  hozirlikni,  ishni 
oxiriga  yetkazishda  matonatlilikni,  jamoa  mehnat  jarayonida 
do‘stona  munosabatni)  tarbiyalash.
1230—1315. 
Tushlikka  tayyorlanish
  (navbatchilar  stollarni 
tuzashadi,  qolganlar yuvinadilar).  Tushlik.  «Ovqatlangandan so‘ng 
idishni  qanday  yuvish  kerak?»  mavzusida  oshxonada  amaliy 
mashg‘ulot.
1315—1415. 
Peshingi  uyqu.
1415—1545. 
Bolalaming erkin  shug‘ullanishlari.
  Bolalar o‘z qizi- 
qishlariga  ko‘ra  (plastilindan  shakllar  yasash,  rasm  solish,  turli 
o‘yinlar  bilan)  shug‘ullanadilar.  Bolalarda  diqqatni  o‘stiruvchi 
«Komanda  bo‘yicha  bajar»  o‘yini.
0 ‘yin  mazmuni.
  Bir bola  o‘rtada,  qolganlar  doira  yasab  tura- 
dilar.  0 ‘rtadagi  bola  istalgan  komandani  berishi  mumkin, 
qolganlar  uni  bajaradilar.  U  o‘z  komandasiga  «bolalar»  so‘zini 
qo‘shib  aytsa,  komanda  bajarilishi,  agarda  bu  so‘zni  qo‘shmasa, 
komanda  bajarilmasligi  kerak.  Masalan,  «Bolalar,  o‘tiringlar» 
(bajarish  kerak).  «Bir-biringizni  ushlang»  (bajarilmaydi).
1545—1630. 
Mehnat  tarbiyasi  b o ‘yicha  tarbiyaviy-tashkiliy 
tadbirlar.
Mavzu:  Qog‘oz  bilan  ishlash.  «Yozgi  ayvoncha»  (tematik  ap- 
plikatsiya  tayyorlash).
Amaliy  ishdan  oldingi  suhbat.
Tarbiyachi:  «Konstitutsiyamizda fuqarolaming huquqlari bayon 
qilingan.  Bolalar,  siz  ham  shu  huquqlardan  foydalanasiz.  Siz 
maktabda  o‘qiysiz,  oromgohlarda  dam  olasiz.  Shifokorlar  sizning 
sog‘lig‘ingizni  nazorat  qilib  borishadi.  Sizlar  uchun  stadionlar, 
o‘quvchilar saroylari ishlab turibdi.  Siz ulg‘ayib katta bo‘lganingizda 
istagan  kasbingizni  egallashingiz  mumkin.  Biroq  har bir  kishining 
faqatgina  huquqi  emas,  balki  o‘z  Vatani  va  xalqi  oldida  burchlari 
ham  bor.  Bu  vijdonan  mehnat  qilish,  MustaqiHigimizni  mustah- 
kamlash,  dunyoda  tinchlikni  saqlash  ishiga  hissa  qo‘shish,  xalqlar 
o‘rtasidagi  do‘stlikni  mustahkamlash  zarur  bo‘lsa,  o‘z  Vatanining 
himoyasiga  hozir-u  nozir  bo‘lishdir.
Mehnat har bir kishining tabiiy ehtiyojidir.  Kishilar hayotining 
mazmuni  ijtimoiy-foydali  mehnatdir.  Bizning  mamlakatimiz:da 
mehnat  qahramonlikka  tenglashtirilgan.  Mehnat  qilish  huquqi 
Qonun  bilan  kafolatlangan.
75

Bizning  Qonunimiz  faqat  mehnat  qilish  huquqini  emas,  balki 
kasb  tanlash  huquqini  ham  beradi.  Biroq,  har  bir  shaxs  biror 
kasbni  tanlab,  egallar  ekan,  u  sidqidildan  ishlashga  majbur.
Hozir biz  mehnat qihshga kirishamiz.  Kelinglar,  awal mehnat 
haqidagi  maqol  va  matallami  eslab  ko‘raylik.
Mehnatsiz  rohat  bo‘lmas.
Ish  ustasidan  qo‘rqar.
Mehnatni  sevganlargina  baxtli.
Hozir  biz  sizlar  bilan  qog‘ozdan  «Yozgi  ayvoncha»ni  yasay- 
miz.  Buning uchun bizga  oq va  to‘rt xil  rangdagi  qog‘oz,  qaychi, 
yelim,  cho‘tka,  qalam,  chizg‘ich,  uchburchak  chizg‘ich  kerak 
bo‘ladi.
Mashg‘ulotning  borishi.
Bolalarga  applikatsiya  bilan  bezalgan  yozgi  ayvon  namunasi 
ko‘rsatiladi  va  so‘raladi:
A.  Bu  narsa  nima  uchun  shunday  deb  ataladi?  (Bunda  ko‘m- 
ko‘k  osmon,  porlab  turgan  quyosh,  yam-yashil  o‘tlar tasvirlangan.)
B.  Bu  ayvoncha  nimani  eslatadi?  (Issiq yoz,  yozgi  dam  olishni.)
Qirqimlar  uzunligi  belgilanadi:  oq  qog‘ozda  asos  kattaligi
12x16  sm  to‘g‘ri  burchak  shaklidagi  ayvoncha  3x4  sm,  kvad- 
ratlar  3x3  sm  hajmida  (7  dona).
Bolalar  mustaqil  ishlaydilar:  ayvoncha  asosini  belgilash  va 
tayyorlash.
Tarbiyachining yordami:  barcha  detallami belgilash va tayyor­
lash.  Detallami  yig‘ish.
Yakun  yasash.  Ish  o‘rnini  tartibga  keltirish.
Badantarbiya  daqiqasi.
1630—1730. 
Mustaqil  tayyorlanish.
  Uy  vazifasini  bajarish 
paytida  o ‘quvchilarning  o‘z  qomatlarini  tutishlarini  kuzatish. 
Bo‘sh  o‘zlashtiruvchi  o‘quvchilar  bilan  individual  shug‘ullanish.
Bajarilgan  uy  vazifalarini  o‘zaro  tekshirish.
Vazifani  tez,  chiroyli  va  bexato  bajargan  o ‘quvchilarni 
rag‘batlantirish.  Har  bir  predmet  bo‘yicha  vazifa  bajarib  bo‘lin- 
gach,  ikki-uch  daqiqalik  tanaffus.
Matematikadan  didaktik  о‘yin,  topishmoq-hazillar.
1.  «Uch  o‘rtoq».
Maktabga  1-smenada  o‘qiydigan  o‘quvchi yo‘lda  1-smenadagi 
ikkita  o‘rtog‘i  bilan  uchrashib  qoldi.  Hammasi  bo‘lib  maktabga 
necha  o‘quvchi  ketyapti?
76

2. 
7  ta  sham  yoqishgandi,  ikkitasi  o‘chib  qoldi.  Nechta  sham 
qoldi?  (Javob:  2  ta,  chunki  qolgani  yonib  tugagan).  Xonani 
yig‘ishtirish.  Uyga  ketish.
Payshanba. 
E stetik  tarbiya.  M ashg‘ulotning  maqsadi: 
0 ‘quvchilaming go‘zallikni  his  qila bilishini  tarbiyalash,  borliqqa 
estetik  munosabatni  shakllantirish,  insonni  tabiatni  tushunishga, 
tasviriy  san’at  asarlarini  idrok  etishga  o‘rgatish. 
x
1230—1315. 
Tushlikka  tayyorlanish,  tu  ""
 
' T 
‘ 
mavzu-
e’zozlash  bo‘yicha  fikr  almashish.
1315—1415. 
Peshingi  uyqu.
1545—1415. 
Bolalaming erkin  shug‘ullanishlari.
  Bolalaming  o‘z 
qiziqishlariga  ko‘ra  o‘yinlar  («Uy-Uy»,  «Maktab-maktab»  va 
boshqalar).
Bolalaming  ko‘rish  xotiralari,  epchihiklarini  oshiruvchi  «Kim 
ko‘proq  ko‘ra  oladi?»  o‘yini.
O'yin  mazmuni.
  Bolalardan bid o‘rtada turadi,  boshqalar uning 
atrofida doira yasaydilar.  0 ‘rtadagi o‘quvchining komandasi bilan 
o‘yinda  ishtirok  etayotgan  bolalar  qog‘oz  parchasiga  hayvon, 
qush,  shahar va  hokazolaming  nomini  yozadilar va  qog‘ozni  o‘z 
orqalariga  qadab  qo‘yadilar.  0 ‘yinni  boshlovchi  o‘quvchining 
komandasi  bilan  bolalar  bir-birlarining  orqalaridagi  qog‘ozni 
o‘qishga,  ayni vaqtda orqasidagi qog‘ozni ko‘rsatmaslikka harakat 
qilishlari kerak.  0 ‘rtog‘ining orqasidagi  nomlami eng ko‘p o‘qigan 
o‘quvchi  g'olib  sanaladi.
1545—1&°.  Estetik  tarbiya  boyicha  tarbiyaviy-tashkiliy  tadbirlar.
Mavzu:  I.  Levitan,  A.  Savrasov,  0 ‘.  Tansiqboyev,  N.  Karaxan, 
M.  Mirzayev  asarlarida  bahoming  tasvirlanishi.
Mashg‘ulot  rejasi  va  ko‘rgazmali  qurollar:
«Bahor»  rasmini  chizish.  Rasmlami  namoyish  qihsh  (qisqa- 
cha  axborot).
a)  A.  Savrasov.  «Ola  qarg‘alar  uchib  keldi»;
b)  I.  Levitan.  «Bahor  —  katta  suv»;
d)  0 ‘. Tansiqboyev.  « 0 ‘zbekistonda  bahor»;
e)  N.  Karaxan.  «Gullagan  vodiy».
M. Mirzayevning  bahor  valsi  musiqasi.  S.  Marshakning  «Yil 
fasllari»,  I.  Muslimning «Lolaqizg‘aldoqlar» va «Lolalar»  she’rlari. 
Suhbatni  bahor  haqidagi  she’rlami  musiqa  sadolari  ostida  o‘qish 
bilan  boshlash  kerak.  0 ‘. Tansiqboyevning  portreti  va  uning 
«0 ‘zbekistonda  bahor»  rasmi  ko‘rsatiladi.
sida  suhbatlashish,  isrofgarchilikka
nonm
77

Bolalar  rasmni  tomosha  qiladilar.
Tarbiyachi:  «Rasmda  tabiat  aks  ettirilgan.  Osmonda  bulutlar 
suzib yuribdi.  Rasmda yilning  qaysi  fasli tasvirlangan?»  (Qishning 
oxiri,  bahorning  boshlanishi).
Tarbiyachi:  «Bu  rasmda  bahor  tasvirlanganini  qanday  bilib 
oldingiz?»  «Qosh  qoraygan,  daraxtlar  hali  yalang‘och,  biroq  ola 
qarg‘alar  uchib  kelgan,  ular  bahor  kelganidan  shod,  o‘zlariga  in 
qurmoqdalar».  Rasmga qarab tursang,  xuddi qushlaming sayrashi- 
ni  eshitayotgandek  bo‘lasan,  bahor  shabadasini  his  qilasan. 
Daraxtlar jonli  qilib tasvirlangan.  Oldingi planda tabiat  ko‘rinadi, 
nariroqda  taxta  devor,  uning  ortida  qishloq  ko‘rinib  turibdi. 
Bo‘yoqlarning  rangi  bahor  nafisligini  va  shodlik  tuyg‘usini 
ifodalaydi.
Boshqa  buyuk  rassom  I.  Levitan  ham  (portreti  ko‘rsatiladi) 
bahor  haqida  asarlar  yaratgan.  Uning  rasmlaridan  biri  «Bahor— 
katta  suv»  deb  ataladi.  Agarda  A.  Savrasov  bahorning  boshlani­
shi,  yerda  qorlar  yotgan  davrni  ko‘rsatgan  bo‘Isa,  I.  Levitan 
bahorning  qorlar  erib  ketgan  paytini  ko‘rsatgan.  Daryoda  da­
raxtlar xuddi  oynadagidek aks  etadi.  Osmon tiniq.  Suv esa  sovuq. 
Rasmda  odamlar  ko‘rinmasa  ham  biz  ularning  shu  yaqin  orada- 
ligini  his  qilamiz.  Chunki  qirg‘oqda  qayiq  turibdi.  Bu  rasm  ras- 
somning  tabiatga  muhabbatini  ifodalaydi.  U  bo‘yoqlar  vositasida 
tabiatning go‘zalligini  bera  olgan.
Yilning  shu  faslini  0 ‘zbekiston  xalq  rassomi  0 ‘.  Tansiqboyev 
(portreti  ko‘rsatiladi)  ham  tasvirlagan.  Tansiqboyev  o ‘zining 
« 0 ‘zbekistonda  bahor»  asarida  quyoshli  o‘lkamizning  tabiatini 
tasvirlaydi.  Bu  tabiat  bizga  ilk  bolalikdan  tanish.  I.  Levitan 
rasmida  qorlarning  erishi  tasvirlangan  bo‘lsa,  0 ‘.  Tansiqboyev 
asarida  bodom  va  o‘rik  gullaganini  ko‘ramiz.  Tog‘  etaklarida 
maysalar ko‘kargan.  Odamlar chigit  ekishga  hozirlik ko‘rishyapti. 
0 ‘. Tansiqboyev foydalangan bo‘yoqlar 0 ‘zbekistonning chinakam 
manzarasini  aks  ettiradi.  0 ‘zbekistonlik  boshqa  peyzajchi 
N.  Karaxanning rasmi ham go‘zal.  Uning  «Gullagan vodiy»  asari 
yorqin  bo‘yoqlar  bilan  ishlangan  bo‘lib,  o‘zbeklar  diyori  lavha- 
larining  panoramasini  ifodalaydi.  (Shundan  so‘ng  Ilyos  Muslim- 
ning  «Lolaqizg‘aldoqlar»,  «Lolalar»  she’rlari  o‘qiladi).
Umumlashtirish.
Tarbiyachi:  «Shunday  qilib,  biz  siz  bilan  birgalikda  bahor 
haqidagi to‘rtta ajoyib rasmni tahlil qildik,  she’rlar o‘qidik,  musiqa
78

tingladik.  Endi har biringiz  «Bahoming kelishi»  mavzusida qisqa­
cha  hikoya  tuzasiz  yoki  rasm  chizib  berasiz».
Badantarbiya  daqiqasi.
1630—1730. 
Mustaqil  tayyorlanish.
  Uy  vazifasining  mustaqil 
bajarilishini  kuzatish.  Bo‘sh  o‘zlashtiruvchi  o‘quvchilar  bilan 
individual  shug'ullanish.  Predmetlar  bo'yicha  uy  vazifasi  baja- 
rilgach,  5  daqiqa  tanaffus.
Matematikadan didaktik 
0
‘yin.
  1.  Nima og'irroq — bir kilogramm 
paxtami  yoki  bir  kilogramm  temir?  Og‘ir  bo‘lsa,  qanchaga?
2. 
Yo‘lkada  6  ta  chumchuq  bor  edi,  ulaming  yoniga  yana 
beshtasi  uchib  keldi.  Shu  vaqtda  paydo  bo‘lgan  mushuk  ulardan 
birini  ushlab  oldi.  Yo‘lkada  nechta  chumchuq  qoldi?  (10 
chumchuq deb berilgan javob hayotiy,  mantiqiy haqiqatga to‘g‘ri 
kelmaydi.  Chumchuqlar  yo‘lkada  qolmaydi,  balki  uchib  ketadi.)
Xonani  yig‘ishtirish.
Uyga  ketish.
Juma. 
Sport
  — 
sog‘lomlashtirish  ishlari.
Mashg‘ulotning  maqsadi:
  Sog‘lom,  quvnoq,  har  tomonlama 
jismoniy rivojlangan, Vatan himoyasi uchun doimo tayyor bo‘lgan 
barkamol  avlodni  tarbiyalash,  sanitariya-gigiyena  bo‘yicha 
malakalar  tarkib  toptirish.
1230 
dan
  1315 
gacha  tushlikka  tayyorlanish,  tushlik.
  Oshxona- 
da  navbatchilik,  «Ovqatlanayotganda  men  gaplashmayman» 
mavzusida  amaliy  mashg‘ulot.
1315 
dan
  1415 
gacha.  Peshingi  uyqu.
1415 
dan
  1 5
gacha.  Bolalaming  ixtiyoriy  shug ‘ullanishlari. 
Bolalaming  xohishiga  ko‘ra  ochiq  havoda  o‘ynash.
1545 
dan  16го gacha.  Tarbiyaviy-tashkiliy  tadbirlar.
  Sport 
tarbiyasi.  «Do‘ngliklar  va  to‘nkalar  osha»  sport  o‘yini.  0 ‘yindan 
oldin  kirish  mashqi  (razminka)  o‘tkaziladi.
O'yin  mazmuni:
  Maydonchaning  bir  tomonida  chiziqdan  4—5 
metr  narida  bolalar  yozgi  dam  olish  oromgohi  belgilanib,  unda 
bolalar  yashaydilar.  «Oromgoh»  (belgi)  ortida  o'rm on  etagi. 
Poldaqi  bir-biridan  40—50  sm  oraliqda  sochilib  yotgan  aylana 
va kvadratlar (rezina va kartondan)  do'ngliklar hamda to‘nkalami 
anglatadi.  Maydonning qarshi tomonida sakrash uchun ustuncha. 
Bu  «kavakli  va  asalarili  baland  archa».
0 ‘yinda  ishtirok  etuvchilaming  hammasi  oromgohda,  uchta 
boshlovchi  «ari»  esa  «archa»  orqasida.  Tarbiyachining  ishorasi
79

bilan  o‘ynovchilar  tizzasini  baland  ko‘tarib,  do‘nglik  va  to‘nka- 
lar  ustidan  she’r  aytib  yura  boshlaydilar.
Shox-shabba  va  do‘ngliklar,  tup  va  to‘nkalar  osha.
Biz  o‘rmon  chetiga  chiqdik,  oyoqlarimizni  ko‘tarib.
Qoqilmaydi,  yiqilmaydi.
Kim  shunday  qadam  tashlasa,
Qara,  baland  archa  yorig‘idan  seijahl  arilar  uchib  chiqmoqda.
«Archa»  orqasidagi  uch  o‘quvchi  «ari»ning  uchishiga  taqhd 
qihb  «archa»  atrofida  aylanadi.
«J-j-j  chaqmoqchimiz,  chaqmoqchimiz».
Qolgan  o‘quvchilar:  «Chaqqonlarga  yetolmaydi,  «ari»ning 
g‘o‘ng‘illashidan  qo‘rqmaymiz,  tezroq  uyga  chopaylik».
«Uy»  so‘zi  signal  bo‘lib,  buni  eshitgan  bolalar  do‘nglik  va 
to‘nkalardan sakrab,  oromgohga shoshiladilar.  «Arilar»  esa qocha- 
yotganlami  «chaqish»ga  harakat  qiladilar.  Shundan  so‘ng  «cha- 
qilgan»lar sanaladi,  ulardan «yangi  arilar»  tayinlanadi va o‘yin qay- 
tadan  boshlanadi.  0 ‘yin  tugagach,  o‘n  daqiqa  dam  beriladi.
1630  dan  1730 gacha. 
Mustaqil  tayyorlanish.
  0 ‘quvchilar  uy 
vazifasi uchun  kerak boladigan  hamma  narsalar  (ruchka,  qalam, 
daftar,  kitob va boshqalar)ni  tayyorlaydilar.  Bo‘sh o‘zlashtiruvchi 
o ‘quvchilar  bilan  individual  shug‘ullanish.  Har  bir  predmet 
bo‘yicha  dars tayyorlanib  bo‘lingach,  ikki-uch  daqiqalik tanaffus, 
o‘zaro  tekshirishni  tashkil  qihsh.
Didaktik 
0
‘yin.
  Ziyraklik  uchun  masala.  Uch  ot  30  km  yo‘l 
bosdi.  Har  bir  ot  necha  km  yo‘l  bosgan?  (Javob:  30  km).
Xonani  yig‘ishtirish.
Uyga  ketish.
Shanba. 
Sayohatlar,  madaniy  sayrlar.
Mashg‘ulotning  maqsadi:
  0 ‘quvchilarning  bilim  doirasini 
kengaytirish,  lug‘at  zaxiralarini  boyitish,  mehnatga,  ishchi 
xodimlarga  hurmatni  tarbiyalash,  kasbga  yo‘llash,  narsalarga 
tejamkorona  munosabatda  bo‘lishga  o ‘rgatish,  ona  tabiatni 
asrashga  chorlash.
1230 
dan
  1315 
gacha  tushlik.  Oshxonada  navbatchilik.
1315 
dan
  1415 
gacha  peshingi  uyqu.
1415 
dan
  1530 
gacha  shahar  kutubxonasiga  sayohat.
  Mavzu: 
«Qiziq  kitoblar  umri  haqida».
80

Sayohat  rejasi
1.  Bo‘lajak  sayohat  o‘tadigan  jamoat  joylarida  o‘zini  tutish, 
ko‘cha  harakati  qoidalari  haqida  suhbat.
2.  Kutubxona xodimlari bilan tanishish, ular bilan suhbatlashish.
3.  ICitob  haqida  she’rlar  o‘qish.
4.  Bolalaming  kutubxonalarga  a’zo  bo‘Ushlari.
Tarbiyachi:  «Biz  siz  bilan  shahar  kutubxonasiga  (yoki  ARM  —
axborot resurs markaziga)  eng yaxshi do‘stlarimiz  — kitoblar bilan 
tanishish uchun keldik.  Ular bilan tanishishdan oldin kitob haqida 
ozgina  gaplashib  olaylik.
«Ko‘p  o'qigan,  ko‘p  biladi»,  deydi  xalqimiz.  Bu  haqiqat.  Ki­
toblar bizga Vatanimiz,  ajdodlarimiz,  bugungi kishilarimiz  haqida 
hikoya  qiladi.  Kitob  bizning  hayotdagi  yordamchimiz.  Ishchi 
dastgohini boshqarish uchun texnika,  paxtakor ko‘proq hosil olishi 
uchun  agronomiya,  shifokor yaxshiroq  davolashi  uchun  tibbiyot, 
o‘qituvchi  yaxshiroq  o‘qitishi  va  tarbiyalashi  uchun  pedagogika 
bo‘yicha  kitoblami  o‘qiydi».
Kutubxona  xodimining  bolalar  bilan  suhbati.  Ko‘rgazmaga 
qo‘yilgan kitoblami  qisqacha ta’riflash,  bolalami  sinfdan tashqari 
o‘qiladigan  kitoblar  bilan  tanishtirish.  Bolalarga  shahar  kutubxo- 
nasidan  foydalanish  qoidasini  tushuntirish.
Kutubxonaning  eski  kitoblarini  ta’mirlash.
Kutubxonaga  birgalikda  yozilish.
Yakun  yasash.
Uyga  ketish.
Umuman olganda,  sayohatlami faqatgina kutubxonalarga emas, 
balki  maqsad  qilib  qo‘yilgan  mavzular bo‘yicha,  chunonchi,  tarix 
muzeyi,  san’at  muzeyi,  nashriyotlar,  gazeta  muharririyati,  zavod 
va  fabrikalar,  fermalar  va  hokazolarga  ham  uyushtirish  mumkin.
Uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  ish  rejasi  yarim  yil  va  chorak 
uchun tuziladi.  Reja tuzihshiga sinf faollarini,  ota-onalami,  otaliq 
tashkiloti  vakillarini  jalb  qilish  lozim.  0 ‘tkaziladigan  tadbirlar, 
ulaming  vaqti,  ular  uchun  mas’ul  shaxslar  rejada  albatta  qayd 
etilishi  kerak.  Shu  xildagi  ish  rejasi  maktab  dars jadvali  va  otaliq 
tashkilotining,  maktabdan tashqari,  bolalar muassasalarining,  ya’ni 
shahar,  tuman  kutubxonasi,  bolalar  uyi,  yosh  texniklar  markazi, 
yosh naturalistlar,  yosh turistlar tomoshaxonasi,  bolalar va o‘smir- 
lar  sport  maktablarining  ish  rejimi  muvofiqlashtirilgan  bo‘lishi 
lozim.  Uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  ish  rejasi  tuzilayotgan
81

paytda  tarbiyachi  maktabning  moddiy-texnika  bazasi,  tadbir- 
laming  o‘tkazilish  vaqtini,  o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlarini, 
sanitariya-gigiyena  talablarini  albatta  hisobga  olishi  kerak.
Rejalashtirilgan tadbirlar tarqoq bo‘lmasligi,  aksincha,  umumiy 
bitta maqsadni ko‘zda tutishi zarur.  Masalan,  « 0 ‘quvchilar qoida- 
lari»ni  o‘rganish.  Kuni  uzaytirilgan  guruh  tarbiyachisining  uzoq 
muddatga  moijallangan  ish  rejasi  sinf  rahbari  bilan  birgalikda 
tuzilishi  ham  mumkin.  U  holda,  agar  kuni  uzaytirilgan  guruh 
bir  sinf  o‘quvchilaridan  tashkil  topgan  bo‘lsa,  ushbu  reja  sinf- 
ning  tarbiyaviy  ish  rejasi  bo‘lib  qoladi  va  unda  ko‘rsatilgan 
tadbirlar  sinf  rahbari  bilan  birgalikda  amalga  oshiriladi.
Respublikamiz  maktablarining  ko‘pchiligida  kuni uzaytirilgan 
guruh  tarbiyachisi  fan  o‘qituvchisi  va  ayni  bir  vaqtda  shu  sinf 
guruhning rahbari hamdir.  Agar pedagog bir paytning o‘zida  ham 
o‘qituvchi,  ham tarbiyachi,  ham sinf rahbari bo‘lar ekan,  u  holda 
u  chorak  yoki  yarim  yillik  davomida  bolalar  bilan  ishlashga 
m o‘ljallangan  umumiy  ish  rejasi  tuzadi.  Agar  pedagogning 
maktabda  dars  soatlari  bo‘lmasa,  bu  holda  yillik  va  uzoq  mud­
datga  mo‘ljallangan  tarbiyaviy  ish  rejasi  tuziladi.
Reja  o‘quvchilar  ish  qobiliyatining  hafta  davomida  o‘zgarish 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  tuziladi.
Dushanba  kuni  kichik  tezlikda  o‘tkaziladigan  sport  o‘yinlari 
uyushtirish  lozim.
Seshanba  kuni  jismoniy  kuch  talab  qiladigan  ish  va  mashq­
lar  sonini  oshirish  mumkin.
Qolgan  kunlari  esa  jismoniy  kuch  talab  qilmaydigan  sport 
musobaqalarini ko‘proq o'tkazish,  hafta so‘ngida esa o‘rtacha tez- 
likdagi  o‘yinlami  uyushtirish  kerak.
Har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni  tarbiyalashning  umumiy 
vazifalari,  mazmuni  o‘z  ichiga  quyidagi  bo‘hmlami  olgan:
—  axloqiy  dunyoqarash  asoslarini  shakllantirish;
—  siyosiy  onglilikni  tarbiyalash  va  ijtimoiy  faollikni  oshirish;
—  insoniy  axloqiylikni,  ongli  intizom  va  xulq  madaniyatini 
tarbiyalash;
—  o‘qishga  ongli  munosabatni,  aqliy  mehnat  madaniyatini 
tarbiyalash;
—  mehnat va jamoat  mulkiga  halol  munosabatni  tarbiyalash, 
kasb  tanlashga  tayyorlash;
—  fuqarolik  burchini  shakllantirish;
82

—  go‘zallik  madaniyati  asoslarini  tarbiyalash  va  badiiy  qobi- 
liyatni  rivojlantirish;
—  sog‘liqni mustahkamlash va sanitariya-gigiyenik madaniyat.
Vaqtdan  unumli  foydalanish  maqsadida  rejada  ko‘rsatilgan
tadbirlami o‘tkazish vaqtini aniq ko‘rsatish lozim.  Masalan,  kunlik 
ish  rejasida  guruhdagi  badiiy  o ‘qish  mashg‘ulotlarida  qaysi 
kitobning  o‘qilishi  ko‘rsatilishi  bilan birga muhokama  qilinadigan 
mavzu  bo‘yicha  savollar  ham  qayd  etiladi.
Uzoq muddatga mo‘ljallangan rejada sayohat o‘tkazish ko‘zda 
tutilgan  bo‘lsa,  kunlik  ish  rejasida  uning  mavzusi,  yo‘nalishi, 
kuzatiladigan  manbalar  ko‘rsatiladi.  Shuningdek,  kunlik  ish 
rejasida  o‘quvchilarning  daftarlarida  qanday  yozuvlar  va  chiz- 
gilar  qayd  qilinishi,  qanday  jihozlardan  foydalanish  kerakligi 
ta’kidlanadi.
Kunlik  ish  rejasida  kichik,  o‘rta,  katta  tezlikda  o‘ynaladigan 
o‘yinlar,  ulami  tashkil  qilish  metodikasi  va  ular  uchun  ajratilgan 
vaqt  ko‘rsatiladi.  Kunlik  ish  rejasi  ustida  ishlash  —  bu  guruh 
faoliyatini,  o‘quvchilarning  o‘ziga  xos  va  yosh  xususiyatlarini 
o‘rganish hamda  tahlil  qilishdan  iborat  ijodiy pedagogik jarayon- 
dir.  Bolaning  rivojlanishiga  bo‘lgan  pedagog  e’tibori  kunlik  ish 
rejasi  bo‘limlari  ustida  ishlashning  asosini  tashkil  qiladi.  Kunlik 
ish rejasi uzoq muddatga mo‘ljallangan reja asosida o'tkaziladigan 
bir  kunlik  tarbiyaviy  ishlar  majmuasidir.
Hayotning  o‘zi  tarbiyachining  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan 
rejaga  o‘zgartirish  kiritishni  taqozo  etishi  mumkin  va  bu  o‘zgar- 
tishlar tarbiyachining  kunlik rejasida  aks  etishi  lozim.  Agar o‘sha 
rejada  «Men  sevgan  ertak»,  «Hayvonot  olamida»,  «Biz  tabiatni 
sevamiz»  mavzularida  suhbat  o‘tkazilishi  ko‘zda  tutilgan  bo‘Isa, 
kunlik  rejada  shu  suhbatning  asosiy  savollari  ko‘rsatilishi  kerak.
Kunlik  reja  tuzishda  tarbiyachilar  o‘quvchilarning  o‘quv, 
mehnat  va  dam  olish  rejimini,  ochiq  havoda  bo‘lishlarini,  aqliy 
va  jismoniy  m ehnat  gigiyenasini  hisobga  olishlari  lozim. 
Tarbiyachining  ish  rejasida  o‘quvchilar  faoliyatining  quyidagi 
turlari  ko‘rsatilishi  kerak.  Masalan:
17  noyabr.  Seshanba.
0 ‘quvchilami  guruhga  qabul  qilib  olish  —  1230—1300.
Ish  mazmuni:
  Navbatchilarga  o‘z  vazifalarini  eslatib  o‘tish, 
guruh faollarini shu kunda o‘tkaziladigan asosiy ishlar va ularning 
vazifalari  bilan  tanishtirish  —  2—3  daqiqa.
83

Dinamik  soat  —  1300—1345.
Dinamik  soat  guruh  faollari  tomonidan  o‘tkaziladi.
Chiniqtiruvchi  mashqlar  —  10  daqiqa.
0 ‘rtacha  va  kichik  tezlikdagi  harakatli  o‘yinlar  —  25  daqiqa. 
«Aylana  ichida  to‘p  o‘yini»,  «Sinf,  diqqat!»  Safga  tizilish:  sport 
o‘yinlari  natijalarini  aytish  —  10  daqiqa.  Sport  ashyolari:  ikkita 
to‘p.  Sport  ashyolari  uchun  javobgar:  Saidov  М.,  Bashirova  R.
Tushlik  1345  dan  1405gacha.
Ochiq  havoda  sayr  —  1405—1445.
Quyidagi  fanlar  bo‘yicha  mustaqil  dars  tayyorlash:
Tushuntirish  —  10  daqiqa.
Mashg‘ulotchi  o‘quvchilar  —  Akbarov  Sh.,  Zokirova  M.
0 ‘quvchilar  va  kitoblar  uchun  javobgar  o‘quvchilar  —  ku­
tubxona  a’zolari.
Vazifalami  tushuntirish.  Kuni  uzaytirilgan  guruhda  dars 
tayyorlash  qoidasini  eslatib  o‘tish.
Dars  tayyorlash  vaqti:
Ona  tili  —  25  daqiqa.
Matematika  —  35  daqiqa.
Qisqa  muddatli  jismoniy  mashqlar.
Dars  tayyorlash  ishlari  «Kamolot»  YIH  va  «Kamalak»  tash­
kiloti  faollari  yordamida  o‘tkaziladi.  0 ‘z-o‘zining  va  boshqalar- 
ning  ishlarini tekshirish.  Tanaffus vaqtida  «Kamolot»  faollari yor­
damida  badantarbiya  mashqlari  o‘tkaziladi.
Javobgar  —  Ahmedov  A.
Tarbiyachi  bajarilgan  vazifalami  tekshiradi.
Sayr  —  1545—1600.
Maktab  hududini  tartibga  keltirish  ishlari  bilan  shug‘ullanish 
va  qiziqarli  o‘yinlar  o‘tkazish.
Kerakli  ashyolar:  5  ta  supurgi,  7  ta  belkurak.
0 ‘yin  ashyolari:  to‘plar.
Guruh  faollari:  Ahmedov  A.,  Saidov  М.,  Hakimova  R.
«Kamolot»,  —  faollar  —  Kornilov  V.,  Umarov  R.
To‘garak  ishlari:
Sport  seksiyasi  —  7  o‘quvchi  —  45  daqiqa.
Mohir  qo‘llar  —  12  o‘quvchi  —  45  daqiqa.
Shaxmat  seksiyasi  —  3  o‘quvchi  —  45  daqiqa.
Kun  natijalari.
84

B
o
sh
la
n
g
‘i
ch
 
si
n
fl
ar
n
in

ku
ni
 
u
za
y
ti
ri
lg
a
n
 
gu
ru
h
la
ri
n
in
g
 
h
af
ta
li
k
 
ish
 
rej
asi
a
2
'Eo
О
>>
С
3
т)
%
оЗ
cS
я
I
g
CQ
O'
о

Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling