K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
§ ^ сЗ ~ 5 с » • »—> J"
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
§ ^
сЗ ~ 5 с » • »—< та *Д >> J" £ 5 о й Ё 43 Я 1 д ^ с ? 0 > Х> >> сЗ € Ъ ° О X ) С сз 5 43 J 3 N d j cd ^ .^3 43 *я 43 с .3 >> d Й ^ SP2 £ 8 S o 5 Я * § > 3 сз 4 3 '"rrt ^ СЗ S о сЗ С ьг ts тз * : 3 ’5 ^ I I ° Е Я д Z S «и л »— 1 сЗ .^13 4 3 *“* З'В js S щ СЗ X тз сЗ % . х > > ^ 3 4 3 Ё СГ1 сз N - и S х О Д О х> сг — сз .Ё § ос й О сЗ £ "? 3 -с ГД V3 сЗ ад^ I 53 С .х СЗ 73 сЗ 4я Й ° ‘i 1 О М Й Я (D i l 43 й N ^ 9 ’3 -с • гН СЗ . S 3 . +_> СЛ *^Н сЗ --4 ТЗ ci3 «* ^ ! 1 £ Ё Д о СЗ ^3 ад •— i-r с ^ л гн с S •s EiS £ S сз СЗ . я 43 сг сг ^ п ^ 03 о 9 ^ ^ О о с 4 3 ^ сз о Ц с Д £ 8 ^ 2 д с ^ Й о Е е Э '! N - I е -g О ctjd Ё а 43 д 2 А 4 3 СЗ 5н'с ^ •?43 о J" Х2 О «з С 4 3 2 ^ ^ s 43 ХЭ 43 43 " о СЗ сЗ -д ад сз сЗ С сЗ 43 S2 U N d 'o й>.й . Ё Р >* Ё § о м .^ ад o ^ g У5 О С й ^3 ‘С сз сз СГ Я -й . ГД сл --Н ГЙ О 4 3 л - о ^ 2 J3 4^ ’& сЗ ад _ 'ад Ё Э сЗ о м л сЗ "о > сЗ 4 3 С 4 3 - с 9 § о S сЗ а N г J ^ О 5) О 43 х> Й i l ж с с? *-• Й 'н *й Д 4 3 § N 1 л Й ^ о х О х : о ~ сЗ В й хз . • Й л . й 4 3 С2 ^ § 9 -с § - ° « Х5 СГ сЗ й 3 3 13 О Ё Ё а< й '£ й сЗ .^н сЗ +2 Й ^ ^ 43 _е § ^ .9 Ё o - g 43 9 Й--Г’^ ‘1 ^ - а Ё - I « S S |—> ^4 гй Й сЗ О £ СЗ 4 3 з ._ г 'S 1 з .2,-й X j ^-> *Й 4 3 § 2 СЗ СЗ *!Н s50! . ^ N С ° 3 2 2 -43 Й ?§ rS’S Ё g л .Ё ^ а> С V- s - ^ p 3 ^ .-Г й д 7^ 13 4 3 J 3 СЗ ° ^ . 1 ^ 2 . | | 'S S 2 ^ ’S й «э is § Ё | ! ъ 1 ! 2Рл .-3 ь 4 3 сЗ 1 - 8 О сл сЗ Ё . . _ сЗ СГ О • я . з Ц л ^ о 0*1 1 8 ^ СЛ О ^ Х 1 O' 6 I сЗ й cd > 1 ■ S | "Я s х: сЗ ^ ад ад J—I V-( 43 л 13 4-4 ^ Й сЗ t • с -^ S 00 43 й о X 13 й ^ ^ ; сз ^ 4 3 Г-4 Й О СЗ гй Х Й o' Ё сЗ •Ё л Н I I - сз 73 ^ 1 - 1 > 13 х: ад о •Ё и£ л N й 3 О V V ( Л Ё I S t s сл с§ 2 ^ 94 KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNATLARDA KUN TARTIBI Maktabda kuni uzaytirilgan sinf, guruh o‘quvchilari uchun dars soatlaridan tashqari yana 30 soat haq to‘lanadigan pedago gik vaqt mavjuddir. Vaqtni ratsional taqsimlash, undan to‘g‘ri foydalanish bolalar kamolotiga, sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir etadi. A. S. Makarenko bolalarning kun tartibi haqida gapirib, uning o‘quvchida mustahkam xaraktemi tarbiyalashda, zarur ko‘nik- malar hosil qilishda muhim rol o‘ynashini ta ’kidlagan edi. Bolalarning kuni uzaytirilgan sinf va guruhdagi vaqti to ‘g‘ri taqsimlangan kun tartibi asosida o‘tishi kerak. Kun tartibi, awal ta’kidlaganimizdek, bolaning garmonik rivojlanishini nazarda tutgan holda, ta ’lim va tarbiya ishining sifatini yaxshilash, shuningdek, maktab, ota-onalar va jamoatchilikning imkoniyat- lariga moslashtirib tuzilishi zarur. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda 30 soat vaqtni taxmi- nan quyidagicha taqsimlash mumkin: Hafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turlari Sinflar bo‘yicha soatlar soni I sinf II—III sinflar 1 2 3 Darsdan tashqari o ‘quv mashg‘ulotlari 6 9 Ijtimoiy-foydali mehnat, texnik ijodiy ishlar 1 2 Badantarbiya (ochiq havoda mashg‘ulotlar) 2 2 Badiiy-estetik tarbiya (tasviriy ijod, musiqa, teatr, adabiyot mashg‘ulotlari) 3 3 Rejalashtirilgan ijtimoiy-tashkiliy faoliyat I 1 Ovqatlanish, sayr (ochiq havoda badantarbiyani hisobga olmaganda) 10 10 Bo‘sh vaqt (o‘yinlar, 1-sinflarda uyqu) 7 3 Vaqtni bu tarzda taqsimlash dars va darsdan tashqari mash- g‘ulotlami hisobga olgan holda maktabning yagona ta’lim-tar biya rejasi va haftalik kun tartibi mukammal jadvalini tuzish imkoniyatini yaratadi. Kuni uzaytirilgan guruh kun tartibi darsni o‘z vaqtida tugatish, toza havoda sayr qilish, ikki marta ovqatla- nish, ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanish, birinchi, ikkin- 95 chi sinf o‘quvchilarining hamda sog‘lig‘i zaif bo‘lgan bolalarning uxlab dam olishlari, bo‘sh vaqtda to‘garaklarga qatnashish, uy vazifasini bajarish, ochiq havoda harakatli o‘yinlar o‘ynash, sinf xonalarini tozalash kabi tadbirlami bajarishni nazarda tutgan holda tuziladi. Bu faoliyat turlarining hammasini 9—10 soatga gigiyenik va pedagogik jihatdan to‘g‘ri taqsimlash kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar kun tartibining asosiy vazifasidir. Kundalik rejim bolalami baquwat va ruhan chiniqqan holda tarbiyalashda muhim omillardan biridir. Kundalik rejim har kuni takrorlanib turuvchi, bolalarning barcha faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi omildir. Kun tartibi maktab ma’muriyati, maktab shifokori, tarbiya chilar, o‘qituvchilar va ota-onalar qo‘mitalari bilan hamkorlikda maktab sharoiti va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Kun tartibini tuzish jarayonida guruhdagi bolalarning qiziqish doirasi, yosh xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olish zarur. Bu aniq kundalik rejimning vujudga kelishini ta ’minlaydi. Kundalik rejimda ta’lim va tarbiya mashg‘ulotlariga, mehnat, dam olishga, badiiy kitoblar o ‘qishga yetarli vaqt ajratish va shu narsalarga ko'nikmalar hosil qilish bolalarning garmonik (har tomonlama) rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi o‘quvchilaming dars tayyorlashini pedagogik va metodik jihatdan to‘g‘ri o‘tkazsa, vaqtdan unumli foydalansa, u kun tartibining shunchalik to‘g‘ri bajarilishiga erishadi. Ayrim kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari dars tayyorlash paytida «Tez bo‘l», «Qachon bo‘lasan», «Qachongacha o‘tirasan». Guruhda bir yoki ikkita sekin ishlovchi o‘quvchi bo‘Ushi mumkin, lekin belgilangan vaqt ichida sinfdagi ko‘pgina o ‘quvchilar topshiriqni bajarib ulguradilar. Bu bolalar kundalik rejimda mus taqil dars tayyorlashdan keyin aks ettirilgan navbatdagi to‘garak mashg‘ulotlari, ijtimoiy foydali mehnat yoki har xil o‘yinlarga qatnashishlari, ulgurmagan o‘quvchilar esa yuqoridagi mashg‘u- lotlaming biridan qoldirilishi mumkin. Tarbiyachi vazifani ishlab ulgurmagan o‘quvchi bilan ishlashi, dars tayyorlab bo‘lgan bolalar bilan to‘garak rahbarlari yoki «Kamolot» YIH, «Kamalak», tashkiloti faollari shug‘ullanishi mumkin, bu esa bolalarning nazoratsiz qolish hollariga butunlay barham beradi. 96 Keyingi yillarda maktab rahbarlari ilg‘or kuni uzaytirilgan guruh rahbarlari, tarbiyachilari ta’lim-tarbiyaning samaraliroq usul va shakllaridan foydalanib yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Bunda o‘qituvchi uyga berilgan vazifalarni bajartiradi, tarbiyachi esa ovqatlantirish, sayr qildirish, aishula ayttirish, badantarbiya mashqlarini bajartirish, rasm solishga havas uyg‘otish va turli- tuman o‘yinlar tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. Bu ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bilan bir qatorda, o‘qituvchi va tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi, tarbiyachining obro‘sini oshirishga yordam beradi. Respublikamizdagi ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ish faoliyatida, ayniqsa, katta sinflarda yuqoridagi variantdan boshqacharoq uslubda ish olib borilmoqda. Bunda o‘qituvchi kunning birinchi yarmida yarim stavka dars mashg‘ulotlari bilan shug‘ullansa, ikkinchi yarmida tarbiyachi sifatida yarim stavka hisobida murakkab bo‘lgan fanlar yuzasidan mustaqil dars tayyorlashni o‘tkazadi. Bunday usulni kuni uzaytirilgan sinf va guruhlari ko‘p bo‘lgan maktablarda amalga oshirish samarali va qulaydir. Ko‘pgina tadqiqotlar va amaliy ish tajribalari tarbiya- chilik va o ‘qituvchilik vazifalarini birga qo‘shib olib borish pedagogik jihatdan maqsadga muvoflq ekanligini tasdiqlaydi. 0 ‘qituvchining bu xildagi ishi bola tarbiyasini to ‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda ijobiy rol o‘ynaydi. Chunki u har bir o‘quvchining dars jarayonidagi faoliyatini va xulqini juda yaxshi biladi. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilaming intizomini mustahkamlashda, ulami o‘quv vazifalarini va jamoat topshiriqlarini aniq, tartibli bajarishga odatlantirishda, tarbiya davomida ishni to‘g‘ri tashkil qilishda juda katta yordam beradi. * * * Afsuski, ayrim kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda chalkash- liklar va bir tomonlamalik hollariga ham yo‘l qo‘yilmoqda. Ku- zatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, ba’zi maktab tarbiyachilari kun tartibiga rioya qilmay, o‘z xohishlari bilan ish olib borganlarida maktab rahbarlari bunga e’tibor bermaganlar. Bunday holda ba’zi guruh bolalari o‘yin, mehnat bilan shug‘ullansa, ko‘plari to‘garak- larda, ayrimlari mustaqil dars tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Oqibatda kim nima bilan shug‘ullanganini aniq bilish qiyin bo‘lib qoladi. Shuningdek, ayrim guruhlarning mustaqil dars tayyorlash 4 - 1 9 3 1 97 vaqti, boshqa guruhlaming dam oUsh, o‘ynash yoki boshqa mash- g'ulotlar bilan shug‘ullanishiga parallel kelib qolishi natijasida, koridor va boshqa xonalardagi bolalarning shovqin-suronlari mustaqil dars tayyorlayotgan guruh bolalarining unumli va sifatli ishlashlariga xalaqit beradi. Kun tartibini tuzishda fasllami ham e’tiborga oUsh foydadan xoli emas. Masalan, qishda sport va harakatli o‘yinlar tushdan keyin ochiq havoda o‘tkazilsa, yaxshi bo'ladi. Chunki tushdan keyin havo biroz iliydi. Yozda esa, bu kun tartibiga amal qilib bo‘lmaydi, chunki yozda kunning ikkinchi yarmida havo issiq bo‘lishi tufayli bu vaqtda bolalami dam oldirishga, kunning oxirida esa mehnat va sport bilan shug‘ullantirishga to‘g‘ri keladi. Tuzilgan m a’lum rejim asosida ishlash insonda quyidagi sifatlami, chunonchi, boshqaruvni, tartibni, estetik didni tarbiya- laydi. Shuni eslatish lozimki, o‘quvchilaming ochiq havoda kam bo‘lib, ishlar bilan haddan ziyod ko‘p shug‘ullanishi bolaning charchashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o ‘quvchilarning vaqtini shunday aniq rejalashtirish kerakki, bunda ularning ham o‘qishlari, ham dam olishlari, ham ovqatlanishlarining vaqti to‘g‘ri taqsimlansin. Bu o‘quvchilaming aqliy va jismoniy tomondan tez rivojlanishiga yordam beradi. Demak, kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh kun tartibini reja- lashtirishda quyidagilarga ham e’tibor berish kerak: — o‘quvchilaming yosh va individual xususiyatlari, qiziqish- larini e’tiborga olish; — o‘quvchilarning ochiq havoda maksimal ravishda bo‘lishi; bolalar jamoasida ish ustidan aniq nazorat olib borish; — ularning faoUyati ustidan muntazam talabchanlik o‘matish. Yuqoridagi talablarga ko‘pgina maktab jamoalari amal qiladilar va ularning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bir kunlik kun tartib rejasiga amal qilinishi, o‘quvchilaming o‘qish va ish faoliyatiga, sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, qon aylanishi, nafas olish organlarini rivojlantirish hamda mustahkamlashga ijobiy ta’sir qiladi, bosh miya po‘stlog‘ining charchab qolishini kamaytiradi va bolaning ish qobiliyatini oshiradi. Bolalarda ishlash qobiliyati kun bo‘yi ikki marta ko‘tarilib, bir marta pasayadi. Kuzatishlarga qaraganda, ishlash qobiliyati- ning ko‘tarilishi soat 8 dan 11 gacha va soat 16 dan 17 gacha davom etadi, soat l l 30 dan 1400 gacha hamda 1900 dan keyin 98 keskin ravishda pasayadi. Shuning uchun uy vazifalarining bajarilishi bolalaming fikrlash qobiliyatlarining ko‘tarilgan paytiga mo‘ljallanadi — (9 dan 11 gacha, II navbatdagilar uchun soat 15 dan 17 gacha). I gumhlarda ishni uyushtirishda shuni ham e’tiborga olish kerakki, bolalardagi mavjud ishlash qobiliyati hafta davomida o‘zgarib turadi. Dushanba kunidan boshlab o‘quvchilar maktab hayotiga asta kirib boradilar. Haftaning o‘rtasiga kelib esa (chorshanba, payshanbada) yosh organizm o‘zida charchash alomatini sezadi. Juma, shanba kunlarida esa charchash juda kuchli bo‘lganligi sababli bolalarda ishlash qobiliyati keskin ra vishda pasayadi. Alohida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsata- diki, o‘quvchilarda ishlash qobiliyati kun, hafta, chorak, yarim yillik, hatto butun o‘quv yili davomida o‘zgarib boradi. 0 ‘quv- chilardagi ishlash qobiliyati yozgi ta’tildan keyin ancha past bo‘ladi, chunki bola keskin ravishda o‘zgartirilgan rejimga va o ‘quv ishlariga asta-sekin o‘rganib boradi. Bolaning ishlash qobiliyati maksimum I chorak oxirida esa past bo‘ladi. Davriy ravishda o‘quvchilarda ishlash qobiliyatini oshirish uchun ulaming kun tartiblaridagi unumli dam olishdan ratsional foydalanish kerak. 0 ‘quvchilaming o‘qishdan tashqari vaqtini ikki davrga bo‘lish kerak: o‘quv mashg‘ulotlaridan keyin uy vazifalarini bajarishga bo‘lgan payt va uy vazifalarini bajarib, uyga ketishgacha bo‘lgan payt. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, birinchi davrda o‘quvchilarga qo‘shimcha aqliy vazifani yuklash, ya’ni, suhbatlar, to‘garakdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish ularning asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi davr esa, yosh organizmning ishlash qobiliya tini tiklashga imkon yaratadi. Mana shu davr davomida bolalar turli xil to‘garaklarda qatnashishlari, televizion tomoshalami, kino va diafilmlami ko‘rishlari, kitob mutolaa qilishlari mumkin. Lekin shunga qaramasdan o‘quv mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish o‘quvchilarda yo‘qolmasligi zarur. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 1—1,5 soat davom etishi kerak. Teleko‘rsatuvlarni, kino va diafilmlami ko‘rish haftada 2 marta uyushtiriladi. Bu bolalaming ko‘rish qobiliyatini pasaymasligini ta’minlaydi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, turli xil qiziqarh suhbatlar o‘tkazish o‘quvchilarda axloqiy-estetik va tarbiyaviy hislaming tobora o‘sib borishida katta rol o‘ynamoqda. Bu ishlar hafta boshida o‘tkazilishi zarur, chunki bu paytda o‘quvchilarda hali tetikhk yo‘qolmagan bo‘ladi. 99 « 0 ‘rta umumiy ta’lim maktabi standarti»da o‘quvchilarga uy vazifalarini bajarislilari uchun I sinfda — 1 soat; II sinfda — 1,5 soat; III va IV sinflarda — 2 soat; V—VI sinflarda — 2,5 soat; VII sinfda — 3 soat; VIII—X sinflarda — 4 soat vaqt tavsiya qilingan. Shuningdek, bunda o ‘quvchilarning uydagi har xil vaziyat, sharoit va turli chegaralangan imkoniyatlar asosida dars tayyorlashi ko‘zda tutilgan. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhda esa mustaqil dars tayyorlashni tashkil etish va uni o‘tkazishning o‘ziga xos xusu- siyatlari, qulayliklari va katta imkoniyatlari borligi tufayli shu vaqtni minimum darajagacha qisqartirish mumkin. Olib borgan tajribalarimiz va ko‘p yillik kuzatishlarimiz o‘quvchilaming uy vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun I—II sinflarda — 1 soat, III sinfda — 1 soat-u 30 daqiqa, IV sinfda — 1 soat-u 40 daqiqa, V—VI sinflarda — 2 soat, VII—VIII sinflar da — 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq ekan- ligini ko‘rsatdi. Kundalik rejimda uy vazifasini mustaqil bajarish uchun ajratilgan vaqt ichida qisqa tanaffus qilib turish ko‘zda tutilishi zarur. Chunki bolaning miyasi tez charchaydi, stulda yoki partada qimirlamay o ‘tirishi natijasida ba’zan oyoqqa qon to‘planib qolishi qon harakatini qiyinlashtirishi mumkin. Qon aylanishining buzilishi organizmning normal ishlashini izdan chiqaradi: bolani passivlashtiradi. Demak, yana ta’kidlaymizki, o ‘quvchilarning o ‘quv materiallarini to ‘la o‘zlashtirishi, uy vazifalarini sifatli bajarishi uchun ular tez-tez tanaffus qilib, harakatli ish bilan shug'ullanishlari lozim. Pedagog-tarbiyachilar bunga alohida e’tibor berishlari zarur. Mustaqil dars tayyorlash vaqtida har bir fandan berilgan vazifani bajarib, matematikadan berilgan vazifalarni ishlashga o ‘tishdan oldin kamida 3—5 daqiqalik dam olishni tashkil qilish kerak. Dam olish kundalik, haftalik va yillik bo‘ladi. Kundalik dam olishning asosiy turi uyqudir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf, ayniqsa, I—II sinf o‘quvchilarining kunduzgi uyqusi, ularning ish qobiliyatini 25 foizga qadar oshiradi. Uxlab hordiq chiqarish boshqa faol dam ohshlarga nisbatan charchoqni yozadigan va kuch-quwatni asliga qaytaradigan muhim omillar- dan biridir. Ammo keyingi yillarda bolalarning kechki teleko‘rsa- tuvlami uzoq muddat tomosha qilishi, kech yotib, erta turishi, ayrim tarbiyachilaming kunduzi ham gumhdagi bolalami har 100 kuni teleko'rsatuvga jalb etishi, ulaming uyqusi qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, organizmning charchashiga, asablarning taranglashishiga olib kelmoqda. Shuning uchun imkoni boricha barcha bolalami uxlatishga erishish kerak. Kundalik rejimda kunduzgi uyqu uchun qishda 1 soat, yoz oylarida esa 1 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratish maqsadga muvo- fiqdir. Ayrim tarbiyachilar bolalami tez uxlatish uchun kitob o‘qib yoki ertak aytib berishni afzal ko‘radilar. Bu bilan bolalaming tinch, yaxshi uxlashiga erishib bo‘lmaydi. Aksincha, ertak, qissa va hikoyalar bolalarda kuchli taassurot qoldirishi, natijada ular- ning uyqusi buziUshi mumkin. Bolalar uyqudan turgach, uy vazifasini mustaqil bajarishga tayyorlanadilar. Shu vaqt ichida yuz-qo‘llarini yuvib, ochiq havoda harakat qiladilar, so‘ngra uy vazifasini bajarish uchun sinf xonalariga, o‘quv xonalariga kiradilar. Bolalar I—II sinflarda — 1 soat, III sinf — 1 soat-u 30 daqiqa berilgan uy vazifasini mustaqil bajaradilar. Pedagog-tarbiyachining shu jarayondagi muhim vazifalaridan biri bolalaming bir xilda faol mehnat qilishiga erishishdan, vaqtdan unumU foydalanishdan iboratdir. Tarbiyachi kun tartibida belgilangan vaqtga doimo amal qilsa, o‘quvchilar tartib bilan unumli ishlashga o‘rganadilar. Agar bolalarga bir kun — bir soat, ikkinchi kuni — bir soat-u 40 daqiqa, uchinchi kuni esa — 50 daqiqa vaqt ajratilsa, bolalar bir xil rejim bilan ishlashga odatlanmaydilar. To‘g‘ri, ayrim kunlari uyga berilgan vazifalar osonroq bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda pedagog-tarbiyachi qo‘shimcha ish tashkil qilishi va kun tartibida ko‘rsatilgan vaqtda ishni tugallashni mo‘ljallashi lozim. Bolalar uy vazifasini mustaqil bajargandan keyin 30 daqiqa maktabda bo‘lib, bu vaqtda ular sinfdan tashqari ishlar bilan, ya’ni tabiatga sayohat uyushtirishlari, kino va diafilmlar ko‘rishlari yoki kitob o‘qish va ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari mumkin. Uyga ketishga 10 daqiqa qolganda bu ishlar tugatiladi. Chunki qolgan 10 daqiqa ichida bolalar maktab formalarini kiyib, uyga ketadilar. Yuqoridagi fikrlarimizga asoslanib tuzilgan va kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruh faoliyatida sinalgan quyidagi rejimni keltiramiz. Birinchi smenada o‘qiydigan va kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhga qatnashuvchi I—II sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan kun tartibi: Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling