K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
I K K I N C H I Q I S M
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUH VA MAKTAB-1NTERNATLARNI BUTLASH
I K K I N C H I Q I S M KUNI UZAYTIRILGAN GURUH VA MAKTAB- INTERNATLAR ISHINI TASHKIL ETISH 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi mamla- katimizni taraqqiyot yo‘lini, shu jumladan, Xalq maorifining fuqarolarga umumiy ta ’lim berish va kasb-hunar o ‘rgatishni ta’minlash, yoshlami har tomonlama tarbiyalash, m a’naviy va jismoniy jihatdan kamol toptirish, ulami mehnatga va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan navbatdagi vazifalarni belgilab berdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ko‘pgina bob va moddalarida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim-tarbiya muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoitlami yaxshilash, 0 ‘zbekiston fuqarosining ijodkorligi va qobiliyatini yanada o‘stirish belgilab qo‘yilgan. Bu muhim masalalami to‘liq amalga oshirish uchun keng ko‘lamdagi tashkiliy-pedagogik ishlami bajarish talab etiladi. Mamlakatimizda bolalar va o ‘smirlami o ‘qitish va tarbiyalash sohasida katta yutuqlarga erishildi. Lekin hayot taraqqiyoti, zamon talabi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash sohasida ta’lim vazirligi tizimi oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. M ustaqillik yillarida xalq maorifi organlari va m aorifchilar tomonidan o‘qitish ishining samaradorligini oshirish, maktabning moddiy bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi, tarbiyachi kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash borasida talay ishlar amalga oshirildi. Maktabni boshqarish va unga rahbarlik qilish, uning boshqa tashkilotlar bilan aloqasini rivojlantirish sohasida ko‘pgina ishlar bajarildi. Shunga qaramasdan umumta’lim maktablarining ayrim sohalari sust rivojlanmoqda. Bu ta ’lim-tarbiya ishlariga kompleks yondashish, uning barcha moddiy-ma’naviy va peda- gogik-metodik imkoniyatlaridan to ‘liq foydalanmaslik, sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va maktab rejimini takomillashtirish kabilarga tegishlidir. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlaming pedagogik jihati, uning o ‘quvchilami kompleks tarzda tarbiyalashdagi roli yanada katta ahamiyatga molikdir. Bolalarning kuni uzaytirilgan rejimda bo‘- 25 lishlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlami, turli tarbiyaviy tadbirlarni pedagogik jihatdan to ‘g‘ri tashkil etish, butun o‘quv-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishda katta imkoniyatlar tug‘diradi. Shuni unutmaslik kerakki, kuni uzaytirilgan maktab, guruh bu o'ziga xos alohida bilim va tarbiya o‘chog‘i. Ota-onalar o ‘z farzandlarini butun kun bo‘yi o‘qituvchi-tarbiyachilar ixtiyoriga ishonib topshirib qo‘yadilar. Bolalar bunday maktablarda ertalab soat 8 dan kechki 18—20 gacha b o ‘ladilar. Shu vaqtning mazmunli, samarali, foydali o ‘tishi, pedagogik jihatdan to ‘g‘ri tashkil etilishi uchun bolalam ing xohish, qiziqish, talab va ehtiyojlari hisobga olinishi shart. Afsuski, hamma joyda ham bu talablarga to ‘la amal qilinayotir, deb ayta olmaymiz. Odatda, o‘quvchilar sinf va xonalarda o‘tiraverib zerikadilar, charchaydilar. Bu hoi ulaming sog‘lig‘iga, ish qobiliyatiga, umumiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Bunday maktablarda o‘quvchilaming faol dam olishi, mehnat, turli o ‘yin, badantarbiya, sport bilan shug‘ulla- nishini ta ’minlash, ulami to ‘garak ishlariga, ijodkorlikka va ba- diiy havaskorlikka chorlashga alohida e’tibor berish lozim. Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar ikki asosiy yo‘l bilan: xalq maorifi organlarining budjet mablag‘lari hisobiga, turli muassasalar tomonidan jamoatchilik asosida tashkil qilinadi. Kuni uzaytirilgan maktablar tashkil qilish to ‘g‘risidagi 1960- yil 15-fevral qarorida kuni uzaytirilgan maktablar, guruhlar tashkil qilish va mehnatkashlaming farzandlari ovqatlanishlarini tashkil etishda jamoalaming faol ishtirok etishi tavsiya qilingan. Shaharlar va ishchilar shaharchalarida kuni uzaytirilgan guruhlar miqdor jihatdan kam bo‘lsa ham, ular jamoatchilik asosida ochilib, zavod klublari va madaniyat saroylari, uy bosh- qarmalari hamda JEKlar huzurida, shuningdek, maktablaming o‘zida ishlab turibdi. Bunday ish tartibi, ayniqsa, maktablar hali ham ikki smenada ishlaydigan va ularda guruhning ishlashi uchun zarur xona bo‘lmagan yoki guruhga belgilangan sondagi bolani yig'ishning iloji yo'qligi sababli budjetdan tarbiyachining oyligi uchun mablag‘ yaratish imkoniyati boim agan joylarda amalga oshirilgan. Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlar tashkil etish va ular faoliyatini rivojlantirishda moddiy baza va ta’minot masalasi asosiy omildir. Bu masalani hal qilishda ikki xil kamchilik mavjud. Birinchisi, 26 ayrim maktab direktorlari bolalar bilan mashg'ulot o‘tkazish uchun jihozlangan xona, ular uchun issiq ovqat tayyorlaydigan bufet xonalari va boshqalar yetishmasligini bahona qilib, kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil qilishni paysalga soladilar, tashabbus ko‘rsatmaydilar. Ba’zi direktorlar esa guruhlar faoliyatiga moslash- tirilmagan maktablarda, ya’ni bolalaming o ‘ynashi, ishlashi, o‘qishi, shuningdek, sayr qilishlari uchun imkoniyati bo‘lmagan sharoitda sinf va guruhlar ochadilar. Natijada, o‘nlab va hatto yuzlab kichkintoylar darsdan so‘ng yaxshi dam olm asdan, o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanmasdan, yana o‘sha sinf xonalarida uch-to‘rt soatlab vaqtlarini o‘tkazadilar. Kuni uzaytirilgan sinf, gumhning moddiy bazasini vujudga kel- tirish maktab direktorining, pedagogik jamoaning tashabbuskorli- giga bog‘liqdir. Hozirgi kunda kuni uzaytirilgan sinf va guruhlaming ta’lim- tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘yishni tashkil qilishda ancha tajriba to ‘plagan jamoalar hamda maktab rahbarlari ko‘plab topiladi. Toshkentdagi 147-maktab jamoasi shular jumlasidan. Bu maktab birinchilar qatorida kuni uzaytirilgan sinflar, guruhlar tashkil qilish masalasiga katta e’tibor berdi. Dastlab, bir necha guruhlar tuzilib, maktab asta-sekin uzaytirilgan kun rejimiga o‘ta boshladi. Shu kunlarda 19 ta kuni uzaytirilgan guruh — sinflar mavjud bo‘lib, ularga 600 dan ortiq o‘quvchi jalb qilingan, 9 ta guruh IV—VIII sinflar bazasida tashkil topgan. Maktab pedagogik jamoasi 0 ‘quv- chilaming darsdan tashqari faoliyatini tashkil etishda tarbiyaning ommaviy, guruhli va individual shakllaridan keng foydala- nishmoqda; maktab o‘qituvchilari va maktabdan tashqari bolalar muassasalarining xodimlari, jamoatchilik vakillari va ota-onalar o ‘quvchilaming xilma-xil faoliyatini tashkil qihsh ishlariga jalb etilmoqda. Har bir gumhga boshqarish (hujjatlami yuritish, bolalaming ovqatlanishi va dam olishini nazorat qihsh, ular bilan klub ishlari, tarbiyaviy tadbirlar, ekskursiyalar)ni uyushtirish uchun bittadan o‘qituvchi biriktirilgan. Running ikkinchi yarmida amalga oshiri- ladigan ishlariga ajratilgan 570 soat vaqt maktabda quyidagicha taqsimlangan: 160 soat — 0 ‘quvchilaming dars tayyorlashiga rahbarlik qilish va konsultatsiyalar o‘tkazishga; 80 soat — to ‘garaklardagi haq to ‘lanadigan ishlarga; 27 215 soat — o‘quvchilaming uxlashi, ovqatlanishi, dam oli- shini boshqarish va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga; 115 soat — rivojlantiruvchi ishlaming boshqa turlari (ekskur- siya, sayr, kutubxona ishlari va hokazo)ni tashkil etishga. Xullas, kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil qilish da tegishli moddiy bazaning, ya’ni o‘quvchilarning bir kunda ikki-uch marta ovqatlanishlari uchun to ‘la jihozlangan oshxona, darsdan tashqari mustaqil ishlam ing samarali o ‘tishi uchun o ‘quv kabinetlari, o ‘quv zallari, har bir qavatda individual hamda gum h bo‘lib, mashqlar o ‘tkazish uchun rekretsiyalar, o‘rta sinf o ‘quvchilari uchun ishlab chiqarish mehnatini tashkil qilish bazasi, boshlang‘ich sinflar uchun mehnat xonalari, bir qancha o ‘yin xonalari, dam olish burchaklari, 1—2-sinf o ‘quv- chilari va sog‘lig‘i zaifroq bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilari uchun uxlaydigan xonalar bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Shuningdek, badantarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur b o ‘lgan sport zali, sport maydonchasi va tegishli sport anjomlari bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda kuni uzaytirilgan mak tablar bolalarning ovqatlanishi uchun zarur sharoitlar bo‘lmagan binolarda ochiladi. Shuningdek, bunday maktabda uzaytirilgan kun rejimiga asta- sekin o‘tilishi kerak. Biroq sinflarda 25 va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lgan katta maktablarda kuni uzaytirilgan sinf rejimini boshida- noq darhol asosiy shakl sifatida joriy etish mumkin. Agar maktab uzaytirilgan kun rejimini joriy etishni ilgari tajriba qilib ko‘rmagan bo‘lsa, u holda 1—2 ta sinf tashkil etib, ularning ishini yaxshi yo‘lga qo‘yib, bu borada malaka hosil qilib, ota-onalar o‘rtasida obro‘-e’tiborga erishish, so‘ngra maktabning ichki imkoniyatlarini va ota-onalaming qiziqishini hisobga oUb, kuni uzaytirilgan sinflar tizimini asta-sekin rivojlantirib borish lozim. Shu bilan birga ota- onalarga bunday sinflarning xilma-xil faoliyati va pedagogik ahamiyati haqida tushuncha berish kerak. Bunda ular kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruh ishlarining rejimi, dam olish va o‘qitish ishining mazmuni, maishiy qulayliklar, bolalarning kuniga necha marta ovqatlanishi va hokazolar bilan tanishtiriladi. 0 ‘quv yili oxirida esa ota-onalar yig‘ilishida guruh ishiga yakun yasaladi, erishilgan yutuqlar va yuz bergan kamchiliklar tahlil qilinadi. Ota-onalarning taklif va mulohazalari e’tiborga olinadi. Yangi o‘quv yilidagi vazifalar bayon etiladi. 28 Xonalaming tartib bilan joylanishi intemat-maktablarda katta ahamiyatga ega. Kiyimxonalar (garderoblar), quritish xonalari, xo‘jalik inventarlari saqlanadigan joy, poyabzal tozalanadigan joylar, kiyim dazmollash xonasi internat hayotining muhim uchastkalaridir. Bulaming hammasi katta ahamiyatga ega. «Teatr kiyim iladigan ilgakdan boshlanadi», — degan edi K. S. Stanis- lavskiy. Maktab ham xuddi shunday. Maktabga kelgan har qan day odam, awalo, uning binosiga, tozaligi va tartibiga ahamiyat beradi. Kuni uzaytirilgan maktabni bezatishga ham alohida e’tibor berish lozim. Bu ishda direktor yoki uning o‘rinbosari rassomni taklif qilib, uning maslahatlarini inobatga olishlari kerak. KUNI UZAYTIRILGAN MAKTAB, GURUH VA MAKTAB-1NTERNATLARNI BUTLASH Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda hamda internat tipidagi maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajaga ko‘tarish ko‘p jihatdan ularni to ‘g‘ri butlashga, o ‘quvchilar sonini saqlashga bog‘liq. Lekin kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga bolalami jalb qilish va ulami komplektlashda ba’zi maktablarda chalkashliklar ro‘y bermoqda. Ayrim maktab rahbarlari faqat o‘zlashtirishi past bo'lgan o‘quvchilami kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga o‘tkaz- salar, boshqa joylarda esa biror predmetdan yomon baho olgan o‘quvchilar hisobiga guruh tashkil qilinmoqda. Ko‘pchilik maktab rahbarlari, o ‘qituvchilari bolalar jamoasi o ‘rtasida tarbiyaviy ishlami har tomonlama tashkil etishni emas, uzaytirilgan vaqt hisobiga o‘quv ishida o‘zlashtirish foizini yuqori ko‘tarishni asosiy maqsad qilib qo‘yganlar. Oqibatda kuni uzaytirilgan guruh o‘quvchilari soni o‘zgarib turadi. Guruhlarga past o‘zlashtiruvchi va intizomi bo‘sh o ‘quvchilar jalb qilinib, ular intizomli, o‘zlash- tiruvchi o‘quvchilar qatoriga o ‘tgach, guruhdan chiqarilib, ular o‘rniga boshqalar qabul qilinmoqda. Bu xato pozitsiya yangi tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalari oldiga qo‘yilgan vazifalaming uddalanishiga mone’lik qilmoqda. Bundan kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarga o‘zlashtirmovchi o‘quvchilami qabul qihsh kerak emas, degan m a’no kelib chiqmaydi. Va ayni chog‘da, bunday guruhlar maktabda ta ’lim-tarbiya sifatini ko‘tarishga yordam bermaydi. Shuningdek, ota-onalaming ishlab chiqarishda xotiijam ishlashlarini ta’minlamaydi. 29 Kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlarni butlashdan oldin bolalaming ota-onalari bilan suhbatlashish, ulaming uy sharoiti bilan tanishish lozim. Bunda ota-onalarning kasbi, ish bilan bandligi, oila moddiy ta’minoti, bolalarining xarakteri, qiziqishi, o ‘qishga munosabati hisobga olinadi. 200 nafar tarbiyachiga «Guruh ishini yaxshilash bo‘yicha sizning takliflaringiz», degan anketa savollarini tarqatganimizda, ulaming hammasi guruhlarga bir xil yoshli yoki yoshi yaqin bo‘lgan bolalarni tortish zarur, har xil sinflardan tuzilgan guruhlarda bolalar soni 25—30 dan oshmasligi kerak, deb yozdilar. Yuqoridagi savolga o‘quvchilar ota-onalarining bergan javoblari ham tarbiyachilar fikri bilan deyarli bir xil. Demak, yoshi va bilimi teng boigan yoki yoshlari bir-birla- rinikidan uncha katta farq qilmaydigan bolalarni bir guruhga bir- lashtirish maqsadga muvofiqdir. Zero, guruhda olib boriladigan turli ommaviy-tarbiyaviy va ijtimoiy foydali ishlar, to ‘garaklar uyga berilgan vazifalami tayyorlash jarayoni ulaming yoshi, bilim darajasi bir-biriga mos bo‘lishini talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, tarbiyachining o‘quvchilar bilan olib boradigan barcha ishlarini, ayniqsa, ta ’lim jarayonini osonlashtiradi hamda ta ’lim-tarbiya metodikasidan izchil va unumli foydalanishga, bolalaming o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishga imkon beradi. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarning ish tajribasi ularni quyidagicha butlash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi: 1. Sinf bo‘yicha tuzish. 2. Sinflararo butlash (guruhlar tuzish). 3. Maktablararo butlash (guruhlar tuzish). Muayyan bir sinf o ‘quvchilaridan kuni uzaytirilgan sinf yoki guruh tuzish anchagina qulaylik tug‘diradi. Chunki tarbiyachi o‘quvchilar jamoasi bilan doimo birga bo‘ladi va ish olib boradi. Agar maktabda parallel sinflar kam bo‘lib, barobar yoshdagi bolalardan guruh tashkil qilish imkoniyati bo‘lmasa, u holda yaqin sinflarni I—II, III—IV, V—VI va VII—VIII sinf bolalarini bir guruhga birlashtirish mumkin. Guruhdagi o‘quvchilar soni 30—35 nafardan oshmasligi kerak. Birinchi sinf bolalarini mumkin qadar alohida guruhga ajratgan m a’qul. Chunki ular boshqa sinf bolalariga nisbatan ko‘proq vaqt ochiq havoda bo‘lishlari, uxlab dam olishlari kerak. Masalan, Toshkent shahridagi 47-mak- 30 tab h u zu rid a tash k il qilingan kuni u zay tirilg an gu ru h lar 1960— 1961-o‘quv yilining boshida quyidagicha tuzilgan edi: I sin f o ‘q u v ch ilarig a IV —V sin f o ‘q u v c h ila rin i, II sin f o ‘quvchilariga VI—VII sinf o‘quvchilarini qo‘shib guruh tuzdilar. Bu xilda kom plektlashning n o to ‘g‘ri ekanligini qisqa vaqt ichida turmushning o‘zi yaqqol ko‘rsatdi. Tarbiyachilar yoshi va bilimlari jihatidan bir-biridan katta farq qiladigan 0 ‘quvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda qiyinchiliklarga duch keldilar. Ular yuqori sinf o‘quvchilari uy vazifalarini tayyorlab bo‘lganlaridan keyin ularga uylariga ketishga ruxsat beradilar, faqat quyi sinf o‘quvchilari bilangina tarbiyaviy ishlami olib boradilar. Bu yo‘l o‘quvchilaming o‘zlashtirishiga, intizomiga salbiy ta ’sir etadi. 0 ‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab, birinchi sinflar alohida, yuqori sinflar alohida qaytadan guruhlanadi. Bu ta’lim-tarbiya ishlarini har tomonlama yengil- lashtirdi va bolalar bilan qat’iy rejim asosida ish olib borishda ma’lum darajada imkoniyat tug‘dirdi. Biroq ba’zi ota-onalaming istak va talablariga ko‘ra ayrim 0 ‘quvchilaming uy vazifasini sinfda, guruh bilan birgalikda bajarishdan ozod qilinishi tar biyachilaming o‘quvchilaming, to‘g‘rirog‘i barcha o ‘quvchilaming uy vazifalarini norm al bajarishlariga xalaqit berdi. M aktab direktori bu kamchilikni o‘z vaqtida hisobga olib, ota-onalar yi- g‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishda kuni uzaytirilgan guruhlaming asosiy maqsad va vazifalarini tushuntirib, kuni uzaytirilgan guruhga qatnaydigan о ‘quvchilar sinf rejimida belgilangan vaqtda uy vazifasini tayyorlashi zarurligi haqida ota-onalar bilan kelishib olindi. Bu tadbir o‘quvchilaming uy vazifasini yaxshi bajarish lariga, bilimlami chuqur o‘zlashtirishlariga imkon berdi, bolalar intizomini mustahkamladi. Agar maktablar bir-biridan uzoq bo‘lmasa, kuni uzaytirilgan gum hlarni maktablararo tuzish ham mumkin. Bir maktabda boshlang‘ich sinf bolalaridan kuni uzaytirilgan guruh tuzilsa, ikkinchisida yuqori sinf o‘quvchilari bir guruhga birlashtiriladi. Parallel sinf o ‘quvchilari bir guruhga jalb qilinishi mumkin. Shuningdek, ta ’lim-tarbiya ishlarini olib borish uchun katta imkoniyat mavjud bo‘lgan bir maktabda kuni uzaytirilgan guruh yoxud guruhlar tashkil qilinishi va ularga ikki-uch maktabning o ‘quvchilari jalb qilinishi mumkin. 31 Buxoro viloyati G ‘ijduvon tumani 1-maktab huzurida 7 ta kuni uzaytirilgan guruh tashkil qilinib, bunga shu maktab o‘quv- chilari hamda uning yaqinida joylashgan 2-, 3-maktablardan o‘quvchilar jalb qilingan. Ulaming 4 tasi rus, 3 tasi o‘zbek guruh- laridir. Maktab rahbarlari o ‘quv yilining boshida guruhlarda o‘quvchilar sonini ko‘paytirishga intilib, o‘quvchilaming yoshi, bilimini e’tiborga olishmagan edi. «Bir guruhda yoshi, bilim darajasi turlicha bo‘lgan o‘quvchilar bilan ta ’lim-tarbiya ishlari olib borish, — deydi shu maktabning direktori biz bilan suhbat- da,— ishimizni qiyinlashtirib yubordi. Shundan keyin pedagog va tarbiyachilar bilan maslahatlashib, sinflar bo‘yicha guruhlar tuzishga qaror qildik. Mavjud imkoniyatlaming hisobga olinishi va pedagoglar jamoasining jon kuydirib ishlashi natijasida bu kamchiliklami bartaraf etib, ta ’lim-tarbiya ishini yaxshi yo‘lga sola bildik». Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida K.U.G.larda ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-dekabr Nizom loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyihaning 3-bandida K.U.G. maktabning zarur o‘quv-moddiy bazasi mavjud bo‘lsa va ulaming faoliyati maktab ning asosiy darslariga xalaqit bermagan sharoitda um um ta’lim maktablarining 1—8-sinf o ‘quvchilari uchun maktabning tash- kiliy-iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda Davlat budjeti hisobidan K .U .G .lar va xo‘jalik hisobidan kuni uzaytirilgan gum hlar (X .H .K .U .G .) tashkil etilishi qayd etilgan. H ar bir maktab o‘z sharoitidan kelib chiqib K.U.G.ni butlashi lozim. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlar yoshidagi o‘quvchilar- dan kuni uzaytirilgan guruh tuzish birmuncha qiyin. Shuning uchun bu yoshdagi bolalardan guruh tashkil etishda b o ‘sh o‘zlashtiruvchi va pedagogik nazoratga muhtoj bo‘lgan bolalarni ko‘proq guruhga jalb qilish lozim. Ayrim qishloq maktablarida kuni uzaytirilgan guruhlami bir xil yoshdagi o‘quvchilardan tuzish imkoniyati bo‘lmasligi mum kin. Chunki uylar maktabdan har xil uzoqlikda joylashgan boMadi. Shuning uchun bir qishloqda yashovchi o ‘quvchilarning birga kelib-ketishini e’tiborga olib, har xil sinf o‘quvchilaridan guruh tashkil etish ma’quldir. Biroq kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarda o‘quvchilar va ulaming tarbiyachilari o‘zgarib turmas- 32 ligi kerak. Toshkent shahridagi 2-maktabning kuni uzaytirilgan II sinfida tarbiyachining tez-tez o‘zgarishi natijasida o‘quvchilar intizomi juda sustlashib, o ‘zlashtirishi pasayib ketdi. Bunday ahvolni kuni uzaytirilgan boshqa maktab va guruhlarda ham uchratish mumkin. Shunga binoan umumiy ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida qo‘llaniladigan I dan IV sinfgacha bir o‘qituvchining ta’lim berish prinsipini kuni uzaytirilgan boshlan- g‘ich maktablar va sinflarga tatbiq etish mumkin. Bunda bola I sinfdan to IV sinfni tamomlanguncha bir tarbiyachining qo‘lida tarbiyalanadi. Bundan tashqari kuni uzaytirilgan ba’zi guruhlarda o‘quvchilar soni doimiy bo‘lmasligi va ayrim o‘quvchilaming goh kelib, goh kelmay yurishi ta’hm-tarbiya ishini ancha izdan chiqaradi. Buning oldini olish uchun o ‘quv yilining boshida maktab m a’muriyati ota-onalar bilan uchrashib, bolalaming guruhga doimiy kelish- kelmasligini aniqlab, barqaror guruhlar tuzish va bir guruhni qo‘shimcha tarzda yil mobaynida komplektlash uchun qoldirishi mumkin. Maktablar huzurida tashkil qilingan kuni uzaytirilgan sinf yoki guruhlar ishini yanada yaxshilash, im koniyati bo'lsa, b a ’zi maktablami kuni uzaytirilgan maktabga aylantirish maqsadga muvofiq. Bunda sinflar alohida-alohida komplektlanadi, tarbiya chi qat’iy rejim asosida ish olib borishda, yagona dasturdan foydalanishda va ta’lim-tarbiya ishlarini metodik jihatdan to ‘g‘ri uyushtirishda birmuncha qulayliklarga ega bo‘ladi. * * ie Maktab-intematlar tashkil qilingan birinchi yillarda I—V va I—II sinflar shaklida ochilgan edi. Birinchi variant m a’qulroq bo‘lib chiqdi. Yangi ochilgan maktab-intematda birinchi va ikkinchi yili bitirib chiquvchi sinflar bo‘lmaydi. Shu bois I—IV yoki I—VII sinflarga o ‘quvchilar qabul qilish bilan kifoyalanish pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq. В. E. Shirvind sinflarni yillar bo‘yicha komplektlashtirish 34—35-betlardagidek bo‘lishini tavsiya etadi. 600 va undan ko‘p o ‘rinli katta maktab-internatlar tashkil qihsh maqsadga muvofiqligi tajribada tasdiqlangan. Ularda parallel 2 - 1931 33 sinflar ochiladi. 580—600 o'rinli 16 sinf (har qaysi parallel sinfda ikkitadan sinf) shu tarzda komplektlanadi. M aktab-internat rahbarlari sinflami komplektlashga katta e’tibor berishlari, o‘zlash- tirish salohiyati turlicha o‘quvchilaming, o‘g‘il va qiz bolalarning sinflarga notekis taqsim lanishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Maktab-internatga boshqa maktablardan olinadigan tarbiyala- nuvchilar har jihatdan nihoyatda sinchiklab tekshirib ko'rilishi lozim. Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling