K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
142 da jamoatchilikning ishtirokini kuchaytirishga joylarda yetarli ahamiyat berolmayotganliklari; b) ba’zan kuni uzaytirilgan guruhlarda ishlaydigan tarbiya chilarning mehnatlari maktab ma’muriyati tomonidan yetarli darajada baholanmayotganligi; d) tarbiyachilami moddiy, maishiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish ular bajaradigan ishga nisbatan yetarli darajada emasligi; e) tarbiyachilar orasida o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlash guruhi degan tushunchaning mavjudligi sabab bo‘lmoqda. Juda ko‘pchilik maktablar ma’muriyati kuni uzaytirilgan guruhlarga tarbiyachilar tanlashda ulaming pedagogik ma’lumo- tinigina hisobga olish bilan chegaralanadilar. Vaholanki, guruh larda o‘quvchilaming sinfdan tashqari faoliyatiga rahbarlik qilish, ulaming mustaqil faoliyatlarini samarali uyushtirib borish, bola laming talab va ehtiyojlariga har tomonlama javob berish uchun pedagog-tarbiyachidagi pedagogik bilimning o ‘zigina kamlik qiladi. Bu muassasalarda ishlaydigan tarbiyachilar texnikaga qiziqishi, tasviriy san’at sohasida ma’lumotli, ommaviy o‘yinlar tashkil qila oladigan bir yoki bir necha sport turlari bo‘yicha ja- moatchi-trener, ekskursovod, lektor, tashviqotchi bo‘la oladigan qobiliyatli kishilar bo‘lmog‘i lozim. Bulaming hammasi tarbiya viy ishlar doirasini yanada kengaytirishning asosiy omilidir. Xullas, tarbiyachi jamoat o‘rtasida, ayniqsa, bolalar bilan muloqotda bo‘lganda o‘zini tuta bilishi katta ahamiyat kasb etadi. Oddiylik, tabiiylik, qadr-qiymat, so‘zlashganda imo-ishorasiz, baland ovoz bilan gapirmaslik, o‘zini tuta bilish, shuningdek, iltifotlilik, kamtarinlik, inson yoshidan qat’i nazar uni hurmat qilish — bu har bir pedagog egallashi zarur boMgan muomala va axloqning asosiy qoidalaridir. BoshlangMch sinf tarbiyachilarining asosiy vazifalari. Tarbi yachining vazifalari va ish faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular ilmiy ishlarda, metodik qoMlanmalarda hali to‘la o‘z ifodasini top- magan. Shuning uchun ham yosh tarbiyachilar yoki endigina tarbiyachi etib tayinlangan o‘qituvchilar ish jarayonida ma’lum qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ilg‘or tarbiyachilarning ish tajribasiga tayanib, ularning vazifasini ikki guruhga bo‘lish mumkin — kundalik va joriy (epizodik). Birinchi kuni uzaytiril gan guruh o‘quvchilarining bir kunlik faoliyatini o‘z ichiga olsa, 143 ikkinchi guruhga sinfda, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari o'quvchilar bilan olib boriladigan perspektiv, joriy ishlami o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi o‘zining guruh bilan olib boradigan ishini hujjatlar bilan tanishishdan boshlaydi. Shundan so‘ng u davomatni aniqlaydi, bolalarning ruhiy ahvoli, kayfiyati, salomatligi, o‘zlashtirishi haqidagi ma’lumotlami o‘qituvchidan so‘rab biladi. Keyin uyga berilgan vazifalarning xususiyatlarini o ‘rganadi, maktab rahbariyatidan aniq ко‘rsatmalar oladi, zarur bo‘lganda o‘qituvchilar darslarida bo'ladi va olingan ma’lumotlar (axbo- rotlar) asosida kundalik rejaga tuzatishlar kiritadi. Tarbiyachi xonani ko‘zdan kechirishni, o‘yinchoqlar, texnik asboblaming mavjudligi va holatini tekshirishni nazardan qochirmaydi. Bolalami qabul qilgach, ota-onalaming iltimoslarini, shuningdek, gumh sardori yoki navbatchining axborotini eshitib, bolalarning istak va talablari asosida ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyalanuvchilarga bir kunlik ish rejasini e’lon qiladi. Bolalarning ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish uchun, oshxo- naga navbatchi tayinlanishi, sochiqlaming tozaligi-yu, bolalarning ozodaligini tekshirish, ovqatlanish qoidalari xususida ikki daqiqalik suhbat o‘tkazish va ularning oshxonada o‘zini tutishiga e’tibor berish, ovqatlanib bolgandan so‘ng oshxonadan tashkiliy sur’atda chiqishini kuzatish lozim. Xonada tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazayotganda tarbiyachi zim- masiga muhim vazifalar yuklatiladi. Chunonchi, dastlab u mashg‘ulot rejasini e’lon qiladi, o ‘tkazilayotgan tadbirlarda bolalarning ishtirokini kuzatadi, faol qatnashayotgan bolalar rag‘batlantiriladi, o‘tkazilgan tadbirlar tahlil qilinadi. Uy vazifasini bajarishga tayyorlash chog‘ida tarbiyachi mash- g‘ulot o‘tkaziladigan xonani shamollatishni nazorat qiladi, zarur ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ish o‘rinlarining tayyor bo‘lishi va bolalami joy-joyiga o‘tqazish, bo‘sh o‘zlash- tiruvchi o‘quvchilami kuzatib borish, bajarilgan mustaqil ishlami frontal tekshirish, yordamga muhtoj bolalarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, vaqti-vaqti bilan o‘quvchilaming kundaligini tekshi rish, o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mustaqil ishning sifatini aniqlash uchun savol-javoblar o'tkazish, mustaqil dars tayyorlash- ni yakunlash va vazifani qunt bilan bajargan ba’zi o‘quvchilami 144 rag'batlantirish hamda mustaqil dars tayyorlashning natijalari to‘g‘risida o‘qituvchilami o‘z vaqtida xabardor qilish lozim. Guruh ishini tugallash chog‘ida tarbiyachi ertaga bo‘ladigan navbatchilarni tayinlashi, sinfning tozalanishini kuzatishi, o‘yinchoqlami joy-joyiga qo‘yishi, bolalarini olib ketishga kelgan ota-onalar bilan suhbatlashishi, bolalar uyga ketayotganlarida ulaming kiyinishini kuzatishi va kun bo'yi qilingan ishlaming hisob-kitobini olishi, shuningdek, o‘qituvchilarga o‘z mulohaza va tavsiyalarini yozib qoldirishi maqsadga muvofiqdir. Ochiq havoda dam olishni uyushtirishda tarbiyachining va- zifasi ko‘p qirrahdir. Ob-havoni hisobga olgani holda tarbiyachi bolalaming qanday kiyinganligini ko‘zdan kechiradi, ularga dam olish rejasini e’lon qiladi, ular o'rtasida vazifalar taqsimlanib, topshiriqlar beriladi, rejada belgilangan mavzu asosida yakka yoki guruh holda suhbatlar o ‘tkazadi. Ochiq havoda dam olish nihoyasiga yetgach, qilingan ishlarga va dam olishga qisqacha yakun yasab, darsga kirishdan oldin bolalaming tartib-intizomini kuzatadi. 0 ‘QITUVCHI VA TARBIYACHILARNING MALAKASINI OSHIRISH TIZIMI «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yoshlami ham jismoniy, ham aqliy mehnatga qobiliyatli, xalq xo‘jaligida, hayotining turli sohalarida, fan va madaniyat jabhalarida faol ishtirok ko‘rsatishga qodir ongU, bilimdon qilib tarbiyalash va tayyorlash yo‘li izchil olib borilayotgani qayd etiladi. Shu masalalami davr talablari asosida amalga oshirishda maorif muassasalarining faoliyati, pedagog kadrlaming ish uslubi va metodlarini yaxshilash, ulaming malaka tizimini rejah amalga oshirish ko‘zda tutiladi. M a’lumki, har qanday kasbda faoliyat samaradorligi va muvaffaqiyati kasb sohiblarining tayyorgarligi, mahorati, malakasi, o‘z omilkorligini takomillashtirish ustida qunt va izchillik bilan ishlashiga bog‘liq. 0 ‘qituvchi kasb mahoratini takomillashtirish uchun umr bo‘yi o‘z ustida ishlashi, izlanishi lozim. Chunki o'qituvchi-tarbiyachi jamiyatning yosh avlod ta’lim- tarbiyasiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. 145 Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o‘qituvchi-tarbiya- chilaming fazilati haqida gapirib: «Tarbiyachi ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng awalo, tarbiyachining o‘zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak», deydi. Ma’lumki, maktab, maorif ishi juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat mas’uliyatli ish. Hozirgi zamon taraqqiyoti maktab oldiga yangi-yangi vazifalam i qo'ym oqda: o ‘qituvchilar, tarbiyachilar ishiga talab tobora oshmoqda. Ana shunday bir sharoitda eski metod bilan ishlash, qachonlardir olgan bilimlar bilan cheklanib qolish aslo mumkin emas. Xullas, pedagog o‘z kasbining ustasi bo‘lishi shart. K. D. Ushinskiyning «Tarbiyachi ning faqat o‘qituvchigina bo‘lishi yetmaganidek, o'qituvchining ham nimani o‘qitish kerakligini bilishi va buni nazariy jihat- dangina emas, balki amaliy jihatdan ham bilishi lozim», degan so‘zlariga to‘la amal qilish kerak. 0 ‘qituvchi va tarbiyachilar malakasini oshirish zamrligiga «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning Asosiy yo‘nalishlari»da alohida e’tibor berilib, unda «Pedagog kadrlaming malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtirilishi lozim. Peda goglar mahoratini oshirish, ilg‘or tajribani umumlashtirish va om- malashtirishning ilmiy-metodik markazlari bo‘lmish o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari rivojlantirilsin. Bu institutlarda tegishli kafedralar tashkil qilinsin, ularda ishlash uchun malakali mutaxassislar jalb etilsin. Qoida tariqasida pedagog har to‘rt-besh yilda bir marta qayta tayyorgarlikdan o‘tib turishi maqsadga muvofiqdir», deb qayd qilingan. Hozirgi vaqtda pedagoglaming ma’naviy dunyosini boyitish, ulaming har tomonlama bilimli, mahorath bo‘Ushlarini ta’minlash masalasi maktabni isloh qilish talablari sirasiga kiradi. 0 ‘qituv- chilar, tarbiyachilar va boshqa xalq maorifi xodimlarining malakasini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalami o‘rganish va om- malashtirish, xodimlarning o‘z ustlarida mustaqil ishlashlariga katta e’tibor berilmoqda. Malaka oshirish uzluksiz va doimiy jarayondir. Bu jarayon- ning samarali bo‘lishi, asosan, pedagog-tarbiyachilaming mustaqil o‘qishini izchil nazorat qilish va boshqarish bilan birga, ulami 146 vaqti-vaqti bilan qayta tayyorlash kurslarida o‘qitib turish, turli formadagi metodik ishlarga faol jalb etishga bog‘liqdir. 0 ‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi ana shu masalaga doimo jiddiy e’tibor berib kelayotir. Chunonchi, vazirlikning o‘qituvchi kadrlar malakasini oshirishda pedagogika institutlarining maktablarga yordam berishi to‘g‘risidagi (1973-yil) buyrug‘ida, o‘qituvchilarga bilimi va pedagogik mahoratini oshirishda, hozirgi zamon fani- ni, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishda yaqindan ko‘maklashish, ularga zaruriy ilmiy-pedagogik ma’lumotlar izlashning metodlarini, ommaviy axborot vositalaridan mohirona foydalanish usullarini o ‘rgatish, kafedralarning ko‘chma majlislarini tashkil etish, joylarda seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda boshqa tadbirlar orqali qishloq maktablarining pedagoglari bilan uzluksiz ish olib borish, ularning ta’lim-tarbiya ishlarini tahlil qilish si- ngari vazifalar belgilangan edi. Shu ishlarni amalga oshirishda o‘qituvchi va tarbiyachilaming pedagogik mahoratini, malakasini oshirish muhim omildir. Keyingi yillarda o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlarida ana shu masala bo‘yicha ba’zi tadbirlar amalga oshirilmoqda: se- minarlar, yozgi, qishki kurslar, viloyatlar, tumanlardagi tayanch maktablar, tajribaU tarbiyachilaming ishlarini yoritadigan metodik xatlar shular jumlasiga kiradi. Bu tadbirlar tarbiyachilaming malakasini oshirib borishda ijobiy natijalar berayotir. Shuning dek, respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan turli konfe- rensiyalar, seminar-kengashlar internat va kuni uzaytirilgan maktablar, guruhlar tarbiyachilarining ishini yanada yaxshilashda katta yordam bermoqda. Yana bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, pedagogika universitetlari orqali mazkur muassasalarga tarbiyachilar tayyorlash shu kunning muhim talabidir. Zero, tarbiyachi ishining muvaffaqiyati, eng awalo, uning g‘oyaviy- siyosiy va professional tayyorgarligiga bog‘liqdir. Hozirgi zamon pedagogi fikr doirasining kengligi, hukumat tomonidan xalq va xalq maorifi organlari oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalami bilishi va tushunishi, kundaUk, siyosiy voqealardan xabardorligi, chuqur bilimi, shaxsiy madaniyati, san’at va fanga muhabbati bilan ajralib turadi. Ilg‘or tarbiyachi o‘z ishiga doir ilmiy-nazariy yangiliklami, pedagogik va psixologik tadqiqotlami o‘iganib, ulami tarbiyaviy ishlariga tatbiq etib borishi lozim. 147 0 ‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari konferensiyalar tashkil etish yo‘li bilan ilg‘or maktablar va guruhlarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlami ommalashtirib bormoqdalar. Shuningdek, tarbiyachilarning metodkengashlari qo‘lga kiritilgan ilg‘or tajriba- lami yoyishning yaxshi vositasi sifatida har xil seminarlardan ham foydalanmoqda. Bu tadbirlar kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar da ishlaydigan tarbiyachilar malakasini oshirishga ham yordam bermoqda. Seminaming ahamiyati shundaki, u o‘qituvchi-tar- biyachiga sinfda, sinfdan tashqari ishlarda maktab o‘quv tizimidagi didaktik usullami, faollashtirish tajribasini qo‘llashni, suhbatlar olib borishni, nutq madaniyatini o‘rgatadi. 0 ‘qituvchi-tarbiyachilarga umumiy fan yutuqlarini, xususan, pedagogika, metodika fani sohasidagi yangiliklarni o‘rganish, o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlarining asosiy vazifala- ridan biridir. Respublikamizda shu masalaning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi o‘qituvchi-tarbiyachilarga ilmiy-metodik yordam berish maqsadida amalga oshirilayotgan ko‘chma seminarlar, qishloq va tumanlarda, viloyatlarda o‘tkazilayotgan konsultatsiyalar, metodik birlashmalar yaxshi natija berayotir. Toshkent, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Farg‘ona pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi kafedralar tashabbusi bilan har yili o‘tkazilayotgan seminar mashg‘ulotlari yosh o‘qituvchi-tarbiyachilarga ilmiy-metodik va amaliy yordam berishning juda qiziqarli va g‘oyat foydali omiliga aylanib qoldi. Ma’lumki, maktablaming bir-biriga o‘zaro yaqinligi, ulaming o‘quv-moddiy bazasi, ta’limning qaysi tilda olib borilishi va hokazolar metodbirlashmaning tuzilishini belgilovchi omillardir. Qishloq joylarda qaysi maktab malakali xodimlar bilan yetarli darajada ta’minlangan, moddiy jihatdan yaxshi bazaga ega bo‘lsa, o‘sha maktab metodbirlashmalarning markazi sifatida xizmat qilishi lozim. Birlashma yig‘ilishlarini ta’til paytlarida har yili to‘rt marta o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Yig‘ilishlarda ayrim peda- goglar va pedagogik jamoalaming ijodiy hisobotlarini tinglash, ulaming faoliyatidagi mavjud tadbirlami belgilash, tuman va un- dagi xo‘jaliklarning hozirgi ahvoli, kelajakdagi vazifalari, ana shularga bog‘liq holda maktabdagi ta’lim-tarbiya masalalarini muhokama qilish, uning sifati va samaradorligini yaxshilash yo‘llarini aniqlash kabi ishlar amalga oshiriladi. 148 Birlashma metodbirlashma faoliyatidan ko‘zlangan natijalar- ga erishish uchun, awalo, birlashma rahbarlarining nazariy tayyorgarligini har tomonlama yaxshilashi va tashabbuskorligini oshirishi lozim. Shuningdek, viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlarining xodimlari qishloq maktablarida xilma-xil ishlami olib borishda birlashma metodbirlashmalarga yaqindan yordam berishlari kerak. Malaka oshirish ishi qanchalik chuqur o‘ylanib, har tomonlama maqsadga muvofiq tashkil etilsa, u shunchalik yaxshi natija beradi. Yosh tarbiyachining mehnatdagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan maktab jamoasiga, maktab rahbarlari va pedagoglari, tuman, shahar xalq maorifi bo‘limlari va metodist xodimlaming unga qanchalik e’tibor berishlari hamda g‘amxo‘rlik qilishlariga ham bog‘liqdir. Respublikamizning ko‘pgina maktablarida, tuman va shaharlarida yosh o‘qituvchi va tarbiyachilarni tantanali kutib olish an’anaga aylanib qolgan. Maktabning birinchi pedagogik kengashida yosh o‘qituvchi va tarbiyachilarga kitoblar, gullar taqdim qiladilar. Bu xildagi tadbir endi ish boshlovchi yosh mu- taxassisning ko‘nglini, kayfiyatini ko‘taradi, unga madad va da- dillik baxsh etadi. Pedagog-murabbiy, maktab rahbarlari yosh o‘qituvchi-tarbi- yachilarga ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish yo‘llarini o‘rgatadi, bu borada amaliy yordam beradi. Shuningdek, yosh mutaxassis- lar ham, o‘z navbatida, peshqadam o‘qituvchi-tarbiyachilaming ilg‘or tajribalari asosida malakalarini oshiradilar. Ko‘pgina maktablarda boshlang‘ich sinflar bo‘yicha ishlay- digan tarbiyachilaming alohida metodik birlashmalari mavjud. Ularda ilg‘or tajribalar atroflicha o‘rganiladi, tahlil qilinadi va ommalashtiriladi. Bunday metodik birlashmalar tarbiyachilar kuchini bir yerga to'plash va uni bir maqsad sari yo‘naltirish, о‘quv-tarbiya ishlarini uyushtirishning samaradorligini oshirishga katta yordam beradi. Bu ishlarga tajribali tarbiyachilar yoki boshlang‘ich sinflar bo‘yicha ilmiy bo‘lim mudirlari boshchilik qilmoqdalar. Kuni uzaytirilgan guruhlari oz bo‘lgan maktablar- ning territorial joylashishiga qarab uch, to‘rt maktab tarbiya- chilarining metodik birlashmasini bir maktabda tashkil etish ham yaxshi natija bermoqda. Katta bo‘lmagan maktablarda bu metodik birlashmaga katta tarbiyachilardan biri yoki ilmiy bo‘lim mudiri boshchilik qiladi. Katta maktablarda esa tajribali 149 tarbiyachilardan bittasini bu metod birlashmaga rahbar qilib saylash maqsadga muvofiqdir. Metod birlashma rahbarlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining rahbarligida ish olib boradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kuni uzaytirilgan guruhlari ko‘p, to‘liq o'rta maktablarda sinf rahbarlari va tar- biyachilarning uchta metod birlashmalari tashkil etilgan: I—III; IV -V I va V II-IX sinflarda. Har bir metod birlashma o‘ziga rahbar saylaydi. Ayniqsa, yosh pedagoglarga ochiq mavzuli kechalarda ishtirok etish katta foyda beradi. Bularga musiqali kechalar, harbiy vatanparvarlik mavzusidagi kechalar, o ‘quvchilarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash (stol yasash), mashhur kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hokazolar. Bunday tadbirlardan so‘ng o'quvchilarni uyga kuzatib, metod birlashm a rahbarlari o ‘sha tadbirni pedagogik yig‘ilishlarda muhokama qiladilar, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadilar. Metodbirlashma ishi hech qachon maktab ichida qolib ket- masUgi kerak. Pedagoglaming maktablararo aloqalari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, ularning yutuq va muvaffaqiyatlarini konferensiyalar, murakkab pedagogik vaziyatlar muhokamasiga olib chiqish, xullas, tajriba almashish lozim. Maktablararo pedagogik birlashmalarda ilg‘or ish tajribalarini umumlashtirgan metodik guruhlar tashkil etiladi. Ularda mavzu jihatdan qiyin bo‘lgan muammolar hal qilinadi, referatlar, maqolalar muhokama etiladi. Bunday birlash malarda kuni uzaytirilgan maktab-internatlar ham ishtirok etishi mumkin. Nihoyat, sinf rahbarlari metod birlashmasini tashkil etish juda muhimdir. Kuni uzaytirilgan sinf-guruhlar va maktab-intemat- lardagi pedagoglaming ish rejimi murakkabdir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar dars berish jarayonida tarbiyaviy ishlami qo‘shib oUb borsalar, boshqalari shu ish bilan ertalab, yana birlari esa o‘quv- chilar bilan butun kun davomidagi tanafifus paytlarida shug‘ul- lanadilar. Pedagogik yig‘ilish o‘tkazadigan maktab pedagogik talab- larga har tomonlama javob berishi lozim. Bunday metodik bir lashmalarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan kuni uzayti rilgan guruhlarda mustaqil o ‘quv ishining samaradorligini oshirishga yordam beradigan mavzular, metodik usullardan foy- dalanish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilishi kerak. 150 Quyida biz kuzatish olib borgan maktablarda tarbiyachilarning metodyig‘ilishlarida muhokama qilingan ayrim masalalaming namunasini keltiramiz. Mavzularni rejalashtirganda asosan o'quvchilar bilan mustaqil o'quv ishini uyushtirish va .unga rahbarlik qilish, dam olishni uyushtirish, bolalaming ovqat- lanishini tashkil etish, kundalik vaqtni taqsimlash, tarbiyachi ishini rejalashtirish kabi muhim masalalarga ko‘proq e’tibor be- rilgani diqqatga loyiq. Tadbirlami o‘tkazish muddati Muhokama qilingan mavzular Shu ishga mas’ullar Mulohazalar 1 2 3 4 Sentabr Kuni uzaytirilgan guruh va sinflami tuzish tartibi, tarbiyachi ishini rejalashti rish. Maktab direktori, tarbiyachilar. Oktabr Mashg‘ulot uyushtiriladigan xona, o‘yin xonasi, sport maydonchasini jihozlash. Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quv ishini uyushtirish uchun kerakli jihozlami hozirlash. 0 ‘quvchilaming ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish, mustaqil o ‘quv mashg‘ulotlarini amalga oshirishda o'quvchilarning individual xarakterlarining ahamiyati. Direktor 0 ‘rinbosari, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiri, «Kamolot» YIHning xo‘jalik ishlari bo‘yicha boshlig‘i, metod birlashmaning boshlig‘i, ota- onalar qo‘mitasi raisi, otaliqqa olgan tashkilot vakili. Qo‘shimcha ravishda biror guruh tarbiya- chisini va ota- onalar qo‘mitasining rejasini muhokama qilish. Noyabr Kuni uzaytirilgan guruhlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan mustaqil o‘quv mashgsulotini uyushtirish, to‘garak seksiyalarini tashkil etish. Tarbiyachilar. Ikki yoki uch tarbiyachining mashg^lotini kuzatib, uni tahlil qilish. 151 Davomi 1 2 3 4 Dekabr Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quv mashg'ulotlarini tashkil etishda tarbiyachi bilan o 4qituvchining hamkorligi. 0 ‘qituvchi va tarbiyachilar. Ikki nafar tarbiya chi ohb borgan to‘garak mash- gsulotini qiyoslab, tahlil qihsh. Yanvar Mustaqil o‘quv mash- g‘ulotlarining samara- dorligini oshirishda o ‘quvchilar bilimini hisobga olishning ahamiyati. Tarbiyachilar. Fevral Kuni uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari mustaqil o ‘quv mashg‘ulotlari, ulami o‘tkazishda maktab, oila va otaliqqa olgan tashkilotlaming hamkorligi. Maktabning ilmiy ishlar bo‘yicha mudiri, maktabni otaliqqa olgan tashkilot rahbari, ota-onalar q o^ tasin in g raisi. Kuni uzaytirilgan guruhlaming umumiy hayoti bilan tanishish. Mart Kuni uzaytirilgan guruh o‘quvchilari bilan sayohatlar tashkil etish. Tarbiyachilar, «Kamolot» YIH sardori. Bir necha o‘quv mashg‘ulotlarini tahlil qihsh. Aprel Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda оЧка- ziladigan o ‘quv mashg‘ulotlarida o‘quv- texnik vositalaridan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda turmush tajribalaridan foydalanish. Tarbiyachilar. Bir necha mashg‘ulot tahlili. May Bir yillik ta’lim-tarbiya ishida qo'lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar. Kelgusi o‘quv yilida amalga oshirihshi zarur bo‘lgan vazifalar. Maktab direktori, ilmiy bo‘lim mudiri, tarbiyachilar, «Kamolot» YIH sardori, ota-onalar qo^itasining raisi, otaliqqa olgan tashkilot va tuman (shahar) xalq maorifi boslimidan vakil. Maktabning o ‘quvchilar bilan yozgi ta’tilda amalga oshirihshi lozim boMgan ish rejasini muhokama qilish. 152 Mavzulaming muhokamasida lining xarakteriga qarab, sinf o‘qituvchilarining ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq- dir. Tarbiyachilar metodik birlashmasining bo‘lishi, metodik xarakterdagi m avzular yuzasidan m uttasil sem inarlar uyushtirilishi, yordam berish, sinfdan tashqari o‘quv mashg‘u- lotlarini ijodiy tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, kuni uzaytirilgan sinf va guruh, maktab-intematlar tarbiyachilarining pedagogik malakasini oshirib borish hozirgi kunning muhim masalasidir. Shu muammolarni to ‘la amalga oshirish uchun quyidagi muhim ishlarga alohida e’tibor berish kerak: 1. Pedagogika kollejlari va pedagogika universitetlarining boshlang‘ich ta’lim metodika fakulteti o‘quv dasturiga intemat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlaming maqsadi, vazifasi, amalga oshiriladigan ishlarning metodlariga oid mavzularni ko‘proq kiritish; 2. Ilg‘or tarbiyachilaming ta’lim-tarbiya ishlari jarayonidagi yutuqlarini mahalliy matbuotda izchil ravishda yoritib borish; 3. Respublika va viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari tomonidan joylardagi internat, kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tarbiyachilari tajribasini atroflicha o‘rganib, shu asosda tavsiyalar, metodik xatlar ishlab chiqish bilan birga tajribalami ommalashtirishga yordam beradigan tayanch mak- tablari tashkil etish; 4. Maktablar qoshidagi kuni uzaytirilgan sinf, guruh va mak- tab-intematlar tarbiyachilari metodik birlashmasining muntazam ishlashiga erishish; bu metodik jamoa ish uslubini fan-texnika yutuqlariga moslash; bu yangi tip muassasalarda ta’lim-tarbiya borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklami bartaraf etish yo‘llarini qidirish. Shuningdek, bu mavzular muhokamasida maktab ma’- muriyati, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, «Kamolot» YIH, «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti, ota-onalar qo‘mitasi va jamoatchilik tashkilotlarining faol ishtirokini ta’minlash lozim. Zero, xalq maorifi faoliyatida kadrlami tayyorlash va ularning malakasini oshirish eng muhim vazifa hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya ishining sifatini hamda samaradorligini oshirish shu vazifalaming muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liqdir. 153 KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB-INTERNATLARDA BOSHLANG‘ICH SINF 0 ‘QUVCHILARINING MUSTAQIL DARS TAYYORLASHI VA ULARGA PEDAGOGIK RAHBARLIK Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmun va tuzilishi jihatidan ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlaming o'ziga xos xususiyatlaridan eng muhimi — o‘quvchilarning tarbiyachi yoki o‘qituvchi rahbar- ligida vazifalarini belgilangan kun tartibi asosida bajarishidir. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda dars tayyorlashdan asosan ikki maqsad ko‘zda tutiladi: a) dars davomida olgan bilimlami mustahkamlash; b) bolalarda mustaqil ishlash malakasini tarbiyalash. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda dars tayyorlashning xususiyatlaridan yana biri, tarbiyachi ota-onalar- ning uy vazifasini tayyorlatish va nazorat qilish vazifasini o‘z zimmasiga olishidir. Bu maktablarning faoliyati xilma-xil va murakkab bo‘lganligi uchun o‘quvchilar bilan olib boriladigan tadbirlarga, ayniqsa, mustaqil o'quv ishlarini o'tkazishga mohir tarbiyachi-o‘qituvchilaming rahbarlik qilishlari talab etiladi. Kuni uzaytirilgan sinf, guruh, maktab-intematlar kun tartibida darslar bilan bir qatorda, o ‘quvchilarning uy vazifasini mustaqil tayyorlashi ham asosiy omillardan hisoblanadi. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil qilish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega. Mustaqil dars tayyorlash jarayonida o‘quvchilar darsni tak- rorlaydilar, uy vazifalarini bajaradilar, ba’zan qo‘shimcha vositalar orqali bilimlarini mustahkamlaydilar va kengaytiradilar. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda o‘quvchilar bilan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish deganda, tarbiyachi yoki o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilaming ma’lum vaqt ichida topshiriqlarni ongli ravishda bajarishlarini, shu xususda har tomonlama mulohaza yuritishlarini, faol fikrlashlari va o‘zlarining bilimlarini ishga solgan holda bajaradigan ishlarini tushunmoq lozim. Ayniqsa, I—II sinf o‘quvchilari tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadilar. Shu sababli ham kuni uzaytirilgan sinf, guruh 154 va maktab-intematga qatnaydigan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining samara- dorligini oshirish uchun ularda mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini hosil qilish muhim ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilarda mustaqil bilim olish malakasini hosil qilish va takomillashtirib borish ta’lim-tarbiya ishining ajralmas, muhim tarkibiy qismidir. Bu bolalaming barcha fanlardan atroflicha bilim olishga bo‘lgan havasini orttiradi. Mustaqil ish izlanuvchanlik, erkin fikrlash kabi qobiliyatlami o‘stirib boradi, o ‘quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi va mustahkamlaydi. Har bir o‘qituvchi va tarbiyachi o ‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqi-yu havasini oshirish borasidagi faoliyati jarayo- nida ulami o‘z ustida mustaqil ishlab hilimini tizimli oshirishga, siyosiy voqealardan, yangi texnologiyalardan xabardor bo‘lishga o‘rgatadi. Bu, eng awalo, ularga o‘z ustida mustaqil ishlashning shakl va usullarini egallashga yordamlashish, dars tayyorlash jarayonida kun tartibiga rioya qilish va har bir daqiqadan unumli foydalanish kabilami taqozo etadi. 0 ‘qituvchi-tarbiyachilar o‘quv- chilaming uy vazifalarini muvaffaqiyatli, mustaqil bajarishlariga erishish uchun ishni to‘g‘ri tashkil etib, aniq pedagogik talablarga rioya qilishlari lozim. Chunonchi: 1 . 0 ‘quvchilaming mustaqil mashg‘uloti oldidan sinf xona- sini gigiyenik jihatdan tayyorlash. 2. Mashg‘ulot uchun kitoblar, ko‘rsatmali qurollar, yozuv anjomlari va shu kabilami tayyorlash. 3. 0 ‘quvchilaming mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida va ma’lum formada kelishlarini ta’minlash. 4. Har bir o‘quvchi uchun doimiy ish joyini biriktirish. 5. 0 ‘qituvchilar bilan tarbiyachilarning doimiy aloqasi va o‘zaro yordami. 6 . Tarbiyachilarning mashg‘ulot o‘tkazish uchun puxta tay- yorgarlik ko‘rishi. 7. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash. 0 ‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir pedagogik qoida va rejim talablarini bajarish maktab rahbarlari yoki katta tarbiyachi tomon nazorat qilib boriladi. Bu esa o'quvchilarni har bir daqiqadan unumli foydalanishga, vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga, uy vazifalarini sifatli bajarishga o‘rgatadi, 155 shuningdek, ularda ishchanlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va tartib- intizom kabi sifatlami tarbiyalaydi. Uyga berilgan vazifalami mus taqil bajarish vaqtida o ‘quvchilar darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, bilim malakasini oshiradilar hamda darslik- lardan, yordamchi kitoblardan va boshqa qo‘llanmalardan foy- dalanish yo‘llarini mukammal o‘rgana boradilar. 0 ‘qish jarayo nida o‘quvchilami bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi, mehnatsevar- ligi (tashabbuskorUgi) oshadi, ularda berilgan topshiriqni mustaqil bajarishga intilish va unga mas’uliyat bilan qarash kabi xususiyat- lar paydo bo‘ladi. 0 ‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini uyg‘otishda ularni mustaqil ishlashga o‘rgata borish va aqliy mehnat samarasini ko‘ra bihshni ta’minlash muhim rol o‘ynaydi. Kichik yoshdagi, ya’ni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan uyga berilgan topshiriqni har kuni bir xil rejim asosida bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 0 ‘quvchilaming bardam, tetik va yaxshi dam olgan holda ish boshlashlari juda muhim pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun ham tajribali tarbiyachi sayming yakuniy qismida bola lami asta-sekinlik bilan dars tayyorlashga o‘rgata boradi, bu ishni tarbiyachi har xil «kam harakat talab» qiladigan o‘yinlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. Agar bu jarayon sinf xonasida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda tarbiyachi o‘quvchilarning tinch o‘tirishlarini ta’minlaydi. Uyga berilgan vazifani bajarishga kirishishdan oldin, o‘quvchi- larni tinchlantirib, ularning kuch-g‘ayrati va diqqat-e’tiborini berilgan topshiriqni bajarishga qaratish kerak. Dars borayotgan xonaga boshqa (begona) kishilarning kirmasligini va zalda shovqin-suron bo‘lmasligini ta’minlash zarur. Agar tarbiyachi o ‘quvchilarga tanbeh yoki ogohlantirish bermoqchi bo‘lsa, guruhga qarab emas, balki aybdoming o‘ziga yarim ovozda aytishi kerak. 0 ‘quvchilaming o‘z ustida mustaqil ishlash davrida, barcha kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalarning dam olishi uchun tanaffuslar tashkil qilinadi. Ko‘pincha 45 daqiqalik darsdan so‘ng, 10 daqiqa tanaffus beriladi. 0 ‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsata- diki, 10 daqiqalik tanafifusdan so‘ng kichik maktab yoshidagi bolalarning ishlash qobiliyati ancha susayib qoladi. Bu o‘quvchilar diqqat-e’tiborining boshqa narsaga jalb bo‘lganligi bilan bog‘Uqdir. 156 Shuning uchun ham o‘quvchilar aniq bir ishni bajargandan so‘ng, ularning erkin dam olishlariga sharoit yaratib berish kerak. Birinchi sinf o‘quvchisi 10—15 daqiqa davomida, 3—4-sinf o‘quvchisi esa 20—25 daqiqa uzluksiz ravishda ishlash qobiliyatiga egadir. Shu vaqtdan keyin ishning samarali bo‘lishi uchun 2—3 daqiqalik «jismoniy daqiqa»lar o‘tkazish kerak. Bunda o‘quvchilar o‘midan turib, 3—5 ta mashq bajaradilar: qo‘llarini ko‘tarib tushirish mashqi, barmoqlarini ochib-yopish mashqi, burundan chuqur nafas oUb o‘tirib-turish, gavdani har tomonga egish, oyoq uchida k o ‘tarilish va boshqa m ashqlar 4—6 m artadan takrorlanadi. Ba’zi o ‘quvchilar tez charchab qoladi, ularga tarbiyachining o‘zi dam olishni tavsiya etadi. Ayrim bolalar topshiriqni hamma bilan birgalikda bajara olmaydi, ko'pincha og‘zaki bajariladigan topshiriqlarni bajarishda tez charchab qolishadi, keyin har xil harakatlar qila boshlab, boshqalarga xalaqit berishadi, ba’zi bir bolalar esa uyga berilgan topshiriqni ovoz chiqarib o‘qish yo‘li bilan bajarishga odatlanadilar. Shuning uchun boshqa o‘quvchilarga mashg‘ulotlari uchun sharoit yaratib berish choralarini izlash kerak bo‘ladi. Bunday hollarda bo‘sh sinf xonalaridan, o‘ynaladigan xonalardan, yetakchilar yig‘ilishi o‘tkaziladigan va dam olish xonalaridan foydalanish mumkin. Bu xonalarda ota-onalar yoki yuqori sinf o'quvchilaridan navbatchilar turishni tashkil qilish mumkin. Tajribali tarbiyachi-o‘qituvchilar o‘quvchilami mustaqil dars tayyorlatishga kirishishdan oldin tartib-intizom , saranjom- sarishtalik, vaqtdan unumli foydalanish masalalariga e’tibor beradilar va quyidagi zarur qoidalarni aniq bajarishni talab qiladilar: 1. Ish oldidan qo‘lingni toza yuv va o‘zingni tartibga keltir. 2. Ish joyingni egalla va uni toza tut. 3. Ish uchun kerakli bo‘lgan barcha narsalarni tayyorla. 4. Barcha uy vazifalarini o‘qituvchi tushuntirgandek bajar. 5. Jimlikni (sukunatni) saqla va o‘rtoqlaringni ishdan chalg‘it- ma. 6 . Har bir topshiriqni belgilangan vaqtda bajarishga harakat qil. 7. Agarda qiyinchilikka duch kelib qolsang, uni bartaraf qilishga, qilgan xatoyingni mustaqil to‘g‘rilashga harakat qil. 8 . Yordam uchun faqat tarbiyachingga murojaat qil. 157 9. Yozma topshiriqlami bajarishdan oldin ulaming mazmu- nini, qoidasini, masalasini o‘qib chiq, keyin ishlashga kirish. 10. Har bir topshiriqni bajarib bo‘lganingdan so‘ng hamma- sini diqqat bilan tekshir, og‘zakilarini esa mustaqil tuzgan rejang asosida so‘zla. 11. Uy topshiriqlarini bajarib bo‘lganingdan keyin ish joyingni tartibga keltir. 0 ‘quvchilar mustaqil ishlarining metodik jihatdan to ‘g‘ri tashkil qilinishi juda muhimdir. Har bir topshiriqni bajarishdan oldin tarbiyachilar dastlab o ‘quvchilarda o‘quv ishlari uchun kerakli bo‘lgan barcha qo‘llanma va o‘quv asboblari bor yoki yo‘qligini, ular nimani va qanday bajarishi kerakligini aniqlaydilar, so‘ngra uy vazifasini ishlashda qiynalayotgan ayrim o‘quvchilarga alohida e’tibor beradilar. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, o‘quvchilar o‘rtasida o‘quv dasturini puxta o‘zlashtirmaslik, bir sinfda ikki yil qolish kabi salbiy holatlaming asosiy sababi ham mustaqil ishlashni bilmaslikdir. Shu sababdan ham kuni uzayti rilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda o‘tkaziladigan mus taqil o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga alo hida e’tibor berish kerak. 0 ‘quvchilami mustaqil ishlash faoli- yatida muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarga amal qilish lozim: — o‘qituvchi va tarbiyachilar yaqindan o‘zaro muloqotda bo‘lishlari, bir-biriga axborot berib, o‘quvchilarga bir xil talab qo‘yishlari; — dars va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilaming qobiliyat- larini hisobga olib, o‘quv materiallari va ish sur’atini aniqlab, ularga differensial va individual yondashish; — o‘quvchilaming faqat darsda olgan bilimlarini mustahkam- lab qolmay, balki ularning mustaqilligi va ijodkorligini hisobga olgan holda uy vazifalari hajmi va mazmunini kengaytirish; — o‘qituvchi uyga berilgan vazifalami oldin o‘zi bajarishi, so‘ngra bajarish kuni va bajarishga ketgan vaqtni ko'rsatib, guruh tarbiyachisiga berishi; — o‘quvchilar dars tayyorlaydigan xonani kerakli anjomlar, ma’lumotlar, ilmiy va badiiy adabiyot, didaktik material hamda boshqa o‘quv qurollari bilan jihozlash, vaqtdan unumli foyda lanish; 158 — o‘z-o‘zini va o‘zaro bir-birini tekshirish usullaridan keng foydalanib, o ‘quvchilarni o ‘quv ishlarini mustaqil bajarishga o'rgatish; — jamoada ijobiy pedagogik-psixologik iqlim va shart-sharoit yaratish imkonini beradigan o‘zaro munosabatni vujudga keltirish; — o‘qituvchilar o‘quvchilarga uy vazifasini topshirayotgan- da, ularning darsdan tashqari vaqtda mustaqil ijod qilishlarini hisobga olish; — o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarini to‘la o‘zlash- tirilishi uchun uy vazifasi hajmini oldindan dastur asosida belgilash va unga amal qilish. Mustaqil dars tayyorlash jarayonida tarbiyachi o‘quvchilarga ayrim zaruriy yo‘l-yo‘riqlami berishi mumkin. Bu vaqtdan unumli foydalanishga, uy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga yordam beradi. Respublikamizdagi ayrim tajribali, ilg‘or pedagoglar mustaqil dars tayyorlash jarayonida har kuni, kundalik jadval asosida doskaga narsalaming nomi va unga sarf qilinadigan vaqtni ko‘rsatib ish olib borsalar, ayrimlari «Kundalik aloqa» daftari tutish yo‘li bilan mustaqil dars tayyorlashda yaxshi natijaga erishmoqdalar. «Kundalik aloqa» daftarida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar tayyorlashi lozim bo‘lgan narsalar, unga ketadigan vaqt ko‘rsatilsa vazifalar, maslahatlar yozilsa, tarbiyachi tomonidan esa o‘quv- chilar bu vazifalarni qay tarzda bajarganligi haqidagi fikr va mulohazalar qayd etiladi. «Kundalik aloqa» daftaridan namuna £ vaqt Oy, kun, hafta F a n la i i £ O'qituvchi maslahati va mulohazalar CVqituvchi tomonidan Tarbiyachi tomonidan Tarbiyachi mulohazalari «Kundalik aloqa» daftariga o‘qituvchi sinfda olib borgan ishi va o ‘quvchilar bilan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yozib qoldiradi. Tarbiyachi shu yozuv asosida ish oUb boradi va u ham, o‘z navbatida, qilingan ishlar natijasini hamda o‘z fikrlarini yozib 159 qoldiradi. 0 ‘qituvchi ertalab maktabga kelganda «Kundalik aloqa» daftari orqali tarbiyachining o‘quvchilar bilan qanday ishlar o‘tkazganligi va ishning natijasi, o‘quvchilar intizomi, qiziqishi, ayrim o‘quvchilarga nisbatan qo‘llanishi zarur bo‘lgan tarbiyaviy tadbirlar bilan batafsil tanishadi. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli maktabning III sinf tarbiyachisi Zaripov H. quyidagi xarakterli fikrlami yozgan: «Qurbonov I. mustaqil o‘quv mashg‘u- lotlarida ko‘pincha boshqa narsalar bilan shug‘ullanib o‘tiradi, uning cho‘ntaklarida hamma vaqt gayka, mix va boshqa har xil temir-tersaklar bo‘ladi. U ko‘pincha mustaqil mashg‘ulotlarda shular bilan shug‘ullanib o‘tiradi. Bu o‘quvchi bilan suhbatlashish jarayonida uning texnikaga qiziqishi borligi ma’lum bo‘ldi». «Niyozov A. mustaqil ishni tez bajaradi, lekin u shoshib juda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. Tarbiyachi unga xatosiz yozish uchun nimalarga e’tibor berib borish kerakligini tushuntirib berdi. Shundan so‘ng u o‘zidagi kamchiliklami yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilardan ba’zilarining sog‘lig‘i yomon- ligi, mashg‘ulotlarda diqqatini bir yerga to‘play olmasligi, chiroyli yozishga yetarli e’tibor bermasligi aniqlandi. 0 ‘quvchilarga yuz berayotgan yuqoridagi singari kamchiliklami tuzatish bo‘yicha tadbirlar belgilandi». Demak, «Kundalik aloqa» daftari tarbiyachi bilan o‘qituvchi o'rtasidagi pedagogik aloqanigina emas, balki ta’hm-tarbiya ish larini yaxshilashda va ayrim o‘quvchilardagi nuqsonlami yo‘qo- tishda ham asosiy vosita hisoblanadi. Bu tarzdagi yozishmalar bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga katta pedagogik ta’sir etadi. 0 ‘qituvchi-tarbiyachi tomonidan vaqtni predmetlar asosida taqsimlanishi ham maqsadga muvofiqdir. Bunday holda vaqt faoliyatni tezlashtiruvchi omil sifatida xizmat qiladi. Boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarda mustaqil dars tayyorlashda tarbiyachining metod va uslubi turlichadir. I—III sinflarda o ‘quvchilarni muntazam ravishda nazorat qilib turish talab etiladi. Hamma o ‘quvchilar bir vaqtning o ‘zida bir xil predm etdan dars tayyorlaydi. Yana shuni aytish lozimki, o‘quvchilarning yozma ishlari tarbiyachi tomonidan mustaqil dars tayyorlash jarayonida tekshirib boriladi, og‘zaki vazifalar esa matnni ovoz chiqarib o‘qish, qayta 160 hikoya qildirish, rollarga bo‘lib o‘qitish va o'yindan foydalanib, dialog tarzida o‘tkaziladi. IV sinfning ba’zi o‘quvchilari o‘qish uchun topshirilgan materiallami oxirigacha bir yo‘la sidirg‘asiga o‘qish yo‘li bilan yaxshiroq o‘zlashtirsalar, boshqalari materialni ayrim qismlarga bo‘lib, alohida-alohida muhokama qilish yo‘li bilan o‘rganadilar. Bunday hollarda o‘quvchilaming qismlami bir- biri bilan mantiqiy bog‘lanishi va matnning umumiy mazmunini tushunib, ongli xulosa chiqara olishlari ta’minlanishi lozim. Matn o‘qib chiqilgandan keyin, o‘quvchi materialni qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlash uchun o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rishi lozim. Bu, odatda, kitobni yopib qo‘yib, o‘qilganlarini yoddan qaytarib chiqish (ovozsiz) yo‘li bilan olib boriladi. Bu xildagi takrorlashda yoddan ko‘tarilgan o‘rinlar qayta о‘qiladi. 0 ‘rta sinflarda tarbiyachilar mustaqil dars tayyorlashni aniq, rang-barang metodlar asosida tashkil qilishlari zarur. Masalan, ona tilidan o‘tilgan mavzu bilan bog‘liq bolgan misolni adabiyot- dan o‘tilgan matndan topish tavsiya etiladi va shu metod orqali adabiyot darsi ham mustahkamlanadi. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so'zlar uchragan taqdirda, o‘quvchilarga lug‘atdan foydalanish taklif qilinadi. Matematikadan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda bola masala yechishda qiynalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi unga qoidalami qayta ko‘rib chiqishni, yechish yo‘llarini, hisoblashni, masala shartla- rini ilgari yechilgan masalalarga solishtirib ko‘rishni tavsiya qiladi. Yuqori sinf o‘quvchilari mustaqil dars tayyorlashda texnik vosi- talardan, ko‘rsatmali materiallardan, yordamchi kitoblardan, lug‘atlardan, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishi zarur. Shuning uchun yuqori sinf o‘quvchilariga o‘quv xonalaridan va kutubxonadan foydalangan holda dars tayyorlash imkoni yaratilgan. Kuni uzaytirilgan sinf va maktab-internatlarda mustaqil mashg‘ulot jarayonini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilami ijodiy izlanishga, ulami savollar tuzish, javobini mustaqil topish kabi ishlarga o‘rgatib borish mashg‘ulot samaradorligini, shuning dek, bolalaming faol qatnashishini ta’minlashda muhim aha- miyatga ega. Ko‘pchilik tarbiyachilar ishini o‘qitish, yozma ish bo‘lsa ko‘chirtirish, sinf xonasida o‘tirib, biror kitobni o‘qitish yoki matematikadan misol va masalalar yechtirish kabi ishlar bilan 6 - 1931 161 o‘quvchilami ortiqcha band qШb qo‘yadilar. Ilg‘or tarbiyachilar esa o‘quvchilarning erkin, ijodiy ishlashi uchun tarqatilgan savollarga atrofni kuzatish yo‘li bilan mustaqil javob topishga undaydilar. 0 ‘quvchilarga ta ’lim-tarbiya berish jarayonida mustaqil ishlashning xilma-xil turlaridan, laboratoriya, amaUyot, ekskursiyadan, ustaxonalardan, o ‘quv-tajriba uchastkasidan korxonalardagi va tashkilotlardagi ishlab chiqarish tajribasidan keng foydalaniladi. Nemis pedagogi Adolf Disterveg o ‘quvchilarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, ularda tafakkur, faollik, mustaqillik uyg‘o- tish g‘oyasiga alohida ahamiyat berdi. 0 ‘quvchiga oddiygina idrok qilish yoki passivlikni o ‘rgatadigan har qanday metod ham,— deb yozgan edi A. Disterveg, — yomon metod, unda mustaqillik uyg‘otadigan metod esa yaxshi metoddir. Rivojla- nuvchi metod o‘quvchilarga aqliy kuch baxsh etadi, ularga iz- lanish, mushohada qilish imkonini beradi. Distervegning fikri- cha, yomon o‘qituvchi o‘quvchiga bor haqiqatni aytib qo‘ya qoladi, yaxshi o‘qituvchi esa uni izlab topishga o‘rgatadi. Eng muhimi — o‘quvchida mustaqil ishlash istagini uyg‘otish, uni o‘ylashga da’vat etishdir. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, mustaqil mashg‘ulotlaming sama- radorligini oshirishda o‘quvchilaming diqqatini bir joyga jamlash muhim ahamiyatga ega. K. D. Ushinskiy aytganidek, «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalar shu eshik orqali o‘tib kiradi. Demak, bilim- laming zarrasi ham shu eshik tashqarisida qolmasligi kerak, aks holda u bolaning ongiga singmaydi. Bolani shu eshikni doimo ochiq tutishga o‘rgatish eng muhim vazifadir, chunki bu o‘qitish- ning muvaffaqiyatini ta’min etadigan shartdir». Kichik yoshdagi bola diqqati uncha barqaror bo‘lmaydi. U bir narsaga uzoq vaqt diqqat bilan tikilib tura olmaydi, undan tez chalg‘iydi, chunki bu vaqtda ularning ixtiyoriy diqqati ham yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Tajriba sinf va guruhlarda pedagoglar maslahatimiz asosida o‘quvchilarning diqqatlarini tarbiyalab borish maqsadida quyidagi usullardan foydalandilar: — o‘qitilayotgan matnlarning mazmuniga qarab maqol va topishmoqlar top ish orqali o‘quvchilar diqqatini faollashtirib, barqaror saqlash; 162 — matn mazmunini aks ettiruvchi rasmlar haqida suhbat o‘tkazish; — maqol va topishmoqlarga oid rasm ko‘rgazmalaridan foydalanish. Bunday usullar o‘quvchilar diqqatini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan uyushtirilgan mashg‘u!otlardan binning qisqacha mazmu nini keltiramiz. Mashg‘ulot mavzusi: « 0 ‘z sinf xonasini kim yaxshi biladi?» Tarbiyachi bir o‘quvchini doskaga chiqarib, sinf xonasini yax- shilab kuzatishni va ko‘rgan narsalarini eslab qolishni taklif qildi. 0 ‘quvchi sinf xonasini yaxshilab kuzatganidan so‘ng, uning ko‘zlari ro‘molcha bilan berkitildi, qolgan o‘quvchilar navbat bilan unga savollar bera boshladilar: tarbiyachimiz o‘tirgan stul qayerda turibdi? Kitob javonining soni nechta va qayerlarda turibdi? Senga nisbatan qaysi tomonda? Sinfimizda nechta parta bor? 0 ‘ng va chap tomoningda nechtadan parta joylashgan? Sinfimizda qanday rasmlar osilgan? Sinfimizda nechta deraza bor? Ko‘zi berkitilgan o‘quvchi savollarga javob berib bo‘lgandan so‘ng, ro‘molcha yechilib, javoblar tahlil qilinadi. Tarbiyachi savollarga javob berishni istagan yana bir o‘quvchini doskaga chiqarib, sinf xonasini yaxshilab kuzatishni taklif qiladi. Bola sinfni kuzatib bo‘lgach, hamma narsalami eslab qolganini aytdi. So‘ng uning ko‘zi berkitilgach, ikki o‘quvchi sinf xonasidan sekingina chiqib ketdi. Xuddi shuningdek, sinf xonasidagi jihoz- lardan bir nechasining o‘mi almashtirib qo‘yildi. Ko‘zini ochga- nidan so‘ng, u sinf xonasidagi ana shu o‘zgarishlami tez aytib berishi kerak. Uchinchi holat «Kim o‘rtog‘ini tovushidan yaxshi taniydi?» deb nomlandi. Hamma o‘quvchilar «bilamiz» deb qo‘llarini ко 4a- rishdi. Tarbiyachi yana bir o‘quvchini doskaga chiqarib, ko‘zini berkitgach, navbat bilan o‘quvchilar tovush chiqarishdi. U qaysi o‘rtog‘i gapirganini aytdi. Bu o‘quvchining ham javoblari tahlil qilindi. Mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolaming asosiy sababi aniqlandi. Shu metod bilan atrofni o‘rab turgan narsalarga e4ibor berib, ulami kuzatib yurish va eslab qolish bilimlami oshirishga, xotirani mustahkamlashga; diqqatni uzoq vaqt bir joyga to‘play bilishga yordam berishini tushuntiriladi. Tarbiyachilar shunga o‘xshash 163 «Maktabim», «Men qaytmaydigan yo‘l», «Xo‘jalikda ekiladigan ekinlar», «Maktab bog‘i» va shu kabi mavzularda o‘yin xarakte- ridagi bir necha mashg‘ulotlar uyushtiradilar. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilami har bir narsani diqqat bilan kuzatishga, ko‘rgan va eshitgan narsalarini esda saqlab qolishlariga har tomonlama yordam beradi. Boshlang‘ich sinf tarbiyachilarining muhim vazifasi bolalaming diqqatini o‘stirish, ulami o‘qituvchi va ota- onalarining so‘zlarini tinglash, mustaqil mulohaza yuritib fikrlash, ko‘rgan va eshitgan narsalarini esda saqlab qolishga o‘rgatib borishdan iborat. Pedagog o'quvchilarga to‘g‘ri pedagogik yordam berishi uchun mustaqil dars tayyorlash jarayonida ularni unumli ishlash qoidasiga o‘rgatishi, mustaqillik berishi, ish usullari, qo‘llanma- lardan foydalanishi, o‘zaro yordam va ishning yakuni kabilarga e’tibor berishi kerak. Mustaqil ishlar jarayonida o‘quvchilarda matonatlilik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik va o‘z mehnatini tashkil eta ohsh kabi sifatlar vujudga keladi. 0 ‘qituvchi dars tayyorlash paytida o‘quvchilarning quyidagi mustaqil ishlarini tashkil etadi: — materialni o‘zlashtirish uchun takrorlashni; — o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklar va nuqsonlami aniq- lashni, ulami to‘ldirish va bartaraf etishni; — mustaqil ishlash jarayonida zarur hollardagina o‘quvchi- larga individual yordam berishni; — dars tayyorlash jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazganda, matn yuzasidan savol berish bilan chegara- lanmay, ko‘proq «asoslab ber», «sababini aniqla», «izohla» kabi topshiriqlar berishi va to'liq javobni talab qilishi maqsadga muvofiq. Boshqacha aytganda, pedagog mumkin qadar savolga bolalaming o‘zlarini javob topishga da’vat etishi va, ayniqsa, u yoki bu mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan nazariy bilimlaridan foydalana ohshlarini ta’minlamog‘i lozim. Mustaqil dars tayyorlashning yakunida ishning bajarihshi va natijasi, o ‘quvchining dars tayyorlashdagi oz b o ‘lsa ham muvaffaqiyati qayd etilsa yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilaming ishdagi xatolarini ko‘rsatib, tuzatishlar kiritadi va umumiy xulosa chiqaradi. To‘rtinchi sinfdan boshlab o‘quvchilaming bilimi, bir-biriga munosabati, umumiy rivojlanishi nuqtayi nazaridan ulami kichik 164 guruhlarga bo‘lib mustaqil dars tayyorlashlarini tashkil etish maq- sadga muvofiqdir. Har bir guruhga bilimi kuchli, xulqi namunali o‘quvchilar rahbarlik qiladi. Do‘stlariga yordam berishi va nazorat qilishi orqaU rahbar — o‘quvchida tashkilotchilik, ishchanlik kabi fazilatlar tarkib topadi va rivojlanadi. Bundan tashqari, o‘quvchilaming bilim darajalariga qarab, kuchli, kuchsiz va o‘rta bilimga ega bo‘lgan bolalar guruhini tashkil qilish va ularga bolalarning o‘zlaridan konsultant- lar belgilash mumkin. Guruhdagi har bir o‘quvchi biror fandan konsultant qilib belgilanadi. Ular tarbiyachilar, fan o‘qituvchilari ishtirokida guruh a’zolari tomonidan saylanadi. Konsultant bo lalar ishini nazorat qilish bilan birga mas’uUyatni his qilishga ham odatlanadi, IV sinfda yozma va og‘zaki vazifalarni tayyorlash jarayonida konsultant faoliyati taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: Yozma vazifalarni tayyorlash: — konsultant o‘quvchilardan biriga vazifani o‘qishni taklif qiladi, qolganlari uni kundalik bilan solishtiradilar; — u matnni, qoida yoki masala shartini o‘qiydi; — shundan so‘ng konsultant o‘qilgan matn yuzasidan savol- lar beradi, guruh a’zolari esa navbat bilan javob beradilar; — masala, qoida tahlil qilingandan so‘ng, yozma ravishda vazifani bajarishga kirishiladi; — yozilgan mashq, misol yoki masala o‘qituvchi-tarbiyachi- ning talabini hisobga olgan holda tekshiriladi. Og‘zaki vazifalarni bajarish: — konsultant paragrafni navbat bilan ovoz chiqarib o‘qishni taklif qiladi; — so‘ngra har bir o‘quvchi darslikdagi paragrafning oxirida berilgan bir, ikkita savolga javob beradi; — material bo‘laklarga bo‘Unib, qayta hikoya qilinadi. 0 ‘zaro bir-birining ishonchini qozongan guruhlarda predmet bo‘yicha matnlar oldindan bo‘lib olinadi va har bir o‘quvchi o‘ziga tegishU qismni qayta hikoya qiladi. Bu har bir fanga tayyor- garlik uchun ketadigan vaqtni tejash maqsadida qilinadi. Ishning bunday tashkil etilishi natijasida o‘quvchilar o‘z konsultantidan aniq topshiriq oladi va ular shu ishga sidqidildan yondashadi. Natijada intizom, o‘zaro nazorat yaxshilanadi. Bu o‘qishga nisba- tan munosabatning o‘zgarishiga, bilimlami o‘zlashtirishga bo‘lgan 165 intilishining kuchayishiga olib keladi. Ko‘pchilik bolalar fan bo‘yicha mustaqil dars vazifalarini konsultant sifatida ko‘rib chi- qadilar, qiynalganlarida pedagog va yuqori sinf o‘quvchilariga murojaat qiladilar. Guruhlami bu tarzda guruhlash faqat didaktik tomondan emas, balki tarbiyaviy tomondan ham yaxshi natijalar bermoqda. Bunda tarbiyachi ko‘proq o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mustaqil bilim olishni tartibga solishda maktab direktori va uning o ‘rinbosari tomonidan olib boriladigan nazorat katta ahamiyatga egadir. Uni uch yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish: birinchidan, o ‘qituvchi-tarbiyachining qanday ish ustida mashg‘ulot olib borayotganini bilish, ikkinchidan, qanday ishlat- ganini aniqlash (ish uslubining samaradorligi), uchinchidan, nazariy bilimlarning amalda qanday qo‘llanilayotganini bilish hamda uy vazifasi normasini belgilash tavsiya qilinadi. Bunday nazoratni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun maktabda sentabr oyidan boshlab mustaqil bilim olish jadvali tuzilishi va maktab rahbarlari jadvalning bajarilishini tekshirib borishlari lozim. 0 ‘quvchilar o‘z faoliyatlariga ko‘ra yuqori, o‘rta va past ish qobiliyatiga egadirlar. Davomli, og‘ir mehnatga qodir, hamma ishni ko‘ngildagidek bajaruvchi, pedagog va o‘rtoqlari tomonidan nazoratga muhtoj bo‘lmagan, qisqa vaqtda yuqori o‘zlashtirish- ga erisha oladigan o ‘quvchilar yuqori ish qobiliyatli bolalar hisoblanadi. 0 ‘rtacha ish qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar qatoriga uzoq muddat mehnat qiluvchi, lekin har qanday ishni doimo oxirigacha bajara olmaydigan, vaqti-vaqti bilan o‘qituvchi yoki o‘rtoqlari tomonidan nazoratga muhtoj o‘quvchilar kiradi. Ish qobiliyati past o ‘quvchilar qatoriga o ‘quv jarayonida vazifalarni belgilangan vaqtda bajarib ulgura olmaydigan, ishni to‘liq bajarishga qodir bo‘lmagan, doim o‘qituvchi, o‘rtoqlari, ota- onalar tomonidan nazoratga muhtoj o‘quvchilar kiradi. Yana bir narsani alohida ta ’kidlash lozimki, bolaning individual xususiyati va psixologiyasini hisobga olish ancha murakkabdir. Masalan, bir bolada ko‘ruv xotirasi, ikkinchisida eshitish, uchinchisida harakat xotirasi yaxshi, yoki biri tez anglaydi va farosatli, ikkinchisi sust fikr yuritadi va qisman fahmsizroq; biri hovliqma, ikkinchisi vazmin; yana biri sergap, serg‘ayrat, boshqasi tepsa tebranmas, yalqov; qay biri tirishqoq, 166 boshlagan ishini oxiriga yetkazadi, ayrimlari pala-partish, chala ishlaydi, ishga tez kirishib, tez soviydi. Bu jarayonlarning hammasini tarbiyachi yaxshi o'rganib, ta’lim ishi jarayonida shularga e’tibor berishi kerak. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilaming individual bilim saviyasini hisobga olmasdan topshiriqlar berilishi yangi tip maktablar ishida sezilarli darajadagi nuqsonlaming keUb chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada, sekin ishlaydigan o‘quvchilar vazifani oldin bajargan o‘rtoqlaridan mexanik ravishda ko‘chirib oladilar yoki xato bajaradilar, ba’zilari esa o‘rtoqlaridan uyalib, «ishladim» deb yoIg‘on gapiradilar. Bu kamchiliklaming oldini ohsh uchun sinf o‘qituvchilari bilan tarbiyachilar hamkorlikda o‘quvchilarga beriladigan uy ishini differensiallashtirishlari lozim. Bu o‘quv- chilami mashg‘ulotlarda faolroq ishtirok etishga, har bir o‘quv- chini vazifani mustaqil ishlashga o‘rgatadi. Ayrim guruh tarbiya chilari o‘quvchilaming tez, sekin ishlashlarini hisobga olmaydilar va vazifani differensiallashtirishga e’tibor bermaydilar. Natijada vazifani oldin bajargan o‘quvchilar orqada qolgan o‘quvchilaming ishlab bo‘lishlarini kutib o‘tiradilar. Bunday holat, birinchidan, vazifani oldin ishlagan bolalaming bekor turib qolishlariga sabab bo‘lsa, ikkinchidan, ular bekorchilikdan o‘rtoqlariga xalaqit berishi yoki zerikkanidan intizomni buzishi mumkin. 0 ‘quvchilaming tez, sekin yoki o‘rtacha ishlashini aniqlash maqsadida 29 nafar o ‘quvchiga bir xil mazmundagi vazifa topshirildi. Buning natijasi quyidagicha bo‘ldi: •а ’3 i s S t cr Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling