K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘QUYCHI SHAXSINI TARBIYALASHDA BO‘SH VAQT B o‘sh vaqt haqida tushuncha.
- Tanlangan pedagogik asarlar. — Т.: 1959, 157-bet. 182
- KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB - INTE RNATLAR SHAROITIDA 0 ‘QUVCHILARNING BO‘SH VAQTLARINI UYUSHTIRISH
0 ‘rinsiz bo‘lsa ham ustma-ust savollar beraveradi, tortinmaydi, tarbiyachini chalg‘itadi, tartibni buzadi. Tarbiyachi bunday bolaga boshqa bolalarga nisbatan ko‘proq talab qo‘yishi, unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar berishi va shu kabi vositalar bilan to‘g‘ri pedagogik ta’sir ko‘rsatishi lozim. Tarbiyachi bolalardan uy vazifasini aniq belgilangan vaqtda, qunt va diqqat bilan bajarilishini talab qilsin. Bolalarning mustaqil ishlashini uyushtirishdagi muhim xusu- siyatlardan yana biri tarbiyachining bolalar jamoasi o‘rtasida olib boradigan ishidir. Ko‘pchilik o‘quvchilar qunt va diqqat bilan ishlash malakalariga ega emaslar. Ular ishga kirishishdan oldin diqqatni dars tayyorlashga jalb qila olmay turadilar, sal sharpa bo‘lgan tomonga chalg‘iydilar, agar biron narsa tushunarli bo‘lmasa, baland ovoz bilan so‘raydilar. Bolalami mustaqil ish- lashga, ortiqcha gapirmaslikka, tug‘ilgan qiyinchiliklami mustaqil bartaraf etishga o‘qishning birinchi kunidan boshlaboq o‘rgatib borish kerak. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi kuni uzaytirilgan 79- maktabning III sinf tarbiyachisi S. Irismatova tubandagilarni aytadi: «Kuni uzaytirilgan guruh bilan ishlashning birinchi oyida men juda qiynaldim, uch yil birga o‘qib, bir-biriga o‘rgangan bolalar ham bu sharoitda dars tayyorlashga tez o‘rgana olmadilar. Hadeb chalg‘ir, ishlash o‘rniga ko‘proq bir-birlari bilan gapla- shishga urinar, o ‘zlari bosh qotirishni xohlamas, bir-biridan ko‘chirishga harakat qilar edilar. Ba’zi bolalar topshiriqni bajarib bo‘lganlarini baland ovoz bilan bildirardilar. Bolalardagi bunday 176 kamchiliklami yo‘qotish uchun men o‘qituvchi bilan birgalikda «Jamoa bo‘lib o‘qish», «Mehnat qilishning ahamiyati va ta- moyili», «Bir daqiqani ham qadrla», « 0 ‘rtoqlik, do‘stlik, ham- korlik qanday bo‘lishi kerak?», «Sinf sharoitida dars tayyorlash» kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazdik va har bir bolaning individual xususiyatlarini o‘rganib, to‘g‘ri pedagogik munosabatda bo‘lishga erishdik». Birinchi sinfda dars tayyorlash vaqtida tarbiyachining o‘zi rahbarlik qiladi. Ularni ravon o‘qishga o‘rgatadi. II—III—IV sinflarda esa matnlami mustaqil o‘qish yuzasidan topshiriqqa yana ham ko‘proq e’tibor berish talab etiladi. Tarbiyachi o‘quvchilar- ning mustaqil o'qish ko‘nikmasini kuzatadi, o‘quvchilar ham o‘z navbatida bir-birlarining qanday o‘qishlarini o‘zaro tekshirib ko‘radilar. Keyin uyga berilgan vazifalaming bajarilish sifatini bilish maqsadida ayrim o‘quvchilar o‘qitiladi. To‘rtinchi sinfda tabiat va o‘lkani o‘rganish materiallarini o‘zlashtirishni mustaqil o‘qishdan boslilaydilar. Umuman olganda, mustaqil mashg‘ulotlar jarayonida o‘quv- chilar bilimini o‘rganish, nazorat qilish katta ahamiyat kasb etadi. Bu quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: maxsus yozma ishlar (diktant, insho, bayon, ijodiy insho, ko‘rgazmali diktant va shu kabilar) uyushtirib, uni tahlil qilish; o‘qilgan matnlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish; o‘quvchilarning daftarini, og‘zaki nutqini, mustaqil kitob o‘qishini, o‘qilgan narsalami o‘z so‘zi bilan gapira olishini nazorat qilish; yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolaming sababini aniqlash; harf elementlarining to ‘g‘ri ishlatishlarini o‘rganish; mustaqil ishlash ko‘nikmasini; mustaqil o‘quv ishlarida elementar talablarga amal qilishni tahlil qilish. Bular asosida tarbiyachi o‘quvchUaming har tomonlama o‘rganib, ta’Um ish larini, ayniqsa, mustaqil dars tayyorlash jarayoni samaradorligi ni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tarbiyachi dars tayyorlatishga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanib, uyga berilgan hamma vazifalami o‘z nazorati ostida ishlatsa va bunda to‘g‘ri yordam berib tursa, yaxshi natijaga erisha oladi. Nazoratning tubandagi xillaridan foydalanish mumkin: a) tarbiyachi tomonidan; b) bir-birlarini; d) o‘zini o‘zi. 177 Tarbiyachi tomonidan qilinadigan nazoratning maqsadi o‘quvchilarning mustaqilligini tekshirish, vazifaning bajarilishi va uning sifati, materialni o‘zlashtirish darajasi, bo‘sh o‘zlash- tirishning sabablarini aniqlashdan iborat. Tarbiyachi bolalaming yozma ishini, kundalik daftarini va sinf jumalini ko‘rib borishi kerak. Har qanday holda ham nazorat bolalaming tashab- buskorligiga xalal bermasligi lozim. Bolalar mustaqil ishlayotgan vaqtlarida tarbiyachi ularni boshqalar yordamisiz mustaqil ishlashini kuzatib turadi. 0 ‘quvchi vazifani bajarishda qiyinchi- likka duch kelsa, tarbiyachiga murojaat etadi, tarbiyachi esa yordamchi savollar orqali uni to‘g‘ri yo‘lga soladi. Sinfda dars tayyorlash davomida tarbiyachi doim yurib turmasligi kerak, bu o ‘quvchilar diqqatini chalg‘itishi mumkin. Tarbiyachining hamma vaqt ham barcha ishni tekshirib chiqishi shart emas. Ba’zan yaxshi, to‘g‘ri bajarilgan vazifalaming ayrimlarini ustidan qarab chiqishi kifoya qiladi. Bunda tarbiyachi yaxshi bajarilgan ishni o‘z ishlari bilan solishtirib, tekshirib chiqishi uchun o‘quv- chilarga topshiradi. Bunday topshiriq uy vazifalarini muntazam va o‘z vaqtida ishlab turishga rag‘batlantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Chunki o‘quvchilar o‘z o‘rtoqlarining ishini ko‘rishni xohlaydilar. Ular har bir ishni mayda-chuydalarigacha tekshiradilar. Bu metod o ‘quvchilarda o ‘ziga talabchanlik xislatini vujudga keltiradi. Tarbiyachi uyga berilgan hamma topshiriqlarning ham ba- jarilishini to‘liq tekshira olmaydi. Shu tufayli o‘quvchilarning o‘zlari bajargan ishni o‘zlariga o‘zaro tekshirtirish foydalidir. Bu, ayniqsa, og‘zaki vazifalami tekshirishda samara beradi. Tar biyachi guruhdagi hamma o‘quvchilarning qay darajada o‘zlash- tirganliklarini tekshirib chiqishi qiyin. Shunga ko‘ra bu maktab larda og‘zaki vazifaning bajarilishini tekshirishga ko‘pincha yuqori sinf o‘quvchilarini ham jalb qilish mumkin. Qobiliyatli o‘quvchilar odatda yozma ishlarni tezroq bajaradilar. Tarbiyachi bunday o‘quvchilarning ishi yaxshiligiga, xatosiz bajarganligiga to ‘la ishonsa, ularga o ‘rtoqlarining ishini tekshirishga mxsat beradi. Bunda o‘zi ham ishtirok etadi, albatta. 0 ‘quvchi o‘rtog‘i- ning xatosini tuzatmaydi, balki unga qaysi qatorda xato borli- gini va uni tekshirish kerakligini aytadi. Bu usul o‘quvchilarga uy vazifasini tez va yaxshi ishlashda, dars tayyorlash uchun 178 ajratilgan vaqtni qisqartirish imkoniyatini tug‘dirishda asosiy stimul bo‘lib xizmat qilmoqda. Poytaxtdagi 47-maktab huzurida tashkil qiUngan kuni uzay tirilgan guruhlar turli sinf o‘quvchilaridan tuzilgan. Shuning uchun guruhdagi yuqori sinf o‘quvchilariga vaqti-vaqti bilan quyi sinf o‘quvchilarining ishini tekshirish vazifasi berib boriladi. Masalan, 2-sinf o‘quvchisi qiynalsa, 3-yoki 4-sinf o‘quvchilari tekshiradi va yordam beradi, 4-sinf o‘quvchisi qiynalsa, tarbiya chining o‘zi tekshiradi. Ishning bunday shakli o‘quvchilar o‘rtasida faollikni oshirish bilan birga o‘zaro tekshirishdagi mas’u- liyatni sezish va shu orqali o‘quvchilarda o‘rtoqlik va g‘amxo‘rlik hislarini tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatdi. Bolalami mustaqil ishlashga o‘rgatish nihoyatda zamrdir, yaxshi maktab ham qiyosan uncha katta bo‘lmagan bir hajmda bilim beradi. Texnika taraqqiyoti, fan taraqqiyoti, kasb-koming doim almashinib turishi, funksiyalaming almashinib turishi, yangi paydo bo‘lgan bir qancha masalalami o‘ylab olish va hal qilish zarurligi bilim hosil qilish sohasida mustaqil ishlay bilishni talab qiladi. 0 ‘zi mustaqil o‘qib bilim orttira olmaydigan va faqat o‘qituv- chining, tarbiyachining og‘zidan eshitganlarinigina qulog‘iga quyib oladigan, faqat boshqalarning yo‘l-yo‘rig‘i bilangina ish qila oladigan o‘quvchi noshud bo‘ladi. Shuning uchun yosh avlodni mustaqil sur’atda bilim ola bilishga o‘rgatish shu kunning tala- bidir. Umuman olganda, tarbiyachining barcha tadbirlari o‘quvchi- larning uy vazifasini bajarishda mustaqil o ‘qib, bilim olish malakasini hosil qilishiga qaratilmog‘i kerak. 0 ‘QUYCHI SHAXSINI TARBIYALASHDA BO‘SH VAQT B o‘sh vaqt haqida tushuncha. Insoniyatning tarixiy taraq qiyoti jarayonida bo‘sh vaqt muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bo‘sh vaqt muammosining ilmiy tahlili faylasuflar, iqtisodchilar, pedagoglar va siyosiy arboblar diqqatini jalb etib kelgan. Olimlar, ziyolilar, klassik yozuvchilar insonning ishdan bo‘sh vaqtini asosan jamiyat va o‘zining manfaatlari uchun hamda ma’naviy kamoloti yo‘lida sarflashiga asosiy e’tibomi qaratganlar. 179 Bo‘sh vaqt yoshlami kamolotga yetkazish va ta’lim-tarbiya ishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Insonning bo‘sh vaqti jamiyatning ijtimoiy boyligidir. Chunki inson mehnati va bo‘sh vaqti to‘g‘ri tashkil etilsa, bu inson shaxsining va jamiyatning rivojlanishiga bevosita yordam beradi. Modomiki, bo‘sh vaqt jamiyatning ijtimoiy boyligini oshiruvchi omil ekan, uni tashkil etishga jamiyat g‘amxo‘rlik qiladi. Demak, o‘z navbatida, bo‘sh vaqt — jamiyat oldidagi mas’uliyatdan xoli bo‘lgan vaqt emas. Mamlakatimiz rahbariyati bo‘sh vaqtning ahamiyatiga katta e’tibor berib, uning samarali kechishiga doimo g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Yoshlami bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishga o‘rga- tish, uni jismoniy va ma’naviy kamolotni rivojlantirishga yo‘nalti- rish juda muhimdir. Boshqacha aytganda, insonning bo‘sh vaqti uning dam olishi, intellektual taraqqiyoti, bilim olish, oz o‘rtoqlari bilan fikr almashi- shi, erkin jismoniy va intellektual kuchlarini tiklash vaqtidir. Inson o‘zining bo‘sh vaqtini faqat o‘z shaxsiy manfaatlari uchun sarf qilmasdan, balki jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi lozim. Jamiyat taraqqiy qilib borishi bilan kishilaming bo‘sh vaqti strukturasi ham takomillashib boradi. Ayniqsa, bo‘sh vaqt strukturasida jamoat ishlari alohida o‘rin egallaydi. Keyingi yillarda xalqimizning bilim va madaniy saviyalarining yuqori darajaga ko‘tarilishi, ularning o‘qishga ajratgan vaqt miqdorining ko‘payishiga olib kelmoqda. Mamlakatimizning ilg‘or kishilari ishdan bo‘sh vaqtda faqat dam olish, o‘qish bilangina chegaralanib qolmay, balki o‘zlarining madaniy saviyalarini oshirish, fan, san’at, badantarbiya va shu kabi ishlar, ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar, shuningdek, jamiyat va xalq manfaatlari yo‘lida turli jamoat topshiriqlarini bajaradilar. Jamiyat qurilishi va yoshlarning ma’naviy kamolotida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish juda muhimdir. Ayniqsa, yoshlarning chuqur bilim egallashi nuqtayi nazaridan butun o‘quv jarayonini ratsional tashkil etish, faoliyatning hamma turlaridan vaqtni tejash, ularda vaqtdan unumli foydalanishga nisbatan ko'nikmalar hosil qilishning yo‘l va vositalarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki vaqt o‘zgarmas qiymatga egadir. Shuning uchun ham vaqtni materialning hajmiga emas, balki materialning hajmini vaqt miqdoriga bo‘ysundirish talab etilmoqda. 180 Vaqtning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Vaqtni kishi- lar ko‘rishi, eshitishi, tutishi, hidlashi mumkin bo‘lmasa-da, u bor narsa: u hech qachon to‘xtamaydi, ovozsiz va betinim doimo harakat qiladi. Vaqtning eng muhim xususiyati orqaga qaytmaslik, to ‘xtamaslikdir, cheksizlikdir. U hamisha bir yo‘nalishda — o‘tmishdan kelajakka yuradi. Shu sababdan o‘tgan vaqtni, o‘tgan kunni va o‘tgan daqiqalami qaytarib bo‘lmaydi. Vaqt sekundlar, minutlar, soatlar, kunlar, oylar, yillar, asrlar... Vaqtning bunday beto‘xtov oqimi odamlarga ma’lum. Qator hayotiy, falsafiy masalalar kabi vaqt muammosi ham necha asrlardirki, inson tafakkurini band etib kelgan. Chunki inson butun o‘tmishi, hozirgi hayoti davomida hal etilmagan muam- molarni aniqlashga, ularni jamiyat uchun foydali tomonga bo‘ysundirishga intiladi. Shuning uchun ham insoniyat tafakkuri taraqqiyoti jarayonida vaqt to‘g‘risida falsafiy fikrlar, nazariya va qarashlar, astronomik xulosalar, fizik taxminlar, matematik hisoblar, geografik o‘lchovlar, pedagogik-psixologik tushunchalar yaratilgan. Inson madaniyati yuksalgan sari vaqt to‘g‘risidagi bilimlari ham tobora kengayib borgan. Bu jarayon bizning davrimizda ham o ‘ziga xos ravishda davom etayotir. Shu sababdan vaqtning qadriga yetish, uni behuda o‘tkazmaslik, turmushning oliy sharti ekanligi haqida xalqimiz maqol, matal, hikmatli so‘zlar to‘qigan. Shuningdek, u ijodkorlar va olimlaming sevimli mavzusi bo‘lib kelayotir. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy yil davomida kunni tunga ulab, tinmay ishlashi natijasida fanning turli sohalari bo‘yicha 150 dan ortiq asarlar yaratdiki, buning uchun barcha insoniyat undan abadiy minnatdordir. Yoqut-al Kamoliy o‘zining «Adiblar qomusi» kitobida Beruniy zamondoshi — qonunshunos al-Valvolijiy hikoyasini keltiradi. Unda qayd qilinishicha, Abu Rayhon Beruniy o‘lim to‘shagida yotganida ham, jon berayotgan vaqtda ham fan to‘g‘risida o‘ylagan va hayotining so‘nggi daqi- qalarida uni ko‘rgani borgan al-Valvolijiydan merosiy huquqqa oid chigal masalani yechishda yordam berishini iltimos qilgan. Unga al-Valvolijiy: «Shunday holatda-ya?» desa, Abu Rayhon Beruniy: «Men bu dunyo bilan xayrlashayapman, o‘sha masalani bilmay ketganimdan ko‘ra, bilib ketganim yaxshiroq emas- mi?» — deb javob bergan ekan. Shuningdek, al-Xorazmiy o‘lim to ‘shagida yotganida undan Abu Bakir: «Ko‘ngling nimani 181 xohlaydi, ishtahang nimani taqozo qilmoqda?» — deb so‘ragan- larida, al-Xorazmiy: «Kitob yuziga bir qarasam!» degan ekan. Taraqqiyot muqarrar ravishda yangi talab va ehtiyojlarni kel- tirib chiqaradi, shuning uchun ham maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish talab etiladi. Maktabda bolalami yuksak madaniyatli qilib tarbiyalash ularni bir me’yorda mehnat qilishga, vaqtdan unumli foydala- nishga, tartibli hayot kechirishga o‘rgatish demakdir. Kishining vaqtdan foydalanish madaniyati yuksak b o ‘lsa, uning ish unumining oshishiga, o ‘zining intizomli bo‘lishiga yordam beradi. Bunday xususiyatlar ratsional hal etilgan kun tartibi orqali amalga oshiriladi. Oqilona tashkil etilgan kun tartibi inson uchun o‘z-o‘zini tarbiyalashda ongli intizom vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Atoqli pedagog A. S. Makarenko o‘zining intizom to‘g‘risidagi ma’ruzasida shunday degan edi: «Biz fuqarolardan har tomonlama intizomli bo‘lishni talab etamiz. Biz fuqarolar dan buyruqni nima uchun va nimaga bajarish zarurligini tushu- nishnigina emas, balki bu buyruqni mumkin qadar yaxshiroq bajarish uchun uning faol harakat qilishini ham talab qilamiz. Bu ham ozlik qiladi. Biz fuqarolardan farmoyish, buyruq berilishini kutib turmas- dan, o‘z hayotining har bir daqiqasida uning itoatkor, irodali, tashabbuskor bo‘lishini talab qilamiz»1. Vaqt budjetining yana bir xususiyati shundan iboratki, uni uzaytirish va qisqartirish mumkin emas, uning har daqiqasidan o‘z o‘mida foydalanish mumkin. Tejalgan vaqtdan yoshlar ijodiy faoliyat va kamolot uchun foydalanmoqlari lozim. Vaqtni o‘rinsiz sarflashning oqibati, um rni befoyda o ‘tkazish to ‘g ‘risida K. D. Ushinskiy shunday degan edi: «Hammadan ham shu narsa zarurki, tarbiyalanuvchi qo‘lida bir ishi, boshida bir fikri yo‘q bekorchi odamlar kabi, o‘z vaqtini bekorga laqillab o‘tkazishga sira tobe bo‘lmasin, chunki qo‘l ham, miya ham mashg‘ul bo'lmagan ana shunday chog‘da insonning fikri, qalbi va axloqi buziladi».2 1 Макаренко А. С. Избранные педагогические произведения. — М.: Учпедгиз, 1946, 253 стр. 2 Ushinskiy К. D. Tanlangan pedagogik asarlar. — Т.: 1959, 157-bet. 182 Xulosa qilib aytganda, bo‘sh vaqt yoshlar shaxsining shakl- lanishiga ijobiy yoki salbiy omil sifatida xizmat qilishi mumkin. KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH VA MAKTAB - INTE RNATLAR SHAROITIDA 0 ‘QUVCHILARNING BO‘SH VAQTLARINI UYUSHTIRISH Kuni uzaytirilgan maktab va maktab-intematlar sharoitida yosh inson shaxsini har tomonlama shakllantirishda tarbiyaning barcha vositalari qatori o ‘quvchilarning o ‘qishdan tashqari, xususan, bo‘sh vaqtdagi faoliyatlarini o‘rganish va uni to‘g‘ri rejalashtirish hamda mazmunli o‘tkazishning o ‘rni benihoya kattadir. 0 ‘qishdan tashqari bo‘sh vaqt faqat ko‘ngil ochish uchun emas, balki ilmiy, badiiy yoki texnikaviy ijod bilan shug‘ulla- nishni ham taqozo etadi. Pedagogik tadqiqotlarimizning natijasiga qaraganda, qonunbuzarchilik, kashandalik, bezorilik, ichkilikboz- lik, giyohvandlik singari noaxloqiy holatlar maktabdan tashqari vaqtni to‘g‘ri, rejali uyushtirilmasligidan kelib chiqadi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da jamoat tashkilotlarining maktab va oila bilan doimiy ravishda uzviy aloqada bo‘lishi zarurligi, yosh avlodni tarbiya- lashdagi jamoat tashkilotlari ishini oilaviy tarbiya bilan yanada ko‘proq qo‘shib olib borish ko‘rsatilgan. Bo‘sh vaqt ijtimoiy boylik asosidir. Ammo ana shu bo‘sh vaqtdan kishi qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, shuning dek, butun jamiyatning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarini yanada ko‘paytirish maqsadida foydalanilsa, haqiqatan ham ijtimoiy boylik orta boradi. Jamiyatimiz qurilishi va yoshlarning ma’naviy kamolotida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish juda muhimdir. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlarni chuqur bilim egallashi nuqtayi nazaridan butun o‘quv jarayonini ratsional tashkil etish, faoliyatning hamma turlarida vaqtni tejash, ularda vaqtga nisbatan ko‘nikmalar hosil qilishning yo‘l va vositalarini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, ota-onalari ishlab chiqarishda band bo‘lgan ayrim boshlang‘ich sinf o‘quvchilari darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini reja asosida tartibli uyushtira olmaydilar. Bunday bolalarga shu masala bo‘yicha pedagogik ta’sir etish talab qilinadi. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-intematlar ana shunday pedagogik ta’siming 183 muhim omili bo‘lishi bilan birgalikda, ular o‘quvchilaming bo‘sh vaqti muammosini hal etishda qator qulayliklarga egadirlar. Bu tipdagi maktablar o‘quvchilaming bo‘sh vaqti ommaviy maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtiga qaraganda ikki barobar ko‘pdir. Shuningdek, bu vaqtning asosiy qismi pedagog-tarbiyachi tomonidan nazorat qilinadi va uyushtiriladi. Bundan tashqari bu maktablarda o‘quvchilar bo‘sh vaqtini uyushtirishning bir qator jihatlari ham mavjuddir. Birinchidan, bu yangi tip maktablarda o ‘quv vaqtini tejash hisobiga o ‘quvchilarning bo ‘sh vaqti ko‘paysa, ikkinchidan, ulaming deyarli hamma vaqti o‘quvchilar jamoasi sharoitida o‘tadi. Bu esa o‘quvchilaming bo‘sh vaqtdan yaxshiroq, yanada samaraliroq foydalanish imkoniyatini beradi. Uchinchidan esa, o‘quvchilarning ko‘cha-ko‘ylarda o‘tadigan bo‘sh vaqti ancha qisqaradi. Masalan, umumiy ta’lim maktab- larining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtacha bir o‘quv kunida 3 soat bo‘sh vaqtga ega bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktab o‘quchilari bir kunda o‘rtacha 4 soat-u 50 daqiqa bo‘sh vaqtga ega bo‘ladilar. Umumiy ta’lim maktablarining IV—VIII sinf o‘quvchilari bir o‘quv kunida o‘rtacha 2 soat bo‘sh vaqtga ega bo‘lsalar, kuni uzaytirilgan maktab o‘quvchilari 3 soat-u 40 daqiqa bo‘sh vaqtga egadirlar (bu, albatta, rejimni to‘g‘ri tuzishga va unga amal qilishga bog‘liq). Shuni nazarda tutmoq kerakki, o‘quvchilar bo‘sh vaqtini haddan tashqari ko‘paytirib yuborish ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Vaqtning pedagogik ma’nosi, mazmuni, yo‘nalishi, motivi, formasi hal qiluvchi faktor hisoblanadi. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-intematdagi o‘quvchilar- ning bo‘sh vaqti shunchaki rejimda ko‘rsatilgan tadbir bo‘lmas- dan, u biror maqsadni ko‘zlab tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlarga o'lchov bo‘lmog‘i lozim. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi oldiga o‘quvchilar bo‘sh vaqtini tashkil etishda quyidagi talablar qo‘yiladi: — bo‘sh vaqtni uyushtirishning qulay yoilarini aniqlash; — o‘quv ishlari va bo‘sh vaqt orasidagi o ‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini yechish; — o‘quvchilaming o‘quv, dam olish, bayram va ta’til payti- dagi bo‘sh vaqtini o‘tkazishning turli tizimlarini ishlab chiqish; — bo‘sh vaqtda mashg‘ulotlar o‘tkazishning moddiy-texnika bazasini yaratish yo‘llari va mazmunini belgilash; 184 — o‘quvchilaming bo‘sh vaqtini uyushtirishda o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar va keng jamoatchilikning hamkorligini yo‘lga qo‘yish; — o‘quvchilarga u yoki bu ishlami bajarishda yordam berish, shuningdek, ularning mazmunli dam olishlarini uyushtirish. M a’lumki, kuni uzaytirilgan guruh, maktab-internatdagi o ‘quvchilarning bo‘sh vaqti ularning kundalik rejimida aks ettiriladi va bu vaqtda qator tarbiyaviy ishlami bajarish ko‘zda tutiladi. Har bir tarbiyachi va pedagog oldiga o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini uyushtirish davrida o‘quvchi shaxsini har tomon- lama rivojlantirish, sinfda o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlami davom ettirish, bolalarga u yoki bu topshiriqlami bajarishda yaqindan yordam berish hamda o‘quvchilaming mazmunli dam olishlarini ta ’minlash vazifalari qo‘yiladi. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda bo‘sh vaqtning rang-barang o‘tkazilishi tarbiyachilaming pedagogik mahoratiga hamda o‘quvchilaming kontingentiga bog‘liq. Bo‘sh vaqtda o ‘tkaziladigan tadbirlar qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan aniq vazifaga javob berishi o‘quvchilaming tashab- buskorligi va ijodkorligining o‘sishiga xizmat qilishi lozim. 0 ‘quvchilaming bo‘sh vaqti — ularning o‘z saviyasiga, o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadigan vaqtdir. 0 ‘quvchilaming bo‘sh vaqtini uyushtirishda quyidagilardan keng foydalanish mumkin: — o‘quvchilarning ijtimoiy axborotlami o‘zlashtirishi bilan bog‘Uq bo‘lgan faoliyatlari: badiiy kitob va gazeta-jumallar o‘qish; kinofilm, televizion ko‘rsatuvlami, teatr tomoshalarini ko‘rish, muzeylarga borish; — o‘quvchilaming ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari: o‘rtoqlari bilan sayr, suhbat, muhokama qilish, uchrashuvlar o‘tkazish, jamoatchilik ishlari bilan shug‘ullanish, bayramlar, kechalar, sayohat va ekskursiyalar uyushtirish; — o‘quvchilarning sport bilan bog'liq bo‘lgan faoliyatlari: badantarbiya daqiqalari, harakatli va tinch o‘yinlar, sport muso- baqalari, sport o‘yinlari, o‘quvchilarning o‘z xohishiga ko‘ra o‘ynaladigan o‘yinlar; — o‘quvchilarning bo‘sh vaqtni individual o ‘tkazishlari: havaskorlik mashg‘ulotlari, passiv dam olish, yakka holda sayr qilish; Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling