K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
Ota-onalar uchun eslatma
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hurmatli o‘rtoq Nazirova!
- M a’muriyat, «Kamolot» YIH, « Kamalak» tashkiloti, ota-onalar jamoasi
- I. Umumiy ta’lim komissiyasi
- IV. Sanitariya-xo‘jalik ishlari komissiyasi
- V. Kuni uzaytirilgan guruhlarning ishlarini yaxshilash a’zolari
- «Kelajak avlod benuqson bo‘lmog‘i kerak» degan mavzuda ma’ruza o‘tkazib, axloqiy nuqsonlaming nimalardan iborat ekanini ota-onalarga uqtirish
- «Ota-onalar ovozi» — devoriy gazeta- sini chiqarib turish har chorakda Yusupov H. 10 .
- Maktabning davomatini ayrim kunlarda tekshirib, darsga kelmaydigan o‘quv- chilami aniqlash va ular bilan suhbat- lashish doimo
- I sinf va IV sinf o‘quvchilarining ota- onalari bilan imtihonlar haqida suhbat o4kazib, bolalarga dars tayyorlash
Ota-onalar uchun eslatma Mamlakatimizning unsonlari hayoti va halol mehnatlari miso- lida bolalarga mehnat namunalarini, jamiyat va oila oldidagi burchingizni puxta va vijdonan bajarish namunalarini ko‘rsating. Har oyda kamida bir marta maktabga kelib o‘z bolalaringiz- ning faoliyati, xulqidan xabardor boiib turing. Uyingizda bolalaringizga burchak ajratib bering. Bo‘sh paytlarda bolalami jismoniy mehnatga o‘rgating, jalb qiling. Bolalaringizdan kattalar, o‘qituvchilar va o‘z tengdoshlari bilan samimiy munosabatda bo‘lishni talab qiling. Bolangizni ozodalikka, maktab ashyolariga va o‘z o‘quv qurol- lariga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga o‘rgating. Bolalaming bo‘sh vaqtlarini mazmunli uyushtiring, badiiy adabiyotlar o‘qish, musiqa eshitishga odatlantiring, texnika va sportga qiziqishini rag‘batlantiring. 252 Bolangizni oilada janjal chiqarishiga, qo‘pollik qilishiga, yolg‘on gapirishiga yo‘l qo‘ymang. Ota-onalar tomonidan bolalarga qo‘yiladigan talablarning qarama-qarshi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘chada o‘z bolangizning va boshqa bolalarning ham odob- xulqini kuzating, jamoat tartibining buzilishiga barham bering. Oila va maktab hamkorligida jamiyat bunyodkorlari avlodini tarbiyalayotganimizni esda tuting. Professor E. I. Sokolnikov kuni uzaytirilgan guruh o‘qituvchisi va tarbiyachisiga ota-onalar bilan ishlashning quyidagi formalarini tavsiya qiladi: — o'quvchilaming uylariga birgalikda borish, ota-onalar bilan tanishish, ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha kuzatishlar, fikr olishuvlar; — ota-onalar majlislarini birgalikda tayyorlash va o‘tkazish; — kuni uzaytirilgan sinfning ham, guruhning ham yagona ota-onalar faollarini saylash; — ota-onalami sinf xonalarini, kuni uzaytirilgan guruh bino- larini jihozlashga, bolalar bilan madaniy-ommaviy ishlami tashkil etishga (ota-onalaming o‘quvchilar sayrlarida, sayohatlarida va hokazolarda ishtiroki) jalb qilish; — ota-onalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlami muvofiqlashtirish (uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazish, ota-onalar huzuriga borish va h.k.); — ota-onalami pedagogika bilimlari bilan tanishtirishga birga likda qatnashish. Xalq ta’limi vazirligining «Maktabning ota-onalarning ish joyidagi jamoat tashkilotlari bilan aloqasini kuchaytirish to‘g‘ri- sida»gi instruksiyasida «Sinflaming ota-onalar jamoalariga sinf rahbarlari bilan birgalikda o‘quvchilaming ota-onalari ish joyidagi jamoatchilik tashkilotlarini o‘z bolalarining tarbiyasiga yetarli e’tibor bermaydigan ota-onalar to‘g‘risida..., xuddi shuningdek, o‘z bolalarini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli tarbiyalayotgan ota-onalar to‘g‘risida xabar berib borish tavsiya etilsin» deyiladi. Maktabning ota-onalarni kunning ko‘p qismida bolalari ustidan nazorat qilishdan ozod etganligi katta ahamiyatga molik bo‘lib, ularni o ‘qishdan tashqari ishlarga kengroq jalb qilishi mumkin. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruh va jamoat- chilikning asosiy vazifasi maktab yoki guruhlardagi bolalarning 253 xilma-xil ehtiyojlarini to la ta’min etish uchun sharoit yaratishdir. Bu vazifalami hal etish masalasi ota-onalar jamoasining tashki- lotchiligi va faoliyatiga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Kuni uzaytirilgan bir qator maktab va guruh rahbarlari o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlami o‘tkazishda ota-onalar jamoasi faohyatlariga tayanib ish olib bor- moqdalar. Bu borada Toshkent shahridagi 185-, 157-, Samarqand shahridagi 17-, Buxoro viloyati G ‘ijduvon tumani, Sarmijon qishlog‘idagi kuni uzaytirilgan maktab guruhlar namunaviy ish olib bormoqdalar. Kuni uzaytirilgan 157-maktab jamoasi va ota-onalar jamoa sining bu sohadagi ishi, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu maktabda har chorak oxirida ota-onalaming umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishda o‘z bolasini tarbiyalashda maktab bilan doimo aloqa bog‘lab, ta’lim-tarbiya ishlarida faol qatnashgan va bolasining yuqori o‘zlashtirishiga erishgan ota-onalar tantanali ravishda quyidagicha rahmatnoma bilan taqdirlanadi: Hurmatli o‘rtoq Nazirova! Toshkent shahar Shayxontohur tumani kuni uzaytiril gan 157-maktab direksiyasi, «Kamolot» YIH, «Kamalak» tashkilotlari va ota-onalar yig‘ini Sizga bolangizni yaxshi tarbiyalaganingiz, a’lo o‘qishiga yordam berganingiz uchun minnatdorchilik va tashakkur izhor etadi. Sizning o‘g‘lingiz — Bahodir o‘quv yilining III choragini a’lo baholar va a’lo xulq bilan tamomladi. Siz bilan bir qatorda biz ham o‘g‘lingizning muvaffa- qiyatlaridan faxrlanamiz va quvonamiz. Sizga va oilangizga sihat-salomatUk, ishingizda muvaf- faqiyatlarga erishishingizni tilaymiz. M a’muriyat, «Kamolot» YIH, « Kamalak» tashkiloti, ota-onalar jamoasi Quyida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi kuni uzaytirilgan 254-maktabdagi ota-onalar jamoasining maktab 254 direksiyasi bilan birgalikda bajaradigan ishlari aks etgan ish rejasini ilova qilamiz: I. Umumiy ta’lim komissiyasi Boshliq: G ‘ulomov. A’zolar: Akbarov, Karimova. 1. Maktabga tegishli hududdagi o‘quv yoshidagi hamma bola lami to‘g‘ri hisobga olish va o‘qishga tortish. 2. 0 ‘quvchilar orasida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan bo lalami aniqlash va ularga tegishli yordam berish. 3. Maktabimizda o‘qish uchun sharoiti bo‘lmagan bolalami bolalar uylari va intematlarga joylashga yordamlashish. 4. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim haqidagi Qonunni ota-onalar o‘rtasida keng tashviqot qilish. 5. Maktab binosi va xonalarini hamda ko‘rsatmali qurollami o ‘z vaqtida ta ’mirlash va ularni yaxshi saqlashda maktab ma’muriyatiga yaqindan yordam berish. 6. Maktabda mehnat darsini o‘tish va maktabni politexnika- lashtirish uchun zarur asbob-uskunalar bilan ta ’min etishga yordam berish. II. 0 ‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha a’zolar Boshliq: Mirzayev. A’zolar: Azimova, Razzoqov. 1. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishiga yordam berish. 2. Maktab bilan oila o'rtasidagi munosabatni mustahkamlash. 3. 0 ‘quvchilaming davomatini yaxshilashga yordam berish. 4. 0 ‘zlashtirmaydigan o‘quvchilaming ota-onalari bilan doi- miy ish olib borish. 5. Namunali xulqli, yaxshi, a’lo baholarga o‘qiyotgan faol o‘quvchilar ota-onalarining tarbiya sohasidagi tajribalarini om- malashtirish. 6. Intizomsiz o‘quvchilaming ota-onalari bilan muntazam ra- vishda ish olib borish. 7. 0 ‘quvchilaming maktabga har xil kiyim kiyib kelishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda maktab formasida kelishlarini ta’minlashga yordam berish. III. Madaniy-ommaviy ishlar bo‘yicha a’zolar Boshliq: Boboxonova A. I. A’zolar: Usmonova, Zukurxo‘- jayev. 1. 0 ‘quvchilami turli ishlab chiqarish korxonalariga va muzey hamda fermer xo‘jaliklariga sayohatlarga olib borish. 255 2. Bolalaming yosh xususiyatlariga qarab kinoteatrlarga olib borish. 3. Yozgi va qishki ta’til vaqtlarida o‘qituvchilarning o‘quv- chilami turistik yurishlarga olib borishlarida yordam berish. 4. Har bir o‘quvchiga dars tayyorlash burchagi va kutubxona tashkil qilishda ota-onalari orqali yordam berish. IV. Sanitariya-xo‘jalik ishlari komissiyasi Boshliq: Shokirova O. A’zolar: Aronova Z., Sultonxo‘jayeva. 1. Maktab binosining ichki va tashqi tomonining doimo toza va ozoda bo‘lishini nazorat qilish. 2. Sovuq kunlarda xonalaming me’yoriy issiqlikda bo‘Ushini ta’minlash. 3. Har kuni dars oldidan tizimli ravishda jismoniy mashq qilish uchun yordam berish. 4. 0 ‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida sog‘liq haqida ma’ra- zalar uyushtirish. 5. Maktab bufeti va oshxonasida gigiyena qoidalariga doimo rioya qilinishiga ota-onalarning yordami. 6 . Badantarbiya darsini yaxshi tashkil qilish va darsning normal ravishda o‘tishi uchun o‘quvchilaming sport kiyimida bo‘Ushlariga erishish. 7. Maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, koridor va sinflarga gullar qo‘yish uchun yordam berish. V. Kuni uzaytirilgan guruhlarning ishlarini yaxshilash a’zolari Boshliq: Aitova T. A’zolar: Levina, Rahmatullayeva. 1. Kuni uzaytirilgan guruhli maktab haqidagi ko‘rsatmalami ota-onalar o‘rtasida keng tatbiq qilish. 2. I sinfdan V sinfgacha o‘quvchilarning kuni uzaytirilgan guruhiga yordam berish. 3. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga yordam- lashish. 4. Kuni uzaytirilgan guruhda moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan bolalami aniqlash va ularga yordam tashkil etish. 5. Kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilami o‘z vaqtida sifatli ovqatlantirish uchun ota-onalardan kundalik navbatchi tayinlashga yordam berish. 6. Kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilarning kunduzi uxlayotganda alohida kiyimlar bilan ta’minlashga yordam berish. 256 7. Ota-onalaming kasblarini aniqlab, ulardan tarbiya maqsa- dida tegishlicha foydalanish. Tarbiyaviy ishlami jamoa bo‘lib olib borish shakli turlicha bo‘lib, bularga maktab umumiy, ota-onalar yig‘inining majlisi, kuni uzaytirilgan guruh ota-onalar yig‘ilishi, turar joydagi ota- onalar yig‘ilishi, bir guruh ota-onalar bilan shu mavzuda suhbatlar olib borish, pedagogik lektoriy, ota-onalar konferensiyasi, ota- onalar faollari bilan suhbat, seminarlar va konsultatsiyalar kabi mashg‘ulotlar kiradi. Maktabda doimiy konsultatsiya xonasi yoki ota-onalar uchun burchaklar tashkil qilinib, haftaning bir kuni konsultatsiya kuni deb belgilansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Burchakda ota-onalarga tavsiya qilingan adabiyotlardan namuna- lar, ilg‘or o‘quvchilaming ishlari qo‘yiladi. Ota-onalar bilan ishlashning individual shaklida tarbiyachi o‘quvchilar uyiga borib, ulaming uy sharoitlari, ishlab chiqarish korxonalariga borib, ota-onalaming qanday xizmat qilishlari bilan tanishadi. Maktabda ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni belgilanib, unda ota-onalar bilan pedagogik mavzularda va bolalaming tarbiyasi haqida suhbatlar o‘tkazish mumkin. Tarbiyachining ota-onalar bilan samimiy hamkorligi ta’lim- tarbiya ishlarining samarasini oshirishga yordam beradi. Tarbiya chi oiladagi tarbiyaviy nuqsonlami, o‘quvchidagi kamchiliklami faqat individual suhbat jarayonida bayon qilishi lozim, aks holda ota-onalar bilan tarbiyachi o‘rtasida konflikt yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, o‘qituvchi, tarbiyachilar ota-onalar bilan sami miy suhbat davomida o‘z o‘quvchilarini, ularning har biriga nisbatan individual yondashish yo‘llarini bilib oladilar. Andijon shahar kuni uzaytirilgan 36-maktabda tarbiyaviy ishlar keng miqyosda olib boriladi. Quyida shu maktabning o‘quv, tarbiya va pedagogika tashviqoti sektorining tuzgan ish rejasidan namuna keltiramiz (258-betda). Ayrim muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish maqsa- dida umumiy ta’lim fondlarini kengaytirish, buning uchun esa faqat budjet mablag‘igina emas, balki otaliq qiluvchi va kasaba uyushma tashkilotlarining vznoslari, mablag‘laridan, shuningdek boshqa manbalardan foydalanish, bu mablag‘laming foydalanilishi ustidan tegishli nazorat o‘matish va maktabdan uzoqda turuvchi 257 T ar ti b ra q am i Bajariladigan ishlarning mazmuni Bajarish muddati Bajaruvchi 1 . «Bolangiz uyda sizga qanday yordam beradi?» mavzusida ma’ruza fevral Rahmonova S. 2 . «Men farzandimni qanday qilib ijtimoiy mehnatga o‘rgatdim» mavzusidan tajri- bali ota-onalaming suhbatini uyushtirish mart Orifova I. 3. «Kelajak avlod benuqson bo‘lmog‘i kerak» degan mavzuda ma’ruza o‘tkazib, axloqiy nuqsonlaming nimalardan iborat ekanini ota-onalarga uqtirish fevral Yusupov H. 4. «Farzandingizga estetik tarbiyani qanday singdirasiz?» mavzusida tajribali onalar- ning suhbatini uyushtirish mart Bekmirzayeva 5. «Go‘zallik nimada?» mavzusida suhbat uyushtirish aprel Rahmonova S. 6 . «Zamonamiz kishilarining olijanob fazilatlari» mavzusida ma’ruza o ‘tkazish yanvar Ashurova 7. «Bolalarda do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ulari oilada qanday tarbiyalanadi?» degan mavzuda suhbat o‘tkazish fevral Yusupov H. 8 . «Namunali kishilar oilasida bola tar- biyasi» mavzusida suhbat o‘tkazish mart Rahmonova S. 9. «Ota-onalar ovozi» — devoriy gazeta- sini chiqarib turish har chorakda Yusupov H. 10 . Ota-onalar universiteti va siyosiy to‘ga- raklarga ota-onalami ko‘proq tortishni nazorat qilish doimo Yusupov H. 11 . Maktabning davomatini ayrim kunlarda tekshirib, darsga kelmaydigan o‘quv- chilami aniqlash va ular bilan suhbat- lashish doimo Yusupov H. 12 . Maxsus predmetlaming o‘qitilishi oydabir marta Yusupov H. 13. I sinf va IV sinf o‘quvchilarining ota- onalari bilan imtihonlar haqida suhbat o4kazib, bolalarga dars tayyorlash uchun to4 la sharoit yaratish zarurligini uqtirish may Ashurova, Rahmonova S. 258 bolalami transportda tashishni ta’minlash masalalariga e’tibor berish lozim. Maktab rahbarlari ana shu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishlari kerak. Shundagina maktab bolalar tarbiyasi ishlarini moddiy va ma’naviy tomondan ta’min etgan bo‘ladi. Kuni uzaytirilgan guruhlar sonining o‘sishi birinchi navbatda ana shu yuqoridagi masalalarning hal etilishiga bog‘liqdir. Yana bir bor ta’kidlaymizki, maktab-intemat, kuni uzaytiril gan guruhlaming oila hamda jamoatchilik bilan hamkorligi bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bolani eski urf-odatga o‘rgatib, eskicha turmush kechirishga majbur qiluvchi ota-onalar ham uchrab turadi. Ba’zan, bunday ota-onalar bilan suhbat o‘tkazish vaqtida qish- loq Soveti deputati, kolxoz raisini, qisqasi ota ishlaydigan tashkilot yoki muassasa rahbarlaridan birortasini taklif etish yaxshi natija beradi. Ota-onalar bilan aloqa bog‘lashning eng yaxshi turi o‘z vaq tida ota-onalar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazishdir. Bunday suhbat ota-onalaming pedagog-tarbiyachilarga bo‘lgan ishonch va hurmatini kuchaytiradi, ularning maktab bilan aloqasini mustahkamlaydi. Umuman olganda, maktabda oila va jamoatchilikning umu miy tarbiya ishiga mehr-muhabbatini uyg‘otish, oshirish ota- onalarning bola tarbiyasidagi mas’uliyatlarini puxta anglatish uchun pedagogik tashviqot g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa, ota-onalar yaqindan yordam beradigan maktab va kuni uzaytirilgan sinflarda o‘quv-tarbiya ishlari borgan sari yaxshilanib boradi. Demak, maktab-intemat va kuni uzaytirilgan guruhlar oila va jamoatchilikning yordamiga tayanmasalar, ular ta’lim-tarbiya ishlarini to‘la ravishda bajara olmaydilar. Binobarin, yosh avlodni yetuk kishilar qilib tarbiyalashda maktab, oila va jamoatchilikning hamkorligi xalq maorifi tizimining eng yetakchi tamoyillaridan biridir. 259 XULOSA Mamlakatimizda xalq maorifi tizimida hayot ehtiyojiga ko‘ra kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-intematlar vujudga keldi. Yosh avlodga yuksak darajada ta’lim-tarbiya berishda ular o‘zining hayotiyligi, qulayligi bilan keng jamoatchilik va ota-onalar hurmatiga sazovor bo‘ldi. Chunki jamiyatimizning ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va siyosiy taraqqiyotiga umumiy ta ’lim maktablari qatori maktab-intemat, kuni uzaytirilgan maktab, maktab qoshidagi sinf va guruhlar o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu maktablar jamiyatimiz tomonidan xalq maorifi tizimi oldiga qo‘yilgan talablami muvaffaqiyatli ravishda bajarishda xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxas- sis kadrlami yetkazib berishda umumiy ta’lim maktablariga o‘zi- ning amaliy ta’sirini ko‘rsatayotir. Umumiy ta’lim maktablari bilan bu maktablar o‘rtasida juda ko‘p umumiy tomonlar mavjuddirki, bulami e’tiborga olmasdan boimaydi, albatta. 0 ‘sib kelayotgan yosh avlodni zarur ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, jamiyatning ongli, faol va mehnat- sevar kishilari qilib yetishtirishni bosh maqsad qilib olganligi jihatdan ham bir-biriga yaqin turadi. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar, ulaming xilma- xil ish formalari ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini ko‘tarishda g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu .yangi forma bolalaming o‘qishdan keyingi vaqtlarini to‘g‘ri, samarali uyushtirish imko- niyatini tug‘diradi. Bolalar tizimli ravishda uyga berilgan vazifani puxta tayyorlash, jismoniy chiniqish, estetik qarashlarini shakl- lantirish, shuningdek, o‘zlaridagi mayl hamda qobiliyatlarini o‘stirish imkoniyatiga ega boiadilar. Umumta’lim maktablari o‘quvchilar uchun ilm dargohi bo‘lsa, yangi tip muassasalar ularning ikkinchi uyiga aylanib qoldi. Bu muassasalarda o‘quvchilar eng ishonchli, eng tadbirkor, pedagogik ma’lumotga ega va ota-ona singari mehribon kishi — o‘qituvchi- tarbiyachilaming qo‘lida boiadilar. Tarbiyachi o‘quvchini do‘stlik- 260 ka, hamkorlikka, mehnat qilishga, odobli, axloqli bo‘lishga o‘rgatadi. 0 ‘qituvchi va tarbiyachilar o‘quvchilar bilan maktab-inter- nat, kuni uzaytirilgan guruhlarda ilmiy jihatdan asoslangan ta’lim-tarbiya va tibbiyot talablariga to‘la mos keladigan dastur va reja asosida ish olib boradilar. 0 ‘quvchilarning kundalik faoliyatiga tarbiyachi, o‘qituvchi, pedagoglar jamoasi bilan ota- onalar, jamoatchilik tashkilotlari birgalikda hamkorlik qilib boradilar. О‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning yuksak darajada axloqli, ma’lumotli, madaniyatli va yuqori saviyali kishilari qilib yetishtirishda maktab-intemat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ijtimoiy taraqqiyot tomonidan qo‘yilgan talablarga to‘la javob berishini hayot tasdiqladi. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishini to‘g‘ri tashkil etish va pedagogik maslahat masalalari pedagogika, psixologiya fani, maorif xodimlari oldiga hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qancha yangi vazifalami qo‘yadi. Bu yangi vazifalami to ‘g‘ri hal qilish uchun bu yangi tip muassasalar pedagogika amaliyoti vazifasini o‘tashi va pedagogika fani xodimlari bu maktab tarbiyachilari bilan yaqindan aloqa bog‘lab, ularga amaliy yordam berib borishlari zarur. Shuningdek, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yuqori pog‘onaga ko‘tarish uchun bu yangi tip muassasalarda ishlayotgan pedagoglar jamoasi va tarbiyachilari matbuot, radio va televideniye orqali o‘z ish faoliyatlari, tajribalari bilan fikr almashishlari maqsadga muvo- fiqdir. Mazkur guruhlarga qatnashadigan o‘quvchilar islohot asosi da 30 boladan ko‘p boMmasligi, ulaming yoshi, bilim saviyasini hisobga olib birlashtirishga alohida e’tibor berish kerak. — Maktab-intemat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda olib boriladigan o‘quv ishlarini tashkil etish bo‘yicha tasawurga ega bo‘lish hamda bu maktab, sinf va guruhlarning maqsadi va vazifasini ongli ravishda har tomonlama hisobga olgan holda o‘quv ishlarini uyushtirish mustaqil mashg‘ulotlaming samarador- ligini oshirish uchun har tomonlama imkon beradi. — Maktab-intemat va kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiya chi ishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu guruhlarda ishlaydigan har bir pedagog o‘quvchilar jamoasini 261 uyushtira olishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, qiziqarli o‘tkazishi, musiqa, ashula, rasm, mohir qo‘llar to ‘garaklarini boshqara bilishi, mafkuraviy-ommaviy ishlarga rahbarlik qila olishi, jismoniy faoliyatlarini to‘g‘ri boshqara olishi, sayr, ekskur- siyalar uyushtirishi, dam olish kechalari tashkil etishi, 0 ‘quvchi- laming devoriy gazeta, fotomontaj tayyorlash kabi har xil ijodiy ishlariga rahbarlik qilishi kerak. — Maktab-internat va kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan kishi pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan tajribali, kuni uzaytirilgan guruhlar ishining mohiyatini biladigan izlanuvchi, ijodkor, havaskor, tashkilotchi, tashabbuskqr, o‘yinlar tashkil qila oladigan o‘qituvchilardan tayinlanishi zarur. — Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan maxsus jadval va kundalik rejim asosida ishlashi lozim. — Maktab-intemat va kuni uzaytirilgan gumh bolalarining mashg‘ulotlari uchun maktabda sanitariya talablariga javob beradigan ozoda va yorug‘ xonalar ajratilishi, bu xonalar kerakli jihozlar, o ‘quv qurollari, kitoblar, turli o ‘yinchoqlar bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari jismoniy tomondan zaif va kunduz kuni bir-ikki marta dam olishga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun alohida dam olish xonasi tashkil qilinishi lozim. — Mazkur guruh ishiga maktab shifokori yoki hamshirasini jalb etish yaxshi natija beradi. Ular guruhdagi bolalar bilan tibbiyotga oid mavzularda suhbatlar o ‘tkazishi bilan birga, bolalarning o‘z vaqtida ovqatlanishi, jismoniy tomondan to‘g‘ri tarbiyalanishi va mashg‘ulotlaming belgilangan kun tartibi asosida olib borilishini nazorat qiladilar. — Maktab-intemat va kuni uzaytirilgan sinf hamda guruh larda olib boriladigan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining sama- radorligini oshirishga, mashg‘ulotlarning amaliy xarakterda bo‘lishiga e ’tiborni kuchaytirish lozim. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilaming faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun texnik vositalardan, ko‘rgazmali materiallardan, kuzatish, sayohatga oUb chiqish va bulardan to ‘plangan materiallardan mashg‘ulotda atroflicha foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Ulami uzoq vaqt mashg‘ulotlar bilan band qilib qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, topshiriqlami individuallashtirish, mustaqil ishlashga undaydigan Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling