K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

0
‘yin­
lar,  dastlab  bolalami  zamon  talabi  ruhida  tarbiyalash  vazifalariga 
javob  bermog‘i  kerak.  Shuningdek,  bu  o‘yinlar  bolalaming  zeh- 
nini,  fantaziyasini o‘stiradi,  ulami tetik va chaqqon qiladi,  do‘stlik 
va  o‘rtoqlik,  intizomlilik  kabi  ajoyib  xislatlami  tarbiyalaydi.
0 ‘yinlaming  bolalar  tarbiyasiga  ijobiy  ta’sir  etishiga  erishish 
lozim.  I—II  sinflar  bolalaridan  tashkil  topgan  guruhlarda  o‘zlari 
xohlagan  o‘yinchoqlarini  o‘ynashga,  harakath  o'yinlarga,  III—IV 
sinflarda  esa  yakka-yakka  holda  va  guruh  bo‘lib  o‘ynaladigan
243

hamda  sujetli  o‘yinlarga ko‘proq e’tibor beriladi.  Kichik yoshdagi 
bolalar o‘yirmi ko‘pincha o‘zlari  o‘ylab chiqaradilar.  Tarbiyachilar 
shu  xildagi  o‘ylab  topiladigan  o‘yinlarga  rahbarlik  qilishlari  va 
bolalami  to‘g‘ri  yo‘lga  solib  yuborishlari  lozim.  Yuqori  sinflarda 
(V—VIII)  ko‘proq  sport  o‘yinlari  hamda  yakka-yakka  holda  va 
S  bo‘lib  o‘tkaziladigan  musobaqalar  katta  o‘rin  tutadi.  Turli 
rebuslar,  viktorinalar,  topishmoqlar va shu  kabi o‘yinlar ham keng 
tarqalgandir.
Har qanday o‘yinning  qiziqarliligi va uning emotsional o‘tishi 
ko‘p  jihatdan  tarbiyachining  tashkilotchiligiga,  tayyorgarligiga 
va  bu  sohadagi  malakasiga  bog‘liqdir.  Tarbiyachi  o ‘yinlarni 
ma’lum  maqsad  asosiga  qurmog‘i va  reja  asosida tizimh  ravishda 
uyushtirmog‘i  lozim.  Ko‘pchilik tarbiyachilar bolalar o‘yinlariga 
e’tiborsiz  qaraydilar.  Ular  bolalami  toza  havoga  olib  chiqib, 
o‘zlari  ko‘pincha  bir-birlari  bilan  suhbatlashib  o‘tiradilar  yoki 
boshqa  ishlar  bilan  mashg‘ul  bo‘ladilar,  bolalar  bilan  birga 
o‘ynamaydilar.  Natijada  o‘quvchilar  o‘zboshimchalik  qiladilar, 
o‘yin  qoidalariga  rioya  qilmay,  o‘yinning  oxirini  janjal  bilan 
tugatadilar.
Kuni  uzaytirilgan  Shayxontohur  tumanidagi  254-maktabda 
tarbiyachilar  o‘quvchilarga  qanday  o‘yin  o‘rgatmasinlar,  awalo, 
o‘sha  o‘yinning  tartib-qoidalari,  shartlari  va  mazmuni  hamda 
ahamiyatini  tushuntirib  beradilar,  so‘ng  esa  uni  boshlaydilar. 
0 ‘yinda  o ‘zlari  ham  ishtirok  etadilar.  Ular  o ‘quvchilarga 
o‘rgatiladigan  o‘yinlarni  choraklik  tarbiyaviy  ish  rejalarida  va 
kundalik ish rejasida ham  aks  ettirib,  tizimli uyushtirib  boradilar. 
Bu  xilda  o'yin  uyushtirib  borgan  tarbiyachilar  ta’lim-tarbiya 
ishlarida  yaxshi  natijalami  qo‘lga  kiritib,  o‘quvchilaming  zavq 
bilan  o‘yinda  faol  qatnashishiga,  miriqib  dam  olishi,  ongli, 
intizomli  bo‘lib  kamol  topishiga  erishmoqdalar.
Namuna tariqasida  quyida  bir soat  davomida  harakatli  o‘yin- 
lami  qanday  o‘tkazish  haqida  to‘xtaymiz:
I.  0 ‘yin.  «Butilkasimon  tayoqni  oUsh»  mavzusi.
II.  0 ‘yinning  maqsadi.  Chaqqonlik  va  epchillikni  mustah- 
kamlash  hamda  bolani  har  tomonlama  chiniqtirish.
III.  0 ‘yinga  tayyorgarlik.  0 ‘quvchilaming  o‘yinga tayyorgar- 
ligini  ko‘zdan  kechirib,  unda  qatnashuvchi  o‘quvchilami  aniq- 
lash  va  o‘tgan  o‘yinni  takrorlash.
244

Tarbiyachi:  —  Bolalar,  biz  o‘tgan  safar  qanday  o‘yin  o‘yna- 
ganmiz?
0 ‘quvchilar:  —  «Ikkinchisi  ortiqcha»  o‘yinini  o‘ynaganmiz.
Tarbiyachi:  —  Qani  kim  aytadi,  bu  o‘yin  qanday  o‘yin  edi?
0 ‘quvchilaming  ko‘pchiligi javob  berish  uchun  qo‘l  ko‘tara- 
di.  Tarbiyachi  biror  o‘quvchining  aytib  berishiga  ruxsat  etadi. 
0 ‘quvchi  o‘yin  qoidasini  aytib  beradi.
0 ‘yin  quyidagicha  o‘ynaladi:  o‘ynovchilar  doira  bo‘lib  tura- 
dilar.  Doiradan tashqarida ikkita o‘yin boshlovchi qoladi.  Ulardan 
biri  quvlovchi,  ikkinchisi  esa  qochuvchi bo‘ladi.  Quvlovchi biror 
o‘rtog‘ining  oldiga turib  olsa,  orqada turgan bola  qochishi  kerak. 
Agar  quvlovchi  qochib  ketayotganni  ushlab  olsa,  ushlagan 
quvlovchi  bo‘ladi.  Shu  bilan  o‘tgan  o‘yin  mustahkamlanadi, 
shundan  so‘ng  tarbiyachi  o‘yin  jarayonida  kimlaming  qoidaga 
rioya qilgani yoki qilmagani va kamchiligi haqida gapirib  mavzuni 
yakunlaydi.
Yangi  o ‘yin. 
«Butilkasimon  tayoqni  olish»
  o‘yini.  0 ‘yinning 
qanday o‘ynash kerakligini o‘quvchilarga tushuntirib berish.  0 ‘yin 
quyidagicha o‘ynaladi:  Ikkita doira chiziladi.  Birinchi doira ichiga 
20  ta  butilkasimon  tayoq  yoki  boshqa  narsa  terib  qo‘yiladi. 
Ikkinchi  doira  bo‘ylab  o‘quvchilar  yuradilar.  Doira  atrofidagi 
o‘ynovchilar  21  kishi  bo‘lishi  kerak.
0 ‘qituvchi signal berishi bilan o‘ynovchilar yurishdan to‘xtab, 
har biri o'ziga bittadan butilkasimon tayoqni oladi.  Tayoq yetmay 
qolgan o‘quvchi esa o‘yindan chiqariladi.  0 ‘yin yana takrorlanadi. 
Birinchi  doira  ichiga  19  ta  tayoq  terib  qo‘yiladi.  Ikkinchi  doira 
bo‘ylab  20  ta  o‘ynovchi  yuradi.  0 ‘qituvchining  signali  bilan 
o‘ynovchilar  butilkasimon  tayoqni  oladilar.  Butilkasimon  tayoq 
yetmay  qolgan  o‘ynovchi  yana  o‘yindan  chiqariladi.  0 ‘yin  shu 
yo‘sinda  davom  etadi.  Eng  oxirida  doira  ichida bir butilkasimon 
tayoq,  doira  bo‘ylab  esa  ikki  o‘ynovchi  yuradi.  0 ‘ynovchilardan 
qaysi  biri  butilkasimon  tayoqni  olsa,  o‘sha  o‘ynovchi  o‘yinda 
yutadi.  0 ‘yin tugagach,  1—2  o‘quvchidan o‘yinni qanday o‘ynash 
kerakligini  so‘rab,  o‘yinga  yakun  yasaladi.  Bundan  tashqari 
ikkinchi  usulda  tarbiyachi  o‘yinni  rejalashtirishda  o'tiladigan 
o‘yinning  tasviri  va  qoidalarini  qisqacha  ko‘rsatishi  zarur.  Bu 
o‘yinni  tizimlashtirishda  o'qituvchining  roli  kattadir.
Namuna  sifatida  harakatU  o‘yinlardan  «Himoyachi»,  «Qidi- 
ruvchilar»  o‘yinlarining  mazmuni  va  qoidasini  bayon  etamiz:
245

1. 
«Himoyachi»
  o‘yini.  0 ‘yinga  tayyorlanish.  Tarbiyachi,  eng 
awalo,  bolalami  ikki  guruhga  bo‘ladi.  Bir  o‘yinboshi  tayinlanadi. 
Maydonga  yoki  zal  o‘rtasiga  diametri  3—4  metrli  doira  chiziladi, 
uning  markaziga  bironta  buyum  (masalan,  to‘p)  qo‘yiladi.
О‘yin  tasviri.  Bolalar  maydon  yoki  zalning  ikki  chetida  tu- 
radilar.  Tarbiyachining  signali  bo‘yicha  bolalar  doira  markazida 
turgan buyumni  olib  qochishga intiladilar.  Shu paytda  o'yinboshi 
buyumni  olib  qochib  ketayotgan  bolani  (doira  ichida)  ushlab 
olishi kerak.  Ushlangan bola o‘yinboshi,  ya’ni  «Himoyachi» bo‘lib 
qoladi.  Buyumni  bir-biriga  uzatish  mumkin  emas;  olgan  kishi 
o‘zi  olib  qochib,  o‘z joyiga  kelib  turishi  kerak.  Buyumni  oldirib 
yuborgan  bolani  o‘yinga  tushirish,  ashula  ayttirish  kabi  jarima 
beriladi.  Kam  jarima  olgan  guruh  g‘olib  chiqqan  hisoblanadi.
0 ‘yin  qoidalari:  1)  o‘yinboshi  faqat  doiraning  ichida  yurishi 
kerak.  2)  «Asir»ga ohngan o‘ynovchi o‘yinga tushish,  ashula aytish 
kabi  shartlami  bajarishi  lozim.  Bolalaming  charchagani  sezilishi 
bilanoq  o‘yinni  to‘xtatish  kerak.
2. 
«Qidiruvchilar»
  o‘yiniga  tayyorlanish.  0 ‘yin  hovlida  yoki 
maydonchada  o‘tkaziladi.  Bolalar ikki guruhga bo‘linadi.  Ikki bola 
kapitan  qilib  tayinlanadi.  Guruhlarga  istalgan  nom  qo‘yilishi 
mumkin.  Qaysi guruh yashirinishi,  qaysi guruh hujum qilishi chek 
tashlash  orqali  aniqlanadi.
Yashirinishi  zarur bo‘lgan guruh yashirinadi.  Signal berilgach, 
ular  yashiringan  joylaridan  asta-sekin,  bildirmay  o‘tib  ketishlari 
kerak  va  ilgaridan  belgilangan  joyga  borib  yig‘ilishlari  lozim. 
Agarda  o‘yinchilardan  birortasi  qo‘lga  tushib  qolsa,  o‘sha  guruh 
yutqizgan  hisoblanadi  va  guruhlar  o‘rin  almashadilar.  0 ‘yin  shu 
tarzda  davom  ettiriladi.  Guruhlaming  biri  yashirinsa,  ikkinchisi 
hujum  qiladi.
3. 
«Bolaning  nomini  ayt»
  o‘yini.  0 ‘yinning  maqsadi.  0 ‘quv- 
chilaming  hayvon  bolalari  qanday  nom  bilan  atalishi  haqidagi 
tushunchalarini  mustahkamlash.
0 ‘yinning  qoidasi.  Oldindan  o‘quvchilarga  hayvon  bolalari 
qanday nom bilan atalishi tushuntirilgan bo‘lishi  kerak.  Masalan, 
sigiming  bolasi  —  buzoq,  otning  bolasi  —  toychoq,  qo‘yning 
bolasi  —  qo‘zi  singari.  Keyin  o‘quvchilar  doira  bo‘lib  turadilar. 
0 ‘rtada tarbiyachi yoki  o‘quvchilardan biri turadi.  0 ‘rtada turgan 
o ‘z  ixtiyori  bilan  bolalardan  biriga  koptok  otadi.  Koptok 
otayotganda  biror  hayvon  bolasining  nomini  aytadi.
246

0 ‘yinning  sharti.  Oldindan  tanish  bo‘lgan  hayvon  nomlari- 
gina  aytiladi.
О ‘y inning  natijasi.  0 ‘yin  davomida  hayvon  bolasining 
nomlarini  tez  va  to‘g‘ri  aytgan  bolalar  rag‘batlantiriladi.
4. 
«Qoch  bolam,  kalxat  keldi»
  o‘yini.  О‘yinning  maqsadi. 
Bolalarning  eshitish,  ko‘rish  qobiliyatlarini  rivojlantirish.
О‘yinning  qoidasi.  Maydoncha  yoki  sport  zalining  ikki  to- 
moniga  ikkita  doira  chiziladi.  0 ‘yinchilardan  biri  kalxat  qilib 
tayinlanadi  va  u,  doiraning  birida  turadi.  0 ‘ynovchilar  jo ‘ja 
bo‘ladilar.  Jo‘jalar  ona  tovuq  ketidan  har  biri  o‘z  oldida  turgan 
o‘yinchining  belidan  ushlagan  holda  zanjir  bo‘lib  turadilar.
0 ‘yin  rahbari  signal berishi  bilan  kalxat jo ‘jalarga  hujum  qila 
boshlaydi.  Ona  tovuq  kalxatning  yo‘lini  to‘sib,  unga  bitta  ham 
jo‘ja bermaslikka tirishadi.  Kalxat esa har xil harakatlar bilan ona 
tovuq va jo‘jalami aldab,  zanjir bo‘lib turgan jo‘jalaming orqasida 
turganini tutib,  o‘z uyasiga  —  doiraga olib ketishga harakat qiladi. 
U  tutilgan  jo ‘jani  o‘z  doirasiga  olib  borib  qo‘yib,  yana  hujum 
qilishga  o‘tadi.
0 ‘yinning  shartlari.  Ona tovuq har gal  kalxat  hujumga  o‘tga- 
nida jo'jalariga:  «Ehtiyot  bo‘linglar,  bolalarim,  kalxat  turadigan 
doira  ichidagina  tutish  mumkin.  Kalxat jo ‘jalar  turadigan  doira 
ichiga kirmasligi  kerak.  Kalxat  qo‘liga tushgan jo‘ja tezda jo ‘jalar 
doirasidan  chiqishi  va  «asir»  bo‘Ub  jo ‘nashi  lozim.
О‘yinning  natijalari.  Bolalar  o‘yinni  o‘ynash  bilan  tezkor, 
chaqqon  va  chidamli,  serharakat  bo'ladilar.
Yuqorida  keltirilgan  o'yinlar  bolalarda  hushyorlik,  ziyraklik- 
ni oshiradi,  epchillik va harakatchanlikni o‘stiradi,  ulami ahillikka 
o‘rgatadi.
Kuni  uzaytirilgan guruhlar va maktab-intematlarda  olib  bori- 
ladigan  barcha  o‘yin  va  mashg‘ulotlar  ta’lim-tarbiya  ishlarini 
yaxshilash  bilan  birgalikda,  bolalarning  sog‘lig‘ini  mustahkam- 
lashda  ham  muhim  rol  o‘ynamog‘i  lozim.
Tajribalarimiz  o‘quvchilaming  jismoniy  jihatdan  chiniqishi- 
da  yaxshi  natijalarga  erishish  uchun  quyidagi  o ‘yinlardan 
foydalanishning  maqsadga  muvofiqUgini  ko‘rsatdi.
I, 
II,  III  sinf bolalari  bilan  «Karusel»,  «Ikki  Yaxob»,  «Ayyor 
tulki»,  bekinmachoq,  «Oq  terakmi,  ko‘k  terak?»,  «Oq  suyak», 
«Arqondan  sakrash»,  «Besh  barmoq  orzusi»,  «Mehmon-meh- 
mon»,  «Do‘ngdan  do‘ngga  sakrash»,  «Bo‘ri  zovur  ichida»,  «Ov-
247

chilar»,  «Ikkinchisi ortiqcha»,  «Mushuk bilan sichqon»,  «Qopqon 
yopildi»,  «Qidirib  top»,  «Arqon  tortish»  kabi,  IV sinfdan boshlab 
«Himoyachi»,  «Qidiruvchilar»,  «Joy  almashish»,  «Eshitib  top», 
«Yomg‘ir»,  «G‘ozlar  —  oqqushlar»,  «To‘p  —  savatga»,  «Signalni 
eshit»,  «Topar  bo‘lsang  topa  qol,  topolmasang,  qo‘yaqol», 
«Kamalak  to ‘pi»,  «To‘p  markazda»  kabi  o‘yinlarni  o‘ynagan 
ma’qul.
Bulardan  tashqari  kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  ishlaydigan 
o‘qituvchi-tarbiyachilar  bolalar  o‘yinlariga  doir  maxsus  kitoblar- 
dan  (masalan,  K.  Hoshimov,  M. Normuhamedova,  T. Usmon- 
xo‘jayev.  «Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlami  tashkil 
qilish»,  L.  N.  Shexova,  A.  R.  Imomxo‘jayev.  «Boshlang‘ich 
sinflarda  harakatli  o‘yinlar»,  T.  Usmonxo‘jayev,  F.  Xo‘jayev. 
«Harakatli  o‘yinlar»,  R. Yoidosheva.  « 0 ‘zbek  xalq  o‘yinlarining 
tarbiyaviy  ahamiyati»  va  hokazolardan)  o ‘z  guruhlaridagi 
o‘quvchilaming  yoshiga  mos  o‘yinlaridan  foydalanishlari  mum­
kin.
Maktab-internat,  kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  yuqoridagi 
o‘yinlar  ko‘proq  o‘ynalib,  bolalaming  o‘yinga  bo‘lgan  tabiiy 
ehtiyojlarini  qondirish bilan birga o‘quvchilarda tez harakat qilish, 
chap  berish,  o‘yin  qoidasiga  rioya  qilish,  jamoada  ahillik  kabi 
yaxshi  fazilatlami  singdiradi.  Bunday jamoa  o‘yinlari jarayonida 
bolalar tashkilotchilikka,  qonun-qoidalarga rioya qilishga,  hayotni 
bilishga  o‘rganadilar.
KUNI  UZAYTIRILGAN  SINF,
GURUH,  MAKTAB-INTERNATLARNING  ОI LA  HAM DA 
JAMOATCHILIK  BILAN  HAMKORLIGI
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng  respublikamiz rahbariyati 
boshchiligida  jamiyatning  moddiy-texnika  bazasini  yaratish, 
ijtimoiy  munosabatlarni  takomillashtirish  va  har  tomonlama 
barkamol  insonni  shakllantirishdan  iborat juda  katta  tarixiy vazi- 
falar  amalga  oshirilmoqda.  Jamiyat  bunyodkorlarini  tarbiyalash 
va tayyorlash rivojlangan jamiyat  qurishning zaruriy sharti  hamdir.
Yosh  avlodni  tarbiyalash  eng  qiyin,  nozik,  ko‘p  qirrali  va 
mas’uliyatli  ishdir.  Bu  ulkan  vazifani  muvaffaqiyatli  amalga 
oshirishda,  yosh  avlodni  davrimizning  munosib  kishilari  qilib 
tarbiyalashda  maktab,  oila va  keng jamoatchilikning,  mahallaning
248

o‘zaro  aloqasi,  hamkorlikda  olib  boradigan  ishlari,  tadbirlari 
muhim  ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  vaqtda 
maktab,  oila va jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlash 
muhim  vazifalardan  biridir.  Xususan,  yosh  avlodni  hayotga, 
amaliy  faoliyatga  tayyorlashda,  ularda  mehnat  ta’limi va  tarbiya- 
sini  tarkib  toptirishda,  kasb  tanlashlarida  maktablaming  o‘quv- 
moddiy  bazasini  boyitishda  ota-onalar,  jamoatchilikining,  otaliq 
tashkilotlarining  roli  katta.  Bu  masala  Vazirlar  Kengashining 
«Umumiy  ta’lim  maktablarining  o'quvchilarga  ta’lim-tarbiya 
berishni  va  ulami  mehnatga  tayyorlashni  yanada  takomillashti- 
rish  to ‘g‘risida»,  «Umumiy  ta ’lim  va  hunar  maktabini  isloh 
qilishning  asosiy  yo‘nalishlari»  kabi  qarorlarida  o‘zining  yorqin 
ifodasini  topgan.
Respublikamiz xalq maorifi tizimining yetakchi tamoyillaridan 
biri  —  barcha  tarbiyaviy  muassasalaming  hamkorligidir.  Maktab, 
oila va jamoatchilik birgalikda ish ohb borgandagina yosh avlodni 
tarbiyalashda  muvafFaqiyatga  erishish  mumkin.  Maktab,  oila  va 
jamoatchilik  —  serhosil  daraxtning  о 4a  mustahkam  ildizlaridir. 
Mabodo  shu  ildizlardan  birortasi  zaif bo‘lsa  bu  daraxtdan  shirin 
va sharbath  meva kutish  qiyin.  Bu gapda tog‘dek yuksak,  dengiz- 
dek  ulkan  ma’no  bor.
Haqiqatan  ham  yoshlami  faqat  ayrim  shaxslargina  tarbiyala- 
maydi,  balki  butun  oila,  butun  maktab  jamoasi,  shuningdek, 
ko‘cha,  jamoat  muassasalari,  butun  tevarak-atrofdagi  sharoit, 
ijtimoiy  tuzum,  turli  voqea-hodisalar  tarbiyalaydi.
Ijtimoiy  tarbiya  tizimi  va  oila  zamonamizning  ongli  va  faol 
quruvchilarini  tayyorlab  yetkazishdek  yagona  maqsadni  amalga 
oshiradi.  Bunda  maktab,  ijtimoiy  tarbiya  muassasalari  oila  tar- 
biyasi masalalarini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq amalga oshirishda 
tashkilotchilik va  yetakchilik  qiladi,  ota-onalarga  ko‘maklashadi. 
Maktab  davlatning  ta ’lim-tarbiya  muassasasi  sifatida  oilaviy 
tarbiyaga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shunga  ko‘ra  har  bir  ota-ona 
maktab  jamoasining  talablarini  bajarishi  shart.
Yosh  avlodni  siyosiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk  kishilar qilib 
tarbiyalashda maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar bilan 
ota-onalaming  vazifalari  bir-biriga  uzviy  bog‘liqdir.  Maktab- 
internat,  kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  bolalar  bilan  olib  borila- 
digan  ta’lim-tarbiya  ishlari  va  ularning  xarakteri  ota-onaning 
bola  tarbiyasidagi  mas’uliyatini  ular  zimmasidan  soqit  qilmas-
249

dan,  aksincha,  bu  sharafli  burch  va  mas’uliyatni  yanada  ku- 
chaytiradi.
Maktab-intemat,  kuni uzaytirilgan gurulilar jamoatchilik,  ota- 
onalar yig‘ini bilan yaqindan aloqa bog‘lab,  ular hamkorligida ish 
olib borgandagina yoshlami har taraflama kamolotga yetgan ongli, 
axloqh va  respublikamizning  faol  quruvchilari  qilib  tarbiyalashda 
katta  yutuqlarga  erisha  oladi.  Shu  tufayli  maktab-intemat,  kuni 
uzaytirilgan  guruh  o‘qituvchisi,  tarbiyachilari  bilan  ota-onalar 
o‘rtasida  yaxshi  munosabatlar  o‘matishda  maktab  va  guruhlar 
bilan  oilalar  o‘rtasida  olib  boriladigan  ishlami  tartibga  solishda 
ota-onalar qo‘mitasining roh  kattadir.  Ishchan maktab  ota-onalar 
qo‘mitasi  maktab  oldida  turgan  umumiy  majburiy  ta’lim,  o‘quv- 
tarbiya ishlari,  ahoU o‘rtasida pedagogik bilimlami tashviqot qiUsh, 
politexnik  ta’lim  ishlarini  amalga  oshirishda,  xo‘jalik  sanitariya- 
sog'lomlashtirish va tozalik kabi ishlami amalga oshirishda maktab 
jamoasiga  yaqindan  yordam  ko‘rsata  oladi.
Hayot  shuni  ko‘rsatadiki,  m aktab-internatlarning  barpo 
qilinishi  oilaviy  tarbiya  bilan  ijtimoiy  tarbiya  o‘rtasidagi  aloqani 
ancha  o‘zgartirdi,  ijtimoiy tarbiyaning  salmog‘ini keskin  ravishda 
oshirdi.  Ijtimoiy  tarbiyaning  roli  oshishi  munosabati  bilan 
dastlabki  vaqtda  ba’zi  ota-onalar  va,  hatto,  ayrim  pedagoglarda: 
«Maktab-intematlar  oilaviy  tarbiyaga  salbiy  ta’sir  etmasmikin?» 
degan  savollar  tug‘ildi.  Ko'pgina  maktab-internatlarning  ish 
tajribasi  bunday  hoi  yuz  berishi  mumkin  emasligini,  aksincha, 
bolalar tarbiyasida  ota-onalaming  faol  ishtirok  etishini  ko‘rsatdi. 
Ota-onalar maktab-intematga ota-onalar majlisigagina emas, balki 
bayram kunlarida,  tarbiyalanuvchilaming tug‘ilgan kunlarida ham 
qatnashadilar.  Shuningdek,  tarbiyachilar  jamoasi  va  «Kamolot» 
YIH  har bir bayram  oldidan  barcha  ota-onalarga bayram  tabrik- 
nomasi yuborib,  unda tabrik so‘zlari bilan bir qatorda bolalarining 
o‘qishi  va jamoat  ishlarida  qatnashishi  haqida  ma’lumot  beradi- 
lar.  Bu tadbirlar maktab-intemat bilan ota-onalar aloqasini yana­
da  mustahkamlaydi.
0 ‘quv  yili  boshida  ota-onalaming  umumiy  majlisi  chaqirilib, 
maktabning  tashkiliy  ishlari,  kundalik  rejimi,  o‘quvchilaming 
yurish-turish qoidalari,  bolalami uylariga yuborish va ulami kutib 
olish tartibi,  bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi,  shuningdek, 
har  qaysi  o‘quvchini  davlat  tomonidan  qilinadigan  moddiy
250

xarajatlar  bilan  tanishtirish,  bolalarda  hayotiy,  amaliy  ko‘nikma 
hamda  malakalar  hosil  qilish  zarurligi  tushuntiriladi  va  fikr 
almashinadi.
Toshkent  viloyatining  Oqqo‘rg‘on  tumanidagi  maktab-inter- 
nat direktori  L.  Pak ota-onalar yig‘inining oUb borayotgan ishlari 
haqida gapirib,  quyidagilami  ma’lum qiladi:  «Maktabning  o‘quv- 
tarbiya hamda xo‘jalik-maishiy xarakterdagi masalalari ota-onalar 
majlisida  muhokama  qilinadi.  0 ‘quvchilarimizning  ota-onalari 
maktab-internatga  katta  yordam  qilmoqdalar.  Ota-onalarning 
kuchi  bilan bir  qancha  xo‘jalik binolari,  sabzavotxona,  ustaxona, 
omborxonalar qurildi,  vodoprovod  o‘matildi.  Ota-onalar jamoasi 
intemat  bolalari  uchun  ma’lum  kattalikdagi  turli  ichki  kiyimlar 
tikib  berishga  onalami  jalb  etishga  qaror  qildi.  Natijada,  ota- 
onalar yordamida  qiz  bolalar uchun  198  ta  ko‘ylak  hamda  o‘g‘il 
bolalar uchun 200 ta ichki kiyim va  200 ta shim tikib tayyorlandi. 
Ota-onalar  bolalarga  bichish  va  tikishni  o‘rgatishga  kirishdilar. 
Hozir  ko‘p  narsalami  tarbiyalanuvchilarimizning  o‘zlari  bemalol 
tika oladilar».  Demak,  ota-onalar bilan aloqaning mustahkamlashi 
maktab-intemat  faoliyatida  yaxshi  natijalar  beradi.
Maktab  bilan  ota-onalarning  hamkorligini  mustahkamlash 
uchun  kuni  uzaytirilgan  maktab  guruhlarida  ham  ota-onalar 
yig‘ini  tashkil  etiladi.  Bu  jamoa  faoliyatiga  maktab  direktori 
rahbarlik  qiladi.  Bundan  tashqari,  yana  maktab  bo‘yicha  barcha 
sinf-guruhlar  uchun  ota-onalar  raislari  saylanadi.  Hamma  ota- 
onalar  raislari  har  bir  o‘quv  yilining  boshida  butun  o‘quv  yiliga 
saylanadi.
Kundalik ishlami bajarish hamda ota-onalar ishlariga rahbarlik 
qilish uchun maktab  ota-onalar qo‘mitasi raisi,  uning o'rinbosari, 
kotibasi  va  5—7  a’zodan  iborat  prezidium  saylanadi.  Ota-onalar 
jamoasi  raisi  maktab  pedagoglar kengashining  a’zosi hisoblanadi. 
Ota-onalar yig‘ini  maktab  direktori tasdiqlagan rejasi  asosida  ish 
olib  boradi.  Ota-onalar  qo‘mitasi  bolalarga  maktab  va  oila 
tarbiyasining  har  tomonlama  mutanosibligini  ta’minlaydi,  ilg‘or 
pedagogik tajribani targ‘ib qiladi,  o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan 
ta’lim-tarbiya  ishlariga  faol  qatnashadi  va  bu  borada  vaqti-vaqti 
bilan  maktab  ma’muriyati  bilan  fikr  almashib  turadi.
Bu  tadbir  ota-onalar  uchun  leksiyalar,  ota-onalar  majlislari- 
da  ayrim  ota-onalarning  o‘z  tajribalari  xususidagi  chiqishlarini 
uyushtirish,  tarbiya  ishlari yuzasidan tajriba  almashishga bag‘ish-
251

langan  konferensiyalar  o‘tkazish  kabi  priyomlar  orqali  amalga 
oshiriladi.
Madaniy-ommaviy  ishlar  komissiyasi  madaniy  sayillar,  kino- 
teatrlarga  borishni  uyushtirish  kabi  har  xil  tadbirlarni,  sport - 
sog‘lomlashtirish  ishlari  komissiyasi  esa  sport  seksiyalarini  tashkil 
etish,  musobaqalar,  turistik  ishlami  o‘tkazishda,  umuman,  mak­
tabda  sog‘lomlashtirish-tibbiyot  tizimiga  oid  barcha  ishlarda 
qatnashadi.
Sinf  rahbari  o‘zining  barcha  ta’lim-tarbiya  ishlarini  sinf 
tarbiyachisi  va  ota-onalar  jamoasi  bilan  hamkorlikda  amalga 
oshiradi.
Korxonalarda,  mikrorayonlarda  maxsus  tuzilgan  oila  va 
maktabga  yordam  ko‘rsatish  kengashlari  maktab,  oila  hamda ja- 
moatchilikning  o‘zaro  aloqalarini  o‘matishi  bilan  shug‘ullanadi- 
lar.  Bu  kengashlarga  korxonalar,  «Kamolot»  va  kasaba  uyush- 
malari  tashkilotlari  hamda  ma’muriyat  vakillari  kiradilar.  Bir 
narsani  alohida ta’kidlash lozimki,  sinflaming ota-onalar jamoalari 
taxminan  har  yili  ikki  marta  qilingan  ishlar  to‘g‘risida  umum- 
maktab  ota-onalar jamoasi  prezidiumi  majlisida  hisob  beradilar.
Maktabda  ko‘zga  ko‘rinarli  joyda  ota-onalar  uchun  amalda- 
gi  eslatma  osib  qo‘yiladi.
Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling