K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta
I. Axloqiy-mafkuraviy tarbiya (32 mashg‘ulot)
Download 115.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Din va hayot 16. Din va zamonaviylik — 1 soat. 214
- Gazlama (mato) bilan ishlash
- Texnik modeUashtirish 8. Konstruktor-mexanik termasi detallaridan eng oddiy quril- malar modelini yasash — 4 soat. Qishloq xo‘jalik mehnati
- 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish
- II sinf uchun dastur Texnikaviy mehnat
- Qishloq xo‘jalik mehnati
- O‘z-o‘ziga xizmat qilish
- IV sinf uchun dastur Texnik tarbiya
- Qishloq xo‘jaligi mehnati 5. Xona gullarini parvarish qilish — 2 soat. 218
- Badantarbiya mashg‘idotlarini o‘tkazishdan maqsad.
I. Axloqiy-mafkuraviy tarbiya (32 mashg‘ulot) 1-sinf 1. Alisher Navoiyning bolaligi (4 mashg‘ulot). a) Alisher — odobli bola — 1 soat; b) Alisher — kitob shaydosi — 1 soat; d) Alisher tug‘ilgan oila — 1 soat; e) Alisheming jonivorlarga g‘amxo‘rligi — 1 soat. 2. 0 ‘zbekiston — mening Vatanim — 1 soat. 3. Bizning Vatanimiz — katta, ahil oila (baynalmilal tarbiya) — 1 soat. 4. Barcha respublikalaming bolalari do‘stlik tufayli kuchlidir (baynalmilal tarbiya) — 1 soat. 5. Men 0 ‘zbekistonda yashayman, men o‘z jonajon o‘lkamni yaxshi ko'raman — 1 soat. 212 6. Ota va ona qanday mehnat qiladi? — 1 soat. 7. Bolalar tashkiloti qanday bo‘lishi kerak? — 1 soat. 8. Mehnat qilish — demak, yalqovlik qilish emas — 1 soat. 9. Biz Vatanimizni himoya qilamiz — 1 soat. 10. Bizning bolaligimizni kim himoya qiladi? — 1 soat. 11. Haqiqat va yolg‘on bir-biriga zid — 1 soat. 12. Tabiatni muhofaza qil (qo‘riqla) (ekologiya) — 1 soat. 13. Nima yaxshi-yu, nima yomon? (odob) —.1 soat. 14. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 1 soat. 15. Kimlami vatanparvar deyish mumkin? — 1 soat. 16. 0 ‘zbekiston fuqarolarining huquq va burchlari — 1 soat. 17. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat. Din haqida 18. Suhbat: Biz nima uchun tush ko‘ramiz? — 1 soat. 19. Suhbat: Momaqaldiroq, do‘l, qor, yomg‘ir nimadan bo‘la- di? — 1 soat. 20. Sehrli ertaklar nimadan darak beradi? — 1 soat. 21. Islom dini va tarbiya — 2 soat. 2-sinf 1. Alisher Navoiyning bolalik yillari. a) Alisher Navoiyning she’riyatga qiziqishi — 1 soat; b) mustaqil mutolaa — 1 soat; d) o‘rtoqlarga yordam — 1 soat; e) aziz ustoz o‘qituvchim — 1 soat. 2. Men Vatanga xizmat qilishni xohlayman — 1 soat. 3. Biz — «Kamalak» bolalarimiz — 1 soat. 4. «Kamalak» mamlakatiga sayohat — 1 soat. 5. Tarix bilan uchrashuv (mamlakat tarixi) — 1 soat. 6. Istiqlol va mustaqillik haqida — 1 soat. 7. 0 ‘sha kunlaming shuhrati so‘nmas — 1 soat. 8. Kerakli bo‘lish juda muhim — 1 soat. 9. Kimlaming qo‘llari mohir? — 1 soat. 10. Harbiy xizmatchi — 1 soat. 11. Qadimiy shaharlarimiz — 1 soat. 12. Respublikamizning gerbi va bayrog‘i — 1 soat. 13. Toshkent — mehmondo‘st poytaxt shahar — 1 soat. 14. Mas’ullik va javobgarlik — 1 soat. 213 15. 0 ‘zbekiston fuqarolari Vatanga naf keltirishlari shart — 1 soat. 16. 0 ‘zbekiston — tinchliksevar mamlakat — 1 soat. 17. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat. Din va hayot 18. Nima uchun kun va tun bo‘ladi? — 1 soat. 19. Suv qayerdan keladi? — 1 soat. 20. Bizning mamlakatimizda vijdon erkinligi va din — 1 soat. 21. Din haqidagi diafilmlami ko'rish — 2 soat. 3-sinf 1. Alisher Navoiyning adabiyotga kirib kelishi va adabiyot so- hasidagi faoliyati — 4 soat. a) «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan ohm» — 1 soat; b) donolaming donosi — 1 soat; d) «Boshingni fido ayla ato qoshig‘a, jismingni qil sadqa ano boshig‘a» — 1 soat; e) Alisher Navoiy haqidagi latifa, hikoyat va rivoyatlar — 1 soat. 2. Vatanning bayrog‘i ostida — 1 soat. 3. Do‘stlik hamma narsadan qimmatli — 1 soat. 4. 0 ‘zbekiston nimasi bilan boy? — 1 soat. 5. Davlat mustaqilligi nima? — 1 soat. 6. Hokimiyat nima? — 1 soat. 7. Hamma ishlar yaxshi, didingga yoqqanini tanlab ol — 1 soat. 8. Mehnat kishi shuhratini oshiradi — 1 soat. 9. Dengiz faqat mardlarga bo‘ysunadi — 1 soat. 10. Bolalar mamlakati — 2 soat. 11. Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun — 1 soat. 12. Halol va so‘zimiz ustidan chiqadigan bo‘laylik — 1 soat. 13. Baxtimiz qomusi— 1 soat. 14. 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolik to ‘g‘risidagi qonuni — 1 soat. 15. Muhim sanalar to‘g‘risida suhbat — 8 soat. Din va hayot 16. Din va zamonaviylik — 1 soat. 214 17. Zilzila, suv toshqini, o‘rmon yong'inlari nimadan sodir bo‘ladi? — 1 soat. 18. Dunyoda qanday dinlar bor? — 1 soat. 19. Dinga oid diafflmlami ko‘rish va hikoyalar tinglash — 2 soat. 4-sinf 1. Alisher Navoiyning yoshlik yillari. a) Alisher Navoiy o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri va shoi- ri — 1 soat; b) Alisher Navoiyning «Xamsa» asari haqida — 1 soat; d) Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» asari haqida — 1 soat; e) Alisher Navoiy bugungi kunda — 1 soat. 2. 0 ‘zbekiston — mening Vatanim — 1 soat. 3. Paxta — Vatanimiz iftixori — 1 soat. 4. «Yer — fermerlarga!» — 1 soat. 5. Yoshlar — tinib-tinchimas qalblar — 1 soat. 6. Qush uyasini buzib, o'zingdagi ezgulikni yo‘qotasan — 1 soat. 7. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi — 1 soat. 8. Hech kim, hech narsa unutilmaydi — 1 soat. 9. Turli xalqlarning bolalari, bizlar tinchlik haqida o‘ylab yashamoqdamiz — 1 soat. 10. Qadimiy shaharlar — 1 soat. 11. Odamlarga nisbatan ezgulik va iltifot haqida — 1 soat. 12. AM jamoa qanday bo‘lishi kerak? — 1 soat. 13. 0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganlik haqida (1989-y. 21-oktabr) — 1 soat. 14. 0 ‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va qardoshligi — 1 soat. 15. Odam odamga do‘st, o‘rtoq va birodardir — 1 soat. 16. 0 ‘zbekiston — baynalmilal mamlakat — 1 soat. 17. Toshkent — non shahri — 1 soat. 18. Muhim sanalar haqida suhbat — 8 soat. Din va hayot 19. Nima uchun Oy va Quyosh tutilishi ro‘y beradi? — 1 soat. 20. Yerda hayot qanday paydo bo'lgan? — 1 soat. 21. Diniy bayramlar va marosimlar — 2 soat. 22. Milliy bayramlar — 1 soat. 215 Mehnat tarbiyasi 1-sinf Qog‘oz va karton bilan ishlash 1. Qog‘oz salfetkalar yasash — 1 soat. 2. Rangli applikatsiyalar qirqish — 2 soat. 3. Shakl va rasmlarni qirqish hamda ularni kartochkalarga yopishtirish — 1 soat. 4. Qog‘ozdan sumkalar, bayroq tizimlari, archa bezaklari, o‘yinchoqlari (fonarlar, sumkalar, jonivorlar tasviri, qor parcha- lari, kamaval qalpoqchalari) yasash — 4 soat. Gazlama (mato) bilan ishlash 5. Popukli salfetka, ilgak tayyorlash — 1 soat. 6. Tabiiy materiallar (so‘ta, shox, somon, yeryong‘oq) dan foydalanib narsalar yasash — 2 soat. Plastilin bilan ishlash 7. Mevalar, hayvonlar, «Bo‘ri va yetti uloq», «Qizil shapka- cha» ertaklarining qahramonlarini, harbiy mashinalarni va bolalaming o‘z xohishlariga ko‘ra narsalami yasash. Texnik modeUashtirish 8. Konstruktor-mexanik termasi detallaridan eng oddiy quril- malar modelini yasash — 4 soat. Qishloq xo‘jalik mehnati 9. Xona gullarini parvarishlash. Ularni o‘stirish va parvarish qilish qoidalari bilan tanishish — 2 soat. 10. Belkurak, xaskash bilan ishlash usullarini o ‘rganish, urug‘lar sepish — 2 soat. 11. Kolleksiya to‘plash: «Kuz barglari, gullar va o‘tlar>> — 3 soat. 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish 12. Kiyimni qanday kiyish, saqlash va tozalash kerak? Ovqat- lanayotganda idish-tovoq va shu kabilardan qanday foydalanish kerak? — 2 soat. 13. Ijtimoiy-foydali mehnat — 5 soat. II sinf uchun dastur Texnikaviy mehnat 1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. Kartondan shaxmat-shash- ka taxtachalarini, lotoga o‘xshash o‘yin uchun kartochkalami, archa uchun bezak va o ‘yinchoqlarni, oddiy kartochkalami 216 tayyorlash. 0 ‘quvchilaming o‘z xohishlariga ko‘ra shug‘ullanish~ lari — 4 soat. 2. Gazlama (mato) bilan ishlash. Ipak, jun, tabiiy gazlama va ip namunalari kolleksiyasini tuzish. Nonushta uchun xalta- chalar, navbatchilar uchun bog‘ichlar tikish, tugma qadash, kamarchalar, sakrash uchun arqonchalar to‘qish — 4 soat. 3. To'qish texnikasi — 1 soat. 4. Turli materiallar bilan ishlash. Yog‘och g‘ildirakli arava- cha uchun taxta randalash, g‘altakdan viz-vizaklar yasash — 2 soat. 5. Plastilindan bolalar xohishiga ko‘ra qush, jonivorlar va shu kabilar shaklini yasash — 3 soat. 6. Daraxt butog'i, ildizi, yong‘oq va shu kabilardan ertak- larning personajlari (qahramonlari)ni yasash — 2 soat. Texnik modellashtirish 7. «Konstruktor» termasi detallari (bo‘laklari)ni qo‘llab, namunalar asosida texnik o‘yinchoqlaming model va maketlari (bino, avtomashina, коЧагта kran va shu kabilar)ni yasash — 2 soat. 8. Ijtimoiy-foydali mehnat — maktab uchastkasida ishlash, qog‘oz to‘plash, shanbalikda qatnashish — 7 soat. Qishloq xo‘jalik mehnati 9. Kuz. 0 ‘quv-tajriba uchastkasida tuproqqa ishlov berish. Bahor. Xona o‘simliiklari ko‘chatini tayyorlash va ekish. Maktab qoshidagi uchastkada ishlash — chopish, ariq olish, urug‘ se- pish, ekish, parvarish qilish — 5 soat. O‘z-o‘ziga xizmat qilish 10. Suhbat: H o‘l bo‘lgan kiyimlarni quritish va tozalash usullari — 1 soat (Amaliy mashg‘ulot). 11. Turar joyga qarash. (Amaliy mashg‘ulot) — 1 soat. Ill sinf uchun dastur Mehnat tarbiyasi 1. Qog‘oz va karton bilan ishlash. Matematikadan masala- lar tuzish uchun ko‘rgazmali qurollar, mehnat darslari uchun kartochkalar shablonlari (andozalari), karton muqovali qo‘lbo- la kitoblar tayyorlash. Mehnat, ona tili, matematika darslari uchun kerakli tarqatma materiallar saqlanadigan qutichalar 217 yasash, qopqog‘i applikatsiyalar bilan bezatilgan qutichalarga tabiiy materiallardan to‘plangan kolleksiyalami joylashtirish — 10 soat. 2. Gazlama bilan ishlash. Ish turlari: yamoq solish, turlash, tish cho‘tkalari uchun kashta tikilgan xaltachalar, yengliklar, yoqalar, qo‘g‘irchoqlar uchun kiyimlar tikish — 4 soat. 3. Turli materiallar bilan ishlash: a) yog‘ochdan buyumlar (ko‘rsatkich, xatcho‘p, ko‘chat va kolleksiyalar uchun qutichalar, qushlar donlashi uchun moslamalar) yasash. b) Plastilindan «Fermer xo‘jaligi dalasida», «Shirkat xo‘jahgi fermasi», «Hayvonot bog‘i» maketini va shu kabi maketlami yasash — 4 soat. 4. Ijtimoiy-foydali mehnat. Temir-tersak, qog‘oz to‘plash, kutubxona kitoblarini taxlash, shanbaliklarda ishtirok etish — 8 soat. 5. Texnik modellar yasash. «Konstruktor» termasidan cho‘n- tak fonarining batareyasi bilan ishlaydigan turli texnik qurollar (karusel va shu kabilami) yasash — 2 soat. 6. Qishloq xo‘jalik mehnati: maktab uchastkasida ishlash (yemi kuzda shudgorlash, bahorda qayta chopish, o‘g‘itlash, sab- zavot va gul, manzarali ko‘chatlar ekish, ulami parvarish qilish, oziqlantirish) — 4 soat. IV sinf uchun dastur Texnik tarbiya 1. Qog‘oz va karton bilan ishlash (jumalni muqovalash, ki- chik albom va xotira (yon) daftarlari tayyorlash). Ko'rgazmali qurollar — geometrik jismlar, qo‘l mehnati asboblari, kolleksiya uchun qutichalar, archa o‘yinchoqlarini yasash — 3 soat. 2. Mato bilan ishlash. Ish kiyimi etagining andozasini tay yorlash, bichish va tikish. Kashta tikish. To‘plar uchun to‘r, soatlar uchun tasmalar to‘qish — 3 soat. 3. Yog‘ochni arralash, kuydirib naqsh solish — 3 soat. 4. Texnik modellar yasash. Turli materiallar (qog‘oz, karton, faner, mayda sim, tunuka, plastik massa)dan har xil buyumlar yasash, «Konstruktor» termasidan turli modellar (suv g‘ildiragi, shamol dvigateli, semafor va svetofor) yasash — 5 soat. Qishloq xo‘jaligi mehnati 5. Xona gullarini parvarish qilish — 2 soat. 218 6. Maktab uchastkasini qishga tayyorlash, bahorda ishlash, ekin ekish, o‘stirish — 4 soat. 7. Ijtimoiy-foydali mehnat. Temir-tersak yig‘ish, shanbalik- larda ishtirok etish — 8 soat. 0 ‘z-o‘ziga xizmat qilish 8. Юг yuvish va dazmollash — 2 soat. 9. Elektr asboblaridan foydalanganda texnika xavfsizligi qonun qoidalari — 2 soat. KUNI UZAYTIRILGAN SINF, GURUH УА MAKTAB- INTERNATLAR 0 ‘QUVCHILARI UCHUN BADANTARBIYA MASHQLARI Kuni uzaytirilgan maktablaming kundalik rejimiga quyidagi mashg‘ulot turlari kiritilgan: dars oldidan o‘tkazi!adigan gimnas- tika, dars mashg‘ulotlaridagi badantarbiya daqiqalari, ochiq havoda o‘tkaziladigan badantarbiya va sport o‘yinlari, katta tanafiusda bajariladigan harakatli o‘yinlar va hokazolar. Badantarbiya mashg‘idotlarini o‘tkazishdan maqsad. Badan tarbiya mashg‘ulotlari kuni uzaytirilgan guruhlari mavjud maktab rejimiga kiritilgan bo‘lib, u bir necha darsdan keyin o‘quv- chilaming dam olishi maqsadiga va keyingi o‘quv faoliyatida ish qobiliyatini tiklashga qaratiladi. Kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchilaming bo‘sh vaqtlari- da faol harakat qilishi juda foydali. Chunki har kungi bu harakat kichik maktab yoshidagi bolalaming yoki o‘quvchilaming qon harakatini mo‘tadillashtiradi, sog‘lig‘ining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qiladi. 0 ‘quvchilami jismoniy jihatdan tarbiyalash tarbiyaning uzviy bir qismidir. U yoshlami har tomonlama chiniqqan, sog‘lom qilib o‘stirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Badantarbiyaning vazifasi o‘quvchilami jismoniy jihatdan baquwat, tetik, xushchaq- chaq, mehnatga qobiliyatli, ijodiy mehnat qilishga qodir, hayotda har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradigan qilib tarbiyalash- dan iboratdir. 0 ‘quvchining kuzatuvchanligi, zehni, xotirasi uning jismoniy rivojlanishiga, sog‘lomligiga bog‘liq. Shuning uchun sog‘liqni mustahkamlash, kasallanishning oldini olish ish qobiliyatining ortishi va o‘qishda yaxshi natijalarga erishishda zamin hisoblanadi. 219 Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda va maktab-internatlarda bolalaming kuni bo‘yi maktabda pedagog-tarbiyachilar nazorati ostida bo‘lishi ulami turli mashg‘ulotlarga jalb qilish imkoniyatini beradi. Bunday mashg‘ulotlardan biri bolalar o‘rtasida olib bo- riladigan badantarbiya mashg‘ulotlaridir. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning har tomonlama o‘sishida va ularni ijtimoiy- foydali mehnatga tayyorlashda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yangi tip muassasalarda bolalarga ertalab, dars boshlangunga qadar badantarbiya mashqlari qildirish, darsdan keyin harakatli o‘yinlar, turU gimnastik mashqlar bilan shug‘ullantirish masalasiga e’tibor berilishi kerak. Jismoniy ta’lim nazariyasining asoschisi P. F. Lesgaft kishining badantarbiyasi aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi haqida to‘xtalib shunday deydi: «Rivojlanish, — degan edi u — jismoniy rivojla- nish singari garmonik bo‘lishi, aqliy, estetik va axloqiy tarbiya ham shunga muvofiq bo‘lishi kerak, aks holda matonatli va sobitqadam kishilami voyaga yetkazib bo‘lmaydi»’. Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda badan tarbiya ishlari rejim asosida olib borilishi kerak. Bu bolalaming salomatligini mustahkamlabgina qolmasdan, balki ularning tashqi ko‘rinishiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Dadilligi, chaqqonligi va xushchaqchaqligini ta’minlaydi, shuningdek, aqliy-axloqiy, estetik tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi vaqtlarda kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlarning ko‘pchiligida badantarbiya va sport ishlarini darsdan keyin bolalar bilan badantarbiya o ‘qituvchisi emas, balki tarbiyachilar ham olib bormoqdalar. Tarbiyachilar badantarbiyani bolalaming yoshi va o'ziga xos xususiyatlariga mos holda olib borishga e ’tibor berm og‘i kerak. Shuningdek, bu m asalada badantarbiya o‘qituvchisi bilan doimo maslahatlashib, maktab shifokoridan olib turish zamr. Badantarbiya mashqlari davomida o‘quvchilaming faolligini oshirish uchun fizkultura tashkilotchilarini, sportning ayrim turlari bo‘yicha hakamlami, bayram, musobaqa, ko‘riklarda eshit- tirishlar olib boruvchi sharhlovchilami, instruktor va uning yor- damchilarini bolalaming o‘zlaridan yoki yuqori sinf o'quvchila- 1 Лесгафт П. Ф. Собр. пед. соч. — М., 1-том. 1-часть, стр. 195. 220 ridan tayyorlash lozim. Ular esa amaliy sport faoliyatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari, maktabning sport klubi kengashi va tarbiyachilar topshiriqlarini muntazam bajarishlari kerak. Yana bir narsani aytish kerakki, kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda badantarbiya turli shaklda olib borilishi mumkin. Biroq, haftadagi ikki soatlik badantarbiya darsi kam harakat- lilikning oldini olishga qodir emas. Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi bolalar bir sutkada lozim bo‘lgan harakat ehtiyojining 18—22 foizini o‘zlarining xilma-xil ixtiyoriy, rejalashtirilmagan mustaqil harakatlari orqali qondiradilar. Mutaxassislaming ko‘rsatishicha, jadval bo‘yicha badantarbiya darslari o‘tkazilgan kunlarda kamharakatlilik 40 foizni tashkil qilsa, dars yo‘q kunlarda esa u 80 foizga ko‘tariladi. Lekin bular bolalarning harakatga bo‘lgan biologik ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shuning uchun o'quvchilaming bir kunlik faol harakat ko‘lami 2 soatdan, haftada esa 14 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy harakat ehtiyojlarini hisobga ohb, jismoniy mashg‘ulotlami quyidagicha tashkil qilish va o‘tkazish mumkin: 1. Mashg‘ulotgacha gimnastika — 10 daqiqacha. 2. Har bir darsda va mustaqil dars tayyorlash vaqti jismoniy harakat daqiqalari — 2—3 daqiqadan. 3. Tanaffus paytidagi o‘yinlar va turli mashqlar — 10—15 daqiqacha. 4. Mashg‘ulotdan keyin sport ishlari — faol dam olish va ochiq havoda bo‘lish — 45 daqiqacha. 5. Harakatli oyinlar, sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish — 40 daqiqacha. Bu tadbirlaming belgilangan vaqtda qiziqarli, samaraU o‘tka- zilishi maktab direktori hamda badantarbiya bo‘yicha mas’ul kishi tomonidan nazorat qilinishi muhimdir. Bu o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy badantarbiya va sportni rivojlantirishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida Vazirlar Kengashi, Xalq maorif vazirligi, jis moniy harakat va sport qo'mitasining buyrug‘i (1981-yil) asosida maktab direktoriga kuni uzaytirilgan guruhlarda har kuni bir soat jismoniy harakat mashg‘ulotlarini, turli harakat o‘yinlari, badan tarbiya mashqlarini sayr etish, qisqa vaqtli poxodlar, oddiy sport musobaqalari yo‘li bilan tashkil etishni ta’minlash yuklatilgan, shuningdek, badantarbiya o‘qituvchilarining yuqori sinf o‘quv- 221 chilari orasidagi badantarbiya faoli yordamida tarbiyachiga doimiy yordam berishi uqtirilgan. Ayrim ilg'or maktablarda bolalar harakatini tashkil qilishning aniq shakllari, ya’ni guruh- larda bir soat badantarbiya mashg‘ulotlarini tizimli o‘tkazish kundalik rejim asosida mustaqil dars tayyorlab bo‘lganlaridan keyin amalga oshirilmoqda. Shu talablar kun tartibi asosida o‘tkazilgani ma’qul. Chunki qat’iy bir kun tartibiga rioya qilish bolalar organizmini mustahkamlashga, chiniqtirishga, kamroq kuch sarf qilib, ko‘proq ish qilishga yordam beradi va ayni vaqtda bu sog‘liqni yaxshilashga va umrni uzaytirishga olib ke- ladi. Shu tufayli maktab-intemat va kuni uzaytirilgan guruhlar- ning kundalik kun tartibida mehnatga va tarbiya mashg'u- lotlariga alohida e’tibor berilishi, vaqt belgilanishi, shart-sharoit yaratilishi zarur. 0 ‘zbekistonda yozning ancha issiq bo‘lganligi uchun maktab- intemat va kuni uzaytirilgan har bir guruhda bolalaming yuvinishi uchun dush bo'lishi, vodoprovodi bo‘lmagan qishloq joylarda esa bolalar maktabga yaqin bo‘lgan anhorda yoxud suvi tez-tez yangilanib turiladigan hovuzlarda cho‘milishi zarur. Dushda cho‘milish, suvda suzish bola organizmini chiniqtiradi; suv uyquni qochiradi, miyani faollashtiradi, ishga tez kirishish va unumli ishlashga yordam beradi. Shuningdek, turistik sayohatlar uyushtirish' yo‘li bilan sport harakatlarini olib borish mumkin. Bunda, birinchidan, bola harakat qiladi, ikkinchidan, diqqatga sazovor joylar bilan tani- shadi. Bu uning tarbiyasiga samarali ta’sir qiladi. Buxoro viloyati Gijduvon tumanidagi maktablarda o‘lkani va shaharlar tarixini o‘rganishga ta’tilda katta e’tibor berilmoqda. Bu maktablaming pedagoglar jamoasi qishki ta’tilda bolalarni Buxoro shahriga sayohat qildirib, ularni Buxoroning o‘tmishi va hozirgi hayoti, ajoyib, boy yodgorliklari bilan batafsil tanishtiradi. Sayohat dav- rida bolalar juda ko‘p narsalami o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, bilib oladilar. Hozirgi kunda badantarbiya mashg‘ulotlarida xalq raqslari, badiiy gimnastika mashqlari ham qo ‘llanilm oqda. Ayrim maktablarda o‘tkazilgan tajriba badantarbiya bo‘yicha qizlar bilan olib boriladigan badantarbiya ishini snaryad gimnastikasi elementlari, xalq raqslari va xalq o‘yinlaridan boshlash zarurUgini ko‘rsatmoqda. Ularni ana shunday yo‘l bilan asta-sekin sportga Download 115.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling