K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
§
O
T
ez
 
(7
-
8
 
d
aq
iq
ad
a)
 
is
M
a
g
a
n
la
r
0
‘r
ta
ch
a
(1
0-
12
d
aq
iq
ad
a)
is
M
ag
aM
ar
ii
 s-s,
Л 
-g, 
-
1 с 1 э
Is
M
a
y
o
lm
a
g
a
M
a
r
29 o‘quvchi
8 o‘quvdii
11  o‘quvchi
8  o4quvchi
2 o‘quvchi
Demak,  topshiriqni  bajarish  uchun  sekin  ishlaydigan  o‘quv- 
chilarga  tez  ishlaydigan  o‘quvchilarga  nisbatan  ikki  marta  ko‘p 
vaqt  kerak  ekan.  Bizningcha,  o ‘qituvchi  bilan  tarbiyachilar
167

kelishgan  holda  o‘quvchilarga  topshiriq  berishda  ularning  tez, 
sekin  ishlashlarini  ham  hisobga olishsa,  bu topshiriqlaming  sifatU 
bajarilishiga  va  mashg‘ulotning  samarali  o‘tishiga yordam  beradi. 
Bundan  tashqari  mustaqil  mashg‘ulotlarning  samaradorligini 
oshirish  uchun  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  ayrim  tashkiliy 
ishlar  bo‘yicha  elementar  ko‘nikma  va  tushunchalarni  ham 
singdira  borish  maqsadga  muvofiqdir.  Masalan,  daftarlarga  har 
kungi  sanani  qo‘yib  borish,  o‘quv  qurollarini  hozirlab  qo‘yish 
kabilar.  Ko‘pchilik o‘quvchilarda  esa  bu  masalalar bo‘yicha yetar- 
li  darajada  ko‘nikma  va  malakalar  yetishmaydi.  Shuning  uchun 
ham butun  mashg‘ulot  davomida  ayrim  o‘quvchilar  «Sana  qo‘yib 
yozaymi?»,  «Hoshiya  qoldiraymi?»,  «Sumkadan  daftarimni  olay- 
mi?»,  «Bu  mashg‘ulotlar uchun  nima kerak?»  kabi ortiqcha savol- 
lar bilan  murojaat  qiladilar.  0 ‘quvchilarda bunday masalalar bo‘- 
yicha  ko‘nikma  va  malakalar  hosil  qilish  ularning  boshqa  kerak- 
siz  narsalarga chalg‘imasdan  asosiy  masalaga  kirishib  keta olishlari 
uchun  imkon  beradi,  vaqtdan  unumli  foydalanishga  odatlanti- 
radi.
Mustaqil  dars  tayyorlashni  unumli  tashkil  qilish  va  uning 
samaradorligini  oshirishning  muhim shartlaridan biri,  yana ta’kid- 
laymizki,  o'qituvchi  bilan  tarbiyachi  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosa- 
batni  to‘g‘ri  yo‘lga  qo'yilishidir.  0 ‘zaro  munosabat  o‘z-o‘zidan 
kundalik  aloqa  daftari  orqaligina  vujudga  kelmaydi.  U  yaxshi 
o‘ylangan,  maktab  rahbariyati  tomonidan  o‘qituvchi-tarbiyachi 
imkoniyatlari  hisobga  olinib,  rejalashtirilgan  holda  maktab  o‘quv 
dasturiga  binoan  tashkil  etiladi.
Ba’zi  maktablarda  o‘quvchilarning  o‘z  ustida  mustaqil  ish­
lash  ishlari  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan.  Ayrim  vaqtlarda  o‘qituvchi 
dars  jarayonida  yangi  mavzuni  to‘liq  tushuntirmay,  uy  vazifasi 
berish  qoidasiga  amal  qilmay,  uni  kuni  uzaytirilgan  guruhning 
zimmasiga  yuklaydi.  Natijada  uyga  berilgan  topshiriqni  bajarish 
vaqti  ancha  cho‘ziladi,  bu  esa  kun  tartibiga,  ishning  sifatli 
bajarilishiga,  o‘quvchilarning  o‘zlashtirishlariga  salbiy ta’sir etadi.
Shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  o‘qituvchi  o‘zi  o‘qitayot- 
gan  o'quvchilar  tomonidan  o‘quv  dasturining  bajarilishiga  asosiy 
javobgar  shaxsdir.  Tarbiyachi  esa  o‘quvchilarni  mustaqil  dars 
tayyorlashlariga  rahbarlik qilish  orqali  o‘qituvchi  darsda boshlagan 
ishni  davom  ettiradi.  0 ‘qituvchi-tarbiyachining  muvaffaqiyati 
ularning  o‘zaro  munosabati  va  bamaslahat  ishlashlariga  bog‘liq.

0 ‘qituvchi  va  tarbiyachining  dars  hamda  mustaqil  dars jara­
yonida  tizimli  qatnashishlari  ularning  o ‘zaro  munosabatini 
belgilovchi omillardan biridir.  0 ‘qituvchilar mustaqil dars tayyor­
lash jarayonini  kuzatish  orqali  uyga berilgan vazifaning  qiyinchi- 
Ugini  bilib  oladilar.  Xuddi  shuningdek,  tarbiyachilar  ham  darsga 
qatnashishi  tufayli  o‘qituvchilaming  dars  uslublari  bilan  tanisha- 
dilar,  har  bir  bolaning  bilim  darajasini  aniqlaydilar  va  shu  yo‘l 
bilan  mustaqil  dars  tayyorlash  samaradorligini  oshirish  yo‘llarini 
belgilaydilar.
0 ‘qituvchi  va  tarbiyachi  mustaqil  dars  tayyorlash  hamda  uni 
tashkil qilish metodikasi haqida o‘zaro  kelishib,  o‘quvchilarga bir 
xil  pedagogik  talab  qo‘ygan  holda  o‘zaro  bir-birlariga  axborot 
berib  borsalar,  ta’lim  va  tarbiya  ishida  katta  muvaffaqiyatga 
erishadilar.  Shuningdek,  tarbiyachining ham predmet  o‘qituvchisi 
kabi  darsga  tayyorlanishi,  shu  kuni  uyga  berilgan  topshiriqlarni 
puxta  bilishi,  vaqtni  to ‘g‘ri  va  yaxshi  rejalashtirishi  o ‘qish 
sifatining  ko‘tarilishiga  imkon  beradi,  o‘quvchilami  esa  tizimli, 
mustaqil  ishlashga  o‘rgatadi.
Har bir pedagog o‘quvchilaming uyga berilgan vazifalami qunt 
va  diqqat  bilan  mustaqil  ishlashlariga,  o ‘rtoqlariga  xalaqit 
bermasliklariga  va  mustahkam  intizomga  erishishi  kerak.  Agar 
pedagog  dars  tayyorlash paytida o‘quvchilami  ishga qiziqtira  olsa 
va  ulaming  diqqatini  to ia  jalb  qila  bilsa,  u  intizomning  asosini 
yaratgan  bo‘ladi.  Sinfda  zaruriy  sharoit  yaratish;  intizomni 
mustahkamlash,  parta,  stol  va  stullaming  o‘quvchilar  yoshiga 
muvofiqligi,  doskaning  bolalar  bo‘yiga  mos  bo‘lishi  va  ozoda- 
likni  ta’minlash  ta’lim-tarbiya  samaradorligini  oshirishda  katta 
rol  o‘ynaydi.  Bularning  hammasi  o‘quvchilaming  ish  unumini 
oshiradi.
Uyga berilgan vazifalami to‘g‘ri va mustaqil bajarishda tarbiya­
chining  o‘quvchilarga  ishlash  yo‘llarini  to‘g‘ri  tushuntirishi  katta 
pedagogik  ahamiyatga  ega.  Agar  tarbiyachi  o‘quvchiga  dars 
tayyorlash vaqtida vazifani qanday,  qaysi usullar bilan bajarishning 
to‘g‘ri  yo‘llarini  tushuntirib  bera  olsa,  u  holda  o‘quvchilar  uy 
vazifasini  tez  va  to‘g‘ri  bajaradilar.  Ba’zi  tarbiyachilar  pedagogik 
mahoratining  yetishmasligi,  o‘quvchilarning  dars  tayyorlash 
jarayonini  to ‘g‘ri  tashkil  qila  bilmasligi,  ularning  mustaqil 
ishlashlarini  yaxshi  uyushtira  olmasligi  tufayli  ta ’lim  ishida 
qiyinchiliklarga  duch  keladilar.
169

Demak,  kuni uzaytirilgan sinf,  guruh va maktab-intematlarda 
o ‘quvchilarning  mustaqil  ishlarini  tashkil  etishda  quyidagi 
narsalarga  e’tibor  berish  lozim:
1.  Har  qanday  mustaqil  ish  o‘quvchilaming  kuchiga  muvo- 
fiq,  ular  diqqatini jalb  qiladigan  va  ulami  qiziqtiradigan  bo‘lishi.
2.  Hamma  mustaqil  ishlar  o‘quv  dasturlariga  mos  bo‘lib, 
muayyan  o ‘quv  dasturi  yuzasidan  olinadigan  bilimlarni  chu- 
qurlashtirish  va  mustahkamlashga  qaratilishi.
3.  Har  bir  mustaqil  ish  oldidan  o‘qituvchi  uni  qanday  baja­
rish  kerakligi  to‘g‘risida  aniq  ko‘rsatma  berishi.
4.  Mustaqil  ishni  tashkil  qilish  vaqtida  o‘quvchilarga  belgili 
vazifa  berish  va  ularning  bajarilishini  tekshirib  borish.
5.  Mustaqil  ish  vaqtida  o‘qituvchi  o‘quvchilarga  tegishli 
yordam berishi  (konsultatsiya,  ishning ayrim turlarini qanday qilib 
bajarishni  ko‘rsatish  va  hokazolar)  kerak.
Ayrim  maktablarda  dars  tugashi  bilanoq  tarbiyachi  o‘quvchi- 
larni  matematika  yoki  yozuvdan  uyga  berilgan  vazifalarni 
ishlatishga  kirishadi.  Bu  bolalar  sogiig‘iga  zarar  boiib,  bilimni 
yaxshi  o‘zlashtirishga  imkon  bermaydi,  chunki  o ‘quvchining 
miyasi  charchagan  bo'ladi.  0 ‘quv  materialini  yaxshi  bilib  olish, 
uy vazifalarini sifatli bajarish uchun  o‘quvchilaming aqliy ish bilan 
shug‘ullanish,  dam olish vaqti to‘g‘ri taqsimlanishi,  ya’ni ularning 
dars tayyorlashi dam  olish,  ijtimoiy-foydali  mehnat bilan shug‘ul- 
lanish  yoki  toza  havoda  turli  o‘yinlar  o‘ynash  bilan  almashinib 
turishi  lozim.
Mustaqil  dars  tayyorlash  vaqtida  har  bir  fandan  berilgan 
vazifani  bajargandan  so‘ng,  ya’ni  ona  tili  topshirig‘ini  ishlab 
bo‘lgach,  matematikadan  berilgan  vazifalarni  ishlashga  o‘tishdan 
oldin  kamida  2—3  daqiqalik  dam  olishni  tashkil  qilish  mumkin. 
Dam  olganidan  so‘ng  ular  diqqatini  yangi  ishga jalb  etish  oson 
bo‘ladi.
Kichik  maktab  yoshidagi bolalarning  nerv tizimini  bir xil  ish  — 
mustaqil  dars  tayyorlash  tez  charchatadi,  natijada  ular  boshqa 
narsalar  bilan  mashg‘ul  bo‘lishga  harakat  qiladilar.  Shuning 
uchun pedagog-tarbiyachi  sinfdagi  o‘quvchilaming nerv tizimi va 
kayfiyatining  qanday holatda  ekaniga,  diqqatining barqarorligiga, 
tushunish  va  idrok  qilish  qobiliyatiga  alohida  ahamiyat  berishi 
kerak.  0 ‘quvchilarning  nerv  tizimi  tetik  va  sog‘lom  bo‘lsa,
170

o‘zlashtirish  juda  tez  va  mustahkam  bo‘ladi,  bilimni  to‘liq  va 
puxta egallaydi.  Agar bola charchagan bo‘lsa,  u  qiyin o‘zlashtiradi 
va  olgan  bilimini  tezda  unutadi.  0 ‘quvcliilar bilimining  puxta va 
mustahkam  bo‘lishiga  erishish  uchun,  birinchidan,  dars  tayyor- 
lashi  dam  olish,  ijtimoiy-foydali  mehnat  yoki  toza  havoda  turli 
o‘yinlar  o‘ynash  bilan  almashinib  turishi  lozim,  ikkinchidan, 
o‘quvchilaming  uy  vazifasi  ustida  muvaffaqiyatli  ishlashi  darsda 
o‘tilgan mavzuni qanchalik o‘zlashtirishiga ham bog‘liqdir.  Xullas, 
dars  qanchalik to‘laqonli,  mazmunli  bo‘lsa,  bilimni  egallash ham 
shuncha  puxta  bo‘ladi.  Natijada  mustaqil  dars  tayyorlash davrida 
tegishli  samaraga  erishiladi.
0 ‘qituvchi  o‘quvchilarning  ishini  kuzatib,  ular  ishiga  baho 
qo‘yayotganida  o‘z  ishining  natijasini  ko‘radi  va  mavzuni  qan­
chalik  tushuntirganu  qanchalik  tushuntira  olmaganini  yaqqol 
sezadi.
Tizimli  va  izchil  ta’lim  o‘quvchilaming  bilim va  malakalarini 
chuqurlashtirish,  kengaytirish  hamda  mustahkamlashda  katta 
ahamiyat  kasb  etadi.  Progressiv  pedagogika klassiklari,  ta’limning 
izchil  bo‘lishi  prinsipining  klassiklari  ta’limning  izchil  bo‘lishi 
prinsipining  dastlabki va boshlang‘ich  didaktik qoidalarini yaratib 
berganlar.  Jumladan,  Y. A.  Komenskiy  shunday  deydi:  «Izchil- 
likka  rioya  qilib  o‘qitish  lozim,  toki,  bugun  o‘rganilgan  ilmlar 
kecha  o‘rganilganlarni  mustahkamlasin,  erta  o‘rganiladiganiga 
zamin  hozirlasin»1.
Yana  bir  narsani  aytish  kerakki,  ayrim  o‘qituvchilar  tarbiya- 
chilarga  ishonib,  uyga  ko‘p  vazifa  beradilar  va  uy  vazifasi 
me’yorini  buzadilar.  Bu  yaxshi  natijaga  olib  bormaydi.  Shuning­
dek,  o‘qituvchi uy vazifasini tushuntirish va uni kundaUk daftarga 
yozdirish  uchun  yetarli  vaqt  ajratishi  lozim.  Afsuski,  ayrim 
o‘qituvchilar vaqtni  to‘g‘ri  taqsimlamay,  uy  vazifasini  qo‘ng‘iroq 
chalingandan so‘ng beradi.  Bunda o‘quvchilar koridordagi shovqin 
tufayli vazifa  shartlarini,  ishlash yo‘llarini yaxshi  tushuna  olmay- 
dilar.
Shuni  ham  aytish  kerakki,  ko‘pgina  o‘qituvchilar  o‘quvchi- 
larga  uy  vazifasi  berish  qoidasi  va  normasiga  amal  qilmay, 
o‘quvchilarni  uy  vazifalari  bilan  haddan  tashqari  band  qilib

Komenskiy  Y.
  Buyuk  didaktika.  « 0 ‘qituvchi»  nashriyoti.  Т.,  1975,  159-
bet.
171

qo‘yadilar.  0 ‘qituvchilar  tizimli  dars  o‘tish  va  asosiy  bilimni 
darsda  berish  o‘rniga,  materialni  uyga  vazifa  qilib  beradilar. 
Buning  oqibatida  bolalaming  darsga  qiziqishi  susaya  boshlaydi, 
o‘qituvchi  so‘rab  qolishi  mumkin,  degan  nuqtayi  nazardan  uy 
vazifalarini shunchaki tayyorlaydilar.  Demak,  bolalar uy vazifasini 
darsda  o‘tgan  materialni  mustahkamlash  uchungina  oladilar.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligining  instruk- 
tiv-metodik  xatida  kuni  uzaytirilgan  maktab  va  gumhlardagi 
o‘quv-tarbiya ishlari  quyidagicha qayd qilingan;  ya’ni,  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  ko‘pgina  maktablarida  kuni  uzaytirilgan guruh­
larda  o‘quvchilar  faqat  o‘quv  mashg‘uloti  bilan  banddirlar.  Bu 
o‘quvchilami  o‘quv  ishi  bilan  ortiqcha  8—9  soatlab  band  qilib 
qo‘yishga  va  tarbiyaviy  ishlarning  bo‘shashib  ketishiga  sabab 
bo‘lmoqda.
Shuningdek,  uy vazifasi berishdagi bir xillik,  darslikdan chetga 
chiqmaslik  o‘quvchilar  qiziqishini  so‘ndiradi.  Ko‘pincha,  ayrim 
o ‘qituvchilarning  dars  oxirida  «Uyga  vazifa:  kitobning  falon 
betidan  piston  betigacha»  deb  topshiriq  berishlari  va  o ‘quv- 
chilaming  esa  «Muncha  ko‘p,  shunchani  ishlab  bo‘ladimi?»  kabi 
so‘roqlarining  guvohi  bo‘lasiz.  Ko‘p  hollarda  o‘qituvchilar  uyga 
vazifa  berganlarida  bolaning  o‘tilgan  mavzuni  tushungani  yoki 
tushunmaganini  hisobga  olmaydilar.  Natijada bolalar topshirilgan 
ishning  yechilish  yo‘llarini  bilmay,  mustaqil  dars  tayyorlash 
vaqtida tarbiyachini  o‘sha  materialni takror tushuntirishga  majbur 
qiladi,  oqibatda,  mustaqil  dars  tayyorlashning  cho‘zilib  ketishiga 
sababchi  bo'ladi.
0 ‘quvchilar  qiziqishini  orttirish  maqsadida  pedagog-tarbiya- 
chining  uy  vazifalarini  tayyorlash  davomida  faqat  darslik  bilan 
chegaralanmay,  har  bir  fanga  doir  hayotiy  mavzular  ustida 
bolalami  mustaqil  ishlatish  va  yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  uy 
vazifasining  mazmunini  to‘ldiradigan  kitoblar, jumallar,  gazetalar 
o‘qitish  hamda  turli  mavzuli  o‘yinlar  tashkil  qilishi  maqsadga 
muvofiqdir.
Quyida  shu  momentlarga amal  qilingan  holda  IV sinfda ayrim 
fanlar  bo‘yicha  olib  borilgan  bir  kunlik  mustaqil  dars  tayyorlash 
mazmunini  keltiramiz:
1. 
Ona  tilidan: 
sifat  mavzusi  bo‘yicha  «Kim  narsalarning 
sifatini  ko‘proq  o‘ylab  topadi?»  ( 0 ‘yin  xarakterida).
172

2. 
Matematikadan: 
sinfda  ishlanganidek,  o‘z  hayotidan  yoki 
maktab  hayotidan  masala  o‘ylab  tuzish.
3. 
Tabiatshunoslikdan: 
«Tabiatning xilma-xilligi»  mavzusidagi 
bo‘limini  guruh  bo‘lib  yoki  jamoa  bo‘lib  o‘qish.
Mustaqil  dars  tayyorlashning bu  shakli bolalarda uy vazifasini 
bajarishga  havas  va  qiziqish  uyg‘otadi.
Shuningdek,  dars  tayyorlashning  bu  usuli  bolalami  erkin 
fikrlashga,  har  bir  narsa  to‘g‘risida  o‘ylashga  o‘rgatadi.
Ona  tilidan  «Ю т  ko‘p  sifat  topa  oladi?»  mavzusida  o'tkazi­
ladigan  o‘yin  turidagi  savol-javob  orqali  bolalar  shu  fanni  puxta 
o‘rganadi.  Va  ayni  chog‘da  ularning  charchog‘i  ketadi.  So‘ng 
esa  —  matematikadan  masala  yechadilar.  «Tabiatshunoslik»dan 
«Tabiatning  xilma-xilligi»ni  o‘qiydi.  Shu  yo‘sinda,  birinchidan, 
bolalarning  tabiatga  bo‘lgan  mehr-muhabbati  tarbiyalanadi, 
ikkinchidan,  ular  tabiat  fani  asoslarini  o‘rganadilar.
0 ‘quvchilar 
kitobxonligini  to ‘g ‘ri  uyushtirish 
ham  ta’lim- 
tarbiya  ishida juda  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  o‘qituvchi-tarbiya- 
chidan  yuksak  pedagogik  mahoratni  talab  qiladi.  0 ‘qituvchi 
kutubxonachi  bilan  birgalikda  har  bir  mavzuga  oid  bo‘lgan 
adabiyotlar  ro‘yxatini  aniqlab,  ulami  o‘quvchilarga  tavsiya  etishi 
kerak.  Bu  kitoblami  o‘quvchilaming  o‘qiyotgani  yoki  o‘qimayot- 
ganini  darsda,  darsdan  tashqari  mashg‘ulotlarda  alohida  savol- 
javoblar  davomida  tekshirib  borish  lozim.  Bu  tadbir  o‘quvchi- 
larning  kitobxonlikka  bo‘lgan  muhabbatini,  bilim  darajasini 
oshirishda  katta  rol  o‘ynaydi.
Kitob  o‘qishning  tizimli  ravishda  tashkil  qilinishi  va  o‘qilgan 
kitoblar  yuzasidan  muhokamalar  o ‘tkazilib  turilishi  o ‘quv- 
chilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradi,  biror kitobni 
jamoa  bo‘lib  muhokama  qilishga  o‘rgatadi.  0 ‘quvchilar  asar 
qahramonlarining  xarakterlari  ustida  o‘ylaydigan,  fikrlashadigan 
va  ba’zi  bir  jumla  hamda  so‘zlarni  matndan  yozib  oladigan 
bo‘ladilar.  Mana  shulaming  barchasi  bolalarning  tilini  taraqqiy 
ettiradi,  so‘z  boyligini  oshiradi,  dunyoqarashini  shakllantiradi. 
Shuning uchun quyi sinflardan boshlaboq bolalami  kitobxonlikka 
o‘rgatish va  bu  sohadagi  kamchiliklami  o‘z vaqtida bartaraf etish 
lozim.
Ayrim  tarbiyachilar  kitob  o‘qishga  endigina  odatlanayotgan 
o‘quvchining kamchiliklariga nisbatan  «0 ‘qishni bilmaysan»,  «Sen
173

o ‘qishga  o‘rgana  olmaysan»,  «Bo‘ldi,  sen  qo‘yaqol,  eshitib 
o‘tiraver»  kabi  so‘zlami  aytadilar  va  qo'pol  xatoga  yo‘l  qo‘yadi- 
lar.  Bunday qo‘pol  muomala ulaming  psixologiyasiga salbiy ta’sir 
etadi,  o‘qishga  bo‘lgan  havasini  so‘ndiradi,  ruhan  cho‘ktiradi. 
Bolaning  nuqsonlarini  uning  shaxsiga  tegmay  yotig‘i  bilan 
tushuntirish  va  yaxshi  o‘qib  ketishiga  ishonch  hosil  qilish,  aniq 
ko‘rsatmalar  berish  hamda  uni  yanada  yaxshiroq  o ‘qishga 
rag‘batlantirish  lozim.
Kuni uzaytirilgan 79-maktab  tarbiyachisi  S.  Irismatova o‘quv- 
chilarda kitobxonlikni  yaxshilashga  to‘g‘ri  munosabatda bo‘layot- 
gani  uchun  IV  sinfda  100  foiz  o‘zlashtirish  berishga  erishdi  va 
shu  o‘quvchilaming  ko‘pchiligi  V  sinfda  ham  «yaxshi»  va  «a’lo» 
baholar  bilan  o£qiy  boshladilar.
Bir  narsani  eslatish  lozimki,  yuqori  sinflarda  mustaqil  dars 
tayyorlash  uchun  kundalik  rejimda  ajratilgan  ikki  soat  vaqt 
ko‘pincha  kamlik  qiladi.  Yuqori  sinflarda  xilma-xil  fan  o‘qitilishi 
va  bolalaming  uyda  ozmi-ko‘pmi  mustaqil  sharoitda  ishlashga 
odatlanganligi  kabi  xususiyatlar  ishning 
m e ’y o r d a  
borishiga, 
rejimda  belgilangan  vaqtda  bajarilishiga  xalaqit  beradi.  Buni 
aniqlash  maqsadida  V—VI  sinf  o'quvchilarining  mustaqil  dars 
tayyorlashlarini  bir  necha  marta  xronometraj  bilan  kuzatdik. 
Quyida  biz  VI  sinfda  olib  borilgan  bir  kunlik  kuzatishimiz 
natijasini  ilova  qilamiz:
Fan
Bajarish vaqti
15 daqiqada
20 daqiqada
30 daqiqada
40 daqiqada
Ona tilidan
2  o‘quvchi
20  o‘quvchi
5  o‘quvchi

Adabiyotdan

4 «—»
11  « -»
12  o£quvchi
Rus  tilidan
2  «—»
8  «—»
8  «—»
9  «—»
Algebradan
2  «—»
4 «—»
11  « -»
10  «—»
Fizikadan
1  «—»
2  «—»
14 «—»
10  «—»
0 ‘rta  hisob  bilan  mustaqil  dars  tayyorlash  uchun  ona  tiliga 
21  daqiqa,  adabiyotga  33  daqiqa,  rus  tiliga  28  daqiqa,  algebraga 
31  daqiqa va  fizikaga  31  daqiqa, jami  ikki  soat-u  26  daqiqa vaqt 
sarf  bo‘lgan.  0 ‘quvchilaming  bir  qismi  —  yaxshi  o‘zlashtiruv- 
chilar mustaqil ishni  1  soat-u  30  daqiqada ishlab  ulgursalar,  bo‘sh 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bunga  3  soat va undan ham ortiq vaqt 
sarf  qildilar.
174

V—VI  sinflarda  o‘quvchilarning  mustaqil  dars  tayyorlash 
jarayonini  uzluksiz  kuzatish  natijasida  quyidagi  kamchiliklami 
aniqladik:  o‘quvchilaming mustaqil  dars tayyorlashlarida tarbiya­
chi  ish  funksiyasining  hamda  rahbarlik  qilishdagi  ish uslubining 
aniqmasligi,  bu sohada tarbiyachi huquqining  chegaralanganligi; 
tarbiyachilarning  predmet  o‘qituvchilari  bilan  yaxshi  aloqada 
bo‘lmasligi;  tarbiyachilarning  barcha  predmetlardan,  ayniqsa, 
aniq  fanlardan to‘la tushunchaga  ega  emasligi kabi kamchiliklar 
m a’lum  bo‘ldi.  Tarbiyachining  hamma  fanni  birday  yaxshi 
bilishi,  mustaqil  dars  tayyorlash  vaqtida  o'quvchilar  tomonidan 
beriladigan xilma-xil  savollarga  doimo to‘liq javob berishi  qiyin, 
albatta.  Shuning  uchun  V—VIII  sinflarda  mustaqil  dars  tayyor- 
lashni  fan  o'qituvchilari  olib  borishi  maqsadga  muvofiqdir. 
Keyingi  yillarda  bu  masalaga  katta  e’tibor  berilmoqda.
Ko‘pincha  ulgurmovchi  o‘quvchilarning  dars  tayyorlashiga 
ko‘proq  vaqt  ajratish  maqsadida  ular  sinfdan,  maktabdan 
tashqaridagi  ishlardan,  to‘garaklardan  ozod  qilib  qo‘yiladi.  Kuni 
uzaytirilgan  157-,  79-maktablarda  olib  borgan tajribalarimiz  esa 
buning  aksicha  ish  olib  borish ma’qulligini  ko‘rsatdi.  Biz birinchi 
chorakda  ulgura  olmagan  6  o‘quvchini  yaxshi  o‘zlashtirmagan 
predmetlari  bo‘yicha  to‘garaklarga  qatnashtirdik.  Natijada  ular 
o‘quv  yilining  ikkinchi  yarmida  ulguruvchilar  qatoriga  qo‘shil- 
dilar.
Demak,  ta ’lim  sifatini  oshirishda  ulgurmovchilarni  o‘sha 
o‘zlashtira  olmagan  predmetlari  bo‘yicha  to‘garaklarga  qatnash- 
tirish,  sinf rahbari,  fan  o‘qituvchisi  va  tarbiyachilarning  yordami 
bilan  shu  fanlar  bo‘yicha  o‘qishga  bo‘lgan  havaslarini  oshirish 
maqsadida,  birinchi galda ulami  kichik-kichik badiiy asarlar bilan 
ta’minlash  juda  foydalidir.
Yuqorida  bayon  qilingan  sinfdan  tashqari  tadbirlami  ko‘proq 
kuni  uzaytirilgan  maktablarda  va  maktab-internatlarda  guruhlar 
faoliyatiga  tatbiq  qilish  mumkin.  Chunki  bu  maktablarning 
moddiy  material  bazasi,  mutaxassislar,  tarbiyachilar bilan  ta’min 
etilganligi,  bolalaming  kun  bo‘yi  maktabda  bo‘lishi,  darsda 
boshlagan ishini kunning ikkinchi yarmida,  ya’ni darsdan tashqari 
vaqtlarda  davom  ettirish  kabi  imkoniyatlar  barcha  ta’lim-tarbiya 
ishlarini  muvaffaqiyatli  olib  borishga  katta  yordam  beradi. 
0 ‘quvchilarning  dars  tayyorlashini  tashkil  qilish  va  boshlashda 
ularning  diqqatini  vazifani  bajarishga  jalb  qilishda  pedagog
175

tarbiyachilaming  tushuntirish  olib  borishi  katta  ahamiyatga  ega. 
Shuning  uchun  ham  doimo  o ‘quvchilarning  uy  vazifasini 
bajarishi  tarbiyachining  tushuntirishi  bilan  boshlanadi.
Tarbiyachi  uy  vazifasini  ishlatish  vaqtida  hamma 
0
‘quvchi- 
laming  mustaqil  ishlashini  kuzatib  borishi,  topshiriqni  bajarishda 
qiynalgan o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlashi va unga yordam 
berishi,  birorta  o‘quvchini  nazardan  chetda  qoldirmasligi  kerak. 
Lozim  bo‘lganda  parta  oralab  yurib  bolalar  ishini  ko‘rishi,  ayrim 
tortinchoq bolalarga alohida e’tibor berishi kerak.  Chunki,  bunday 
bolalar  tushunmagan  bo‘lsa  ham  uyalganidan  tarbiyachidan 
so‘ramaydi,  savol  bermaydi.  Shunday  hollarda  tarbiyachi 
tortinchoq  va  bo‘sh  o‘zlashtiruvchi  bolaga  o‘zi  murojaat  qilib, 
tushungani  yoki  tushunmaganini  so‘rab  tekshirib  turishi  kerak. 
Ba’zi  bir  bola  esa, 
Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling