K. hoshimov kuni uzaytirilgan guruhlarda ta


TARBIYAVIY  ISHLARINI  REJALASHTIRISH


Download 115.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana21.01.2018
Hajmi115.68 Kb.
#24998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

TARBIYAVIY  ISHLARINI  REJALASHTIRISH 
VA  UNING  PEDAGOGIK  AHAMIYATI
Kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlar  ishini  muvaffaqiyatli  olib 
borishning  muhim shartlaridan biri  muayyan pedagogik talablarga, 
shuningdek,  har bir maktabning  o‘ziga xos xususiyatiga to ‘la javob 
beradigan  reja  ishlab  chiqish  va  unga  qat’iy  rioya  etishdir.  Reja 
tuzish va  shu  asosda  ishlash  kuni uzaytirilgan sinf,  guruhlar uchun 
ham  shart.  Aks  holda  muassasa  ta’lim-tarbiya  ishi  bo‘yicha  o‘z 
oldiga  qo‘ygan  vazifasini  uddalay  olmay  qoladi.
Tarbiyaviy  ish  uy  vazifasini  bajargunga  qadar  va  bajargandan 
keyingina  rejalashtirilgan  tadbirlar  vaqtidagina  emas,  balki  har 
kuni  va  har  soatda  o'tkaziladigan  (olib  boriladigan)  tarbiyaviy- 
tashkiliy  ish  kuni  uzaytirilgan  guruh  tarbiyachisining  asosiy vazi- 
falaridan biridir.  Bu  ish bevosita  maktabda o‘tkazilishi shart  emas. 
Sayr,  sayohat,  madaniy yurish,  sinfdan tashqari turU  mashg‘ulotlar 
jarayonida  ham  o‘tkazilishi  mumkin.
a)  420  o‘rinli  (12  sinfli)  intematlar  uchun:
Sinflar
i-y
2-У
3-y
4-У
5-У
6-y
7-У
8-y
9-y
10-y
I
1
1
1
1
2
2
2
2
1
1
II
2
1
1
1
1
2
2
2
2
1
III
2
2
1
1
1
2
2
2
2
2
IV
2
2
2
1
1
1
1
2
2
2
V
2
2
2
2
1
1
1
1
2
2
VI
1
2
2
2
2
2
2
1
1
2
VII

1
2
2
2
2
2
1
1
1
VIII

1
2
2
2
2
2
2
1
1
Hammasi:
10
12
13
12
12
14
14
13
12
12
34

b)  480  o‘rinli  (14  sinfli)  intematlar  uchun:
Sinflar
i-y
2-y
3-У
4-y
5-У
6-y
7-y
8-y
9-y
10-y
I
1
1
2
2
2
2
2
2
1
1
II
2
1
1
2
2
2
2
2
2
1
III
2
2
1
1
2
2
2
2
2
2
IV
2
2
2
1
1
2
2
2
2
2
V
2
2
2
2
1
1
2
2
2
2
VI
2
2
2
2
2
1
1
2
2
2
VII
2
2
2
2
2
2
1
1
2
2
VIII

2
2
2
2
2
2
1
1
2
Hammasi:
13
14
14
14
14
14
14
14
14
14
Maktabda  sinf yoki  guruh  tashkil  etilib,  tarbiyaviy jarayonning 
maqsad  va  yo‘na!ishi  aniqlangandan  so‘ng  tarbiyachi  yarim  yillik 
yoki  choraklik  reja  tuzadi.  Reja  tuzishda  maktabning  umumiy  ish 
rejasi,  «Kamolot»  YIH,  «Kamalak»  boshlang‘ich  tashkilotining  ish 
rejasidagi tadbirlar,  fan o‘qituvchilarining takliflari  hisobga olinadi. 
Shu  bilan  birga  tegishli  m etodik  ju rn al  va  adabiyotlardan 
foydalanib,  ish  reja  mazmuni  boyitiladi.  Choraklik  reja  asosida 
kundalik  talablardan  kelib  chiqib,  kundalik  reja  tuziladi.
Umumiy ta’lim  maktablarida pedagogik faoliyatning  90  foizini 
ta’lim  ishlari  tashkil  etsa,  kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlarda 
o‘quvchilar  darsdan  tashqari  5—6  soat  xilma-xil,  qiziqarli  mash- 
g‘ulotlar  bilan  m ashg‘ul  b o ‘ladilar.  О ‘qituvchi-tarbiyachilar 
rahbarligida  ilm  asoslarini chuqurroq o‘rganadilar,  ijtimoiy foydali 
mehnat  bilan  shug‘ullanadilar,  turli  to ‘garaklarga  qatnashadilar, 
ovqatlanadilar,  dam  oladilar  va  o‘ynaydilar.
Kuni  uzaytirilgan  guruhlar  ishini  rejalashtirish  tarbiyachidan 
ishga  ijodiy  yondashishni  talab  etadi.  Sinf va  guruhlardagi  bola­
laming  maktabda  bo‘lish  vaqti  turlicha.  Haftasiga  6  kun  ishlay­
digan  sinf,  guruhda  o‘quvchilar  5  soat,  5  kun  ishlaydigan  sinf 
yoki  guruhda  6  soat  bo‘ladilar.  Shuning  uchun  ular  bilan  olib 
boriladigan  mashg‘ulotlar  rejasi  bolalaming  uy  sharoitini  hisobga 
olgan  holda  tuziladi.
Kuni  uzaytirilgan guruh  va  sinf tarbiyachisi  kundalik va  uzoq 
muddatga  m o‘ljallangan  ish  rejalarini  tuzadi.  Uzoq  muddatga 
m o‘ljallangan  reja  direktor  tomonidan  tasdiqlanadi,  kundalik  ish 
rejasi  esa  tasdiqlanmaydi,  lekin  vaqti-vaqti  bilan  m a’muriyat 
tomonidan  ko‘rib  turiladi.
Kuni  uzaytirilgan  sinf va  guruhlarda  sinfdan  tashqari  ishlarni 
rejalashtirishda  shu  joyning  iqlimi,  maktabning  hududiy  shart-
35

sharoiti  hisobga  oUnishi  lozim.  Kuni  uzaytirilgan  sinf guruhlarda 
sinfdan tashqari  ishlar maxsus belgilangan tarbiyachilar tomonidan 
olib  borilganligi  uchun  rejada  belgilangan  masalalar  maktabning 
umumiy  maqsad  va  vazifalaridan  kelib  chiqadi.  Shuning  uchun 
ham   kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlar  uchun  reja  tuzishda 
quyidagi  talablarga  e’tibor  berilishi  maqsadga  muvofiq:
1.  Reja  qisqa  va  aniq  tuzilishi.
2.  Rejada  belgilangan  tadbirlaming  bajarilish  muddati  aniq 
belgilanishi.
3.  Tuzilgan  rejada  kuni  uzaytirilgan  maktab  o‘quvchilarining 
nazariy  bilimi  va  amaliy  tayyorgarligini  oshirishga  e ’tibor  berish.
4.  Kuni  uzaytirilgan  sinf va  guruh  uchun  tuzilgan  reja  mak­
tabning  umumiy  rejasiga  moslashgan  bo‘lishi.
5.  Kuni  uzaytirilgan  maktablar  uchun  tuzilgan  rejani  maktab 
«Kamalak»  boshlang‘ich  tashkiloti  va  «Kamolot»  YIH  ish  rejala- 
ridan  ajratib  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  ular  orasida  muhim 
zaruriy  bog‘lanish  va  aloqadorlik  bo‘lishi.
6.  0 ‘quvchilaming  yosh  xususiyatlari,  amaliy  tayyorgarligi, 
bilim  darajasi  sinf,  guruhlar  uchun  tuziladigan  rejalar  va  amaliy 
tadbirlarda  o ‘z  aksini  topmog‘i  lozim.
Tarbiyaviy  ishlar  rejasi  g‘oyaviy jihatdan  aniq  maqsad  asosida 
tuzilsagina,  u  amaliy  qo‘llanma  bo‘la  oladi.  Axloq  va  madaniy 
xulqni  tarbiyalash,  mehnatga  va  ijtimoiy  mulkka  munosabatni 
shakllantirish,  estetik madaniyat  asoslarini vujudga keltirish hamda 
jismoniy  barkamollik,  salomathkni  mustahkamlash  va  sanitariya- 
gigiyena  madaniyatini  hosil  qilishga  doir  tadbirlar har bir  guruh- 
dagi  bolalaming  yoshiga,  bilimiga  mos  tadbirlar  orqali  amalga 
oshirilmog‘i  lozim.
Har  bir  tarbiyachi  o ‘quvchilar  bilan  olib  boradigan  ta ’lim- 
tarbiya  ishlari  rejasida  ko‘zda  tutilgan  maqsad  alohida  bo‘limlar 
bo‘yicha  berilishi,  ishlaming  bajarihsh  kuni,  vaqti  va  bu  ishga 
kim  rahbarlik  qilishi  ko‘rsatilishi  kerak.  Amalda  tarbiyachilarning 
rejalari  xilma-xil  bo‘ladi.  Ayrim  tarbiyachilar  yarim  yillik  va  bir 
kunlik,  ba’zilari  esa bir yillik va bir  kunlik  qihb  reja tuzmoqdalar. 
Bunday  reja,  so‘zsiz,  mavhumlikka  olib  keladi.  Ayrim  tajribali 
tarbiyachilar  ta’lim-tarbiya  ishlari  rejasini  har  bir  chorak  uchun 
tuzib,  yaxshi  natijaga  erishmoqdalar.  Chunki  uni  tuzish  qulay 
bo‘lib,  chorak  mobaynida  o ‘qituvchi,  tarbiyachi,  maktab  m a’­
muriyati  va  ota-onalar  qo‘mitasi  birgalikda  o ‘z  ishlarida  sodir 
b o ‘lgan  ba’zi  kamchiliklarni,  yoddan  ko‘tarilgan  masalalarni
36

hisobga  olib,  kelgusida  bu  kamchiliklami  tugatish  imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar.  Xullas,  choraklik tarbiyaviy ish  rejasi xatolami  o‘z 
vaqtida  tezda  tuzatishga,  ishni  tez  yaxshilashga  imkon  beradi, 
tarbiyachi  o‘z  rejasida  qishki  va  bahorgi  ta’tillarda  o'tkaziladi­
gan  mashg‘ulotlami  to ‘la  aks  ettira  oladi.
Tarbiyachilar  rejalarini  ikki  variantda  tuzmoqdalar:  a)  rejaning 
tarbiyaviy qismi:  aqliy,  axloqiy,  estetik va mehnat tarbiyasidan iborat;
b)  rejaning  ikkinchi  bo‘limida  ko'proq  kuni  uzaytirilgan  sinf, 
guruhlar  bilan  uyushtiriladigan  m ashg'ulotlar;  o ‘quv  ishlari, 
ijtimoiy-foydali  mehnat, 
0
‘quvchilaming  salomatligini  mustah- 
kamlash,  o‘quvchilarning  bo‘sh  vaqtlarini  unumli 
0
‘tkazish,  ota- 
onalar hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan  ishlash,  sinf xonala- 
rini  jihozlash  kabilar  qayd  qihnadi.
Reja  tuzishdagi  eng  katta  kamchilik  gum h  va  sinflarning 
sharoitini  hisobga  olmaslik,  ishga  ijodiy  yondashmaslikdir.  Bun­
da  tarbiyachilar taqvimda  ko'rsatilgan  ayrim  tarixiy  sanalamigina 
belgilaydilar,  ba’zilari biror parallel guruh yoki  maktab  tarbiyachi- 
larining  rejasini  mexanik  ravishda  ko'chirib  olish  bilan  chegara- 
lanadilar.  Boshqa birlari  esa  har kuni  kundalik rejimning  sanasini 
o'zgartirib,  kundalik  reja  sifatida  taqdim  etib  kelyaptilar.  Ko‘p- 
chilik tarbiyachilaming  ish  rejalarida  m a’lum  tizim,  birlik,  dastur 
materiallari  bilan bog'liqlik,  moslilik  yo‘q.  Ular kuni  uzaytirilgan 
guruh  va  sinflarning  spetsifik  xususiyatlarini  hisobga  olish, 
mahalliy  materiallar  bilan  boyitish,  rejalarga  ijodiy  yondashish 
kerakhgiga yetarh darajada  e’tibor bermayotirlar.  Tabiiyki,  bunday 
loqaydlik  bilan  o'tkazilgan  bir  xil  tadbirlar  bolalami  zeriktiradi, 
charchatadi.
Kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlardagi  tarbiyachilar  bilan 
hamkorlikda  ohb borgan tajribalarimiz  reja tuzishda ta’lim-tarbiya 
jarayonida  quyidagilarga  e’tibor  berish  zarurligini  ko'rsatdi:
a)  ommaviy,  siyosiy  tarbiyalash;
b) 
0
‘quvchilaming  bilim  olishga  bo‘lgan  muhabbatini,  qizi- 
qishini  oshirish;
d)  ta’lim-tarbiya  ishlarini  ijtimoiy-foydali  mehnat  bilan  qo‘- 
shib  olib  borish;
e)  estetik  tarbiyani  yaxshilash;
f)  o‘quvchilami  jismoniy  jihatdan  chiniqtirish;
g)  ta ’lim-tarbiya  ishlarini  tashkil  etishda  maktab,  oila  va 
jamoatchilikning  yaqindan  ishtirok  etishiga  qulaylik yaratish juda 
muhimdir.
37

Tarbiyachi  rejasida  har  bir  bola  bilan  individual  ishlashga  doir 
tadbirlar  ham  bo‘lishi  kerak.  Buning  uchun  tarbiyachi  yaxshi 
psixolog  bo‘lmog‘i  lozim.  Rus  pedagogi  K. D.  Ushinskiy  o‘zining 
«Kishi  tarbiya  predmeti  sifatida»  asarining  muqaddimasida  «Agar 
pedagogika kishini hamma jihatdan tarbiyalashni istasa,  u awalo,  bu 
kishini  ham  hamma jihatdan  bilmog‘i  kerak»1,  deb  yozgan  edi.
Tarbiyachi  ishining  muvaffaqiyati,  asosan,  uning bolalar ichki 
dunyosiga  chuqur  kirib,  ulaming  kechinmalari  hamda  xulq-at- 
vorini  to ‘g‘ri  tushunishiga  bog‘liq.  Zero,  o‘quvchilar  o ‘z  xarak- 
teri,  qiziqishi va  mayli  nuqtayi  nazaridan bir-biridan  farq qiladilar.
A.  S.  Makarenko  shaxsni jamoada  va jamoa  orqali  tarbiyalash- 
ning  izchil  tarafdori  bo‘lishga  qaramay,  tarbiyalanuvchilaming 
individual  xususiyatlarini  hisobga  olish  zarurligini  ham  ko‘rsatib 
o‘tgan  edi.  U  o‘zining  «Tarbiyaning  maqsadi»  degan  maqolasida 
shunday deb yozadi:  «Biz uchun inson, umuman olganda,  bir xilday 
tuyulsa-da,  asUda  u  tarbiya  vositasi  sifatida  bag‘oyat  xilma-xildir»2.
To‘g‘ri  tarbiya  berishda  bolalarga  individual  yondashish  yana 
shu  jihatdan  muhimki,  tarbiyachi  o‘z  o‘quvchilarini  bilmasa,  u 
o ‘quvchilarga  ta’lim-tarbiya  berishda  pedagogik  ta ’sir  ko‘rsatish 
m etodlarini  tanlash  va  uni  amalga  oshirishda  xatolarga  yo‘l 
qo‘yishi  mumkin.  Masalan,  Safo  Ochil  «Inson  ziynati  odobdur» 
kitobida  shunday yozadi.  Hikoyat:  Sinfxonada  o‘quvchi  qiz g‘am- 
gin  holda  o‘y surib  o‘tirardi.  Uning  qulog‘iga hech  nima  kirmasdi. 
Buni  ko‘rgan  ayol  o‘qituvchi  dedi:
—  Hey  qiz,  nega  yozmayapsan?  Ko‘zing  oldiga  qaysi  yigit- 
lar  kelayapti?
Qiz  javob  bermay  yig'lab  yubordi.  Uning  o ‘miga  o ‘rindiq- 
dosh  dugonasi  javob  qildi:
—  Opa,  yaqinda  uning  onasi  vafot  etgan.  0 ‘qituvchi  juvon 
pinagini  buzmay:  —  0 ‘lsa  o‘libdi-da.  Dars  qilib  kelsin,  darsni 
yaxshi  tinglab  o‘tirsin.  Yo‘q,  u  yigitlami  o ‘ylayapti,  —  dedi.
0 ‘quvchi  qiz  esa  shartta  o‘midan  turdi-yu,  bu  maktabni  yel- 
kamning  chuquri  ko‘rsin,  —  deya  sinfxonadan  ho‘ngrab  yig‘lab 
chiqib  ketdi.
Nodon  bo‘lsa  agar 'muallim,
Nodonhkdan  beradi  ta’lim3,
Ushinskiy  K.  D.  Tanlangan  asarlar.  9-tom.  1950.  23-bet.
2  Makarenko  A.  S.  Asarlar.  V-jild.  1953.
Safo  Ochil.  Inson  ziynati  odobdur.  —  Т.:  « 0 ‘qituvchi»,  1996.-  82-bet.
38

deganlaridek,  bu  o ‘qituvchi-tarbiyachini  pedagogik  odobga, 
pedagogik madaniyatga,  pedagogik mezonga e’tibor bermasligidir.
Rejada  bolalar faolligining vaqti va bajaradigan  ishining  maz- 
m uni,  shuningdek,  navbatchilar  ro‘yxati  va  o ‘quvchilarning 
kundalik vaqt  taqsimotlari  ham  aks  ettiriladi.  Guruh ishini yo‘lga 
qo‘yishda  va  samaradorligini  oshirishda  ota-onalar,  jam oat­
chilikning  yaqindan  yordami juda  zarurdir.  Buning  uchun  guruh 
tarbiyachisi  ota-onalardan  anketa  orqali  kerakli  m a’lumotlami 
to‘plashi lozim.  Xususan,  oila boshlig‘ining familiyasi,  ismi,  yoshi, 
kasbi,  o ‘quvchi  bo‘sh  vaqtda  nimalar  bilan  qiziqishi,  ota-onalar 
maktabga  qanday yordam ko'rsata olishlari  aniqlanadi.  Tarbiyachi 
shu  ma’lumotlarga  tayanib,  tarbiyaviy  ish  rejasini  tuzadi.  Guruh 
ishining  muvaffaqiyati  tarbiyachining  pedagogik bilim  va  ko‘nik- 
masidan  tashqari,  tashkilotchilik  qobiliyatiga,  ota-onalar  bilan 
umumiy  til  topa  olishiga  ham  bog‘liq.
Kuni  uzaytirilgan  sinf,  guruhlar  faoliyatidagi  dars  va  darsdan 
tashqari  mashg‘ulotlar ishlari  yagona ta’lim-tarbiya jarayoni  nuq- 
tayi  nazaridan  muayyan  pedagogik  maqsadga  muvofiq  rejalash- 
tirilishi  lozim.  Yagona  rejalashtirish  orqali  quyidagi  vazifalami 
bajarish  kerak:
—  dars  va  darsdan  tashqari  jarayonda  aqUy  tarbiya;
—  dars  va  darsdan  tashqari  vaqtda  o‘quvchilar  bilan  ishlash, 
mehnat  qilish,  klub  mashg‘ulotlari va  dam  olish,  g‘oyaviy-axloqiy 
tarbiya.
Kuni  uzaytirilgan  sinf,  guruhlarda  haftasiga  30  soat  vaqtning 
namunaviy  taqsimoti:
Haftalik  mashg‘ulot  turlari
Sinflar  bo‘yicha  soatlar  soni
I  sinf
II va III sinflar
Darsdan  tashqari  o‘quv  mashg‘ulotlari
6
9
Texnik  ijod,  ijtimoiy  foydali  mehnat
1
2
Jismoniy  tarbiya  (ochiq joydagi  mashg‘ulotlar)
2
2
Badiiy  (estetik)  tarbiya  (tasviriy  ijod, 
musiqa,  teatr-adabiyot  mashgculotlari)
3
3
Rejalashtirilgan  ijtimoiy  tashkihy  faoliyat
1
1
Ovqatlanish  vaqti,  sayr  (ochiq  joyda  jismoniy 
tarbiyani  hisobga  olmaganda)
10
10
Bo‘sh  vaqt  (o'yinlar,  I  sinflarda  uyqu)
7
3
30
30
39

—  dars  va  darsdan  tashqari  vaqtda  o‘quvchilaming  ixtiyoriy 
mashg‘ulotlari,  ijtimoiy-foydali  mehnat,  texnikaviy  ijod,  tabiat 
quchog‘idagi  ishlar,  o‘z-o‘ziga  xizmat  qilish  jarayonida  mehnat 
tarbiyasi;
—  dars,  musiqa  va  ashula,  tasviriy  san’at,  o‘yin  va  ritmika, 
teatr-adabiyot,  badiiy  havaskorlik  kabi  darsdan  tashqari  mashg‘u- 
lotlarda  estetik  tarbiya;
—  badantarbiya  darslari,  darsdan  tashqari  sport  mashg‘ulot- 
lari,  ochiq  joyda  mashq  bajarish  orqali  badantarbiya.
Haftalik  o‘quv  rejasi  va  uzaytirilgan  vaqtni  yuqoridagidek 
taqsimlash  asosida,  dars  va  darsdan  tashqari  mashg‘ulotlarni 
hisobga  olgan  holda  yagona  o ‘quv  tarbiya  ish  rejasi  tuziladi. 
Yagona  reja  haftaning  har  bir  kuniga  baravar  taqsimlanadi. 
Maktab  o ‘z  sharoiti,  imkoniyati  nuqtayi  nazaridan  ta’lim-tarbiya 
ishlari  bo‘yicha  haftalik  jadval  tuzadi.
I—IV  sinflarda  ta’lim-tarbiya  ishlari  bo‘yicha 
yagona  reja  namunasi
0 ‘qituvchi  guruhni  ertalab  o ‘qitib,  tushdan  so‘ng  unda  tar­
biyachi  bo‘lib  ishlasa,  bunday  holatda  ta’lim  jarayoni  va  guruh- 
da  olib  boriladigan  mashg‘ulotlar  asosida  bitta  katta  reja  tuziladi. 
Shunday  qilib,  tarbiyachi  2  ta  rejaga,  ya’ni  istiqbol  rejasi va unga 
asoslangan  kunlik  joriy  rejaga  ega  bo‘lishi  kerak.  Ko‘rsatilgan 
asosiy  rejalardan  tashqari  biror  oraliqqa  m o‘ljallab  haftalik  yoki 
oylik  rejalar tuzish  shart  emas,  chunki  ratsional  tuzilgan  kundalik 
rejim  va  haftalik jadvallaming  o‘zi yetarlidir.  0 ‘qituvchilar  o‘quv 
yilining  har  bir  choragi  uchun,  tarbiyachilar  esa  birinchi  va 
ikkinchi  yarim  yillik  uchun  reja  tuzadilar.
Kunning  ikkinchi  yarmidagi  barcha  tadbirlar  asosan  quyida­
gi  yo‘nalishlar  bo‘yicha  olib  boriladi:
a)  ta ’lim yo ‘nalishi: dars  tayyorlash,  konsultatsiya va  qo‘shim- 
cha  mashg‘ulotlar;
b)  siyosiy yo ‘nalish:  siyosiy  axborot,  «Kamolot»  YIH  lektorlik 
guruhlarining,  «Jangovar va  mehnat  shuhrati»  muzeyining  ishlari;
d)  ilmiy  y o ‘nalish:  predmetlar  bo‘yicha  to ‘garaklami,  meh- 
natni  ilmiy  asosda  tashkil  etish,  sinfdan  tashqari  o'qishlar;
e)  mehnat yo ‘nalishi:  o‘ziga-o‘zi  xizmat  qilish,  ijtimoiy-foydali 
mehnat;
40

f)  badantarbiya yo ‘nalishv.  sport  seksiyalari,  umumiy jismoniy 
tayyorgarlik  to ‘garaklari,  musobaqalar;
g)  estetik  yo ‘nalish:  musiqa,  xor,  tasviriy  san’at  va  «Mohir 
qo‘llar»  to ‘garaklari.
Tarbiyaviy  rejani  amalga  oshirishda  ijrochilami  aniq  tanlash, 
«Kamolot»  YIH  va  ota-onalar  bilan  hamkorlikni  kuchaytirish 
lozim.  Tarbiyaviy  ishlami  o‘tkazishda  ota-onalaming  qatnashishi 
va ular orqali bolalar jamoasiga ta’sir etish  maqsadga muvofiqdir.
Istiqbol  rejasining bo‘limlarida  ko‘rsatilgan  mavzu bolalaming 
pedagogik va ijtimoiy tashkilotchilik faohyatini tashkil  etib,  qobili­
yatini  o‘stirishga  xizmat  qilishi  lozim.  Istiqbol  rejasining  asosiy 
tarbiyaviy  vazifalarini  belgilashda  quyidagilarga  e ’tibor  berish 
zarur:
—  bolalami  umumiy  rivojlantirish  va  individual  xususiyatla­
rini  hamda uy  sharoitlarini  hisobga  olib  pedagogik yondashishga;
—  o‘qishga  nisbatan  o‘quvchilarda  mas’uliyat  hissini  tarbi­
yalash,  bilimga  qiziqish  uyg‘otish,  mustaqil  ishlash,  malaka  va 
ko‘nikmalarini  o ‘stirishga;
—  o‘quvchilami Vatanga  muhabbat,  milhy  istiqlol  ruhida tar­
biyalashda g‘oyaviy-axJoqiy bilimlarini  chuqurlashtirish va kengay- 
tirishga;
—  «Kamolot»  YIH  «Kamalak»  tashkilotida  mehnat  muhitini 
yaratish,  ya’ni  ulami  ijtimoiy-foydali,  texnik,  qishloq  xo‘jalik 
mehnatlariga  jalb  etishga;
—  o‘quv-tarbiya  ishlarida  Prezidentimiz  qabul  qilgan  Qonun 
va  farmonlami  amalda  tatbiq  etishga  o‘rgatish,  hayotga  tayyor- 
lashga;
—  yoshlar  jamoasida  javobgarlik,  xayrixohlik,  talabchanlik, 
adolatlilik,  do‘stlik  munosabatlarini  tarbiyalash  va  madaniy  ma­
laka  hamda  ko‘nikmalami  rivojlantirishga;
—  o ‘quvchilarni  badiiy  o ‘qishga,  teatrga,  raqs  tushish  va 
kuylashga  qiziqtirish va bu  sohada tegishli malakalar hosil qilishga;
—  kuni  uzaytirilgan guruh  o‘quvchilarining  sog‘liqlarini  mus­
tahkamlash va jismoniy rivojlantirish uchun ota-onalar,  pedagogik 
jam oa  vakillari,  «Kamolot»  YIH  ishtirokida  kun  rejimini  va 
ulaming  bo‘sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etishga.
Tarbiyachi  o‘zining  reja  konspektida  o‘z  sharoiti  va  imkoni- 
yatiga  qarab  quyidagi  vaziyatlami  aks  ettirmog‘i  lozim:
41

1.  0 ‘quvchilami  qabul  qilib  olish  (bunga  ayrim  tashkiliy  ish­
lar,  o ‘qituvchilar  bilan  birgalikda  hal  qilinishi  lozim  bo'lgan 
holatlar,  kiyim  almashtirishlar,  yuvinishlar  ham  kiradi).
2.  Erkin o‘ynab  dam  olish,  bo‘sh vaqt  (uyushtiriladigan 
0
‘yin­
ning  nomi,  maqsadi,  uning  qisqacha  tafsiloti,  kimlar  tomonidan 
uyushtirilishi,  o ‘yin  uchun  kerakli jihozlar,  narsalar,  o‘yin  uchun 
tanlangan  joy  ko‘rsatiladi).
3.  0 ‘quvchilaming  ovqatlanishini  tashkil  etish  (navbatchilar, 
ovqat  turlari,  ovqatlanish  qoidalari,  gigiyenik  talablar).
4.  Sayr  qilish  va  ochiq  joyda 
0
‘ynash  (
0
‘yinning  qisqacha 
mazmuni,  o‘yin  uchun  kerakli  jihozlami  tayyorlash,  imkoniyati 
bor  bo‘lsa,  I—II  sinf  va  salomatligi  zaifroq  bo‘lgan  bolalarni 
uxlatish).
5.  Uy  vazifasini  mustaqil  bajarish  (bunda  berilgan  vazifalar 
mavzusi,  mazmuni,  ulami yechishda  kerak bo‘ladigan ko‘rgazmali 
qurollar,  texnik  qurollar,  dalaga  chiqishni  talab  qiladigan  mavzu 
bo‘yicha  kuzatiladigan  joylar  ko‘rsatiladi).
6.  Tarbiyaviy-tashkiliy  ishlar  (har  kuni  har  xil  mavzuda 
mustaqil  darsdan  oldin  yoki  keyin  o‘tkaziladi).
7.  Badantarbiyaga  oid  sport  ishlari  (bajariladigan sport mashq- 
lari,  kerakli  jihozlar,  bu  mashqlami  o ‘tkazish  uchun  tanlangan 
joy  kabilar  ko‘rsatiladi).
8.  Mustaqil  ravishda  qo‘shimcha  badiiy-ilmiy  adabiyotlar 
0
‘qish  (o‘quvchilar  o‘qiydigan  kitoblaming  nomi,  muallifi,  chiq- 
qan  yili,  kimlaming  qayerda  o‘qishi  yoki  ommaviy  o‘qish  ko‘rsa- 
tiladi).
9.  To‘garak  ishlari  (to‘garakning  nomi,  kimlar  qatnashishi 
ko‘rsatiladi).
10.  0 ‘z-o‘ziga xizmat  (kimning  nima  ish  qilishi,  shular uchun 
kerak  bo‘lgan  jihozlar  ko‘rsatiladi).
11.  Uyga  ketish.
Ishni  shu  tarzda  rejalashtirish  va  tashkil  qilish  ta’lim-tarbiya 
ishlari  samaradorligini  oshirishga  yordam   beradi.  Kundalik 
mashg‘ulotlaming  bir-biriga  o‘xshab,  bir  qolipga  tushib  qolishiga 
yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  quyidagilami  hisobga  olish  kerak:
1. 
0 ‘quvchilaming  bir  kunlik va  haftalik  o‘quv  soatini  to ‘g‘ri 
taqsimlash.  Bu  soatlarda  o‘tkaziladigan  tadbirlaming  takrorla- 
nishiga  yo‘l  qo‘ymaslik.
42

2. 
Sinfdan  tashqari  vaqtda  o ‘quvchilarning  aqliy,  jismoniy 
mehnatlarini  dam  olish  bilan  qo‘shib  olib  borish.
Kuzatishlarimiz  shuni  ko‘rsatadiki,  kuni  uzaytirilgan  sinf va 
guruh  o‘quvchilari  bilan  uyushtiriladigan  mashg‘ulotlar  shakl  va 
mazmun jihatidan bir xil bo‘lsa,  bu ulami zeriktiradi,  charchatadi 
va ish unumiga sezilarli darajada salbiy ta’sir etadi.  Shuning uchun 
tarbiyaviy ishni tashkil  etishga ijodiy yondashmoq  darkor.  Chunki 
bolalam i  tarbiyalash  murakkab  ijodiy  jarayondir.  Bu  doimo 
ta sh a b b u s  k o ‘rs a tish n i  va  h ay o tiy   z a ru riy   p ed ag o g ik  
muammolami  tadqiq  etishni  taqozo  etadi.  Demak,  eng  yaxshi 
reja  ham  hali  ishning  boshlariishidir.  Rejadagi  tadbirlarni  amalga 
oshirish,  awalo,  tarbiyachining tashkilotchiligiga bog‘Uq.  A.  S. Ma­
karenko  o‘z  m a’mzalaridan  birida  «tarbiyaviy  ish,  eng  awalo, 
tashkilotchilik ishidir»',  degan edi.  Tashkilotchi,  mohir tarbiyachi 
hamma  ishni  o ‘zi  bajaravermaydi.  U  maktabdagi  «Kamalak» 
boshang‘ich  tashkiloti,  «Kamolot»  YIH  tashkiloti  va  o‘z  guru- 
hidagi  faollarga  tayanib,  kam  kuch  sarf  etgan  holda  ko‘p  ish 
bajarishga  va  uning  zavqli,  qiziqarli  o ‘tishiga  erishadi.
Tarbiyachi  tarbiyaviy  (klub)  soati  vaqtida  o ‘tkazadigan  mash- 
g‘ulotlar  mavzusi  olti  ish  kuniga  asoslanib,  haftaning  muayyan 
kunlari  bo‘yicha  taqsimlab  chiqilib,  ana  shu  tartibga  qal’iy  amal 
qilish  lozim.  Besh  kunlik haftasi bo‘lgan  sinflarda  sport  mashg‘u- 
lotlari  va  ekskursiyalar  o'tkaziladigan  kunlarni  navbatlashtirish 
lozim,  ya’ni  birinchi  hafta  sayohat  o ‘tkazish,  ikkinchi  haftada 
sport  mashg‘ulotlarini  tashkil  qilish  kerak.
Tarbiyachi  sinf va  guruhdagi  bolalarning  har  kunini,  har  bir 
daqiqasini  qiziqarli,  mazmunli  o‘tkazish  uchun  tarbiyaviy  ishida 
xilma-xillikka  erishishi  lozim.  Masalan:
Dushanba  —  axloqiy-mafkuraviy  tarbiya.
Seshanba  —  sinfdan  tashqari  o‘qish  (kitob  bilan  ishlash).
Chorshanba  —  mehnat  tarbiyasi.
Payshanba  —  estetik  tarbiya  (badiiy  tarbiya).
Juma  —  sport-sog‘lomlashtirish  ishlari.
Shanba  —  ekskursiyalar,  sayrlar  (tabiat  qo‘ynidagi  ishlar).
Shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  pedagog  har bir  daqiqa  va 
har  bir  vaziyatdan  o‘quvchi  shaxsiga  kompleks  ta ’sir  o‘tkazish
Makarenko A.  S.  Asarlar.  Т.  IV.  349-bet.
43

uchun  foydalanishi  zarur,  ya’ni  darsdan tashqari  o‘qish  darslarini 
estetik  muammolardan  ajratmasligi  lozim,  zavodga  qilingan  har 
qanday sayohatdan  esa bolalarda jamiyatimizning  texnik-iqtisodiy 
jihatdan  rivojlanishiga  qiziqishni  uyg‘otish  maqsadida  foydalanish 
mumkin.
Kuni  uzaytirilgan  sinf  va  guruhlarda  olib  borgan  kuzatish- 
larimizda  ilg‘or  tarbiyachilar  tuzgan  haftalik  ish  rejaning  asosiy 
bo‘limlarida  quyidagi  tadbirlarga  e’tibor  berganliklarining  guvohi 
bo‘ldik.
Download 115.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling