I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2


Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagini moda xususiyatlarini ko’chirish


Download 1.21 Mb.
bet16/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1608970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....

3.4 Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagini moda xususiyatlarini ko’chirish.
Ko’ylaklar bichimi yeng konstruksiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma, qaytarma manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi. Bir choklining choki ostki tomonda, ikki choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va ostki chokli bo’ladi.
Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm buqilib va bukish chizigi bo’ylab yana bukib 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo’lsa yopiq qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klan-may maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5-0,7 sm. kenglikda teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi.
Eng uchida bukish haqi oldirmay bichiladigan yenglarning uchiga magiz qo’yib tikiladi. Magiz agdarma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok haqi magiz tomonga qaytarilib, agdarma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi. Yeng uchini magiz chok bilan tikishda, magiz buklagich yordamida buqilib, 1 ta baxyaqator bilan tikiladi. Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa, yeng uchi yopiq qirqimli qilib buqilib, bir yo’la ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi . Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. buqilib, bostirib tikiladi.
Englar taqilmalarini tikish manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining davomida yoki yaxlit detalning kesimida tikilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta magiz qo’yib tikila o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va to’g’ri qismi to’g’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi).
Engning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan magiz bilan agdarma chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Magizga chok solib puxtalanadi Tirsak choki davomida (yoki kiritma chokida) planka qo’yib yo’rmalab tikish mumkin. Bunda magiz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Magizning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Kesimdagi taqilmani magizsiz xam tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishida qirqiladi va oxirida tugri burchak ostida 0,5-0,7 sm. qirqma hosilTaqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa manjet tikish va yengga ulash. Manjetlar qotirma bilan yoki qotirmasiz tikiladi. Ulanma manjet tikishda kotirma buklama chok bilan ulanadi. So’ngra yon tomonlari agdarma chok bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2 sm qoldirib ortikchasi qirqilib tashlanadi va manjet o’ngiga agdariladi. Manjetga 0,5 sm. kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. Ulanma manjet choklash mashinasida yoki tikish-yurmash mashinasida yengga ulanadi. Manjetning ostki qismi yengga ulanib, chok manjet tomonga qaytarib qo’yiladi. Ustki manjet ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi
Tikish-yo’rmash mashinasida manjet yeng uchi bilan o’ngini ichkariga qilib mashinada yo’rmalanib ulanadi Qaytarma manjetli yengni tikishda bitta bo’lakdan iborat menjetning yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi. O’ngiga agdarilib ikki buklab dazmollanadi. Manjet yengning teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimi yo’rmalanadi. Chok haqi biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm. masofada yengga bostirib tikiladi. Yeng uchi dazmollanadi. Engni yeng o’miziga o’tkazish qo’yimlarini to’grilab agdarma chok bilan tikiladi. Chok haqini magiz tomonga bukib, agdarma chokdan 0,1 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Magiz detal teskarisiga o’tkaziladi va asosiy detaldan 0,1-0,2 sm. kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki tomonidagi qirqimi universal mashinada 0,1 sm kenglikda bukib tikiladi, yoki maxsus 51-A kl mashinasida yurmalanadi.
Engni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan maxsus 302 kl mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib, yeng o’miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Hosil qilingan yeng solqilari dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo’lsa kirishtirib dazmollanmaydi). Bir chokli yenglarni o’mizga o’tqazishda yeng choki yon chokiga to’gri keltirib o’tqaziladi, chok qirqimlari yurmalanadi.
Tayyor kiyim gavdada yaxshi o’tirishi va kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimning bichig’i gavdaning xususiyatlariga mos kelgan taqdirdagina u gavdaga yaxshi o’tiradi. Kiyimning shu talablarga mosligidan dalolat beruvchi asosiy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat: asosiy detallarning o’zaro uyg’unligi, burmalar hosil bo’lmasligi, qulayligi va gavda harakatiga halakit burmasligi. Kiyim yaxshi tikilgan bo’lsa, uning o’lchamlari va bichimi gavdaning tayanch yuzalariga (yelkalarning va ko’krakning balandligiga, belga, xullas qomatga) mos keladi; kiyimda burushiklar bo’lmaydi, uning to’g’ri qismlari tayanch yuzadan pastga bemalol solinib tushib turadi. Detallarda bo’ylamasiga yo’nalgan pardoz chiziqlar (baxyalar, soqlar va hakozo) aniq vertikal chiziq bo’yicha ko’ndalang yo’nalganlari esa gorizontal chiziq bo’yicha joylashadi. Kiyimning oldidagi, orqasidagi va boshqa detallardagi chiziqlar vertikal chiziqdan chetga og’ishmaydi yoki vertikaldan atigi ± 1-1,50 chetga chiqqan bo’ladi. Bu esa ko’zga ham chilinmaydi. Etak, bel va son chiziqlari aniq gorizontal yo’nalishda joylashadi yoki tayyor kiyimda gorizontal chiziqda ko’pi bilan ± 1-1,50 chetga chiqqan bo’lishi mumkin.
Tayyor kiyimga baxo berishda e’tiborga olinadigan nuqsonlar olti guruhga bo’linadi.
1. Ko’ndalang burmalar-detalning uzunligi (vertikal yo’nalishda) keragidan ziyod bo’lishi yoki detalning kengligi (gorizontal yo’nalishda) kaymayib ketishi natijasida vujudga keladi.
Kiyimning orqasida yoqa tagidagi ko’ndalang burma. Burmani yo’qotish joyi belgilab qo’yiladi; orqadagi yoqa o’mizining cheti va yelkasi zixi shu burma chuqurligiga pasaytiriladi. Hosil bo’lgan nuqtalar belgi nuqtaga tutashtiriladi. Keyin oldindagi va orqadagi yelka zixlarini yuqoriroq ko’tarish yoki orqadagi o’rta chokni so’kib, shu yerdagi chok haqi hisobiga kiyim orqasini kengaytirish kerak. Yoqa tagidagi ko’ndalang burma katta bo’lmasa uni quyidagicha yo’qotsa ham bo’ladi: yoki stoykasi qaytadan dazmollanib, otlyoti bo’yicha chiziladi.
Orqada yeng o’mizi yonidagi ko’ndalang burmalar orqadagi o’rta chokni so’kib, orqani kengaytirish kerak. Bu holda kiyim orqasining bel va son chiziqlari kengligi keragidan oshib ketadigan bo’lsa, orqani yon chiziq bo’yicha qayta bichib, uning pastki qismidagi normal kengligini saklab kolishga to’g’ri keladi. Zarur bo’lganida orqadagi yoqa o’mizining kengligi ham aniqlanadi, aks holda yoqaning orqa qismi bo’yinga yopishib turmaydi.
Shimlarning bantidagi ko’ndalang burmalar nuqsonni bartaraf kishi uchun bantni qisqartirish kerak. Bant ancha qisqarganida og’ chizig’i ham shunga yarasha qisqaradi va yon chiziqning egrilik darajasi o’zgardi. Shim old yarm iyon chizig’ining egrilik darajasi o’zgarsa, shim tanaga ko’proq yopishib turadi, shunda mazkur nuqson uncha bilinmaydi.
Shimning banti tagidagi ko’ndalang burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning orqa yarmini og’ chizig’i bo’yicha kengaytirish kerak; uning ustki zixini qaytadan bichib, yon chiziqning egrilik darajasini oshirish lozim, shunday qilganda shim songa yopishibroq turadiShim og’ chizig’ining yuqorigi qismidagi ko’ndalang burmalar. Shimning yon chizig’i qo’shib beriladigan chok haqi kamaytirilib, og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqi ko’paytiriladi. Shu yerdagi chok sal-pal tortilib tursa, unda bu nuqsonni yo’qotish uchun og’ chizig’iga qo’shiladigan chok haqini oshirish kerak.
Shimning yon choklardagi ko’ndalang burmalar. Shimning har ikkala yarmining yuqorigi chetlari shu burmalar kengligigacha qisqartriladi.
2. Buylama (vertikal) burmalar. Detalning (gorizontal yo’nalishda) ortiqcha kengligidan yoki detallarning (vertikal yo’nalishda) ortikcha uzunligidan kelib chiqadi.
Orqaning yuqorigi tomonidagi bo’ylama burmalar. Kiyimning orqasidagi ortiqcha gazlama umumiy chokka qo’shib tikiladi. Old yeng o’mizidagi burmalar bu nuqson yelka zixini va o’miz chizig’ini tortib chuzish yo’li bilan yo’qotiladi. Mazkur burma yeng o’mizining ostigacha yetib turgan bo’lsa, u holda kiyimning old qismi bel va son chiziqlarigacha kengaytiriladi. Shimning old choki yaqindagi bo’ylama burmalar bu nuqsonni yo’qotish uchun shimning old zixiga qo’shib beriladigan haqni kamaytirib yon zixlar haqini oshirish kerak. Shimning orqa yarmida og’ chizig’ining do’ngligi kamaytiriladi. O’rta detal chok ham shunga yarasha siljitiladi. Shimning orqa yarmida tekislik uchun qo’shib beriladigan chok haqi qayta taksimlanadi. Detalning butun eniga tarqalgan qiya burmalar detalning qisqaritirilishi, uzaytirilishi yoki toraytirilishi natijasida kelib chiqadi. Yelkasi yostiqchali kiyimning yon choklaridagi qiya burmalar. Bu nuqson quyidagi cha yo’qotiladi: qiya burmalar kiyimning oldi va orqasidagi yeng o’mizi tubida yon choklarda o’tkaziladi. Lozim topilganda detallar bichimi aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Old yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar. Yeng o’mizi tubidagi burmalar yon choklarga o’tkazilib tekislab yuboriladi. Detallarning bichimi aniqlanadi va andozalarga tuzatish kiritiladi. Orqaning yeng o’mizi yaqinidagi qiya burmalar agar bu nuqsonlar yelka balandligini har xilligidan yoki yelkalarning pastligidan kelib chiqsa u holda yelkani yostiqchali qilish yoxud mavjud yostiqchaning qalinligini oshirish kerak. Mazkur nuqson detallar muvozanati buzilganligi oqibati bo’lsa bursa burmalar kengligi yon choklarga taksimlanadi. Andaza aniqlanadi, bichimi o’zgartiriladi. Agar orqadagi yelka kamari toraytirilgan bo’lsa uni yeng o’miziga hamda yelka chiziqlariga qo’shib berilgan chok haqi hisobiga kengaytirish kerak. Yeng boshidagi qiya burmalar bu nuqsonning kelib chiqishiga yeng o’mizining yopiq holdagi chuqurligi yeng boshi balandligiga to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Nuqsonni yo’qotish uchun yeng boshining balandligi (koldirilgan zapas haq yetarli bo’lsa) oshirish kerak. (1-variant) yeng boshining yon tomonlari pasaytirilganda ham qiya burmalar yo’qotiladi. (2-variant) so’ngra yengning oldiga va tirsak zixlari uzunligi aniqlanadi.
Yengning tirsak perikati yaqinidagi qiya burmalar. Yeng boshining ostki cheti aniq chizilmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Uni yo’qotish uchun yengning ostki yarimi yeng o’mizining ostki chizig’i ustiga qo’yiladi, o’miz chetining ortiqchasi kesib tashlanadi, old zix qisqartiriladi.
Shimning og’ chokidagi qiya burmalar. Nuqsonni yo’qotish uchun avval og’ chizig’ining yuqorisida gorizontal burma hosil qilinib, to’g’nog’ichlar bilan qadab qo’yiladi. So’ngra shimning old va orqa yarmidagi qiya burmalar to’g’nog’ichlarbilan qadalib, yon chiziqlarning yuqorigi qismida yo’qotiladi. Shundan keyin andoza aniqlanadi va detallar bichimiga o’zgartirishlar kiritiladi.
Burchak burmalari. Vitachkalarning ochilish oralig’i yetarlicha bo’lmagan yoki burchak puxta dazmollab tekislanmagan, yoxud detalga botiq shakl beradigan vitachkaning ochilish oralig’i kichik bo’lgan hollarda shunday nuqson vujudga keladi.
Kiyim orqasining yeng o’mizidagi burchak burmalar. Ortiqcha gazlamadan skladka (burma) yetishmayotgan (ochik holdagi) kengligini yoki dazmollab tekislash uchun beriladigan haqni aniqlaydi. Orqa yeng o’mizining yuqorigi qismida qoldirilgan zapasni oshirgan holda yelka chokini qo’shimcha ravishda dazmollab tekislash yaxshi natija beradi.
Shim orqa yarmining tax chizig’idagi burchak burmalar. Bu holda shimni namlab dazmollashga to’g’ri keladi. Dazmol shim orqa yarmining zixi bo’ylab gazlamaning tanda ipiga nisbatan burchak hosil qilib yurgizilishi kerak. Shimning orqa yarmi kesik, vitachkali, koketkali bo’lgan holllarda mazkur nuqsonni yo’qotish bir muncha qiyin.
Shimning yon tomonidagi burcha burmalar. Vitachkalar hosil qilib, shimning yon tomoni dumpayibroq turadigan qilinsa, nuqson bilinmay qoladi.
Muvozanat (uyg’unlik) buzilish tikilgan detallarning qiyshayib, spiralsimon buralib turishiga sabab bo’ladi.
Kiyimning barlari ochilib turadi, ko’krak chizig’idan patroqda burchak burmalar hosil bo’ladi. Kiyimning old tomonini bort chizig’i bo’ylab o’zgartirish kerak.
Kiyimning etagida barlar bir-biri ustiga chiqib ketadi. Nuqsonni yo’qotish uchun old yoqa o’mizining yuqorigi uchini yanada yuqoriroq ko’tarish yoki old yelka chizig’ini yoqa o’mizi tomon surish, yo bo’lmasa kiyim oldining yon chokini bir oz yuqoriga ko’tarish kerak. Shu o’zgartirishlar kiritilgandan keyin yangidan belgilab qo’yib chiqiladi va yeng o’mizi chizig’i bilan etak chizig’i aniqlanadi.
Kiyimning orqasi kalta. Bu nuqsonni ikki xil yo’l bilan yo’qotish mumkin. Agar kiyimni tikkanda orqasida zapas koldirilgan bo’lsa u holda orqa uzaytiriladi va orqaning yelka qismida ko’raklar to’g’risiga o’zgartirish kiritiladi. Kiyimning orqasi chokli yoki koketkali bo’lsa, mazkur nuqson osonlikcha yo’qotiladi. Kiyimning orqasida zapasi bo’lmasa, kiyimning oldini keragicha qisqartirishga to’g’ri keladi. Kiyimning orqasini maxsus yostikchasi bo’lgan presslarda koliplash ham yaxshi natija beradi.
Kiyimning orqasi uzun. Bu nuqsoni yo’qotishning turli variantlari mavjud: Kiyim orqasini qisqartirish va toraytirish, kiyimning oldini uzaytirish va kengaytirish, har ikki detallni bir yo’la to’g’rilash. Bu variantlarning hammasida yon choklari va yeng o’mizlari va yoqa o’mizlari chiziqlarining uzunligi o’zgardi albatta; Anna shu o’zgarish evaziga tutash detallarni tegishlicha to’g’rilash kerak bo’ladi.
Yenginng oldinga yoki orqa tomonga ogib turishi. Kertiklar o’rni noto’g’ri belgilangan yoki kiyimning bichimi (asosi) kishining bo’yi-bastiga to’g’ri kelmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni yo’qotish uchun yengni so’qish va yeng oldinga ogib turgan takdirda – yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini soat stirelkasiga karshi siljitish, yeng ogib turganida esa kertiklarni soat stirelkasi yo’nalishida surish kerak. Yeng o’mizidagi kertiklar o’rnini o’zgartirish o’rniga yeng boshidagi kertiklarni shu tariqa sursa ham bo’ladi.
Shimning orqa yarmidagi vertikal burmalar. Bu nuqson shimning old-orqa balansi buzilganligidan darak beradi. Nuqsonni yo’qotish uchun o’rta chokning yuqorigi uchini bir oz uzaytirish va orqa vitachkani kengaytirish yukki dumbaning eng baland joylarini qo’shimcha vitachkalar qilish kerak. Bundan tashqari, shim o’rta chokining to’g’ri toritib cho’zilganligini tekshirish kerak.
Shimning old yarmi uzun. Bant sohasida gorizantal burmalar hosil bo’lishi ana shunday nuqson borligidan dalolat beradi. Bu nuqsonni yo’qotish uchun primerka vaqtida shimning ortiqcha uzunligini gorizantal skladkaga yetish kerak. Bu skladkaning kengligi shimning old yarmini qanchalik qisqartirish yoki orqa yarmini qanchalik uzaytirish kerakligini ko’rsatadi.
Shimning orqa yarmini uzun. Bu nuqson ham xuddi yuqoridagiga o’xshaydi. Uni bartaraf etish uchun shimning orqa yarmini qisqartirish yoki old yarmini uzaytirish kerak.
Shimning yon choklari orqaga buralib ketadi. Shim old yarmining og’ choki keragidan uzun bo’lganda shunday nuqson bo’ladi. Muvozanatni tiklash uchun kertiklarni pastga surish bilan shim old yarmining yuqorigi nuqtalarini yanada yuqoriroq ko’tarish kerak.
Shimning yon choklari oldinga buralib ketadi. Shim old yarmining yon choki uzayishi natijasida shunday nuqson kelib chiqadi. Nuqsonni bartaraf etish uchun shim oldining yon zixlaridagi kertiklarini pastga siljitish kerak.
Yurganda, harakatlanganda seziladigan va ko’zatiladigan boshqa nuqsonlar.
Yeng qo’lni ko’tarishga halakit beradiyu bu nuqsonni yo’qotish uchun yeng o’mizining chuqurligini kamaytirish kerak, shunga yarasha yeng boshining balandligi ham albatta kamaytiriladi. Kiyimning dastlabki uzunligi o’zgarmasligi uchun etakni qayirib bo’qish maqsadida tashlab ketilgan chok haqidan foydalaniladi. Shim tizzani bukib o’tirishga va oyoqni ko’tarishga halakit beradi. Shimning o’rta choki yetarlicha uzun bo’lmagan hollarda shunday nuqson kelib chiqadi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun o’rta chokni uzaytirish, old zixni qisqartirish va kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq ravishda shimning yuqorigi qismini qayta bichish kerak.
Xulosa.
Ishlab chiqarishning to’rli bosqichlarida hisoblash texnikasini kullash kiyimning detallari va uzellarini kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mahsulot Butunittifoq klassifiqatori MBK da tikilgan kiyimlarning o’nli sistemasidagi egasiz klassifikasiyasi qo’llaniladi. Tikilgan kiyimlar MBK da mustakil klassga ajratilib ,85 nomeri bilan bo’linadi. O’zaro bog’liq shifrlar majmui kod mahsulotning qisqartirilgan shartli belgisi hisoblanadi. MBK da kodlashning o’nli sistemasi qabul qilingan. Har qaysi belgini ta’riflash uchun muayyan miqdorda o’nli razryadlar ajratilgan. Kodning 1va 2 razryadlari «Tikilgan buyumlar» klassi.
3- razryad – kenja klass. Buyumning assortiment bo’yicha klassifikasiyasi: 1-ustki kiyim; 2- kostyum ko’ylakdan iborat kiyimlar; 3- ichki kiyimlar; 4- bosh kiyim; 5- maxsus kiyim va hakozo.
4-razryad - vazifasi jihatidan o’xshash va model-konstruktiv yechimi jihatidan bir-biriga yaqin buyumlarning gruppa-xillari majmui: 1- palto;2- kalta palto; …. 5- ko’ylak;…… 7- erkaklar ko’ylagi va hakozo.
5-razryad - xom ashyo to’ri bo’yicha kenja gruppa: 1- ip gazlamalar; 2- zigir tolasi va aralash toladan tukilgan gazlamalar; 3- shoyilar, sintetik va aralash tolalardan tukilgan gazlamalar va hakozo.
6 – razryad - buyumning jins-yosh belgilari bo’yicha xillari: 1- erkaklar uchun; 2-ayollar uchun; 3-o’g’il bolalar uchun va hakozo.
7-razryaddan 10 razryadgacha xillararo klassifikasiya.
Kiyimni loyhalash talablar programmasini tuzishdan boshlanadi. Talablar ikki gruppaga ajratiladi.
1. Iste’molchi (matlubotchilar) talablari.
2. Sanoat-ekanomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar.
Birinchi gruppaga ekspluatasion, estetik, gigiyenik talablar, kiyimning tovarlik sifatiga, ko’rinishiga oid va boshqa talablar kiradi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling