I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2


To’qilmasi yuqorigacha bo’lgan kiyimlarning ko’tarmali qaytarma yoqasi


Download 1.21 Mb.
bet12/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1608970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....

To’qilmasi yuqorigacha bo’lgan kiyimlarning ko’tarmali qaytarma yoqasi.
Bunday yoqa o’rtasida ko’tarmasi bor bo’lib, bu ko’tarma yoqa uchi tomon kamayib, yo’q bo’lib ketadi.
Uchi O nuqtada bo’lgan to’g’ri burchak tuziladi. Yoqa ko’tarilishining balandligi –OV3 dan 12 sm gacha bo’ladi. Yoqaning ko’tarilish balandligi 1ka o’rtasidagi ko’tarmaning balandligi VV1 belgilaydi. Ovning miqdori qancha kam bo’lsa, ko’tarma shunchalik baland bo’ladi. Yoqa ko’tarmasining balandligi VV1 o’rta hisobda 2 dan 3,5 sm gacha bo’ladi.
Yoqa qaytarmasining kengligi- V1 V2 modelga bog’liq bo’lib, 7 dan 14 smgacha bo’ladi.
Yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’ining uzunligi Va yoy bo’ylab aniqlanadi. Buning uchun ort bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 va old bo’lak yoqa o’miz uzunlgi A6A7 sm li lentaning qirrasini qo’yib o’lchanadi. V nuqtadan AA4 ÷ A6A7 ga teng radius bilan gorizontalga bo’lgi qo’yib, A nuqta hosil qilinadi.
V va A nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq o’rtasida 1 dan 3 sm ga teng egiklik 1-2 hosil qilinadi. Bu egiklikning miqdori yoqa o’tqazma chizig’ining shakliga ta’sir qiladi. Egiklik qancha kam bo’lsa, yoqa o’tqazma chizig’i shunchalik to’g’ri bo’lib, yoqa bo’yinga yopishib turadi va, aksincha, egiklik 1-2 ko’proq bo’lsa, yoqa bo’yinga yopishmay qochib turdi va yoqa o’miz uzunligi bo’ylab tekis joylanadi.
Yoqa qaytarmai bilan yoqa uchlarining shakli modelga binoan chiziladi.
Yoqa uchining shaklini chizish uchun VA chizig’iga o’tkazilgan AA1 perpendikulyar taxminiy ariyentir bo’ladi.
Yoqa kengligi AA1 va yoqa uchi A1A2 xoxishiga qarab olinadi va u yoqa uchi hamda qaytarmasi puktir chiziq bilan ko’rsatiladi.
Apash yoqa
Ayollar kiyimining ko’pchiligida ko’ylaklarda, bluzkalarda, kostyumlarda va boshqalarda apash tipidagi yoqa ko’p uchraydi.
Yoqa old bo’lak konstruksiya asosining chizmasida A7 nuqtasidan boshlab tuziladi. Yoqa o’miz o’yig’ining chuqurligi A7G’6 modelga binoan belgilanadi.
Tipavoy yechimda A7G’6=14 sm bo’ladi. Lekin bu miqdor 14 sm dan ortiq bo’lshii ham mumkin.
G’6 nuqta va yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladida, bu chiziq old bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 ga teng bo’lgan A6A’6 miqdorda uzaytiriladi. A6G’6 chizig’i yoqani bukush chizig’i A6A’6 chizig’iga perpendikulyar chiziq o’tkazib unga A62=7 sm o’lchab qo’yiladi.
Yoqa uchlarini va tipavoy shakldagi qaytarma chizig’ini tuzish uchun A7 nuqtadan gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqda A73=5 sm o’lchab qo’yiladi. 3 va 1 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq davomida 1-2=0,8 sm o’lchab qo’yiladi. Hamda 2 va A’6 nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu yoqaning 3-1 chizig’idagi o’rtasi bo’ladi.
3-1 chiziqdagi 3 nuqtadan 3-4=1,5 sm bo’lak o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining 1-4 chiziq markazidagi egiklik 0,5 sm bo’ladi.
Yoqa qaytarma chizig’i tekis egri chiziq bilan chiziladi.
A73 gorizontalni ikkiga bo’lib, nuqta 5 hosil qilinadi. 4,5 va G’6 nuqtalarni birlashtirib, yoqa uchi bilan bort chizig’ining shakli chizib olinadi. Apash yoqa konstruksiyasini tuzishda A7G’6, A75, A73, A’61 bo’laklarning katta kichikligi o’zgarib turishi va modelga binoan istalgancha olinishini yodda to’tish kerak. Fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i kattalashtirilgan sayin A7 nuqtaning holatini vertikal bo’ylab suriladi. Ustki apash yoqa G’6 A6 A’6 2 4 5 G’6 kontur bo’ylab, ostki yoqa 5 A7 A’6 A’6 2 4 5 kontur bo’ylab bichiladi. G! 6A57 joyi old bo’lak bilan birga yaxlit bichiladi. Ustki yoqa ostki yoqa konturidan yoqa qaytarmasi, yoqa uchi va bort bo’ylab 0,3 sm ortikroq bo’lishi kerak.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling