I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2


Qaytarma va ko’tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish


Download 1.21 Mb.
bet15/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1608970
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....

Qaytarma va ko’tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish.
Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yaxlit bichilgan yoqa agdarma chok bilan tikib olgandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga ogish chizigi bo’ylab, yoqa uchlariga 3- 4 sm yetmaydigan qilib elimlab qo’yiladi. Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tkaziladi. Ostki yoqaning 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo’lgandan keyin qaytarmaning ko’tarmaga o’tish chizig’I bo’ylab baxyaqator yurgiziladi
Adip qaytarmali yoqani tikish.
Adip qaytarmali yoqani o’tkazayotganda, adip bilan old bo’lak o’ngi ichkariga qaratilib juftlanadi va ular orasiga yoqani o’ngini, o’ngigaga qaratilib, adip tomondan yelka chokigacha tikilishi bilan birga bort ham ag’darma chok bilan Germaniya "Tekstima" firmasining 8332 kl mashinasida tikiladi. Ustki yoqaning chok haqi kertilib, qaytarib qo’yiladi va ostki yoqa ortbo’lak o’miziga o’tkaziladi. Ustki yoqa qirqim tomonga buqilib, ort bo’lak yoqa o’miziga bostirib tikiladi
Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’y lak yoqasini tikish.
Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’ylak yoqasini o’tqazishda ostki yoqa asosiy detal bilan ung tomonlari ichkariga qaratilib juftlanadi va qirqimlari tekislanib, kertimlari to’g’ri keltirilib, ostki yoqa tomonidan 0,7-1 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Ustki yoqaning qirqim tomondagi cheti ichkariga buqilib, ostki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, bostirib tikiladi
Yalang qavat yoqalarni tikish.
Yalang qavat yoqalarni to’rlicha tikish mumkin. Ularning yon va qaytarma qirqimlariga to’r qo’yib, siniq baxyaqator mashinada qo’yma chok bilan, magiz chok bilan yoki yoqa qirqimlarini teskariga bukib, bostirib tikish mumkin
Olib qo’yiladigan bezak yoqalarni tikish.

Bunday yoqalarning ko’tarma qismining qirqimi yo’rmalanadi yoki to’rtala tomoni tikiladi, shu ochikq joydan o’ngi-ga ag’dariladi va ochiq joyi chok qirqimlari ichkari tomonga bukilib, ziylaridan 0,1-0,2 sm. oraliqda tikiladi .Yoqaning ko’tarma qirqimiga magiz qo’yib tikish xam mumkin Yoqasiz kiyimlarning yoqa o’mizini tikish. Yoqasiz buyumda yoqa o’mizi qirqimlarini shu yoqa o’mizi shaklida bichib yoki qiya (tanda ipiga nisbatan 45° S burchak ostida) bichib olingan magiz yoki beyka bilan agdarma chok solib, kant hosil qilib tikish mumkin. Avval magiz pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o’tkazilgan chokni yopadigan qilib, bukilgan ziydan bo’laklari biriktirib tikiladi, chok haqi yorib dazmollanadi, keyin asosiy detal o’ng tomonga o’ngini pastga qilib tugrilanadi va agdarma chok bilan tikiladi. Chok magiz tomonga buqilib, magizning o’ngidan agdarma chokdan 0,1-0,3 sm oraliqda bostirib tikiladi. Keyin magiz buyumning teskari tomoniga qaytarilib, 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki qirqimlari buklab tikilgan), yoki maxsus mashinada yurmalangan bo’ladi,. Keyin asosiy detalga 7-8 sm oraliqda yashirin qaviq bilan qo’lda chatiladi yoki maxsus mashinada tikib qo’yiladi.
Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimning yoqa o’mizini magizli chok bilan va ikki ignali mashinada beyka qo’yib tikish mumkin. 2 - rasm

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling