I bob Undosh tovushlar haqida ma’lumotlar


I.2. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi


Download 178.4 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi178.4 Kb.
#1483306
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Bobomurodova N

I.2. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi.
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar,ularning yozuvda ifodalanishi
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh­lar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul – kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra undosh tovushlar dastlab ikki turga bo`linadi:
1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan ko`p yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar bo`lib, bu guruhga b, v, g, d, j (ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g`, h undoshlari kiradi. Shuning uchun ham shovqinli undoshlar un paychalarining ishtirokiga, tarkibida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko`ra, ikkiga bo`linadi:
a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta) talaffuz qilish paytida un paychalari titraydi, shuning uchun uning tarkibida ovoz qatnashadi, lekin ovoz miqdori shovqinga nisbatan ozroqdir. Jaranglilar shu bilan sonorlardan farq qiladi: v, b, g, d, j (garaj), j (jo`xori), z, y, g`.
b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta) talaffuzida un paychalari qatnashmaydi, bu undoshlar faqat shovqinning o`zidan iborat bo`lgan, tarkibida ovoz mutlaqo ishtirok etmaydigan tovushlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Ba’zi jarangli va jarangsiz undosh tovushlar hosil bo`lish o`rni jihatdan juftlik (8 ta) hosil qiladi: b – p, v – f, g - k, d – t, j(qorishiq) – ch, j(sirg`aluvchi) – sh, z - s, g` - x .
2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) tarkibida ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo`lib, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday ovozdor undoshlarning hosil bo`lishida un (ovoz) paychalari faol ishtirok etadi – bu tovushlar un paychalarining titrashidan hosil bo`ladi, shuning uchun ham ular unli tovushlarga birmuncha yaqin turadi. Ammo bu undoshlar o`pkadan chiqib kelayotgan havo oqimining og`iz bo`shlig`ida to`siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida hosil bo`ladi. Undosh tovushlarning tasnifini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin:



Ovoz va
shovqinning
ishtirokiga
ko`ra

Hosil
bo`lish
usuliga ko`ra

Hosil bo`lish o`rniga ko`ra

Lab undoshlari

Til undoshlari

Bo`g`iz
undoshi

lab-
lab

lab-tish

til oldi

til
o`rta

til
orqa

chuqur
til orqa

SHovqinlilar

Jarangli

Portlovchilar

Sof portlov-chilar

b




d




g







jarangsiz

p




t




k

q




jarangli

Qori-
shiq portlov-chilar







җ












jarangsiz









ch













jarangli

Sirg`aluv-
chilar

v

v1

j, z

y




g`




jarangsiz

f

f1

s, sh







x

h

Ovozdor (sonor)lar

jarangli


Portlovchi-
Sirg`aluvchi-lar

Burun tovush-lari

m




n




ng







Yon tovush







l













Titroq tovush






r













Undosh tovushlar tavsifi


B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo`lib, so`z boshida (bahor), o`rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. u tovush so`z oxirida kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- odop. Bu tovush ko`pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe’l birikib talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba’zan shunday yoziladi: kabob – kavob, qobirg`a - qovurg`a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko`ra ber – ko`raver kabi.
So`z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga o`tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga va h.
V tovushi – lab-lab va lab-tish, sirg`aluvchi, jarangli undosh tovush. So`zning boshida (vazifa, vafo), o`rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o`tov, birov) kela oladi. Sof o`zbekcha so`zlarda bu tovush so`z boshida deyarli qo`llanmaydi.
M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg`aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (mehr, mo`ylov, mulk), o`rtasida (omon, umr) va oxirida (tom, bodom, qadam) kela oladi.
P tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, so`zning boshida (pilla, po`choq, parda), o`rtasida (opa, qipiq, to`piq) va oxirida (cho`p, top, sop) kela oladi. Ko`p bo`g`inli so`zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi.
F tovushi - lab-tish, sirg`aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo`lib, faqat o`zbek tiliga arab, fors va rus tillaridan o`zlashgan so`zlarning boshida (faqir, oftob, fabrika), o`rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba’zi so`zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida. Bunday o`zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi.
Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlar taqqoslashga, ularning so’z ma’nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o’tkaziladi. (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyasiyasi qiyin bo’lgan undoshlar ng (tong), lab-tish undoshi – v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi – j va jarangli sirg’aluvchi – j kabilarni o’rganishda tovush artikulyasiyasiga oid ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so’zlar: ko’rib (ko’rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot) borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor so’zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so’zlar: baland (balan), do’st (do’s), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax). Bunday so’zlarni yozilgandek o’qish – imloni o’rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfoepik, so’ng orfoepik o’qitiladi. Shu kabi so’zlarni o’qish bilan bo’g’inlab o’qish malakasi takomillashadi: o’quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so’zlarni o’qishni o’rganadilar.
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul – kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’
Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi. Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l, bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini, jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi):
Jufti yo’q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y
Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bunday moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap, ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:
– Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob, maqsadi – maqsad, maqsadga).
Shunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod, kitobi – kitob.
Bo’g’in ustida ishlash. Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.
I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi.
Undosh fonemalar tasnifi. O`zbek tilida 25 ta undosh bo`lib, ularni farqlovchi asosiy belgilar quyidagilar sanaladi:
a) hosil bo`lish o`rniga ko`ra;
b) hosil bo`lish usuliga ko`ra;
d) ovoz va shovqin ishtirokiga ko`ra.
Undosh tovushlarning hosil bo`lishida bo`g`iz bo`shlig`i, og`iz bo`shlig`i va til muhim ahamiyatga ega. O`pkadan chiqadigan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to`siqlarga duch keladi.
Undoshlar hosil bo`lish o`rniga ko`ra:
1.Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m, v;
b) lab-tish undoshi: f.
2.Til undoshlari:
a) til oldi: d, t, z, s, sh, j (dj), ch, n, l, r;
b) til o`rta: y;
d) sayoz til orqa: k, g, ng;
e) chuqur til orqa: q, x, g`.
3.Bo`g`iz undoshi – h tovushlariga bo`linadi.
Hosil bo`lish usuliga ko`ra esa undoshlar quyidagi kichik guruhlarga bo`linadi:
1.Portlovchilar ; b, p, d , t, k , g, q;
2.Sirg`aluvchilar ; v, f ,z , s ,y , l , sh , g’ , x , h , j;
3.Titroq: r ;
4.Qorishiqlar : dj , ch;
5. Yon: l
6. Burun: n, m, ng.
Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra ikki guruhga ajraladi :
1. Jaranglilar : b , v , g , d , z , j , dj , y , g` , m , n , ng , l , r ;
2.Jarangsizlar : p , f , k , t , s , ch , sh , q , x , h.
Undosh tovushlar akustik jihatdan shovqinli va sonor tovushlarga ham bo`linadi . Shovqinli undosh tovushlar talaffuz qilinganda shovqin ovozga nisbatan kuchli bo`ladi : b , f , g’ ,h , x , p kabi . Sonor tovushlarda esa ovoz kuchli bo`ladi : m , n , ng , l , r kabi. Undosh fonemalar ham boshqa sath birliklarida bo`lgani kabi turli ziddiyatlarda turadi. Jumladan 8 ta undosh fonema “jarangli – jarangsizlik ” belgisi bilan korrelyativ (ziddiyatda turgan fonemalarning birida bor, ammo ikkinchisida mavjud bo`lmagan belgi) munosabatga kirishadi. Ular quyidagilar: [b]-[p], [d]-[t] , [k] –[g], [s] –[z], [j]-[ch], [dj]-[sh], [g’]-[q], [v]-[f].
Yuqorida ko`rsatilgan tasnif asosida undosh fonemalar hosil bo`lish o`rniga ko’ra quyidagi binar ziddiyatli munosabatlarga kirisha oladi:
a) “lab-lab – til oldi”: [p]-[t]; [m]-[n]; [v]-[z]; [v]-[r]….
b) “lab-lab – til o`rta”: [b]-[y]; [v]-[y];
d) “lab-lab – til orqa”: [p]-[k]; [b]- [k]; [m]-[x]; [v]-[g];
e) “lab-lab – bo`g`iz”: [p]-[h]; [v]-[h];
f) “til oldi- til orqa”: [t]-[k];[t]-[q]; [d]-[g]; [s]-[x]; [z]-[g]; [n]-[g].
Hosil bo’lish usuliga ko’ra undosh fonemalar quyidagi ziddiyatli munosabatlarda bo`ladi:
a) “portlovchi – sirg’aluvchi”:
[p]-[f]; [b]- [v]; [t]-[s]; [d]-[z]; [t]-[sh]; [k]- [x]…
b) “portlovchi – affrikat (qorishiq)”:
[t]-[ch]; [d]- [dj];
d) “sirg’aluvchi - affrikat”: [sh]-[ch]; [j]- [dj];
Demak, o`zbek tilida undosh fonemalarning soni ko`pligi tufayli oppozitsiyalar ham anchadir. Unli fonemalar esa bir belgi asosida uch (tor unlilar, o`rta unlilar, keng unlilar) va ikki a’zoli ziddiyatni (lablangan va lablanmagan unlilar), ikki belgi (“tilning ko`tarilish darajasi va lablangan - lablanmaganlik ”) asosida olti a’zoli ziddiyatni hosil qiladi. Bunday xususiyatlar rus, ingliz, nemis, fransuz kabi qator tillar uchun ham xos.



Download 178.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling