I bob. Urushning xalqaro munosabatlar ta’siri


Download 95.5 Kb.
bet6/6
Sana26.02.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1232998
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sovuq urush

2.2 MDHning tashkil etilishi
20 asrdan so’nggi o’n yillikning yirik voqeasi SSSRning qulashi bo’ldi. 1991 yil 8 dekabrda tashkil etilishi Rossiya, Ukraina va Belorussiya raxbarlari Minsk shaxridagi uchrashuvlarida SSSR tarqatib yuborilganligini e’lon qildilar. Buning sababi – ular shu uch davlat 1922­ yilning 30 dekabrida SSSRni tashkil etgan edilar. Ayni paytda bu uch davlat raxbarlari Mustaqil mamlakatlar Xamdo’stligi (MDX) ni tashkil etgan­liklarini xam ma’lum qildilar. Sobiq ittifoqdosh respublikalardan yana sakkiztasi, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi MDX xaqidagi shartnomani imzoladilar. Dunyo xamjamiyati Rossiya Federatsiyasini sobiq SSSRning qonuniy vorisi deb tan oldi. Rossiya Federatsiyasi sobiq SSSR imzolagan shartnomalarga rioya qilish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. BMT va uning Xavfsizlik Kengashida SSSRning o’rnini egalladi. SSSR tarqalib ketgach, uning yadro qurollari to’rt davlat (Ukraina, Belorussiya, Rossiya va Qozog’iston) xududida qoldi. Xalqaro xamjamiyat ularning yagona Rossiyada to’planishi choralarini ko’rdi va bunga erishdi.
SSSR ning qulashi jaxondagi siyosiy vaziatni tubdan o’zgartirib yubordi. Dunyoning ikkiga bo’linishi barxam topdi. AQSH dunyoning yagona «o’ta buyuk» davlati bo’lib qoldi. AQSH prezidenti J. Bush o’z xalqini «sovuq urush» da erishilgan g’alaba bilan qizg’in tabrikladi.
90 yillar xalqaro xayotda ko’p millatli davlatlarning parchalanishi va milliy davlatlarning vujudga kelishi bilan ajralib turadi. CHunonchi CHexoslovakiya va Yugoslaviya bo’linib ketdi. CHexoslovakiya 1993 yilning 1 yanvarida CHexiya va Slovakiya davlatlariga ajraldi. Yugoslaviya bo’lingunig qadar 6 respublikadan iborat edi.
1991 yil iyun oyida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya o’z mustaqil­ligini e’lon qildilar. 1992 yilning yanvar oyida Bosniya va Gersegovina ajralib chiqdi. Serbiya va CHernogoriya esa Yugoslaviya Ittifoqi (YuI) davlatini tuzdilar. Yugoslaviyaning parchalanish jarayoni davom etdi. Xususan, CHernogoriya YuI tarkibidan ajrab chiqdi. Kosovoda yashovchi albanlar esa mustaqil Kosovo davlati tuzilganligini e’lon qildilar.
Yaqin SHarq muammosining asosiy masalasi ­Falastin arab davlatini tashkil etish va Isroil bosib olgan arab yerlarini qonuniy egalariga qaytarib berish xamon xal etilmay kelinmoqda.
Falastin arab davlatini tashkil etishga quyidagi uchta katta katta muammo bo’lib turibdi:
- 1,5 mln dan ortiq arab qochoqlarini avvalgi yashash joylariga qaytarish,
- Falastin davlatining poytaxti muammosi,
- Falastinliklar Quddus shaxrini o’z davlatining poytaxti bo’lishini istaydilar. Isroil esa uni o’z davlatining poytaxti, deb e’lon qilgan. Uzoq muzokaradan so’ng bu shaxarni ikkiga bo’lishga kelishildi, Isroildagi o’ta o’ng kuchlar va Falastinning ekstremist tashkilotlari shaxarning bo’linishiga aslo rozi bo’lmayotirlar va bunday bo’linishiga butun choralar bilan qarshilik ko’rsatmoqdalar.
- Isroildagi o’ta o’ng millatchi va Falastindagi ekstremistik kuchlarning barcha muammolarni kuch yordamida xal etishga urinayotganliklari. Ularning ikki tomonlama xar qanday kelishuvga qarshiligi. SHu tariqa Yaqin SHarq muammosi xamon o’z yechimini to’la topganicha yo’q. Lekin 2005 yilga kelib G’azo sektotidan 8,5 ming yaxudiylarning ko’chib ketishi vaziyatni biroz iliqlashtirdi.
Afg’onistondagi turli etnik, siyosiy-diniy kuchlar o’rtasida xokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi. 1996 yilda Afg’onistoning katta qismida tolibonlar xokimiyati o’rnatildi. Ular Afg’onistonni islom davlatiga aylantirdilar Tolibonlarga qarshi kuchlar «SHimoliy alyans» (ittifoq)ga birlashtirdilar. Tolibon va SHimoliy alyans o’rtasida qirg’inbarot urush olib borildi.
Pokiston va Saudiya Arabistoni tolibonlar xokimiyatini tan oldilar va unga keng ko’lamli yordam ko’rsatdilar.
Afg’onistondagi xolat nafaqat bu davlat, balki uning qo’shnilari, qolaversa, jaxon xamjamiyatining muammosiga aylandi. Afg’oniston xududi ayni paytda narkotik moddalar va qurol-yarog’ kontrabandasi, diniy ekstre­mizm va fanatizm, terrorchilik o’lkasi bo’lib qoldi. Binobarin, Afg’oniston muammosi yalpi xavfsizlikka xam jiddiy taxdid solayotgan muammoga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Afg’oniston muammosini xal etishga doir qator takliflarni ilgari surdi. O’zekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 1993 yildayoq BMT e’tiborini Afg’oniston muammosiga qaratar edi, birinchi navbatda, muxolif kuchlarga qurol sotilishini taqiqlab qo’yishni taklif etgandi.
SHuningdek, muxolifat kuchlari buyuk davlatlar va chegaradosh davlat­lar ishtirokida Afg’oniston muammosini xal etishga qaratilgan xalqaro uchrashuv o’tkazishni taklif etdi. Bunday uchrashuv 1998 yilda Toshkentda o’tkazildi. U tarixga «6+2» guruxi uchrashuvi (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya) nomi bilan kirdi. Uchrashuvda Afg’oniston muxolifat kuchlari vakillari xam ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg’oniston muammosi bo’yicha Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu xujjat «6+2» guruxiga a’zo davlatlar xamda Afg’onistonda nizolashayotgan ichki kuchlar uchun tinchlikka eltuvchi xartiya vazifasini o’tashi mumkin edi. Biroq ichki muxolifat o’rtasidagi nixoyatda keskin ziddiyat Toshkent Deklaratsiyasini amalga oshirishga imkon bermadi. 2001 yil 11 sentabrda AQSHda bo’lib o’tgan terrorchilik xarakatidan keyin Afg’onistonga AQSH boshchiligida xujum boshlandi va tolibonlar ag’darib tashlanib, Muxammad Karzay bosh­chiligida yangi dunyoviy xukumat tuzildi.
To’g’ri, Afg’oniston muammosi tezda xal etiladiganlardan emas. CHunki bu 20 yildan ortiq davr mobaynida to’plangan muammodir.
Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling